Научная статья на тему 'TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1221
105
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologik kompetentlik / innovatsion faoliyat / axborotkommunikatsiya texnologiyalari / didaktik texnologiya / texnologik yondashuv / dars jarayoni / ilg'or pedagogik texnologiyalar / o'quv materiallari / axborot / shakl va metodlar. / технологическая компетентность / инновационная деятельность / информационно-коммуникационные технологии / дидактическая технология / технологический подход / процесс урока / передовые педагогические технологии / учебные материалы / информация / формы и методы.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hulkaroy Usmon Qizi Babaeva, Gulhayo Muxammadaminovna Toychieva

Ushbu maqolada bo'lajak pedagoglarning texnologik kompetentlik darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo'naltirish uchun avvalo, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsion ta'lim va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, texnologik yondashuv asosida didaktik texnologiyani o'zlashtirish va maqsadli yo'naltirish masalalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются вопросы развития уровня технологической компетентности будущих педагогов, прежде всего, применения инновационных образовательных и информационнокоммуникационных технологий к образовательному процессу в высших учебных заведениях, овладения дидактической технологией на основе технологического подхода и целевой ориентации педагогических кадров на инновационную деятельность.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

TEXNOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING

PEDAGOGIK ASOSLARI

Hulkaroy Usmon qizi Babaeva, Gulhayo Muxammadaminovna To'ychieva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, mustaqil-tadqiqodchilari

Ushbu maqolada bo'lajak pedagoglarning texnologik kompetentlik darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo'naltirish uchun avvalo, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsion ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, texnologik yondashuv asosida didaktik texnologiyani o'zlashtirish va maqsadli yo'naltirish masalalari yoritilgan.

Tayanch so'zlar: texnologik kompetentlik, innovatsion faoliyat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, didaktik texnologiya, texnologik yondashuv, dars jarayoni, ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv materiallari, axborot, shakl va metodlar.

В данной статье рассматриваются вопросы развития уровня технологической компетентности будущих педагогов, прежде всего, применения инновационных образовательных и информационно-коммуникационных технологий к образовательному процессу в высших учебных заведениях, овладения дидактической технологией на основе технологического подхода и целевой ориентации педагогических кадров на инновационную деятельность.

Ключевые слова: технологическая компетентность, инновационная деятельность, информационно-коммуникационные технологии, дидактическая технология, технологический подход, процесс урока, передовые педагогические технологии, учебные материалы, информация, формы и методы.

This article discusses the issues of developing the level of technological competence of future teachers, first of all, the application innovative educational and information and communicai

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

technologies to the educational process in higher educational institutions, mastering didactic technology based on a technological approach and the target orientation of teaching staff to innovative activities.

Keywords: technological competence, innovative activity, information and communication technologies, didactic technology, technological approach, lesson process, advanced pedagogical technologies, educational materials, information, forms and methods.

Xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar assosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur'atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.

Bo'lajak pedagoglarda texnologik kompetentlikni shakllantirishda oliy ta'lim muassasalarida innovatsion texnologiyalarning roli ortib bormoqda.

Respublikamizda taraqqiyoti va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish - zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonlari samaradorligini ta'minlovchi kasbiy ta'lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa o'z navbatida mutaxassislarning texnologik kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiluvchi uzluksiz ta'lim mazmunini yangilash, o'qitishning innoavatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantiradi. Shu asosda bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim

sifatini oshirishga, ta'lim bosqichlarining o'zaro uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash

bo'yicha qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda bo'lajak o'qituvchilarning texnologik kompetentligini rivojlantitish, ularni sohaga oid zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiy texnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda, ijodiy foydalanish hamda istiqbolli va vazifalarni hal qila olish ko'nikmalarini rivojlantirish muhim talablardan hisoblanadi

Kirish

[4].

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda asosiy omil sifatiga qaralayotgan ta'lim texnologiyalarni ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etishdan, muFtimediya resurslaridan oqilona foydalanishdan, buning mevasi bo'lgan o'quvchi bilish qobiliyatini o'stirishdan iborat [2].

O'quvchi dars jarayonida faol harakat qilib,o'zi mustaqil fikr yuritadi. Bunda ta'lim bosqichlarining o'zaro mazmunan bog'liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash;

oliy ta'limda o'quv jarayonini tashkil etishning ilg'or pedagogik texnologiyalarini joriy qilish, bu borada o'quv - uslubiy majmualar sifatini ta'minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

oliy ta'limning axborot-resurs va zamonaviy o'quv adabiyotlari bilan ta'minotini yanada rivojlantirish;

mazkur yo'nalishlarda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi [3].

