SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK MODELI
Madina Nasritdinova
Farg'ona davlat universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi
Mazkur maqolada artpedagogik yondashuv asosida boshlang 'ich sinf o'quvchilarini axloqiy tarbiyasini rivojlantirishning innovatsion pedagogik modeli keltirilgan. Model atroflicha analiz-sintez tamoili asosida muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: artpedagogika, badiiy ijod, ilmiy salohiyat, pedagogik mahorat, san'at, ijodkorlik faoliyati, axloqiy tarbiya, estetik did, ma'naviy ozuqa.
В данной статье представлена инновационная педагогическая модель развития нравственного воспитания учащихся начальных классов на основе арт-педагогического подхода.
Ключевые слова: артпедагогика, художественное творчество, научный потенциал, педагогическое мастерство, искусство, творческая деятельность, нравственное воспитание, эстетический вкус, духовная пища.
This article presents an innovative pedagogical model of developing the moral education of elementary school students based on the art-pedagogical approach.
Key words: art pedagogy, artistic creativity, scientific potential, pedagogical skill, art, creative activity, moral education, aesthetic taste, spiritual nourishment.
Bugungi kunda axloqiy tarbiyani rivojlantirish muammosini hal qilishga imkon beradigan maktab o'quvchilarini o'qitishning maqbul va samarali shakllari masalasi ochiqligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan axloqiy tarbiya masalasini tizimli rivojlantirish zaruriyati bilan uni amaliyotga tatbiq etishning samarali vositalarining yo'qligi o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelmoqda.
Bugunning pedagogi O'zbekiston umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilari ta'limi tarixida yangi davr ostonasida turibdilar desak mubolag'a bolmaydi. Namunali talablar o'rniga o'quvchilar kontingentining xususiyatlarini hisobga olgan holda dastur yozish va pedagogik texnologiyalarni tanlashni o'z ichiga olgan milliy DTS bilan almashtirildi[1].
orcid:0000-0002-0635-7524
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
Umumiy o'rta ta'lim maktablari ta'lim mazmunini yangilash, uni amalga oshirish shakllari, mazmunni o'quvchilarga yetkazish uslub va uslublari bilan bog'liq ushbu innovatsion jarayonlarga deyarli barcha umumta'lim maktab o'qituvchilari ham jalb etilgan.
Pedagogik diagnostika natijalarini tahlil qilar ekanmiz, kuzatuv natijalari o'quvchilarda axloqiy tarbiyasni rivojlantirishdagi kamchiliklarni aniqlash imkonini berdi. Barchaga ma'lum faktlarga asoslangan holda axloqiy tarbiya faqatgina maktab zimmasida emasligini ta'kodlash orqali muammodan qochish vaziyatni yumshatmaydi. O'quvchida axloqiy tarbiyaning sustligi ta'lim jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Uning axloqiy tarbiyasi sustligi natijasida o'quvchi psixikasi ham aziyat chekadi, sinfda tengdoshlari bilan kommunikativ aloqaga kirishishda bir qator to'siqlar keltirib chiqarada, natijada o'quvchining ijtimoiylashuv masalasi murakkablashib boradi. Odatda ushbu guruhdagi o'quvchilarining mehnat qobiliyati juda past. Bunday o'quvchilar bilan an'anaviy usul va uslublardan foydalangan holda ishlash har doim ham samarali natija bermaydi.
Hayot tarzining zamonaviy sharoitlarida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar artpedagogika imkoniyatlaridan foydalanishni taqazo etadi. DTS tizimida yaratilgan barcha ijobiy shart-taroitlarni inobatga olgan holda ham keng ijodiy yondashuvga deyarli imkon qoldirilmaganligini inobatga olib o'z salbiy taraflariga ega ekaniga amin bo'lish mumkin. Har taraflama barkamol shaxsni tarbiyalash hamjixat shroitdagina amalga oshiriladi. Xilma-xil turli yo'nalishli o'qitish usul va vositalari nafaqat pedagog, psixolog-tarbiyachilar tomonidan, balki ushbu ijodiy jarayonda o'quvchilar ham o'zlarini bu yerda to'laqonli asosiy ishtirokchi his qilishlari kerak. Artpedagogikaning asosi mana shu sharoitda pedagogika, psixologiya va san'atni integratsiyalash orqali tarbiya, ta'lim, rivojlanish va o'sib kelayotgan shaxsni qo'llab-quvvatlashda o'z aksini topadi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Faylasuflar, o'qituvchilar va psixologlar estetik tarbiya masalasiga doimo jiddiy e'tibor berishgan bo'lib, bu masala xorijiy va mahalliy adabiyotlarda juda keng yoritilgan. Estetik tarbiya masalasi bilan A.F.Losev, V.A.Suxomlinskiy, B.T.Lixachev, V.N.Shatskaya va boshqalar kabi MDH davlatlari arboblari shug'ullangan. Filologiya fanlari doktori A.F.Losev "Antik estetika tarixi" kitobida yunoncha estetik tarbiya nazariyasiga murojaat qiladi. Muallif buyuk faylasuf Aristotelning asarlariga havolada, u Qadimgi Yunonistonda estetik tarbiyaning asosiy maqsadi nafaqat badiiy didning rivojlantirilishi emas, balki "donishmand odam va erkin aslzodalik ruhiyatini yaratish" asosi ekanligini yozadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023
Rus pedagogi V.N.Shatskaya, estetik tarbiya o'quvchilarda go'zallik tuyg'usini rivojlantirishga qaratilgan deya ta'kidlagan. V.A.Suxomlinskiy fikriga ko'ra axloqiy-estetik tarbiya maktab ta'limining eng zaruriy vazifalaridan ekanini e'tirof etgan. U bolani go'zallikni ko'rish va idrok etishga o'rgatish muhimligiga amin bo'ldi, o'quvchi shaxsini doimiy ravishda ruhiy takomillashtirish bilan go'zallikni saqlash istagini uyg'otdi.
