Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABA-YOSHLAR EKOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABA-YOSHLAR EKOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / ekologiya / kompetentlik / ta’lim / islohotlar / tabiiy muhit / texnogen falokat / anropogen faoliyat / texnologik sharoit.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna

Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida talaba-yoshlar ekologik kompetentlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatlarni taqqoslashga oid ma’lumotlarning tahlillariga oid samarali tendensiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABA-YOSHLAR EKOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TALABA-YOSHLAR EKOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI Murtozayeva Mahfuza Murtozayevna

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti. Pedagogika fanlari doktori, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10677632 Annotatsiya. Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida talaba-yoshlar ekologik kompetentlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatlarni taqqoslashga oid ma'lumotlarning tahlillariga oid samarali tendensiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Globallashuv, ekologiya, kompetentlik, ta'lim, islohotlar, tabiiy muhit, texnogen falokat, anropogen faoliyat, texnologik sharoit.

Ijtimoiy jamiyat hayotida keng ravishda va juda tez sur'atlar o'zgarib borayotgan kasbiy transformatsiyalar ishlab chiqarish, makro va mikroiqtisodiyotdagi tub o'zgarishlarni, mehnat bozoridagi innovatsion talablarni o'z vaqtida ilg'ab, ularga yangi avlodlarni mutanosib yo'naltirishni taqozo etadi [1]. Mazkur holat aslida ijtimoiy jamiyatning istiqboli yuqori texnologik taraqqiyot va bo'lajak mutaxassislarning ekologik kompetentligini rivojlantirishni ta'minlash deganidir. O'zbekiston ta'lim jabhalarida islohotlarni amalga oshirishda tabiiy muhitga salbiy ta'sir etuvchi sabablarni, ya'ni inson faoliyatining hozirgi davrdagi o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga alohida e'tibor berildi. Globallashuv davrida insonning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faoliyatining samarali natijasi muqobil, ijobiy ekologik vaziyatda amalga oshishi mumkin. Mamlakatimizda insonning ekologik toza va talablarga javob beradigan texnologik sharoitida faoliyat yuritishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Bo'lajak pedagoglarni ekologik vaziyatga doir taqqoslash ma'lumotlari bilan qurollantirish maqsadga muvofiqdir. Ekologlarning ma'lumotlariga qaraganda dunyoda 2,1 mlrd. kishi toza ichimlik suvga ega emas [5, 204-205-b.]. Tadqiqotlar natijalaridan ma'lumki, rivojlanayotgan davlatlar aholisi orasida uchrayotgan kasalliklarning 10,0% ichimlik suvining ifloslanishi yoki uning etishmasligi oqibatida vujudga kelmoqda. Bunday ekologik muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq joylari aholisi orasida ko'proq sodir bo'layapti, chunki ularning 29,0% toza ichimlik suvi ichmaydi, 62,0% aholining turmush sharoiti sanitariya holati talablariga javob bermaydi [4, 255-b.]. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlarining bayonotida er sharida odamlar orasida sodir bo'layotgan kasalliklarning 25-30,0% ekologik ahvolning chigallashuvi bilan bog'liqdir (1-rasm)..

70

60

so

40

30

20

10

62

40%

25-30 °/<

1U %

1-rasm. Ekologik vaziyatlarni taqqoslashga oid ma'lumotlar

Ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko'ra, insonning tabiatga nisbatan anropogen faoliyati natijasida hududlar ekologiyasiga salbiy ta'siri muntazam oshib borayapti. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi kamchiliklar ekologik halokatlar sodir bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Turli texnogen falokatlar soni ko'paymoqda. Insonlar ekologik farovonligini yaxshilash zaruriyati, atrof-muhitni asrashi va unga nisbatan ongli munosabatda bo'lish muhimligi belgilandi. Hozirgi ekologik vaziyat uning genofondiga salbiy ta'siri kuchayib borayotganligini ko'rsatmoqda, ya'ni iste'mol tovarlari tarkibida konsragen moddalarning ko'payganligi ham inson faoliyatiga salbiy ta'sir qilayapti.

Bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligining rivojlanishi ta'limiy mexanizmlar bilan hamohangdir. Jamiyat barqaror taraqqiyotiga xalaqit beradigan faktorlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ozon qatlamining emirilishi, o'rmonlarning kamayishi, sahrolar hajmining kengayib ketayotganligi, tuproq eroziyasi, sho'rlanishi va er hosildorligining pasayishi, suv resurslarining ifloslanishi, okean suvlarining ko'tarilishi, bioxilma-xillikning kamayib ketishi va atmosferada parnik gazlar konsentratsiyasining o'sib borayotganligi kuzatilmoqda. Bo'lajak pedagoglar bunday oqibatlarni tahlil qilishi, mazmuni, mohiyatiga tushunib olishlari umumiy bilim saviyasini, ekologik tayyorgarligini oshiradi. O'zbekistonda uzluksiz ta'limdagi islohotlar natijasida mavjud ekologik ahvolni yaxshilash uchun qator ishlar va tadbirlar amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik yo'lga qo'yildi. Shu jumladan, bo'lajak pedagoglarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy, amaliy jihatlari, mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslashga alohida ahamiyat berildi.

Mamlakatimizda ta'limni modernizatsiyalash orqali tabiat-inson-jamiyat munosabatlarining uyg'unlashuvini ta'minlash uchun chora-tadbirlar belgilandi. Bu o'z navbatida bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirishda muhim faktorlar vazifasini bajaradi. Yurtimizda ekologik ahvolning yaxshilanishi va insonlar sog'ligining mustahkamlanishida, yoshlarda ekologik tarbiyalanganlik, ekologik kompetentlikni rivojlantirishda fizkultura va sport sohalari ham o'z ifodasini topdi. Natijada mamlakatimizda 2005-2011 yillarda sog'lom bolalarning soni 52,7%dan 62,9%ga o'sdi, surunkali kasalliklar bilan og'riganlar soni sezilarli darajada kamaydi. O'zbekiston Respublikasi 2011 yilda xalqaro "Bolalarni qutqarish" tashkilotining tuzgan reytingiga binoan bolalar sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilayotgan mamlakatlar orasida birinchi o'nlikdan joy oldi. 2004-2011 yillarda 1500 zamonaviy bolalar sport inshootlari ishga tushirildi [3, 7-10-b.].

Bo'lajak pedagoglarda ekologik kompetentlikni rivojlantirishning muhim jihatlaridan yana biri yurtimiz ekologiyasining global ekologik holatlardagi qiyinchiliklar, jumladan, ichimlik suvining tanqisligi, iqlim isishi, erning eroziyaga uchrashi, atmosfera havosi, suv resurslarining transchegaraviy ifloslanayotganligi bilan bog'liq muammolarga o'z shaxsiy munosabatini bildirishida ham namoyon bo'ladi. Ekologik masalalar majmuasining o'ziga xos xususiyatlari, global mazmundagi ekologik masalalarning vujudga kelishi va hal qilinish tizimini yaratish bilan birga tilga olinmoqda [2, 4-6-b.]. Bular sirasiga er resurslari sho'rlanishi, tuproq eroziyasi, o'simlik va hayvonot dunyosining yo'qolib borishi va maishiy chiqindilarning ko'payish muammolari kiradi. Jumladan, Orol dengizi va Orol bo'yi ijtimoiy masalalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki va boshqa qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda hal qilish muammosi sifatida ko'tarildi (2-rasm).

Sirdavo havzasi bo'yicha dano oqimi o' r tac h a ko" p yillik resurslar viliga tahminan

38,8 km3 ni tashkil qiladi

2-rasm. O'rta Osiyo mamlakatlarida ichimlik suvi tanqisligining oshib borishi.

