Научная статья на тему 'PEDAGOGNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH'

PEDAGOGNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

261
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologik kompetentlik / pedagogik faoliyat / pedagogik texnologiya / mustaqil o'qish / bilim / malaka va ko'nikma / faollik / innovatsion jihat / технологическая компетентность / педагогическая деятельность / педагогическая технология / самостоятельное обучение / знания / умения и навыки / активность / инновационный аспект

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Inobat Ashuraliyevna Yuldasheva

Maqolada oliy ta'lim muassasalarida pedagoglar tayyorlash jarayonida texnologik kompetentligining rivojlanishi ahamiyati, uning pedagogik faoliyatda pedagogik texnologiyani ta'lim jarayonlaridagi murakkab vazifalarni hal qilishga ko'maklashuvchi ta'lim faoliyati sub'ektlarining mustaqil o'qish va o'rganish, o'zo'zini kamolga yetkazish, o'z-o'zini safarbar etish hamda dolzarblashtirish kabi innovatsion jihatlari namoyon bo'lishi ifoda etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PEDAGOGNING TEXNOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada oliy ta'lim muassasalarida pedagoglar tayyorlash jarayonida texnologik kompetentligining rivojlanishi ahamiyati, uning pedagogik faoliyatda pedagogik texnologiyani ta'lim jarayonlaridagi murakkab vazifalarni hal qilishga ko'maklashuvchi ta'lim faoliyati sub'ektlarining mustaqil o'qish va o'rganish, o'z-o'zini kamolga yetkazish, o'z-o'zini safarbar etish hamda dolzarblashtirish kabi innovatsion jihatlari namoyon bo'lishi ifoda etilgan.

Kalit so'zlar: texnologik kompetentlik, pedagogik faoliyat, pedagogik texnologiya, mustaqil o'qish, bilim, malaka va ko'nikma, faollik, innovatsion jihat

В статье выражена значимость развития технологической компетентности в процессе подготовки педагогов в высших учебных заведениях, ее проявление в педагогической деятельности в таких инновационных аспектах, как самостоятельное чтение и обучение, самосовершенствование, самомобилизация и актуализация субъектов образовательной деятельности, способствующих решению сложных задач педагогической технологии в образовательных процессах.

Ключевые слова: технологическая компетентность, педагогическая деятельность, педагогическая технология, самостоятельное обучение, знания, умения и навыки, активность, инновационный аспект

The article expresses the importance of the development of technological competence in the process of training educators in higher educational institutions, the manifestation of innovative aspects of pedagogical technology in pedagogical activities such as independent reading and learning, self-improvement, self-mobilization and relevance of subjects of educational activities that promote the solution of complex tasks in educational processes.

Inobat Ashuraliyevna Yuldasheva

Ipak yo'li innovatsiyalar universiteti, katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

Keywords: technological competence, pedagogical activity, pedagogical technology, independent reading, knowledge, skills and skills, activity, innovative aspect.

Jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida aksariyat "organ-vosita" tizimlari nafaqat texnik taraqqiyot, balki insonning psixik evolyutsiyasi va uning psixologik-fiziologik funktsiyalarining tezlashishi va takomillashishining yutug'i bo'ldi. B.G.Ananevning ta'kidlashicha, shaxs nazariyasida shaxsning tuzilmasida intellektning mohiyatiga aksariyat hollarda e'tibor qaratilmagan, shaxsning bir tomonlama intellektuallashtirishning oqibatlari haqida xavotirli fikrlar bildirilgan, ayni shu vaqtda: "intellekt nazariyasida, shaxsning intellektual funktsiyalarini bevosita ifodalovchi uning ijtimoiy va psixologik tavsiflariga kam e'tibor qaratilgan

Shaxs va intellektning bunday o'zaro ajratib qo'yilishi, bizning tasavvurimizda insonning real' rivojlanishiga teskari jarayon sifatida gavdalanadi, bunda ijtimoiy funktsiyalar, jamiyatning muomalasi va motivatsiyalar har doim inson tomonidan uni o'rab turgan olamni aks ettirish jarayoni bilan, ayniqsa jamiyatni, insonlarni va o'z-o'zini bilish bilan bog'liqdir.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Texnologiklik bosqichining muhim o'ziga xos xususiyatlari ta'lim faoliyati sub'ektlarini intellektuallashtirish jarayonlarini qo'llab-quvvatlash va uyg'unlashtirishda namoyon bo'ladi. Buni pedagogik madaniyat va ijtimoiy tajribalar ko'chish funktsiyalarining "Insonni shakllantirish funktsiyalariga" ko'chish deb tushuni mumkin [1]. Ta'lim jarayonlarini texnologiyalashtirishning talablariga muvofiq texnologik kompetentlikning tavsiflariga quyidagilarni kiritishni lozim deb topdik:

-texnologik ta'minlanganlikning (adekvatligi) mosligi (o'quv faoliyatini tashkillashtirishning usul va vositalari);

-o'zlashtirilgan bilimlarni qayta takrorlash asosida mustahkamlash jarayonlarini boshqarish;

-pedagogik faoliyat rolining o'sib borishi; -pedagogik texnologiyalarning takrorlanuvchanligi; -pedagogik tajribalarning uzatilishi, ko'chishi;

Kirish

[5].

