Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI'

PROFESSIONAL TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

87
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
professonal ta’lim / bo‘lajak o‘qituvchilar / ijtimoiylik / kompetentlik / rivojlantirish / tadqiqotlar. / профессиональное образование / будущие учителя / социализация / компетентность / развитие / исследование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maqsadjon Ахmedovich Ibroximov

Ushbu maqolada, bo‘lajak professonal ta’lim o‘qituvchilarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi yuzasidan tadqiqotchi olimlar tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan tahlillar qayd etilgan. Shaxs ijtimoiylashuvida oliy ta’lim muassasalarining didaktik imkoniyatlarini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan. Shuning bilan birga professonal ta’lim o‘qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlariga tizimli yondashilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье анализируются работы ученых-исследователей по проблеме развития социальной компетентности будущих педагогов профессионального образования. Социализация личности отражает идею обеспечения дидактического потенциала высших учебных заведений. При этом подчеркивается необходимость системного подхода к развитию социальной компетентности педагогов профессионального

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PROFESSIONAL TA'LIM YO'NALISHI TALABALARINING IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA TA'LIM VA AMALIYOT

INTEGRATSIYASI

Maqsadjon Axmedovich Ibroximov

Namangan davlat universiteti, Texnologik ta'lim kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

Ushbu maqolada, bo'lajak professonal ta'lim o'qituvchilarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirish muammosi yuzasidan tadqiqotchi olimlar tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan tahlillar qayd etilgan. Shaxs ijtimoiylashuvida oliy ta'lim muassasalarining didaktik imkoniyatlarini ta'minlashga oid fikrlar yoritilgan. Shuning bilan birga professonal ta'lim o'qituvchilarining ijtimoiy kompetentligini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlariga tizimli yondashilgan.

Kalit so'zlar: professonal ta'lim, bo'lajak o'qituvchilar, ijtimoiylik, kompetentlik, rivojlantirish, tadqiqotlar.

В данной статье анализируются работы ученых-исследователей по проблеме развития социальной компетентности будущих педагогов профессионального образования. Социализация личности отражает идею обеспечения дидактического потенциала высших учебных заведений. При этом подчеркивается необходимость системного подхода к развитию социальной компетентности педагогов профессионального образования.

Ключевые слова: профессиональное образование, будущие учителя, социализация, компетентность, развитие, исследование.

This article analyzes the work of scientists-researchers on the problem of developing the social competence of future teachers of vocational education. The socialization of the personality reflects the idea of providing the didactic potential of higher educational institutions. At the same time, the need for a systematic approach to the development of social competence of vocational education teachers is emphasized.

Keywords: professional education, future teach ^

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

socialization, competence, development, research.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Kirish. Mamalakat ijtimoiy-iqtisodiy sohasining dunyo hamjamiyati bilan chuqur integratsiyalashuvi oqibatida mutaxassisliklar klassifikatorga juda katta o'zgarishlar kiritildi, ammo bugungi kunda yangidan yangi mutaxassisliklar iqtisodiyotga, aynisa nana texnologiya, roboto-texnika, axborot kommunikatsion texnologiyalar, gen muhandisligi va boshqa sohalarda kirib kelmoqda. Mazkur yangi mutaxassisliklarni kasblar tasnifi bo'yicha mutasaddi tashkilotlar o'z ro'yxatiga kiritishga ulgirmay qolmoqda.

Talabalarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizimlarini takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalarining faoliyatini samarali, oqilona tashkil qilish, har bir rahbar va pedagoglarining o'z burchlarini sifatli bajarishi, o'quv tarbiya ishlari samarasiga, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarning aniq-ravshanligiga, vazifalarning to'g'ri taqsimlanishiga va ijtimoiy kompetentlik bo'yicha ta'lim-tarbiya ishini mohirlik bilan bir-biriga muvofiqlashtirib olib bori bog'liq.

