Научная статья на тему 'TARIX FANINI O‘QITISHDA SAMARALI INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

TARIX FANINI O‘QITISHDA SAMARALI INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
225
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarix fani / pedagogik ta’lim / kreativ fikrlash / interaktiv metodlar / darsdagi samaradorlik / o’quvchilar faolligini oshirish / jamiyat tarraqqiyoti. / History / pedagogical education / creative thinking / interactive methods / efficiency in the lesson / increasing student activity / community development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Normatova, Firuza Amonovna

Ushbu maqolada bugungi kun ta’lim sohasinining muhim jihatlaridan biri hisoblangan dars jarayonlaridagi faollik, o’qituvchining o’z ustida ishlashi hamda tarix fanini o’qitishda samarali interaktiv metodlardan foydalanish masalalariga yondashilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING EFFECTIVE INTERACTIVE METHODS IN HISTORY TEACHING

This article deals with the issues of activity in the lesson processes, teacher's work on himself, and the use of effective interactive methods in teaching history, which is considered one of the important aspects of the field of education today.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O‘QITISHDA SAMARALI INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

TARIX FANINI O'QITISHDA SAMARALI INTERAKTIV METODLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-6-15-18

Ushbu maqolada bugungi kun ta'lim sohasinining muhim jihatlaridan biri hisoblangan dars jarayonlaridagi faollik, o 'qituvchining o 'z ustida ishlashi hamda tarix fanini o'qitishda samarali interaktiv metodlardan foydalanish masalalariga yondashilgan.

Kalit so'zlar: Tarix fani, pedagogik ta'lim, kreativ fikrlash, interaktiv metodlar, darsdagi samaradorlik, o 'quvchilar faolligini oshirish, jamiyat tarraqqiyoti.

В данной статье одним из важнейших аспектов современного образования является активность в процессе урока, работа учителя над собой, использование эффективных интерактивных методов в обучении истории.

Ключевые слова: История, педагогическое образование, творческое мышление, интерактивные методы, результативность на уроке, повышение активности учащихся, развитие сообщества.

This article deals with the issues of activity in the lesson processes, teacher's work on himself, and the use of effective interactive methods in teaching history, which is considered one of the important aspects of the field of education today.

Keywords: History, pedagogical education, creative thinking, interactive methods, efficiency in the lesson, increasing student activity, community development.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik mazmundagi islohotlar, pedagogik ta'limning barcha jabhalarini modernizatsiyalash masalasi bilan o'zaro bog'liqdir. Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan va yuqori texnologiyalarni mukammal egallash har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotining hal qiluvchi shartiga aylanib borayotganligi hech kimga sir emas.1[Sh.M.Mirziyoyev milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari.394-bet]. Shuni inobatga olgan holda, ta'limdagi islohotlar ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini yuksaltirish bilan birga, ilmiy asoslangan zamonaviy metodik usullardan foydalanishni ham taqoza etadi. Uzluksiz ta'lim tizimining tashkiliy asosini belgilab beruvchi hujjat hisoblangan o'quv rejasida