B.T.Lixachyov masalaning amaliy tomoniga alohida e'tibor qaratadi. U badiiy buyumlardan estetik tarbiya vositasi sifatida foydalanishga o'ziga xos yondashuvni ishlab chiqdi. O'qituvchi ushbu jarayonning uchta asosiy bosqichini ajratadi:
• Maktab o'quvchilarining badiiy asarni bevosita idrok etishi;
• O'quvchi z faoliyatida badiiy asardan olgan taasurotini amalda takrorlashi;
• Bajarilgan topshiriqning tahlili;
Artpedagogik yondashuv asosida tashkil etilgan dars mashg'ulotlari o'quvchi shaxsida quyidagi sifatlarni rivojlantiradi:
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
• Gumanistik g'oyalari - o'qituvchi o'zining mahorati va tajribasini ishga slogan holda o'quvchilarga faol axloqiy ta'sir ko'rsatishi kerak. Ta'lim maqsadlariga bolalarda go'zallik, uyg'unlik, yaxshilik, yomonlik va boshqalar tushunchalarini shakllantirishga ustuvor ahamiyat berishi zarurligini nazarda tutadi.
• Estetik tarbiya sharoitida muhim ahamiyat kasb etadigan ijodiy faoliyatni yaratishga e'tibor qaratish. O'qituvchi o'quvchi shaxsini ichki kechinmalarini ochib beradigan va uning ijodiy faoliyati jarayonini rag'batlantiradigan sharoitlarni yaratish vazifasini bajaradi. Shuni ta'kidlash kerakki, artpedagogikada tasviriy san'at, musiqa, adabiyot, raqs va boshqalar qo'llanilishi ushbu ruhiy-psixo-emotsional muhitni yaratishga zamin bo'ladi.
• integrativlik g'oyasi san'at, psixologiya va pedagogikaning o'zaro ta'siriga asoslangan bo'lib, badiiy faoliyatni tashkil etishning turli usullarining uyg'un kombinatsiyasi yo'lga qo'yilganini inobatga olib, o'quvchi shaxsining axloqiy va estetik rivojlanishi rag'batlantiriladi.
• refleksiya g'oyasi estetik tarbiya uchun katta ahamiyatga ega bo'lib, uning asosi o'quvchini fikrlash, tahlil qilish, muammoli masalalarga e'tibor berish, nostandart muammolarni hal qilish, qiyin vaziyatlarga tezda moslashish, yangi qarashlar va qadriyatlarni yetarli darajada idrok etish, shuningdek, yangi g 'oyalarga ochiqlik va boshqalarni shakllantiradi. Bu o'quvchilarning badiiy va o'yin faoliyatining turli shakllarini birlashtirishning yaxlit tizimi bo'lib, ma'noni shakllantirish jarayonlarini rag'batlantirish, uni anglash va zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
TADQIQOT NATIJALARI
Artpedagogikaning asosiy g'oyalariga mos keladigan dars mazmuni "tashqi va ichki" tamoyili asosida qurilgan bo'lib, tashqi ko'rinishidan ruhiy-ma'naviy, ichki tuzilish tarkibi esa turli murakkablikdagi tafakkur talab etadigan aqliy-axloqiy g'oya birligidir.
Maktablarda o'quvchilar axloqiy tarbiyasini rivojlantirishga yanada samarali ta'sir ko'rsatishni ta'minlash uchun sinfda, darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin bo'lgan alohida artpedagogika sinfini tashkil qilish tavsiya etiladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarinig axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda artpedagogika vositasini qo'llash texnologiyasini qo'llash innovatsion xisoblanadi. Dars mashg'ulotlari o'zaro bog'liq vaziyatlar, mashqlardan iborat dasturiy o'yinga asoslanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarinig axloqiy tarbiyasini rivojlantirishda artpedagogika vositasini qo'llashning tarkibiy modeli fiziologo-psixologo-pedagogik
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784
educational, natural and social sciences www.0riens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023
va musiqiy-badiiy-estetik faoliyatga, shuningdek, oltita asosiy o'zaro bog'liq va bir birini to'ldiruvchi elementlarga asoslanadi.
