Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA EKOLOGIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI'

OLIY TA’LIMDA EKOLOGIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
153
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mamajonov Shuxratjon Asqarovich

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha jabhalar qatorida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ta’lim-tarbiya sohasida to‘laqonli huquqiy-me’yoriy baza yaratilgan. Jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida “Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega”, 62-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” [1] deb ko‘rsatib qo‘yilganligi, shuningdek, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunlar [2,3], sohaga doir boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim-tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu borada o‘tkazilgan tahlil natijalari yoshlarni tarbiyalashda ekologik tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish zaruratining mavjudligini hamda aholining ekologik madaniyatini rivojlantirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA EKOLOGIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

OLIY TA'LIMDA EKOLOGIK TARBIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI Mamajonov Shuxratjon Asqarovich

FarDU dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.10036447 Mamlakatimizda so'nggi yillarda barcha jabhalar qatorida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik ta'lim-tarbiya sohasida to'laqonli huquqiy-me'yoriy baza yaratilgan. Jumladan, yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida "Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqiga ega", 62-moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar" [1] deb ko'rsatib qo'yilganligi, shuningdek, "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunlar [2,3], sohaga doir boshqa qator hujjatlar ekologik ta'lim-tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu borada o'tkazilgan tahlil natijalari yoshlarni tarbiyalashda ekologik tarbiya mexanizmlarini takomillashtirish zaruratining mavjudligini hamda aholining ekologik madaniyatini rivojlantirishda kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishni amalga oshirish zaruratini ko'rsatmoqda.

Mazkur huquqiy-meyoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta'lim muassasalari talabalarining ekologik tarbiyasini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekologik tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri - talabalarda ekologik kompetentlikni, ekologik ong va madaniyatni shakllantirish bilan birga, ularning o'z hududlarini obodonlashtirish, ko'chat - daraxtlar ekish va ularni o'z vaqtida parvarish qilish, ko'l va ariqlarni axlat va chiqindilardan tozalashda ijtimoiy yordam ko'rsatish, tuman hududiga yaqin joylashgan qishloq yoki shahar atrofidagi oromgohlarda obodonlashtirish ishlariga beg'araz yordam ko'rsatishni taqozo etadi. Bunday ishlar natijasida yoshlarda nazariy olingan bilimlar mustahkamlanishi bilan birga tabiat bilan bog'liq zaruriy ekologik, huquqiy, axloqiy va estetik qarashlar shakllanadi. Talabalar insonning tabiatdagi o'rnini, ona shahri yoki qishlog'i uchun tabiat muhofazasi borasidagi faoliyatining ahamiyatini, yer va havo, ko'l, daryolarni toza saqlash masalalarini hal etishda faol hayotiy nuqtayi nazarning dolzarb ekanini tushunib yetadilar. Aynan yoshlarning tabiatni muhofaza etish borasida maqsadga yo'naltirilgan amaliy faoliyati individual ekologik ongning shakllanishida zaruriy shart hisoblanadi [4].

Insoniyatni kun sayin o'sib borayotgan ehtiyojlari va sayyoramizda kamayib ketayotgan imkoniyatlari o'rtasidagi muvozanatning barqarorligini ta'minlash, tabiatni muhofaza qilish uchun har bir shaxs ekologik bilimlarga ega bo'lmog'i zarur, chunki sayyoramiz kelajagi o'sib kelayotgan yosh avlodning ekologik madaniyatiga bog'liq. Yoshlar o'rtasida ekologik bilim, ong, madaniyat hamda ekologik ta'lim-tarbiya jarayonini tizimli tashkil etish, ekologiya sohasining ilg'or innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda yanada takomillashishini, yoshlarning Ona tabiatni sevish va uni ko'z qorachig'idek asrashga qaratilgan bilim va ko'nikmalarini oshirishni davrning o'zi talab etmoqda. Dunyoning turli mamlakatlarida sodir bo'layotgan yirik masshtabdagi tabiiy ofatlar va halokatlar (vulqon otilishi, zilzila, tuproq ko'chishi, muzliklarning erishi, sunami, sel va suv toshqini, havo siklonlarining shiddatli o'tishi va h.k.) oqibatlarini bartaraf etish, yumshatish fuqarolar, ayniqsa yoshlarda ekologik tarbiya mexanizmlaridan xabardor bo'lishni talab etadi. Biroq, ekologik xavfsizlik va atrof-muhit muhofazasiga alohida e'tibor

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

qaratilayotgan bir paytda ekologik madaniyat tushunchasining mag'zini hamma ham birdek anglab yetayotgani yo'q.

Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, ta'lim muassasalari, ijtimoiy institutlar yosh avlodda tabiatga mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, ekologiyaga oid bilimlarni ular shuuriga singdirish zaruratini ko'rsatmoqda. Bu kelajakda atrof-muhitni muhofaza qila oladigan va tabiatdan oqilona foydalanadigan avlodni shakllantirishning muhim shartidir. Zero, o'sib kelayotgan yosh avlod tabiat haqidagi bilimlarni egallab, tevarak atrofning nozikligini, uning go'zalliklarini qalban his qila olsagina, ona-Vatanga, uning tabiatiga muhabbati oshadi [5].

