Научная статья на тему 'TA'LIM JARAYONLARINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH MOHIYAT'

TA'LIM JARAYONLARINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH MOHIYAT Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1165
425
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta`lim jarayoni / texnologiyalashtirish / texnologik kompetentlik / innovatsion faoliyat / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / faoliyatni texnologiyalashtirish / texnologik yondashuv / ilg'or pedagogik texnologiyalar. / образовательный процесс / технологизация / технологическая компетентность / инновационная деятельность / информационно-коммуникационные технологии / технологизация деятельности / технологический подход / передовые педагогические технологии.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yulduz Rasulovna Jumaeva

Ushbu maqolada ta`lim jarayonlarini texnologiyalashtirishning ilmiy asoslari, ta'lim berishning texnologiyalashtirilgan shakl va usullarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish zarurligi, ta`lim mazmunini tubdan yangilash va innovatsion faoliyatni texnologiyalashtirish extiyoji va ta'lim jarayonlarining texnologiyalashuvi vazifalari pedagog va tarbiyachida bir qator qobiliyatlarning aniqlanishini taqozo etishi masalalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье освещаются вопросы научных основ технологизации образовательных процессов, необходимости разработки и внедрения в жизнь технологизированных форм и методов обучения, необходимости коренного обновления содержания образования и технологизации инновационной деятельности, задачи технологизации образовательных процессов, требующие выявления у педагога и воспитателя ряда способностей.

Текст научной работы на тему «TA'LIM JARAYONLARINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH MOHIYAT»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

TA'LIM JARAYONLARINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH MOHIYATI

Yulduz Rasulovna Jumaeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, "Umumiy pedagogika" kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Ushbu maqolada ta'lim jarayonlarini texnologiyalashtirishning ilmiy asoslari, ta'lim berishning texnologiyalashtirilgan shakl va usullarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish zarurligi, ta'lim mazmunini tubdan yangilash va innovatsion faoliyatni texnologiyalashtirish extiyoji va ta'lim jarayonlarining texnologiyalashuvi vazifalari pedagog va tarbiyachida bir qator qobiliyatlarning aniqlanishini taqozo etishi masalalari yoritilgan.

Tayanch so'zlar: ta'lim jarayoni, texnologiyalashtirish, texnologik kompetentlik, innovatsion faoliyat, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, faoliyatni texnologiyalashtirish, texnologik yondashuv, ilg'or pedagogik texnologiyalar.

Аннотация: В данной статье освещаются вопросы научных основ технологизации образовательных процессов, необходимости разработки и внедрения в жизнь технологизированных форм и методов обучения, необходимости коренного обновления содержания образования и технологизации инновационной деятельности, задачи технологизации образовательных процессов, требующие выявления у педагога и воспитателя ряда способностей.

Ключевые слова: образовательный процесс, технологизация, технологическая компетентность, инновационная деятельность, информационно-коммуникационные технологии, технологизация деятельности, технологический подход, передовые педагогические технологии.

This article covers the scientific foundations of the technologization of educational processes, the need to develop and implem ~ " technologized forms and methods of education, the need

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

radically update the content of education and technologizing innovative activities, and the issues that the tasks of technologizing educational processes dictate the identification of a number of abilities in the educator and educator.

Keywords: educational process, technologization, technological competence, innovative activities, information and communication technologies, technologization of activities, technological approach, advanced pedagogical technologies.

Ta'lim tizimlarining samarali faoliyat ko'rsatishi, ta'lim berishning texnologiyalashtirilgan shakl va usullarini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, ta'lim oluvchilarning yuqori ko'rsatkichlarga erishishlari-bularning hammasi o'qitiladigan fanlar bo'yicha sifatli ishlab chiqilgan texnologiyalar va texnologiyalashtirilgan metodikalarga bevosita bog'liq bo'ladi.

Hozirgi kunda pedagogning kasbiy-shaxsiy fazilatlarini yaxshilash, ta'limning asosiy elementlarini loyihalash, uning mazmunini tubdan yangilash va innovatsion faoliyatni texnologiyalashtirish extiyoji tug'ilmoqda [4].

