Научная статья на тему 'BO’LAJAK BOSHLANGʻICH TA’LIM O’QITUVCHILARIGA SIFATLI DARS O’TISH BO’YICHA TAVSIYALAR'

BO’LAJAK BOSHLANGʻICH TA’LIM O’QITUVCHILARIGA SIFATLI DARS O’TISH BO’YICHA TAVSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
86
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / texnologiya / Innovatsiya / Pedagogik yangilik / pedagogy / technology / Innovation / Pedagogical innovation

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G‘oyimov, Umar Eshmurodovich, O‘rolova, Marjona Safar Qizi

Yosh avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan jarayon. Shunday ekan, o’qituvchi o’quvchi yoki talabaning shakllanish jarayoni zo’r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. Ushbu maqolada ham o’qituvchi pedagogik jarayonda barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lishi lozimligi shuningdek, o’qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetishi alohida ta’kidlangan.Bundan tashqari maqolada ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini afzalliklari shuningdek, kompyuterlar va axborot kommunikatsiya vositalarining qo’llanilishi, o’quvchilarning ular bilan bemalol ishlay olishlari pedagogik jarayondagi eng muhimligi ham ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RECOMMENDATIONS FOR FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS ON QUALITY LESSONS

Raising the young generation is a delicate process that requires a lot of attention. Therefore, the formation process of a teacher, pupil or student should be observed with great enthusiasm and meticulousness. In this article, it is emphasized that the teacher should be stable in the pedagogical process, possess pedagogical knowledge and skills, and also understand the essence and dialectic of pedagogical phenomena, pedagogical work method, profession and technology, and professional pedagogy. The article highlights the advantages of information technologies in the educational system, as well as the use of computers and information communication tools, and the most important thing in the pedagogical process is the ability of students to work with them.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK BOSHLANGʻICH TA’LIM O’QITUVCHILARIGA SIFATLI DARS O’TISH BO’YICHA TAVSIYALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARIGA SIFATLI DARS O'TISH BO'YICHA TAVSIYALAR

Ilmiy rahbar: G'oyimov Umar Eshmurodovich

Shahrisabz davlat Pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi. [email protected].

O'rolova Marjona Safar qizi Shahrisabz davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi talabasi.

ANNOTATSIYA

Yosh avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e'tiborni talab qiladigan jarayon. Shunday ekan, o 'qituvchi o 'quvchi yoki talabaning shakllanish jarayoni zo 'r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. Ushbu maqolada ham o 'qituvchi pedagogik jarayonda barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozimligi shuningdek, o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetishi alohida ta'kidlangan.Bundan tashqari maqolada ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini afzalliklari shuningdek, kompyuterlar va axborot kommunikatsiya vositalarining qo'llanilishi, o'quvchilarning ular bilan bemalol ishlay olishlari pedagogik jarayondagi eng muhimligi ham ta 'kidlangan.

Kalit so'zlar: pedagogika, texnologiya, Innovatsiya, Pedagogik yangilik

RECOMMENDATIONS FOR FUTURE PRIMARY EDUCATION TEACHERS ON QUALITY LESSONS

ABSTRACT

Raising the young generation is a delicate process that requires a lot of attention. Therefore, the formation process of a teacher, pupil or student should be observed with great enthusiasm and meticulousness. In this article, it is emphasized that the teacher should be stable in the pedagogical process, possess pedagogical knowledge and skills, and also understand the essence and dialectic of pedagogical phenomena, pedagogical work method, profession and technology, and professional pedagogy. The article highlights the advantages of information technologies in the educational system, as well as the use of computers and information communication tools, and the most important thing in the pedagogical process is the ability of students to work with them.

Key words: pedagogy, technology, Innovation, Pedagogical innovation

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

РЕКОМЕНДАЦИИ БУДУЩИМ УЧИТЕЛЯМ НАЧАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАНИЙ ПО КАЧЕСТВУ УРОКОВ

АННОТАЦИЯ

Воспитание подрастающего поколения - тонкий процесс, требующий большого внимания. Поэтому за процессом становления учителя, ученика или ученика следует наблюдать с большим энтузиазмом и дотошностью. В данной статье подчеркивается, что педагог должен быть устойчив в педагогическом процессе, владеть педагогическими знаниями и умениями, а также понимать сущность и диалектику педагогических явлений, метод педагогического труда, профессию и технологию, профессиональную педагогику. преимущества информационных технологий в образовательной системе, а также использование компьютеров и средств информационного общения, а самое главное в педагогическом процессе - умение студентов работать с ними.