Shu bois hozirgi davrda ta'lim samaradorligini oshirish, bo'lajak pedagoglarning texnologik kompetentlik darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo'naltirish uchun avvalo, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsion ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish va maqsadli yo'naltirish dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.

Hozirgi paytda o'quv materiallari, axborotni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o'quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda.

Zamonaviy axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta'limda yangicha o'quv metodlarini keng ravishda qo'llashga imkoniyat yaratib beradi.

Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:

• o'quvchi talabalarga o'rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo'yicha to'liq, ishonchli axborot berish;

• o'quv jarayonida ko'rgazmalilikning rolini oshirish;

• talaba, o'quvchilarni xohish, talab, extiyojlarini, qiziqishlarini qondirish;

• o'qituvchining o'quvchi, talabalarning bilimini, ko'nikmalarini smash bilan bog'liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o'rnatish;

Natija

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

• talaba-o'quvchilarni o'zlashtirishi bo'yicha ob'ektiv xisobot, to'la va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.

Ta'lim-tarbiya jarayonidagi inovatsiyalar, ilg'or pedagogik texnologiyalar, yangiliklar, dars o'tishning interfaol usullari o'z o'zida yuqoridan buyruq, ko'rsatma bilan ta'lim jarayoniga kirib kelmaydi. Bu o'qituvchi faoliyati va uning motivaysiyasiga bog'liq bo'lgan jarayondir.

Zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan o'quv jarayonida asosiy o'quvchining berilgan murakkab o'quv axborotlaridan osonlik bilan foydalana olishga yordam berish, o'quvchilarni mustaqil ta'lim olish faoliyatiga imkoniyat yaratish vazifalarini bajaradi [1].

Shularni hisobga olgan holda zamonaviy ta'lim tizimida o'quv jarayoni va unda o'qituvchining ish faoliyatini rejalashtirishga doir ilmiy ishlarni keng doirada olib borish kerak deb hisoblaymiz va bu o'z samarashini ko'rsatadi

Bugungi zamonaviy ta'lim tizimi pedagogdan o'qituvchi va o'quvchi orasidagi o'zaro individual munosabat va zamonaviy axborat texnologiyalari imkoniyatlari ta'sirini faollashtirishni talab etmoqda.

Ta'lim jarayonida zamonaviy infarmatsion va telakommunikatsion texnologiyalarni faol qo'llash o'quv jarayonida o'qituvchining o'rni, ro'li va pedagogik faoliyatini ma'lum darajada o'zgartirishga olib keladi.

Hozirgi vaqtda asosiy e'tibor zamonaviy infarmatsion texnologiyalarga asoslangan o'quv jarayoni modelini yaratish va multimediya texnoloogiyalariga asoslangan elektron darslik, o'quv qo'llanmalarini yaratish muammolari bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.

Bo'lajak pedagoglardat texnologik kompetentlikni rivojlantirish Davlat ta'lim standarti asosida o'qitish jarayonini tashkillashtirish ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash vazifasini yuklaydi [5].

Ushbu vazifalarni amalda joriy etish maqsadi, ta'lim beruvchilarning o'qitishning interfaol metodlarini doimiy o'zlashtirishi bugungi kundagi innakatsion texnologiyalardan xabardor bo'lishi va pedagogik diagnostikani o'zlashtira oladigan izlanuvchi-pedagog bo'lishdir.

Muhokama

Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaiy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimning amal qilishga erishishdir. Ta'limning bugungi vazi~

o'quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ya'lim mu

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o'rgatishdan iborat. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil izlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.

Ta'limning samaradorligini oshirish va bilimlarni to'la egallashlariga erishish, shaxsning ta'lim diqqat markazida bo'lishini va bo'lajak pedagoglarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va o'z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg'ulotlarni tashkil etishda foydalana oladigan o'qituvchilar kerak.

Buning uchun, barcha fan o'qituvchilarini innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o'quv-tarbiyaviy mashg'ulotlarda qo'llash malakalarini oshirib borish lozim.

Bo'lajak pedagoglar o'z mutaxassisliklari bo'yicha egallagan bilimlari qatorida pedagogik bilimlarni hamda texnologik yondashuv asosida o'qitish uslubiyotlarini ham egallagan bo'lishlari zarur. Ana shularni e'tiborga olgan holda, bo'lajak pedagoglarni texnologik kompetentligini shakllantiruvchi omillar quydagilardir:

• Dars - munozara;

• Seminar-treninglar;

• Noan'anaviy darslar;

• Sayohat-ekskursiyalar;

• Amaliy darslar

Oliy ta'lim muassasalarida tashkil etilayotgan har bir dars nafaqat bo'lajak pedagoglarning pedagogik bilim olishlarini ta'minlashi balki, ularda pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya vositalaridan o'z faoliyatlarida foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirishi lozim.