Aynan mana shu yerda pedagoglarning o'z kasbiy faoliyatlariga texnologik jihatdan tayyor emasliklari ko'zga tashlanadi, shu sababdan davlat ta'lim standarlari tomonidan mutaxassislarning malaka talablariga qo'yiladigan talablarga javob berish qiyin bo'lib qolmoqda, bunda turli xildagi texnologiyalashtirilmagan metodikalardan foydalanish, texnologiya va metodika o'rtasidagi tafovutni anglab yetish muhim o'rin tutadi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Texnologik kompetentlikning (TK) manbalarini nazariy va amaliyotning hozirgi kundagi holatidan kelib-chiqib tahlil qilish shuni ko'rsatadiki ta'lim taraqqiyotini shartli ravishda ikki bosqichga ajratish mumkin: metodik va texnologik (XX asrning boshlari). Bizning fikrimizcha ular o'rtasida yaqqol (keskin) chegaralar mavjud emas, chunki protsessual nuqtai nazardan rivojlanish jarayonida ular bir-birini mazmunan to'lidiradi, boyitib boradi va pedagoglarning har tomonlama barkamol qilib tayyorlashga xolis xizmat qiladi.

Metodika va texnologiyaning o'ziga xosligidan kelib-chiqib, kompetentlikni ikki turga ajratish mumkin: metodik kompetentlik va texnologik kompetentlik. Texnologik kompetentlik-bu kompetentlikning muhim shakli.

Pedagogikaga daxldor texnologiyalar haqida 20-30 yilla

Kirish

amalga oshirilgan refleksologiyaga asoslangan ilmiy tadqi

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

ishlarida fikrlarni uchratish mumkin (I.P.Pavlov, V.M. Bexterev, A.A.Uxtominskiy va S.T.Shatskiy). Pedagogikada "Pedagogik texnologiyalar" va "pedagogik texnika" kabi atamalar ham aynan shu davrlarda ta'lim jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan vosita va usullar to'plami sifatida kirib kelgan [1].

XX asrning keyingi ikki o'n yilliklarida (40-50 yillarda) ta'limning texnik vositalarining jadal suratlarda rivojlanishi natijasida "ta'lim texnologiyasi" tushunchasi kirib keladi.

Keyinchalik bu tushuncha mukammallashib "Pedagogik texnologiyalar" deb yuritila boshlagan.

T.V.irinning ta'kidlashicha 60-yillarning o'rtasiga kelib pedagogik texnologiyalarda ikki yo'nalish yuzaga keladi: birinchisi-"ta'limdagi texnik vositalar" ya'ni "texnology in education" bu yo'nalishda ta'lim jarayoni ta'limdagi texnik vositalarning va dasturlangan ta'limning turli shakllarini qo'llab amalga oshiriladigan; ikkinchisi-"ta'lim texnologiyasi" yoki "Ta'lim jarayoni texnologiyasi" ya'ni ta'lim jarayonini tashkillashtirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan "texnology of education" deb nomlanuvchi yo'nalish.

70-yillarda ilg'or xorijiy mamlakatlar olimlarining diqqatlari asosan o'qitish jihozlarini modernizatsiya qilish va o'qitish vositalarini yaxshilashga qaratilgan, chunki bu samarali ta'lim berishning muhim pedagogik sharti deb hisoblangan.

1977-yilda Budapeshtda o'tkazilgan ta'lim texnologiyalari bo'yicha Xalqaro seminarda ta'limdagi texnologik jarayonlarning asosiy belgilari aniqlab olindi. Bu belgilar quyidagilardan tashkil topadi:

-ta'lim jarayonlarida qo'llaniladigan texnik vositalarni mukammal bilish va ulardan oqilona foydalana olish;

-audiovizual materiallar fondining mavjudligi va ularni chuqur bilish;

-yuqoridagi keltirilgan omillardan samarali, o'z-o'rnida va oqilona foydalana

olish

metodikasiga ega bo'lish.

80-yillardan boshlangan sanoat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini komp'yuterlashtirish, ta'lim sohasini ham chetlab o'tmadi. Aynan shu davrdan boshlab "pedagogik texnologiyalar" tushunchasi kirib kelgan.