Ключевые слова: педагогика, технология, инновация, педагогическая инновация.

KIRISH (Introduction)

Inson shaxsi kamolatida ma'naviy bilimlar bilan birga dunyoviy ilmlaming ham o'z o'mi bor To'g'ri o'zbek pedagogikasining ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlarida milliy urf-odatlarimiz, e'tiqodimiz, dinimiz asosidagi tarbiya usullaridan keng foydalaniladi. Ya'ni ustoz-shogird an'anasi buning yorqin isbotidir. Bu metodning mazmuni shundan iboratki, o'quvchi o'ziga munosib ustoziga shogirdga tushib uning qarashlarini, bilimlarini egallaydi. Yoki ma'naviy darslarda buyuk ajdodlarimizning gavharga teng boy merosi o'rganiladi. Xuddi shunday dunyoviy bilimlarni, ayniqsa rivojlanib borayotgan fan texnikaning yangi bosqichi-innovatsion texnologiyalarni egallashda esa albatta ushbu texnikalarning usuli va qo'llanmasini puxta o'rganish lozim. Shunday ekan pedagogik texnologiya bu jarayonda asqotadi.

Xo'sh pedagogik texnologiya nima? O'quvchilarning intelektual salohiyatini oshirishda innovasion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati qanday? Darhaqiqat, ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko'pchilligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahoratning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar.Bugun biz yangi texnologiyalarga sarflayotgan mablag'lar qay darajada o'zini oqlashini va axborot hamda masofaviy ta'limni rivojlantirishga qanday ta'sir ko'rsatishini yetarli darajada bilishlari shart.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qituvchi nafaqat o'quvchiga bilim beradi, balki uning hayotda o'z o'rniga ega bo'lishiga yordam berib, shaxs sifatida jamiyatning faol a'zosiga aylanishiga ko'maklashadi. Shu boisdan birinchi o'qituvchi hamma vaqt o'quvchi xotirasida umrbod qoladi.

Boshlang'ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o'quvchilarga o'qitishda o'quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O'yin tarzidagi darslar bolalarning og'zaki nutqini rivojlanishiga yordam beradi. Birinchi sinf o'quvchilari rasmli yoki videoli turli ko'rishlarni juda yaxshi ko'rishadi. Turli xil rangli rasmlar orqali, ularning nutqlarini o'stirishda o'yinlardan muntazam foydalanib turish lozim. Masalan, Bu nima?, Bu kim?, Kim ko'p so'z biladi?" kabi o'yinlardan foydalanish mumkin. O'yin jarayonida bolalarning so'zlarni eslab qolishi, to'g'ri talaffuz etishiga qarab rag'batlantirib borish zarur. Ayrim o'quvchilar so'zning grafik, ayrimlari esa tovushli obrazni qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Biz bilamizki, hozirgi ta'lim jaroyonida o'quvchi sub'ekt bo'lishi lozim. Bunda ko'proq int erfaol metodlarga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi. Hozirgi davr darslariga qo'yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o'rgatishdir. Bugungi kunda o'qituvchilar xorij pedagoglari tajribasini o'rganib, innovatsion metodlardan, va yangi pedagogik texnikalardan foydalanishlari lozim.Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida innovatsion zamonaviy o'qitishning metodikasi barkamol, komil insonning madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili va o'qish savodxonligi darslaridagi interfaol usullar o'quvchilarni harakatga keltiruvchi, olg'a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. Ta'lim-tarbiya jarayonida yillar davomida qo'llanilib kelinayotgan an'anaviy ta'lim o'rniga o'qitishning ilg'or shakllari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar singari bir qator yangi tushunchalar kirib kelmoqda.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisiga o'quvchini tarbiyalashda xalqimizning boy ma'naviy merosi, qadriyatlari muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Ayniqsa, o'qituvchi faoliyatida xalq og'zaki ijodi, jumladan, maqol, topishmoq, tez aytish, rivoyat, afsona, ertaklardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchini nafaqat dars jarayonida balki, darsdan va sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida ham tarbiyalab boradi. Shu bois tarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etishga harakat qilish, ular mazmunini turli-tuman didaktik vositalar bilan boyitib borish bugungi kun sinf rahbarlari oldida turgan dolzarb muammolaridan biridir. Kasblarning eng ulug'i - bu o'qituvchilik kasbidir. Bu borada boshlang'ich sinf o'qituvchini alohida tilga olmoq darkorki, u ilk bor o'quvchi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

savodini chiqarib, unga "Ona", "Vatan", "Oila" so'zlarini yozish va o'qishni o'rgatadi, ularning mazmunini anglatadi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchining mas'uliyatli, ko'p qirrali va murakkab faoliyati zaminida yosh avlodni vatanparvar, odobli, iymon-e'tiqodli qilib tarbiyalash, shuningdek, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog'liq: bolalarni o'qitish, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilish, o'tkazish, ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarni olib borish va sinf jamoasini shakllantirish kabilar. Bularni hammasi o'qituvchidan chuqur bilimlarga ega bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.

