Научная статья на тему 'EKOLOGIK MADANIYAT, TA’LIM-TARBIYA BERISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI'

EKOLOGIK MADANIYAT, TA’LIM-TARBIYA BERISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1656
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EKOLOGIK PEDAGOGIKA / ATROF MUHIT MUXOFAZASI / EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYA / HUQUQIY BILIMLAR / GLOBALLASHUV SHAROITIDA ATROF MUXIT MUXOFAZASI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ortiqova D.B.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari va o‘rta ta’lim maktablaridagi ta’lim dasturlarida ekologiya to‘g‘risidagi fikr mulohazalar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid qimmatli ma’lumotlar, uslubiy o‘quv materiallar orqali o‘quvchi va talabalarga ta’lim- tarbiya berishning uslublari haqida so‘z yuritilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FUNDAMENTALS OF ECOLOGICAL CULTURE, EDUCATION

This article presents valuable information on ecology in preschool and general education curricula, valuable information on ecology and environmental protection, nature conservation, rational use of natural resources, education of students through methodological materials, presentation methods.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK MADANIYAT, TA’LIM-TARBIYA BERISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI»

Ortiqova D.B.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Ta'lim muassalarini boshqaruviyo'nalishi 1-kurs magistri

EKOLOGIK MADANIYAT, TA'LIM-TARBIYA BERISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalari va o'rta ta'lim maktablaridagi ta'lim dasturlarida ekologiya to'g'risidagi fikr mulohazalar, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni asrab-avaylash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid qimmatli ma'lumotlar, uslubiy o'quv materiallar orqali o'quvchi va talabalarga ta'lim-tarbiya berishning uslublari haqida so 'z yuritilingan.

Kalit so'zlar: Ekologik pedagogika, atrof muhit muxofazasi, ekologik ta'lim va tarbiya, huquqiy bilimlar, globallashuv sharoitida atrof muxit muxofazasi.

Ortiqova D.B. faculty of pedagogy 1st year master's degree management of educational institutions Tashkent region Chirchik State Pedagogical Institute

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FUNDAMENTALS OF ECOLOGICAL CULTURE, EDUCATION

Annotation: This article presents valuable information on ecology in preschool and general education curricula, valuable information on ecology and environmental protection, nature conservation, rational use of natural resources, education of students through methodological materials, presentation methods.

Key words: Environmental pedagogy, environmental protection, environmental education and upbringing, legal knowledge, environmental protection in the context of globalization.

XX asrning ikkinchi yarmida inson ongi va tafakkurining mahsuli texnik yangiliklarning rivoji, industurial jamiyatga o'tish taraqqiyot mezonini belgilab berish bilan bir vaqtda insoniyat oldida juda ko'p va murakkab muammolar yuzaga keldiki, ular ta'sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko'ra global muammolar nomini oldi.

Buning natijasida mahalliy, mintaqaviy, umumbashariy xarakterga ega bo'lgan turli xil ekologik muammolar yuzaga kelib, insoniyat sivilizasiyasi davomiyligiga tahdidi ortib bormoqda. Ayni vaqtda dunyo aholisining aksariyati

ekotizimni buzilishi va atrof-muhitni ifloslanishi kabi ekologik muammolar insoniyat uchun katta xavf ekanligini ta'kidlamoqdalar.

Insoniyat hayotini tahlikaga solayotgan ekologik masalaga yondashuvni bugungi kunda kelajak istiqboli nuqtai nazaridan yoshlar ta'lim-tarbiyaning ajralmas va asosiy omili sifatida tashkil etish davr talabi bo'lib qolmoqda. O'quvchilarga ekologik tarbiyani singdirishning ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq etgan holda amaliy - tarixiy bilimlar tizimi bilan uzviy bog'liqligini ta'kidlash zarur. Bu yondashuv pedagogikada ekologik madaniyatni shakllantirishning zamini bo'lib xizmat qilgan holda, ekologik ta'lim konsepsiyasiga muvofiq tabiat bilan o'zaro munosabatlarni muvaffaqiyatli ravishda o'zlashtirishga imkon bergan holda "Ekologik tarbiya" omilining tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi.