90-yillargacha texnik taraqqiyot bilan bog'liq bo'lgan texnologik bilimlarning ob'ektiv to'planishi va texnologiklik tushunchasining turlicha talqinlari vujudga kelgan qator ilmiy tadqiqotlar olib borilishiga qaramas

pedagogik texnologiyaning ijtimoiy mohiyatiga to'liq anii

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

kiritilmagan. Shunga qaramasdan 90-yillarga kelib an'anaviy ta'lim jarayonlariga nibatan ta'lim jarayonlarida texnologo-pedagogik jarayonlarning ustuvor yo'nalishlari ko'zga tashlana boshladi. Bu yo'nalishlar ta'limda mavjud muammolarni tezroq bartaraf etish imkoniyatlarini namoyon etadi. Uchinchi ming yillikning dastlabki yillariga kelib ta'limning texnologo-pedagogik muammolarini bartaraf etishga qaratilgan ta'lim jarayonlari va tizimlarini loyihalash texnologiyasiga oid tajriba-sinovlar ishlari va ilmiy tekshirishlardan muvaffaqiyatli o'tdi.

U professor-o'qituvchilar orasida pedagogik madaniyatni oshirish, ta'lim jarayonlarini optimallashtirish uchun xizmat qiluvchi texnologo-didaktik vositalar va ulardan foydalanish usullarini ishlab-chiqish bilan birga umumiy ta'lim tizimi hamda kasbiy tayyorgarlikni loyihalashni o'zida mujassam etadi.

Ma'lumki har bir davr pedagogik tizimlarining holati va rivojlanishi shu davrga mos keluvchi ta'lim berish metodikasi va texnologiyalari hamda vositalarini aks ettiruvchi atamalarni keltirib chiqaradi.

Biz tomonimizdan muhim ahamiyat kasb etuvchi didaktik vositalar sifatida xizmat qiluvchi barcha atamalarning ham mohiyati to'liq yoritib berilmaganligi va yagona tizimga keltirilmaganligi aniqlandi.

Texnologo-pedagogik tushunchalar va atamalar mohiyatining to'liq yoritib berilmaganligi pedagoglar uchun noqulay vaziyatlarni yuzaga keltirib chiqaradi, bu esa texnologik kompetentlikning protsessual va mazmuni haqidagi hamda pedagogik texnologiyaning toifalangan apparatlarini shakllantirish bo'yicha to'laqonli va tizimli tushunchalarni yaratish vazifasini belgilab beradi.

Muhokama

Entsiklopedik manbalarda keltirilishicha kompetentlik bu "biror-bir soha bo'yicha bilim va tajribalar", "biror-bir mansabdor shaxsga (ma'lum bir tashkilotga) qonunlar yoki dalolatnomalar asosida biriktirilgan yoki yuklatilgan vakolatlar" deb keltirilgan [5].

Bu keltirilgan ta'rif ta'lim tizimi elementlarini (o'quv materiallari, ta'lim jarayonlari va ta'lim oluvchining shaxsi) va kasbiy faoliyatni ya'ni pedagogik faoliyatni o'zgartirishga yo'naltirilgan. Berilgan vakolatlar esa buni yuridik jihatdan kafolatlab beradi.

Bizning fikrimizcha ta'lim jarayonlariga texnologik yondoshuvni jamiyatning texnikalashuvi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lash noto'g'ri, chunki

Natija

ta'lim jarayonida pedagog kadrlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash

May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

va yosh avlodni shakllantirishda shaxsga yo'naltirilganlik komponenti muhim o'rin tutadi.

N.M.Karamzin, N.I.Pirogov, K.D. Ushinskiylar tomonidan XIX asrda ishlab chiqilgan pedagogik antropologiyada tarbiyani ta'minlovchi falsafiy va pedagogik qarashlar chuqur tahlil qilinib, bunda insonga ta'lim va tarbiya jarayonining faol sub'ekti sifatida shakllanishidagi muhim omil sifatida o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini rivojlantirish tushunilgan [2]. Qadimgi kunlardan hozirgi kungacha pedagog va ta'lim oluvchi orasidagi hamkorlikda haqiqatni anglashga qaratilgan harakatlar shaxsning imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi falsafiy g'oyalarga asoslangan.