Bugungi kunda taraqqiyot sari odimlab borayotgan Respublikamiz yuksalishi yo'lida xalqimizning boy tarixi, madaniyati, urf-odatlari bilan faxrlana oladigan va uni o'quvchi yoshlar o'ratasida targ'ib qila oladigan fidoiy o'qituvchilar zarur bo'ladi. Shubhasiz bunday o'qituvchilar boshlang'ich sinf o'qituvchilaridir. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biri bizning kelajagimiz bo'lmish yosh avlodni to'g'ri, insonparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Boshlang'ich sinflar maktab ta'limining dastlabki bosqichi bo'lib, bolalar o'qituvchi rahbarligida ta'limga 1-qadamni qo'yadilar.

O'quvchilar ilk bor o'quv faoliyatida bilim, ko'nikma va malakani egallaydilar. O'qituvchi sinf bilan yolg'iz ishlaydi va ko'pincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O'qituvchilarning bolalarga bo'lgan munosabati katta mehribonlik va g'amxo'rlik bilan xarakterlanadi. O'quvchilarning o'qituvchilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish hamda o'quvchilarning o'sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta tarbiyalash xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Maktab Nizomida sinf rahbarining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Sinf rahbari barcha Kasblarning eng ulug'i - bu o'qituvchilik kasbidir. Bu borada boshlang'ich sinf o'qituvchini alohida tilga olmoq darkorki, u ilk bor o'quvchi savodini chiqarib, unga "Ona", "Vatan", "Oila" so'zlarini yozish va o'qishni o'rgatadi, ularning mazmunini anglatadi.

O'qituvchilar tomonidan o'quvchilarga qo'yiladigan pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan guruh tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada bo'lib turadi.Zarur bo'lgan vaqitda o'quvchiga yordam ko'rsatishni tashkil qiladi. Sinfda belgilangan hujjatlarni olib boradi va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadi. O'qituvchilar sog'ligini mustahkamlashga doir ishlarni o'tkazadi va mehnat qilishga o'rgatadi. Sinf rahbari ishining o'ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o'quvchilar jamoasini shakllantiradi. O'quvchilarning asosiy vazifasi o'qishidan iborat.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Shuning uchun sinf rahbari dastlab bolalarning o'qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o'zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi ularning o'qishidagi mo'ljallari nimalardan iborat ekanligini bilib oladi. Bu mo'ljallar ijtimoiy ahamiyatga mohiyatga ega yoki ega emasligini emasligi hisobga oladi. Bu borada o'qituvchi sinf bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy maqsadi, o'quvchida savodxonlik ko'nikmalarini shakllantirish, ularning dunyoqarashi, axloqi, estetik didi, qobiliyati va e'tiqodini rivojlantirib, ma'lum kasb egasi bo'lishga tayyorlab borishdan iboratdir. Boshlang'ich ta'lim jarayoni o'ta mas'uliyatli, murakkab jarayon hisoblanadi. Shu bois bu jarayonda faoliyat yuritish o'qituvchidan juda katta kuch, matonat, sabr-bardosh, ijodkorlikni talab etadi. Negaki, o'qituvchi ilk bor o'quvchi qo'liga qalam ushlatib, unga harfni, o'qishni o'rgatadi, tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini boyitadi hamda ahil sinf jamoasini shakllantirib boradi. Shuningdek, bu vaqtda o'qituvchidan har bir o'quvchiga e'tiborli bo'lish, ularning qiziqish va xarakter xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.

O'rta umumta'lim maktablarida o'quvchilarga tarbiya sinf rahbarining ishlari orqali berib boriladi. Jumladan, tadbirlar, mushoiralar, har xil kechalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o'yinlar orqali o'quvchilarga ta'lim tarbiya beriladi. Shunga qarab o'quvchilarning fikrlash qobiliyati ham rivojlanib boradi.Boshlang'ich sinf o'qituvchisi sinf rahbari hisoblanib, u maktab ma'muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma'muriyati, o'qituvchilar, ota-onalar va keng jamotachiliu uning olib borayotgan ishlarini doimo qo'llab-quvvatlashlari lozim bo'ladi. Chunki sinf rahbari o'z o'quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalash uchun nimalar kerakligini hisobga olib ish yuritadi. Sinf rahbarining ish rejasini maktab direktori va direktor o'rinbosari nazorat qilib boradi.