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida mavjud tabiiy suv resurslaridan unumli foydalanish, uni avaylab-asrash muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Amudaryo havzasi bo'yicha daryo oqimi o'rtacha ko'p yillik resurslari yiliga 78 km3dan ortiqni tashkil qiladi, shundan 62,9 km3 (90%dan ortig'i) [4, 255-b.] Tojikistonda rivojlanadi, O'zbekiston ulushiga 4,7 km3 (7%) to'g'ri keladi. Shunga qaramasdan bizga qo'shni bo'lgan davlatlar, ya'ni Qirg'iziston Respublikasi tomonidan Norin daryosiga Qambarota elektrostansiyasining qurilishi, Tojikiston Respublikasi tomonidan Amudaryoning yuqori qismida Rogun elektrostansiyasini barpo etishga kirishilganligi mavjud ekologik muvozanatga salbiy ta'sir qiladi.

"Bugungi kunda aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 82,5%ga, tabiiy gaz bilan ta'minlash esa 83,5%ga etdi, sog'liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o'ta og'ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat'iy choralar ko'rildi" [4, 255-b.]. Ekologik muammolarning hal qilinishi, umumiy ekologik ahvolning yaxshilanayotganligi natijasida aholining umumiy umri uzaydi. O'zbekistonda o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 1995 yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va 2022 yilga kelib 74,8 yoshni tashkil etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ming yillik muammolariga bag'ishlangan anjumanida jahon hamjamiyatining diqqati global masshtabdagi Orol dengizi qurishi munosabati bilan vujudga kelgan ekologik muammoga qaratildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ekologik masalalar bo'yicha 35 dan ortiq qonunlar, 350 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar, qarorlar qabul qilindi va amaliyotga joriy etildi. Shu munosabat bilan alohida qayd etish lozimki, mintaqamizdagi ekologik muammolarning hal qilinishida Davlat tashkilotlarining o'rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda ekologik muvozanatni nazorat qilish, mavjud tabiiy resurslarni qo'riqlash va ulardan unumli foydalanishda O'zbekiston Respublikasida faqat mustaqillik yillaridagina mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik siyosat olib borish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bo'lajak pedagoglarda ekologik kompetentlikni rivojlantirish uchun muhim bo'lgan yana bir manba, ekolog mutaxassislarning ilmiy kuzatuv natijalarini tahlil qilib borishdir.

Xulosa. Talaba-yoshlarga mamlakatimizdagi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada keng miqyosda olib borish, ijtimoiy jamiyatimizni rivojlantirish, ayniqsa ularning bilim olish, o'z ish joyiga, mulkiga ega bo'lish huquqlarini himoya qilish bo'yicha olib

borilayotgan sa'y-harakatlarning amaliyotdagi ifodasini aks ettirish maqsadga muvofiq.

Muammoning echimiga bunday yondashuv oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak, yuqori malakali

mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil vazifasini bajaradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-uil 11-sentabrdagi 721-sonli "Innovatsion faoliyatni uanada qo'llab quvvatlash shora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

2. Alixonov B. Ekologik ta'lim - atrof-muhit musaffoligining asosiy omili// Fuqarolik jamiyati, 2018 № 1(53)-son, B. 4-6.

3. Mustafoev S. Ekologik tarbiya - milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning ajralmas qismi // Fuqarolik jamiyati, 2018 № 1(53)-son, - B.7-10.

4. Murtozayeva M.M. Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagoglar ekologik kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - T.: TDPU, 2022 y. - 255 b.

5. Sherqo'zieva G.F. va boshq. Ichimlik suvining bakteriologik ko'rsatkichlarini gigienik baholash. Zamonaviy infektologiya: yuqumli ichak, virusli va parazitar kasalliklarning davolashiga zamonaviy yondashuv. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. TTA Urganch filiali, 2016 y. 204-205 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.