"Ekologik tarbiya" atamasi pedagogikada nisbatan yangi tushuncha, biroq inson va atrof-muhit, tabiatning o'zaro ta'siri muammosi pedagogik yondashuv tarixi davomida turli nuqtai nazardan ko'rib chiqilgan. Ekologik ta'limning hayotga tatbiq etilishi pedagogik tarixiy ta'limot yondashuvlarida alohida ahamiyatga ega bo'lib, ekologik ta'lim va tarbiya jarayonini inson shaxsining shakllanishi, yaxlitligi, inson va tabiat, jamiyat va koinot birligi nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan.

YA.A.Komenskiy nuqtai nazaricha insonda tabiiy, mustaqil va o'z -o'zini harakatga keltiruvchi kuch mavjud degan qarash ilgari surilgan holda, ta'limning muntazamligi asosida o'quvchi dunyoni anglash va zaruriy bilimlarni egallashda o'zini o'zi faoliyatga undovchi tamoyil nazariyasini shakllantiradi, degan fikrlarni ilgari surgan [30].

Tabiat va unga bo'lgan munosabat bolaning yoshligidan paydo bo'lishi haqidagi qarash va nazariyalar J.J.Russo ijodida ham alohida ahamiyat kasb etgan bo'lib, uning nuqtai nazaricha bolaning "tabiiy rivojlanishi" tarbiyaning uchta kombinasiyasiga, ya'ni tabiat, odamlar va jamiyatning uzviy bir-biriga ta'sir va doimiy aloqasiga bog'liqligiga asoslanishini ta'kidlaydi. Shuningdek, ta'lim jarayonida J.J.Russoning fikriga ko'ra bola tabiat qoidalariga rioya qilishi zarur. Tabiiy ta'lim jarayonida bolaning moyilligi va ehtiyojlarini hisobga olnishi, ijtimoiy majburiyatlarga yo'naltirish zarur bo'lgan hayotiy bilimlar bilan uyg'unlashish g'oyasini ilgari suradi. O'quvchingizni yoshiga qarab jismonan va ruhan davolang, uni har kuni tabiat bag'riga olib chiqing, u o'sha erda yugursin va bir necha marta yiqilsin, bu jarayon uni tezroq turib ketishga, ya'ni hayotiy pozitsiyasini o'zi belgilash va tiklash imkoniyatini beradi[36].

Tarbiya muammolarini faqatgina ta'lim muassasasi doirasida ko'rib chiqish bir tomonlama qarash bo'lib, bu borada to'g'ri qaror qabul qilishda etarlicha asosga ega bo'lmaydi. Shuning uchun bola shaxsini shakllantirishda atrof-muhit - tabiat, oila, ijtimoiy institutlar, davlat va nodavlat tashkilotlar, davlat siyosati va iqtisodiyoti ham o'z o'rninga ega bo'lib, ma'lum funksiya va vazifalarni bajargan holda ta'sir doirasi darajasida ekologik ta'lim muammolari bilan bevosita bog'liq bo'lgan maktab va atrof-muhitning o'zaro

munosabatlarini muvofiqlashtirishda tizimlilik muvozanatini ta'minlashda katta xizmat qiladi. Bunda:

- maktab ta'limi o'z faoliyatida atrof-muhit bilan bog'liq bo'lgan o'qitish tizimini amalga oshiradi;

- o'quvchilarda atrof-muhitga qiziqish va jonli tabiatga mehr ko'rsatish hamda uning bir bo'lagi ekanligini singdirish borasidagi targ'ibot va tashviqotni samaradorligini oshirish borasida zamonaviy dasturlar yaratadi;

- maktabda o'quvchilarga nafaqat atrof-muhitni o'rganish balki uning faol iste'molchisi ekanligini singdirish orqali, kelajakda yashab qolishning birdan-bir manbai ekanligini uqtiradi;

-maktab ta'limida jamiyat muvozanati hamda sog'lom fikr yuritish tabiat va ekotizim mahsuli ekanligini nazariy manbalar va amaliy omillar orqali tushuntiradi;

-o'quvchi yoshlarda atrof-muhit va ekotizm yuzasidan ilg'or fikrlarni, zamonaviy qarash va nazariyalarni singdirgan holda ijtimoiy faolligini oshirib konservativ qarashlardan holi etadi.