Avvalo, o'quvchilar intelektual salohiyatini oshirishda bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion texnologiyalardan foydalanish borasidagi bilimlarini oshirish lozim. Shuni ta'kidlash kerakki, pedagogik texnologiya bu ta'lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo'yadigan texnik va shaxsiy resurslarni va ularning bog'liqligini hisobga olgan holda, o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning butun jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli usuli. Darxaqiqat, yangi innovatsion usulda o'quvchisining fe'l-atvoriga qaramay, o'qituvchi o'quvchisini mustaqil fikrlashga, kuzatishga, xulosa chiqarishga o'rgatishiga kerak.

O'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish quyidagi natijalarga erishish kerak:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

-o'quvchilar dunyo haqida bilish usullaridan voqif bo'ladi;

- mavzu bo'yicha qo'shimcha manba bo'ladi;

O'qituvchi o'quvchilarning mehnatini mustaqil tashkil etishga, o'zini-o'zi tarbiyalashga yordam beradi; aloqa vositalari electron pochta, chat xonalari, yangiliklar guruhi forumlaridan foydalanishga erishadi.

-multimedia vositalaridan xabardor bo'ladi.

Darslarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish quydagicha natija beradi. Birinchidan, ta'lim xizmatlaridan foydalanishda tafovut kamayadi. Mintaqaviy ta'lim imkoniyatlar tezligi oshadi. Interaktiv usullar orqali o'qitish va muloqotli ta'lim berish, standart o'qitishni boyitadi. Pedagogik texnologiyalardan foydalanib o'tilgan darslar jarayonni jadallashtiradi, rivojlanish potinsialini yuqori darajaga ko'taradi. Dars mazmunini chuqur va keng miqyosda o'zlashtirishga yordam beradi.

Interaktiv usullar esa o'quvchilarda qiziqishini oshiradi, bir vaqtning o'zida guruh barcha o'quvchilarni dars jarayoniga faol jalb qiladi. O'quvchilar orasida mustaqil fikr va bilimiga nisbatini shakllantiradi. Amaliy ko'nikmalarni jadallashtiradi.

O'qituvchi sinf bilan ko'pgina yolg'iz ishlaydi va tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O'qituvchilik bolalarga bo'lgan munosabatda, mehribonligi va bolalarni seva olishi bilan ajralib turadi. Sinf rahbari o'quvchilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'ya olishi hamda o'quvchilarning o'sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta tarbiyalash xususiyatiga ham ega bo'lishi kerak.Shuningdek, sinf rahbari o'quvchilarga boshqa fan o'qituvchilari, ota-onalar, jamoatchilik bilan yagona talablar qo'yilishiga erishadi. Zarur bo'lgan vaqtda o'qishda o'quvchilarga kechiktirmay yordam qo'lini cho'zadi. Sinf rahbari bajaradigan ishlaridan yana biri, shu sinfga oid barcha hujjatlarini yuritadi, va uni maktab ma'muriyatiga taqdim etadi. O'quvchilar sog'lig'ini mustahkamlashga doir ishlarni o'tkazadi va jismoniy hamda aqliy mehnat qilishga o'rgatib boriladi. U muntazam sinf majlisi va ota-onalar majlisini tashkil etib boradi. Sinf majlisi o'tkazish uchun avvalo jamoani jipslashtiriladi. Sinf rahbari majlis o'tkazishi davomida yaxshi o'qiydigan bolalarni jamoa ichida rag'batlantirib, bolalar bir-biriga do'stona munosabatda bo'lishga chorlaydi. Bundan tashqari sinf rahbari o'quvchilarning bilim saviyasi, dunyoqarashi ivojlanib borishi uchun sinfga kutubxona tashkil qiladi, kutubxonadagi kitoblarni o'quvchilar sinfdan tashqari o'qish vaqtida yoki darsdan so'ng bo'sh qolgan paytlarida o'qib, o'zlariga foydali tomonlarini olishi shartdir. Bundan maqsad, kelajagimiz bo'lmish yosh avlod xalqimizning qadriyatlari, an'analarin io'zlashtirib olishlari, o'zlarida Vatanga muhabbat, insonparvarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlikni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

o'zlashtiribgina qolmay, ota- bobolari, ajdodlari ishini davom ettirishga harakat qilmog'i darkor.