Normatova Firuza Amonovna

Termiz davlat universiteti doktoranti

ANNOTATSIYA

AННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ijtimoiy-gumanitar fanlar doirasida tarix fani bilimlarini chuqur o'rgatishga alohida e'tibor berilgan. Ijtimoiy fanlar majmuasini o'rganishdagi asosiy vazifalar tarkibiga o'quvchi talabalar ma'naviy, axloqiy, siyosiy madaniyatini oshirish ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kelajakda milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyoti uchun o'zlarining bevosita ishtirok etishlari, shaxsiy hissasini qo'shishlari kabi tushunchalarni shakllantirish vazifasi ham kiradi. Ta'limdagi islohotlar pedagog kadrlarning yangi avlodini tayyorlash uchun bakalavr va magistrlar tayyorlanishi yo'lga qo'ydi. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan universitetlar kafedralarda olib borilayotgan ilmiy metodik ishlar yangi davr talablari asosida shakllantirildi. Ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri undagi bosh vazifa yosh avlodning kamolotini ta'minlash hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab ta'limining tubdan yangilanishiga alohida ahamiyat berildi2. [N.H.Hakimov, M.M.Aliqulova.Yuqori sinflar ta'lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasi.T-2015,9-10 bet]. Bunday sharoitda maktab ta'limidagi asosiy fanlar majmuasida bo'lgan darsliklar mazmuniga, o'qitishdagi yangi texnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga alohida e'tibor berish lozim.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muammoning muhimligi bevosita umumta'lim maktablaridagi o'quvchilarning va oliy ta'lim tizimidagi talabalarning demokratik jamiyatda kechayotgan jarayonlarning mazmuniga to'liq tushunishlari, yangilanayotgan davrda vatanimizga sodiq farzandlar bo'lib yetishishlariga a'lohida e'tibor qaratilishidadir. Xususan, O'zbekiston tarixi fanini mazmunini muntazam takomillashtirish zarurati, ushbu fanga oid mavzular jamiyatdagi doimo rivojlanib boradigan ma'naviy, iqtisodiy, ijtimoiy, fikrlar majmuasi bilan chambarchas bog'liqdir. Shuning uchun ham darsliklardagi mavzularga kiritilgan materiallarni o'quvchilarga tushuntirish, o'qituvchilardan muntazam ravishta o'qitishning uslubiy tajribasini mukammallashtirib borishni, tarix faniga davlat ta'lim standartlari asosida o'quv dasturlariga, darsliklarga kiritilgan materiallarga qo'shimchalar, yangi topilgan arxiv materiallari, mustaqil ilmiy izlanishlar natijalari asosida ma'lum darajada o'zgartirishlar kiritish hamda, o'zlashtirishda yangi pedagogik texnologiyalardan innovatsion ijodiy metodlardan foydalanib, o'qitish jarayonini ham takomillashtirish zarurligini talab etadi. Yana shuni muammo o'rnida shuni aytish kerakki, bugungi kunda ta'limda xususan umumta'lim maktablarida va oliy ta'lim tizimida tarix fanini o'qitishda nazariy ma'lumotlar bilan cheklanib, bir yoqlamalikka qat'iy yondashib qolishdir. O'quvchi maktabda va oliy ta'limda olayotgan bilimlarini hayotiy ekanligini hamda ularni amalda qo'llash, muammo yechimida qo'l kelishiga ishonib yondashish lozimligini ko'rsatadi. Bu muammoni bartaraf etish uchun tarix darslarini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'qitishda samarali interaktiv metodlardan foydalanish o'z navbatida dars jarayoniga o'quvchining dars vaqtida va darsdan tashqari ijodiy izlanuvchanlik qobilyatini shakllantiradi, manbalar asosida ijodiy ish olib borishiga imkon beradi. Mustaqil ravishta axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantiradi. O'quvchilarga dars jarayoni bilan bog'liq video lavhalar, filmlardan parchalar namoyish etilishi aynan ko'rilgan lavhani uyda to'liq ko'rish shuningdek internet tarmog'idan to'g'ri foydalanishni ham shakllantiradi. Bugungi kunda sir emaski, o'quvchi va talabalarning aksar qismi mobil aloqa vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan doimiy foydalanadi bu holat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini ham samarali yechim topishiga asos bo'ladi. Tarix fanini o'qitishda darslarni haqiqiy ijod muhitiga aylantirishda interaktiv metodlardan foydalanish o'quvchi-talabalarning kreativ fikrlashini shakllantiradi va darsning samaradorligini oshiradi. G'arb pedagogikasida doimiy ravishda tarix darslarini o'qitishda didaktik o'yinlarni dars davomida qo'llash juda yaxshi natija berishi asoslangan. Ta'lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, ICILS) nazarda tutilgan natijalarni oladigan bo'lsak, ta'limdagi samaradorlikda eng yuqori o'rinda turgan Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya, Finlandiya, Polsha, Shimoliy Irlandiya davlatlari ta'limning samarali o'qitish tizimida yetakchilik qiladi. Biz darsning mazmunli bo'lishiga erishmog'imiz uchun albatta interaktiv metodlardan foydalanishimiz muhimdir. Masalan YUNICEF tashkilotining ta'limni rivojlantirish dasturlari tarkibiga kirgan yuzdan ortiq metodlaridan ayrimlarini keltirib o'taman. Xususan "Qarsak" metodi, "10 ta dalil metodi", "Rasmlar orasidagi bog'liqlik" metodi, "Steb by step" metodi va boshqalar. "Qarsak" metodi umum ta'lim maktablarida hattoki oliy ta'lim tizimida ham eng yuqori samaradorlikni erishish imkonini beradi. Birinchi navbatda shovqinli sinf bilan ishlash ustida, jalb qilish jarayonini tezlashtirishda, biror bir topshiriqni berganda darxol bajarishda va keyingi topshiriqqa o'tish jarayonini tartiblashtiradi, o'quvchi-talabalarni rag'batlantirishda va bir qancha maqsadlarda qo'llash samarali natija beradi. Eng asosiysi oddiygina qo'l harakatlaridan foydalanib ijod muhitini shakllantirish mumkingini anglatadi. Shu bilan bir qatorda didaktik o'yinlarni dars davomida qo'llash darsdagi o'qituvchi erishmoqchi bo'lgan bir qancha maqsadlarni o'z ichiga oladi. Bular: tizimlilik, tarixiylik, tipologiya, dialektika, madaniy muvofiqlik, faoliyat, amaliyot va amaliyot o'rtasidagi bog'liqlik, ta'limning umumiyligi, barchani qamrab olishi, umumiy ta'lim muassasasidagi maxsus tayyorgarlik, o'yin faoliyati kabi erishilgan maqsadlar o'quvchi shaxsini rivojlantirishda psixologiya va boshqalar. O'quvchilar tomonidan esa o'yin texnologiyalari haqida tasavvur, jarayonga bo'lgan qiziqish kuchli xotirani, jamoa bo'lib shakllanishni, tafakkur qilishni, shovqinli harakatlardan voz kechishni,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