Ekologik ta'lim va tarbiya tabiat va jamiyat o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega bo'lib, insonni tabiatdan ongli ravishda foydalanish va ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish hamda tejamkorlikka o'rgatishda qo'l keladi. Ta'lim jarayonida talabalarda ekologik tarbiyani amalga oshirish o'z navbatida, ularning ekologik saviyasini, madaniyatini ko'tarish, huquqbuzarlik, shikastlanish, kelajakda kasbiy kasalliklarning oldini olishning ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan turkum ko'rsatuv, eshittirishlar, ijtimoiy-ekologik roliklarni muntazam efirga uzatib borish, vaqtli matbuot nashrlarida maqolalar chop etish orqali targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish ham aholining ekologik madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Bugungi globallashuv sharoitida barcha ijtimoiy ong darajalari va madaniyat shakllarining ekologik manfaatlar doirasida integratsiyalashuvi jarayonlarining kuchayishi kuzatilmoqda. Bunday vaziyatda ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayonida o'zaro bog'liq, lekin nisbatan mustaqil ikki yo'nalishni bir - biridan ajratib tahlil qilish maqsadga muvofiq:

birinchisi, ekologik nazariy bilimlar majmuasi asosida insoniyatning tabiatni o'zgartirish va o'zlashtirishdan iborat amaliy faoliyatni tashkil etuvchi ishlab chiqarish, texnika, texnologiya taraqqiyotini oqilona tashkil qilish;

ikkinchisi, tarixiy ekologik tajribalar asosida ekologik ta'lim - tarbiya ijtimoiy institutlari yordamida kishilarda ekologik ong, tafakkur va dunyoqarashni rivojlantirishdir. Bu yo'nalishlarni umuminsoniy ma'nfaatlar negizida uyg'un taraqqiy ettirish, pirovard natijada faol ekologik madaniyatni shakllanishida va ularning tabiatni muhofaza qilish faoliyatida katta rol o'ynaydi.

Tabiat va jamiyat munosabatlarini ilmiy tushunish asosida ta'lim - tarbiya tizimida tegishli vosita va usullarni zamon talablari darajasida takomillashtirib, amaliyotda qo'llash, ekologik madaniyatni rivojlantirishning zaruriy shartidir. Buning uchun ta'lim-tarbiyaning barcha yo'nalishlarini, usullarini, vositalarini uyg'un rivojlantirish hamon dolzarbligicha qolmoqda. Shu sababli, aholining ziyoli qatlamini, soha mutaxassislarini, oliy ta'lim muassasalari talabalarini ekologik kompetentli qilib rivojlantirish, ta'lim maqsadlari mazmuni, vosita va metodlarini belgilash, valeologik, ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish, ilmiy asoslangan o'quv materiallari va qo'llanmalarni ishlab chiqish va pedagogik amaliyotga joriy etish dolzarb pedagogik muammo bo'lib hisoblanadi.

Ekologik bilimlar odamlar o'zlarining hozirgi va kelgusidagi biosfera bilan qanchalik uzviy bog'langanini, tabiatni muhofaza etish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va har bir insonda atrof-muhit holati uchun mas'ullik hissini tarbiyalash, hayvonot va nabotot olamini asrash obyektiv zarurat ekanini tushunib yetishlarining muhim sharti hisoblanadi. Mazkur xayrli ishlarni amalga oshirishda keng jamoatchilikning o'rni ham beqiyos.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Fikrimizcha, bunday harakat doimiy, muntazam, uzluksiz tarzda oilada, mahallalarda, ta'lim muassasalarida ekologik tarbiyani, madaniyatini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim muassasalarida o'qitilayotgan o'quv kurslari va o'quv modullari mazmuniga ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, bu boradagi mavjud muammolar, ularning yechimi, bu jarayonda har bir shaxsning, jumladan, talabalarning mas'uliyati, tabiatga, uning ne'matlariga oqilona munosabati, pirovard natijada insonning hayoti mobaynida ekologik jihatdan qulay muhitda yashashini ta'minlash masalalarini yoritib beruvchi mavzular va ma'lumotlarni singdirish, o'qitish jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, o'qitish uslublarini takomillashtirish, mustaqil talimga, shuningdek, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir turli tadbirlar, davra suhbatlari, intelektual o'yinlar, tanlovlar, sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi ekomarofonlar, sport musobaqalari, tabiat qo'yniga sayr, sayohatlar tashkillash muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son).

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2020 y., 41-son, 543-modda.

3. O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2021 y., O'RQ-683-son, 1-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son.

4. Mamajonov Sh.A. "Oliy ta'limda ekologik tarbiyani rivojlantirishga yo'naltirilgan texnologiyalar". Analytical Journal of Education and Development. Volume: 02 Issue:11/ nov-2022. 110-117 betlar.

5. Mamajonov Sh.A. "Oliy ta'limda ekologik tarbiya mexanizmlarini rivojlantirish texnologiyalari" // Pedagogik mahorat. № 5. 2022.134-138 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.