XULOSA VA TAKLIFLAR (Conclusion/Recommendations)

Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotalr ma'lumotlarini e'tiborga olishlari ham muhimdir. Ularga muvofiq o'sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo'shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo'ladi va to'lqinsimon o'zgaradi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang'ich sinf o'qituvchisi ota-onalar bilan pedagogik munosabatda kirishar ekan, ularga bola tarbiyasiga oid pedagogik bilimlar berishni amalga oshirishishi, tarbiya sohasidagi amaliy malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirishi, ularning pedagogik faoliyatini uyg'otishga intilishi, maqsadga muvofiq oila ichki munosabatlarini yo'lga qo'yishi g'oyat muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ochilov M. Muallim-qalb me'mori. Saylanma.-T.:O'qituvchi, 2001.- 430 b.

2. G'afforova T. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: "Nasaf", 2009, 162 b.

3. Turg'unov S.T., Maqsudova L.A., Umaraliyeva M.A., Tojiboyeva H.M. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish texnologiyalari. T.: "Sano-standart". 2012 -98 bet.

4. Ахатова. Дилдора Ахтамовна Шарк мутафаккири Абу Али ибн Сино дунёкарашига Кддимги Юнон фалсафасининг таъсири. https: //oriens .uz/media/j ournalarticles/3 4_Дилдора_Ахтамовна_Ахатова_227-

аллома Абу Х,омид Газзолийнинг фалсафий, диний ва маънавий кдрашлари. https://oriens.uz/media/iournalarticles/88 Дилдора Ахтамовна Ахатова 559-

6. Ochilova Guzal Aralovna, Omonov Bahodir Nurillaevich, Nomozov Khurshid Shavkatovich, Manzarov Yusuf Khurramovich, Ochilov Baxrom Aralovich

7. Factors Of The Formation Of Ecological Culture In The Education And Training System.

8. https: //www.pnrj ournal. com/index.php/home/article/view/2880/2583

9. https://www.scopus.com/sourceid/21100216519 984-989

10. Ochilova G.A. Yoshlar - Yangi O'zbekistonning ma'naviy elitasi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947

563.pdf.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor=1.7

https://oriens.uz/media/journals/ORIENS_Volume_2__ISSUE_10.pdf) 1288-1294.

11. Ochilova, G. A. (2020). Philosophical analysis of the development of social consciousness. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology" PJAEE, 17(7).

12. https://www.scopus.com/sourceid/21100286805 Ochilova G.A.

13. Nurillaevich, O. B., Aralovna, O. G., Shavkatovich, N. K., Khurramovich, M. Y., & Aralovich, O. B. (2022). Factors Of The Formation Of Ecological Culture In The Education And Training System. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 984989

14. https: //sifisheriessciences.com/j ournal/index.php/j ournal/article/view/1815/1865

15. Очилова Г.А., Жумаева Ш.С., Очилов Б.А. Жамиятни маънавий-ахлокий ва маданий ривожида миллий давлатчилик тафаккурини шакллантириш зарурияти: усул ва воситалари. Халкдро ислом академияси. Илмий тахлил журнали. Тошкент. 2019 й. 44-бет.

16. Очилова, Г. А., Очилов, Б. А., & Аралов, М. Б. (2021). ГАРМОНИЗАЦИЯ ИНТЕРЕСОВ НАРОДОВ ЯВЛЯЕТСЯ ВАЖНЫМ ФАКТОРОМ РАЗВИТИЯ МЫШЛЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОСУДАРСТВЕННОСТИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-9), 43-47.

17. Очилова Г.А, Омонов Б.Н. Ижтимоий фалсафа- Toshkent: Voris-nashriyot, 2020.https://scholar.google.com/scholar?cluster=4736823102127754546&hl=en&oi= scholarr

18. Ochilova, G., Jumayeva, S., & Ochilov, B. (2019). The necessity of forming National statehood and it's mentality in the spiritual-moral and cultural development of society: methods and tools. The Light of Islam, 2019(2), 10.

19. Омонов, Б. Н. (2023). ГЛОБАЛИЗАЦИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИХ ПРОБЛЕМ И ЕЕ ВЛИЯНИЕ НА СУДЬБЫ ЧЕЛОВЕЧЕСТВА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 755-763.

20. Омонов, Б. Н. (2013). Геоэкологическая политика Узбекистана в регионе Приаралья. Credo New, (3), 20-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.