Xulosa

Demak, dastlabki bosqichlardanoq pedagogika umumfalsafiy g'oyalar tarkibida shakllanganligi sababli u hamisha insonning mohiyatini talqin qilishga va uning shaxsligini yoritib berishga bevosita bog'liq bo'ladi. Zero pedagogikaning asosiy negizini tashkil etuvchi barcha falsafiy g'oyalar insonni shaxs sifatida barkamol, har tomonlama rivojlangan qilib tarbiyalash uchun xizmat qiladilar.

Falsafiy qarashlar tizimi va ularga mos keluvchi pedagogik madaniyatning paradigmalari ta'lim tarixida shaxsga yo'naltirilgan yondoshuvning har-xil qirralari va jihatlarini belgilab beradi, bu esa keyinchalik pedagogik madaniyatda to'planadi va "Ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchiga singdiriladigan ta'lim oluvchining ongli itoati, uning shaxsi va ma'naviyatining rivojlanishi, ma'rifatli bo'lishi, ta'lim oluvchida shakllanadigan ruhiy dunyosi va olinadigan bilimlardan keladigan naf, ta'lim jarayonlari kechayotgan ijtimoiy muhitning o'ziga xos xususiyatlarini ham inobatga oladi".

Shaxsga yo'naltirilgan yondoshuvning rivojlanish va takomillashish muammosini tadqiq qilishga qator ilmiy ishlar bag'ishlangan [3]. Biz o'z fikrimizni ta'lim jarayonlarini texnologiyalashtirish bilan bog'liq bo'lgan shaxsga yo'naltirilgan jihatning tarixini bayon qilish bilan chekladik.

Buyuk pedagog olim V.A.Suxomlinskiy pedagogik yo'naltirilganlikning ilk yo'nalishini tahlil qilish jarayonida shunday fikrni bildirgan "har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash jarayonining yutug'i, har bir pedagog va pedagogik jamoaning shu jarayonda ishtirok etuvchi elementlarning o'zaro bog'liqligi hamda o'zaro to'ldiruvchanligini nechog'lik chuqur anglab yetishiga bevosita bog'liqdir" [1]. Barkamol shaxsni tarbiyalashda ushbu o'zaro bog'liqlik va o'zaro to'ldiruvchanlikni anglab yetish, o'z-

May 6

207

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini rivojlantirishning, ta'lim va tarbiyaning muhim omili bo'lishi, pedagogik mahoratning asosiy elementidir.

Ta'lim jarayonlarining texnologiyalashuvi vazifalari pedagog va tarbiyachida bir qator qobiliyatlarning aniqlanishini taqozo etadi, ya'ni o'z-o'ziga vazifalar qo'yish va ularni amaliyotda bajarish bo'yicha loyihalar ishlab chiqish, ichki va tashqi faoliyat rejalarining uyg'unlashgan munosabatlarini boshqarish; "bilishga oid", "boshidan kechirishga oid" va "baholashga oid" qobiliyatlardan iborat shaxsning universal va noyob (o'ziga xos) imkoniyatlarini uyg'unlashtirish tushuniladi.

REFERENCES

1.Аксенова Л.И. Социальная педагогика в специальном образовании. - М.: Академия, 2001. - 191 с.

2.Gulamova N.G. Pedagogical mechanisms for the development of social activism of future managers in higher educational institutions. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Great Britain, №9 (1), 2021. - P. 74-83.

3.Гуламова Н.Г. Талабаларнинг касбий кддриятини ривожлантиришда маънавий кддриятларнинг урни. НамДУ илмий ахборотномаси. №6, 2021 й.,

4.Мирзиёев Ш.М. Жисмоний ва маънавий баркамол ёшлар - бугунги ва эртанги кунимизнинг хал кдлувчи кучидир. 1-жилд. -Т.: «Узбекистан» НМИУ, 2018.

5.Узбек тилининг изохли лугати. 5 жилдли. Бешинчи жилд. Шукрона - X / А.Мадвалиев тахрири остида. - Т.: "Узбекистан миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2008. - 591 б.

505-508 б.

505-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.