faoliyatni, qiziquvchanlikni, taqqoslashni, diqqatni jalb qilishni, tortinchoq o'quvchi va talabalarni ham ijod muhitiga qo'shilish jarayonini, tajriba orttirishni, mustaqil fikrlashni, o'yin orqali o'ziga xos bo'lgan jamoaviy tafakkurni hosil qiladi, qoidalarga va muayyan shartlarga amal qilishni, vaqt meyorlarini inobatga olib, tezkor xulosalashni, tezkor bilim orqali o'zlarining aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishni o'rganadilar, bolalarning bir-birlariga o'zaro ta'siri shakllanadi.

Ma'lum bir qoidalarga, tartibga amal qilishni, o'zaro hurmat ko'rsatishni eng asosiysi dars jarayonida interaktiv metodlar orqali tashkil etilgan o'yinlar o'quvchi-talabalarning o'z menini shakllanishida hamda samarali faoliyatidan ko'nikma va mamnunlik, vaqtning mazmunli o'tganligidan, keyingi dars jarayoniga alohida tayyorgarlik bilan kelishini ta'minlaydi. O'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilarda hech bo'lmaganda o'yin faoliyatiga ishtirok etish uchun ham dars mashg'ulotlariga kelishini, ma'lum bir jamoa fikrlariga qo'shilib ularni eshitib, asta-sekin jamoa manfaatlariga qarab rivojlanishni boshlaydi. Bu o'z navbatida ta'limdagi yuqori samaradorlikka erishishga va jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qo'shish maqsadida biz pedogoglar uchun eng to'g'ri yo'l hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Sh.M.Mirziyoyev Milliy tiklanishdan- milliy yuksalish sari. T- "Ozbekiston"-2020.394 bet.

2. N.H.Hakimov, M.M.Aliqulova Yuqori sinflar ta'lim jarayonini ijtimoiy pedagogik loyihalashtirish metodikasi.T-2015.

3. F.A.Normatova, Jamiyatni ma'naviy -ma'rifiy yangilanish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi. "BAQTRIYA - TOXARISTON BUYUK IPAK YO'LIDA" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy - amaliy anjuman maqolalar to'plami,Termiz 2022 y.

4. Tolipov O'.Q. Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari (o'quv qo'llanma). - T.: "Fan" nashriyoti, 2006y.

5. F.A.Normatova, Yoshlarda tarixiy ongni shakllantirishning dolzarb masalalari. "Texnika va texnologiya fanlar sohalarining innovatsion masalalari" mavzusidagi xalqaro-ilmiy texnik anjuman matereallari konferensiya.Termiz 2020 yil.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.