-ommaviy natijalarning kafolatlanishi va boshqalar.

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

So'nggi paytlarda lug'atimizda "kasbiy kompetentlik" atamasi muomalaga kirib

Tadqiqotimizdagi asosiy tushuncha bu zamonaviy mutaxassis mahorat darajasining asosiy ko'rsatkichi bo'lib hisoblangan "texnologik kompetentlik" tushunchasidir.

Muammoli-modulli ta'lim texnologiyasi muallifi M.A.Choshanov shunday ta'kidlaydi "kasbiy pedagogika tizimida "kompetentlik" atamasi o'zining barqaror o'rniga ega emas, hozircha aksariyat hollarda undan mutaxassisning yetarli darajadagi malakasi va professionalligini ta'riflashda foydalanilmoqda" [3]. Olimlar tomonidan kompetentlikning uch xil darajasi aniqlangan, bular; minimal, medial va maksimal. Shunga asosan bu uchta darajadan har bittasiga mos keluvchi komponentlarni qo'shib "Kompetentlik formulasi"ni keltirib chiqarish mumkin: bilimlar harakatchanligi+usullarning moslashuvchanligi+ +fikrlashning tanqidiyligi.

Biz ta'lim jarayonlariga "texnologik yondoshuv" nuqtai nazaridan mazkur kompetentlik tushunchasini chuqurlashtirib: "bilimlar harakatchanligi"-instrumentallashgan kasbiy-pedagogik invariantlarning to'laqonliligiga tayanishi lozim;

"usullarning moslashuvchanligi"-faoliyatni tashkillashtirishning texnologo-kibernetik modellariga tayangan holda universal va noyob komponentlarning uyg'unlashuvi orqali aniqlanadi;

"fikrlashning tanqidiyligi"-ta'limning kreativ-texnologik va aksiologik qat'iy talablariga asoslanishi lozim deb hisoblaymiz.

Ta'lim texnologiyalarining paydo bo'lishi va ularning pedagogik amaliyotga joriy etilish jarayonlarini tadqiq qilib, T.S.Nazarova shunday yozadi "Pedagogik texnologiya ta'lim texnologiyalarining amalga oshirilish taktikasini aks ettiradi va ta'lim berishning ma'lum bir sharoitlarida (yakka tartibda, guruhlarda, jamoalarda va ommaviy) "pedagog-moddiy muhit-ta'lim oluvchi" tizimining faoliyat ko'rsatish qonuniyatlarini bilishga asoslanadi [3]. Qanday fanni o'rganishdan qat'iy nazar o'quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish qonuniyatlari va umumiy xususiyatlari bu texnologiyaga xosdir. Pedagogik texnologiya fan va amaliyotning turli jabhalarida keng tarqalgan maxsus texnologiyalarni qamrab oladi, va ular quyidagilar: yangi axborot texnologiyalari, sanoat (ishlab chiqarish) texnologiyalari, elektron texnologiyalar, poligrafik texnologiyalar,-tibbiyot va bos

keldi.

Natija

texnologiyalar.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Muallif ta'lim texnologiyasi ta'rifiga quyidagicha izoh beradi "Ta'lim texnologiyasi pedagogik texnologiya tushunchasiga yaqin tushuncha, lekin unga o'xshamaydi, chunki u biror-bir fan, mavzu yoki savol bo'yicha, tanlangan texnologiya doirasida aniq o'quv materiali (tushuncha)ning o'zlashtirilish usulini aks ettiradi. Ta'lim texnologiyalari esa ko'p variantli va xususiy metodikalarga o'xshash

Ta'lim texnologiyalarining G.K.Selevko tomonidan tasniflanishi keng tarqalgan. U bir xil mezonlar bo'yicha hozirgi kundagi ta'limni rivojlantirish yo'nalishlari va tendentsiyalarini o'zida mujassam etgan ellikdan ortiq pedagogik texnologiyalarning ta'riflarini ishlab chiqqan, ularni "mazmun va instrumental ahamiyati xususiyatlari bo'yicha" tasniflagan hamda ularni o'rganish va ulardan foydalanish bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqqan [4].