Artpedagogik yondashuv asosida boshlang'ish sinf o'quvchilarining axloqiy tarbiyasini rivojlantirishning pedagogik modeli
Psixo-fiziolo-pedagogik
faoliyat _Ta'lim_
Artpedagogikaning fanlararo aloqadorligi
Musiqa madaniyati Tasviriy san'at O'qish
Jismoniy tarbiya Tarbiya Texnologiya
Kompleks ta'sirning axloqiy-tarbiyaviy natijalari
Musiqa madaniyati fani - bolalarning artikulyatsion apparati, chuqur nafas olish ko'nikmalarini, musiqiy eshitish qobiliyati, shuningdek diqqatini rivojlantiradi. O'quvchilarda ijodiy qobiliyatlar shakllanadi va kuylash hamda tomoshabinlar oldida sahnaga chiqish xohishi kabi ijobiy munosabat paydo bo'ladi. Didaktik o'yin va usullarning differentsial qo'llanilishi, shuningdek qo'shiq matni asosida individual harakarlarning qo'llanilishi asosidagi ohamg taqlidi motivatsiya bag'ishlaydi va nzarda tutilgan qo'shiqchilik intonatsiyasini yo'lga qo'yish imkoniyatini o'stirib boradi.
Boshlang'ish sinf o'quvchilarining axloqiy tarbiyasini rivojlantirish jarayonida talab darajasidagi jismoniy harakarchanlik, teatro-terapiya kabi eng muhim yutuqlar ko'zda tutilishining sababi bola uning oldiga qo'yilgan topshiriqlarni ongan mushoxada qilgan xolda bajarishidadir. Har bir bola ushbu topshiriqlarni tortinchoqlik hamda uyalchanlik kabi komplekslarini yengib, o'z psixo-jismoniy va intellektual imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Yakka individual tarzda sahnaga chiqishlar esa tortinchoq bolalarda o'z kuchiga va shaxsiga ishonch kabi muhim fazilatlarni rivojlantiradi.
Badiiy-estetik faoliyat Tarbiya
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(2), Feb., 2023
XULOSA
Shunday ekan, yuqorida asoslangan fikrlarga tayanib artpedagogik yondashuv asosida tashkil etilgan ta'lim jarayonini zamonaviy bolalar va o'smirlarning samarali tarbiyalashda muhim innovatsion pedagogik faoliyat sifatida e'tirof etishimiz mumkin
Artpedagogika o'zida yetatlicha axloqiy tarbiyaviy imkoniyatlarni mujassam etgani bilan istiqbolli va qaysidir ma'noda texnologik universalligi bilan barcha yosh xususiyatlaridan, aqliy imkoniyatlari, badiiy va axloqiy tarbiyasi darajasidan qat 'iy nazar o'quvchilar bilan til topishishda mustahkam ko'prik bo'lib hizmat qilishiga ishonamiz. Artpedagogikaning yuksak bahosi uning ishonchliligi, samaradorligi, qo'llanilishda osonligi, pedagogik energiya sarfining minimalligi, pedagog mahoratini ochib berish hamda uning faoliyati sifatini o'quvchilar tarbiyasi jabhalarini qurshab olganligi kabi imkoniyatlarni yaratadi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlar artpedagogikani zamonaviy bolalar va o'smirlarni tarbiyalash sohasidagi innovatsion pedagogik faoliyatning ajralmas qismi sifatida ko'rib chiqishga imkon beradi, bu o'quvchilarning badiiy va o'yin faoliyatining turli shakllarini integratsiyalashning yaxlit tizimi bo'lib, uni yaratishga qaratilgan.
Artpedagogika - ma'no shakllanishi, ma'noni anglash va ma'noni shakllantirish jarayonlarini rag'batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
REFERENCES
1. 2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni 11 may 2022 y. https://uza.uz/oz/posts/2022-2026-yillarda-xalq-talimini-rivoilantirish-boyicha-
mill iy-dasturni-tasdiqlash-togrisida 371770
2. Насритдинова, М. Н. (2022). НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИСЦЕЛЕНИЯ ДЕТЕЙ С ПАТОЛОГИЕЙ, СВЯЗАННЫХ С ГИПОКСИИ, ПОСРЕДСТВОМ ИСКУССТВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 385-393.
3. Насритдинова, М. Н. (2022). МУСЩА ИНСОНИЯТГА НИМА УЧУН КЕРАК?. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 577-580.
4. Nurullayevna, N. M. (2022). THE ROLE OF PEDAGOGICAL ACTIVITY IN CREATING A NEW UZBEKISTAN ENLIGHTENED SOCIETY. BEST SCIENTIFIC RESEARCH-2023, 7(1), 238-241.
5. Nasritdinova, M. (2022). DOIRA CHOLG'USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARI MISOLIDA). Science and innovation, 1(C2), 26-28.