Adabiyotlar taxlili va metodlar. Kompetensiyaga asoslangan shaxsni boshqarish yondashuvining asoschisi sifatida David Mc Clelland (Devid Makklelland) nomini qayd etish zarur. Olim ishlab chiqarish jarayoni xususiyatlarining psixologik aspektlarini o'rgangan bo'lib, ishlab chiqarishda mutaxassis motivatsiyasini ishlab chiqarish jarayoni va maqsadlari bilan uzviy birlashtirish nazariyasining asoschisi sifatida taniladi. Olimning fikriga ko'ra, aynan iqtisodiy keskin rivojlanish va o'sish kadr kompensiyasi masalasi zimmasidagi bo'lib, biror bir iqtisodiy g'oya o'z o'zidan effektiv bo'lib qolmaydi, balki mana shu g'oyani samarali qiluvchi kadrlar va ular kompetensiyasi mavjud bo'lishi lozim, kadrlar kompetensiyasini to'g'ri va maqsadga muvofiq shakllantira olgan kompaniyalargina samarador bo'ladi. Shuning uchun ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarining amaliyotga implementatsiyasi bilan uzviy birlashtirilgan innovatsion ta'lim, fanlararo ta'lim, biznes boshqaruv ta'limi kabi qator talablar birinchi o'ringa chiqadi.

Tarixiy jihatdan ta'lim tizimida kompetentlik tushunchasining kirib kelishi va uning ahamiyatining qabul qilinishiga nisbatan kuyidagi bosqichlar ajratiladi:

Tahlil va natijalar. 1-bosqichda (1960-1970 yillar) — ilmiy doiralar va muomalaga «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari kirib keldi va ularning amal qilish qoidalari, qo'llanilish xususiyatlari belgilandi. Birinchi bor «kompetensiya» atamasi 1965 yilda Massachusets universiteti o'qituvchisi N. Xomskiy tomonidan ishlatiladi. Bu so'zning

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

semantik chegarasi bugungi kunda juda keng bo'lib, aslida bu so'z «kelishuv», «kelishuvchanlik», «biror bir narsaga mos kelish», «mos bo'lish» ma'nolarini anglatadi. Bugungi kunda mazkur so'z ko'proq «faoliyat olib borishning universal, ya'ni hamma uchun mos bo'lgan umumiy xususiyatlari va talablari majmuini» anglatadi. Mazkur kompetensiyalar turli mutaxassisliklar doirasidagi dolzrab, yechilishi zarur vazifalarni bajarishga yo'naltiriladi. Naum Xomskiy, o'zi lingvist olim va psixolog bo'lganligi uchun, «Sintaktik strukturalar» kitobida bu istilohni til borasidagi intuitiv bilim sifatida talqin qiladi. Bu intuitivlik individga ona tilini o'zlashtirishda asos bo'lib xizmat qiladi va to'g'ri jumlalarni noto'g'ri jumlalardan ajratish imkoniyatini yaratadi. Binobarin, N. Xomskiy tasnifida «kompetensiya» tilga nisbat berilgan xususiyatlar majmui bo'lib, tilning lingvistik mohiyatini anglash uchun zarur bo'lgan individ xislatlari majmuini anglatadi.

2-bosqichda (1970-1990 yillar) «kompetensiya» istilohining qo'llanilish doirasi keskin o'sadi, mazkur so'z maxsus istilohga aylanadi va biror bir sohaga oid xususiyatlar jamlanmasini anglata boshlaydi hamda til nazariyasi, menejment, kommunikatsiyalarni tashkil qilishda qo'llaniladi.

J. Ravenning 1984-yili «Competence in modern society: Its Identification, Development and Release» kitobi nashr bo'ladi. J. Raven o'ziga ilmiy vazifa qilib, zamonaviy jamiyat nuqtai nazaridan mutaxassislik kompetensiyasi nimaga teng degan masalani qo'yadi va effektivlikni ta'minlovchi kompetensiyaning 37 ta komponentini ajratib, ko'rsatib beradi va ularni «motivatsion qobiliyat» deb ta'kidlaydi.

Yevropaning 80 ta universiteti rektorlari 1988-yilda Boloniya universitetining 900 yilligi nishonlash tadbirlarida Magna Charta Universitarum (Universitetlarning buyuk Xartiyasi) xujjatiga imzo qo'yishdi. Bu hodisa Yevropa ta'lim tizimi tarixidagi «Boloniya jarayoni» deb nomlangan eng yirik loyihaning boshlanishini bo'ldi. Keyinchalik Yevropada yaxlit va hamma uchun teng imkoniyatlar yaratuvchi «Boloniya deklaratsiyasi» 19 iyun 1999 yilda imzolandi va uning maqsadi oliy ta'limning Yevropa mamlakalariaro yagona va yaxlit makonini yaratishdan iborat qilib belgilandi. Kompetensiya nuqtai nazaridan esa, Boloniya jarayoni davomida Yevropa mehnat bozorlarida ish beruvchilar tomonidan an'anaviy «bilim» paradigmasi «faoliyat», ya'ni «kompetensiya» paradigmasi bilan to'ldirildi, buning natijasida ta'lim modellarida kadr tayyorlashning maqsadi mutaxassisning kvalimetrik talablari miqyosida«kompetensiya» tushunchasini muhim xususiyatlardan biri darajasiga ko'tardi.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