Ta'lim jarayonida pedagogik talablarga mos texnologiyalardan foydalanishni tashkil etish uchun quyidagi omillar muhim hisoblanadi:

- taqdim etilayotgan axborot resurslari ishonchli, tegishli sohaning hozirgi zamon holatiga mos, tizimli va ketma-ket, ko'rgazmali, amaliyot bilan bog'langan bo'lishi;

- taqdimot materiallari ilmiyligi va qabul qilinishi osonligining o'zaro optimal variantida berilishi;

- taqdimot materiallarining bayon etilishi talabaga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Berilayotgan axborotlar mashg'ulot mavzusin

mazmuniga mos bo'lishi bilan birga talabalarda zarur ko'nil

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

hamda malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o'zlashtirishi lozim bo'lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma'lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar tayyorgarlik darajasiga mos bo'lishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Amaliy mashg'ulotlar - bevosita bo'lajak pedagoglar uchun ochiq ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish, o'tilgan darslarni muhokama qilish va tanqidiy tahlil etilishiga yo'naltirilgan bo'lib, u bo'lajak pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, sohaga oid innovatsiyalarni faol o'zlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlashga xizmat qiladi.

Amaliy mashg'ulotlarda bo'lajak pedagoglarning texnologik kompetentlik darajasini rivojlantirish:

- Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlarini tashkil etishning mazmuni va shakliga qo'yilayotgan zamonaviy talablarni o'zlashtirish, tahlil qilish va baholashga;

- Pedagogik-psixologik hamda maxsus fanlarni o'qitish metodikasiga oid nazariy bilimlarni mustahkamlashiga;

- Tegishli kafedralarning ish tajribasi, professor-o'qituvchilar salohiyati, "Ustoz-shogird" tizimi asosidagi faoliyatni o'rganish, tahlil qilishga;

- Fanlar bo'yicha mashg'ulotlarni loyihalashtirish, o'quv me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishga imkon yaratadi.

Bo'lajak pedagoglarning kompetentlikka, mahoratga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida mezonlar ishlab chiqish zarur.

Mavzuga doir manbalarni o'rganish, o'quvchilarning faoliyatlarini kuzatish, tajriba-sinov ishlarining turli bosqichlarida namoyon bo'lgan holatlar, ro'y bergan o'zgarishlarni inobatga olgan holda quyidagi mezonlar bo'lajak o'qituvchilarida texnologik kompetentligining shakllanganlik darajasini quyidagi mezonlar asosida baholash mumkin:

1.Kompetentlik, texnologik kompetentlik, mahorat, pedagogik mahorat kabi tayanch tushunchalar

mohiyatini anglay olishlari.

2.Texnologik kompetentlikning muhim sharti davr talabi ekanligini tushunish.

3.Texnologik kompetentlikni shakllantirish ehtiyojiga egalik. 4.O'zida kompetentlikni shakllantirish yo'lida amr1'

harakatlarni tashkil eta bilish.

Xulosa

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishda pedagogning ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, interfaol usullarni o'zlashtirish, texnik, texnologik vositalarni amaliy joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta'lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o'ituvchidan texnologik kompetentlikni hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

REFERENCES

1.Жураев Р.Х,., Тайлаков Н.И. Ахборотлашган таълим мухдти-укитиш самарадорлигини ошириш воситаси. Узлуксиз таълим. -2004.- №3. -Б. 3-7.

2.Гуломов. Х.Р. Раимов. ва бошкалар. "Таълим-тарбия сифати ва кирралари" Т; «Фан ва технологиялар». 2004. Бетлар. 9.

3.Тайлаков Н.И. Узлуксиз таълим тизими учун информатикадан укув адабиётлари янги авлодини яратишнинг илмий педагогик асослари. Монография. -Т.: «Узбекистон миллий энтсиклопедияси» Давлат нашриёти, 2005. - 160 б.

4.Толипов У., Усмонбоева М. Педагогик технология: назария ва амалиёт. - Т.: «Фан», 2005. 206 б. 20.

5.Ernazarova G.O. The oretical basis of preparation of future teachers for professional pedagogical activity Academic Research in Educational Sciences, 3(1), 1057-1065. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-1-1057-1065

6. Нурматов, А., & Бекмиров, Т. (2021). Развитие креативности будущего учител в процессе (Doctoral dissertation, Тошкент).

7. Bekmirov, T., Axmedova, M., Melibayeva, R., Askarova, N., & Nurmatov, A. (2022). Kasbiy pedagogika.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.