Ta'limga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlar va me'yoriy hujjatlarni o'rganish natijasida biz "texnologik kompetentlik" tushunchasining hozirgi kunda aniq bir ta'rifi mavjud emasligini aniqladik.

Yuqoridagilarga asoslanib biz "texnologik kompetentlik" tushunchasiga quyidagicha ta'rif berishni maqsadga muvofiq deb topdik:

Pedagogning texnologik kompetentligi-bu kreativ-texnologik bilimlar, pedagogik

voqelik ob'ektlarini o'zgartirish bo'yicha qobiliyatlar va instrumentallashgan faoliyat stereotiplari tizimi [2].

Ya'ni texnologik kompetentlik ta'lim tizimining o'z-o'zini rivojlantirish va takomillashtirish elementlarining mukammal lug'atiga, apparat va atamalariga, o'zining invariant asosiga hamda mexanizm va vositalariga ega bo'lgan funktsional tizimdir.

Muhokama

Pedagog texnologik kompetentligining rivojlanish masalasining ko'p jihatliligi kompleks tavsifga ega. Agar bu hodisani har tomonlama tahlil qilsak:

bir tomondan-bunda pedagogikaning yangi ilg'or yutuqlari sintez qilinadi; ikkinchi tomondan-oldingi avlod pedagoglari pedagogik madaniyatining aterfaktlari yoxud to'plangan tajribalar majmuasi;

uchinchi tomondan-quyidagi faoliyat alomatlarini o'z ichiga oluvchi translyatsion (uzatiluvchi)-uslubiy funktsiyalar: informatsion (axborotga oid)-yangi

bo'ladi"

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

tushunchalarni tanlash, aniqlik kiritish va qo'llash; umumlashtiruvchi va shakllantiruvchi-texnologik madaniyat va faoliyat sub'ektlarini dolzarblashtirish.

Ta'lim nazariyasi va amaliyoti uchun ilmiy yangilik sifatida texnologik kompetentlikning ta'lim jarayonlaridagi murakkab vazifalarni hal qilishga ko'maklashuvchi quyidagi innovatsion jihatlari namoyon bo'ladi - ya'ni ta'lim faoliyati sub'ektlarining mustaqil o'qish va o'rganish, o'z-o'zini kamolga yetkazish, o'z-o'zini safarbar etish hamda dolzarblashtirish:

-ma'lum bir vaziyatda boshqariluvchi va pedagogik faoliyatning texnologiyalashtirilgan asoslovchilarini tavsiflovchi, erkinlik beruvchi shaxsga yo'naltirilgan komponent;

-har tomonlama (universal) texnologik va noyob shaxsiy komponentlarning uyg'un muvozanatlashuvi;

-kognitiv-o'zgartirish ehtiyojlari va ularga mos keluvchi kreativ-texnologik qobiliyatlarning kuchayishi, mukammal shaxs komponentlarining rivojlanishi, shu jumladan ularning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi sensor-instrumental komponent;

-an'anaviy bir yo'nalishli, bir-biriga o'xshash xususiyatlarga ega bo'lgan, esda qolgan hodisa va voqealarni tasvirlashga asoslangan faoliyatdan-sermahsul (sernatija) ko'po'lchamli fikrlash fazosida tafovutlovchi faoliyat turiga o'tish, hamda zamonaviy ilmiy dunyoqarashga ega bo'lgan ko'p qirrali shaxsning shakllanishi;

-o'quv-biluv faoliyati ko'p o'lchamli ichki va tashqi rejalari (hamkorlikdagi va mustaqil) o'rtasidagi boshqariluvchi o'zaro hamkorlikning o'rnatilishi;

-didaktik maqsadlarga erishish uchun harakatlarni tez va aniq erkin sezish (refleksiya), texnologo-pedagogik salohiyatni faollashtirishga yo'naltirilgan harakatchan kasbiy-texnologik qobiliyatlarning shakllanishi va boshqalar.

Texnologik kompetentlikning pedagogning betartib maqsadga yo'naltirilmagan va to'liqsiz shakllangan texnologik tayyorlanganligidan farq qiluvchi instrumentallashgan, foydalanish uchun qulay, boshqariluvchan, maqsadga yo'naltirilgan va erkinlikni (pedagogik vazifa va vaziyatdan kelib chiqib) ta'minlovchi ko'rsatkichlarni kiritamiz. Texnologik kompetentlik nafaqat ta'lim tizimiga rivojlantiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi omil, balki ma'muriy yo'riqnomalar va tavsiyalarni talab qilmaydigan o'z-o'zini rivojlantiruvchi tizimli mexanizm.