3-bosqichda (1990-2001 yillar) butun dunyo, MHD da, xususan Rossiyada «Boloniya deklaratsiyasi» ijro va ta'lim taraqqiyoti uchun qabul qilindi, ta'lim islohotlarining maqsadlaridan biri mutaxassisning kvalmetrik ko'rsatkichlarining bosh xususiyati qilib aynan kasbiy «kompetentlik» masalasi qo'yila boshladi. Bu davrda Rossiyaning qator olimlari, xususan A. K. Markova, Ye.F. Zeera, A.V. Xutorskiy va boshqalar kasbiy kompetentlik tushunchasini psixologiya va pedagogika nuqtai nazaridan ilmiy-nazariy va metodik jihatdan ishlab chiqdilar.

Ilmiy muomalaga «kompetensiya» so'zining kirib kelishi, lingvistik o'ziga xoslikni belgilashdan boshlanib, iqtisodiy va menejment termiga aylanishi va hozirda barcha pedagogik jarayonlarning bosh maqsadlaridan

biri bo'lib borayotgani bu uning evolyusion rivojini namoyon etadi. Xususan, Ya.A. Komenskiy pedagogikasi davridan boshlab bilim berish va kadr tayyorlashdagi maqsad individlarda bilim, malaka va ko'nikmalarni (BMK) shakllantirish jarayoniga qaratilgan bo'lsa, hozirda professonal bo'lishlikning bosh mohiyati aynan «kompetensiya», «kompetentlik» tushunchalaribilan aloqadorlikda talqin qilinmoqda.

Xulosa va takliflar. Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, o'qituvchi o'zini egallab turgan lavozimi darajasida kasbiy kompetentlikka ega ekanligini his etgandagina pedagogic jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etishi mumkin. Zotan uni kasbiy bilimdonlik, halollik, rostgo'ylik, izlanuvchanlik, tinimsiz sermahsul mehnat, ijodkorlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlar yuksaltiradi.

Kompetentlikga asoslangan yondashuv davlat, jamiyat va insonning o'z manfaati uchun hayotning muhim sohalarida muvaffaqiyatli ishlash uchun bilim va amaliy faoliyat usullarini kompleks o'zlashtirishga qaratilgan. Kompetentlikga asoslangan yondashuvning maqsadi zamonaviy ta'lim nuqtai nazaridan kelib chiqgan holda, talabaning nazariy bilimlari va uni amaliy qo'llash o'rtasidagi uzilishni yengishga intilishdir. Shuning uchun zamonaviy o'quv jarayoni amaliyotda qo'llanilishi qiyin bo'lgan bilimlarni talabalarga berishdan iborat emas, aksincha shu bilimlarni dolzarb kasbiy muammolarni hal qilishga namoyish etish, shuningdek o'quv jarayonida bu kabi muammolarni talabalarning o'zlari mustaqil ravishda hal qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Ibroximov M.A. Professonal ta'lim yo'nalishi talabalarida ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtir0^ Monografiya. - Namangan: "Fan ziyosi" nashriyoti, 2022 yil.

bet.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

2. Ibroximov M.A. Talaba va yoshlarda ijtimoiy kompetentlikni rivojlantirishga kasbiy professonal va tizimli yondashuvlar // O'zMU xabarlari. - Toshkent, 2022. -№ 1/9. - B. 106-109.

3. Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H. "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik" moduli bo'yicha o'quv-metodik majmua. - Toshkent: 2016.

4. Мироненко С.Н. Интеграция педагогического и технического знания как условие подготовки педагога профессионального обучения к диагностической деятелтности. Дисс. ...канд.пед.наук. - Череповец.: 2014. - 164 с.

238 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.