Shu tarzda biz texnologik kompetentlikning rivojlanishini pedagogning kasbiy tayyorgarlik va ta'lim beruvchi hamda ta'lim oluvchining o'quv faoliyatini instrumental texnologik ta'minlanishiga asoslangan innovatr'" pedagogik yo'nalish deb o'rganamiz.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Biz tomonimizdan "Pedagogning texnologik kompetentligi" tushunchasiga berilgan ta'rif ta'lim jarayoni zamonaviy mutaxassisining mazkur fazilatini shakllantirish va takomillashtirish asoslari hamda uning nazariy-metodik jihatlari mazmunini ochib berish imkonini beradi.

Xulosada shuni aytish mumkinki, ta'limni texnologiyalashtirish bosqichida biz tomonimizdan tizimlilik, insonparvarlik, shaxsiy-faoliyatiy va texnologik yondoshuvlar nuqtai nazaridan texnologiyalashtirilgan faoliyat sub'ektining pedagogik fazilatlarini maqsadli rivojlantirish uchun boshqaruvchilik va shakllantiruvchi komponentlarga ehtiyojning juda ham zarurligi aniqlandi. Shaxsga-yo'naltirilgan texnologik kompetentlik bioijtimoiy asosga ega. Ijtimoiy nuqtai nazardan ta'limni texnologiyalashtirish deganda ta'limning betartibligi, ta'lim va tarbiya jarayonlari natijalarining oldindan bilib bo'lmaydigan va tarqoq bo'lishini bartaraf etuvchi pedagogning kasbiy-shaxsiy fazilatlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda vositalarining ishlab chiqilishi tushuniladi. Bunga erishish mumkin: agar, pedagogik faoliyatning asosiy turlari, biologik organning ish faoliyati va mukammal tafakkur mahsuli texnologiyalashtirilsa.

Hozirgi kunda bu sohada bir qator olimlar tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar (V.P. BespaFko, V.V.Guzeev, I.S.Dmitrik, M.V.Klarin, V.M.Monaxov, G.K. Selevko, V.V.Serikov, V.E.Shteynberg va boshqalar) [3].

Ta'lim faoliyati samaradorligini oshirish, shaxsga ta'lim berishni va bioijtimoiy rivojlanishni loyihalash, uning intellektual-biluv qobiliyatlarini ta'lim va fikrlash organi faoliyatlarini shakllantirish (psixofiziologik yangilanishlar) yo'li bilan rivojlantirilishiga bevosita bog'liq bo'ladi. Kontseptual fikrlashni shakllantirish va ko'po'lchamli boliqni tasavvur qilish, instrumentallashgan ikki yo'nalishli ichki va tashqi rejalarning hamkorlikda faoliyat yuritishi, uch turdagi tayanch faoliyatlar va ularga mos keluvchi qobiliyatlarning muvozanatlashgan integratsiyalashuvi asosida kechadi.

Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida ta'lim texnologiyalari va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish, ta'lim tizimi muhim elementlarining instrumental loyihalash imkoniyatlari bilan belgilanadi. U tashqi ta'lim rejasini tasavvur qilish, bilimlar va faoliyatni tahlil qilishni muhim didaktik vositalar yordamida mashg'ulot mavzusini ko'po'lchamli fikrlash fazosiga ko'chirish shaklida

Xulosa

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

shakllantirishga yo'naltirilgan. Didaktik instrumental vositalar, tafakkur mahsuli va faoliyatni shakllantirish jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar.

REFERENCES:

1.Жураев Р.Х,., Тайлаков Н.И. Ахборотлашган таълим мухдти-укитиш самарадорлигини ошириш воситаси. Узлуксиз таълим. -2004.- №3. -Б. 3-7.

2.Туломов. Х.Р. Раимов. ва бошкалар. "Таълим-тарбия сифати ва кирралари". Т; «Фан ва технологиялар». 2004. Бетлар. 9.

3.Тайлаков Н.И. Узлуксиз таълим тизими учун информатикадан укув адабиётлари янги авлодини яратишнинг илмий педагогик асослари. Монография. -Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат нашриёти, 2005. - 160 б.

4.Толипов У., Усмонбоева М. Педагогик технология: назария ва амалиёт. - Т.: «Фан», 2005. 206 б. 20.

5.Ernazarova G.O. The oretical basis of preparation of future teachers for professional pedagogical activity Academic Research in Educational Sciences, 3(1), 1057-1065. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-1-1057-1065

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.