Ushbu qarashlarimiz "ekologik pedagogika" muammolarini faol rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatib, yoshlarda ekologik ta'lim va tarbiyaning yangicha qarashlarini shakllanishiga nazariy va amaliy omil bo'lib xizmat qilishi mumkin.

"Ekologik pedagogika" ta'limi tahlili shuni ko'rsatadiki, maktab o'quvchilariga zamonaviy ekologik ta'lim tizimini rivojlantirish uchun muhim bo'lgan bir qator asosiy yondashuvlarni aniqlash imkonini yaratib, fan dasturiga, xususan, atrof-muhitning mohiyatini va uning pedagogik ahamiyatini, ta'lim tizimidagi o'rnini asoslash, atrof-muhitning har xil turlarini o'rganish, atrof-muhit bilan pedagogik ishlarni tashkil etishning uslubiy masalalarini ishlab chiqish, "ko'rsatkichlar" va "o'lchov birliklari" kabi masalalar joy olishini taqozo etadi. Shundan kelib chiqqan holda, "atrof-muhit pedagogikasi" konsepsiyasining tarafdorlari insonning shakllanishiga ta'sir qiluvchi tabiiy omillarni, qonuniyatlarni, tashkil etish shakllarini va usullarini, insonni ijtimoiy shakllanishining butun jarayonini doimiy integral sifatida o'rganish zarurligini ta'kidlaganlar.

"Ekologik pedagogika" nazariyasini ishlab chiqish natijasida atrof-muhit va ekologik ta'limni tashkil etishda yangi istiqbollarni ko'rib chiqishga imkon berdi. Yuqorida ilmiy jihatdan tahlil etilgan ta'lim muhitining g'oyalari birinchi navbatda ijtimoiy ta'lim muammolari sifatida rivojlandi va pedagogikada ekotizimdan maqsadli foydalanish, avvalambor tabiiy muhit bilan yaqin aloqada "ochiq" pedagogik tizimni yaratishning o'ziga xos tajribasi yuzaga keldi. Bu qarash va nazariyalar haqida tadqiqotchi V.A.Suxomlinskiy bir qator ilmiy nazariyalarni ilgari surgan bo'lib, tabiat bilan aloqa qilish orqali insonni tarbiyalash u yaratgan butun pedagogik tizimni qamrab oladi deydi [33].

Ekologik masala yuzasidan 2019-yil 12-aprel kuni Xalqaro ekologik bilimlar kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasida Ekoharakat deputatlik guruhi hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo'mitasi hamkorligida "Mamlakatimizda ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish" masalasi atroflicha muhokama qilinib, dunyoda kun sayin keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish uchun ekologik bilim yuqori bo'lmog'i lozimligi ta'kidlangan. Unda har yili dunyoning ko'plab mamlakatlarida ekologik bilimlar kuni keng ommaviy ravishda nishonlanishi e'tirof etilgan holda 1992-yil Rio-de-Janeyro shahrida o'tkazilgan BMT konferensiyasida atrof-muhit muammolari muhokamasi chog'ida insoniyatning hayoti va barqarorligi uchun butun dunyo aholisi o'rtasida ekologik bilimni targ'ib etish atroflicha bayon etilganligi xususida ilmiy-amaliy fikr-mulohazalar yuzasidagi masalalarga e'tibor qaratilgan.

Bundan ko'zlangan maqsad - sayyoramiz aholisining ekologik bilimini boyitish g'oyasini ilgari surish, aholida ekologik madaniyatni rivojlantirish, jamiyatning ekologik xavfsizligi haqida jamoatchilikning xabardorligini oshirish hamda har bir fuqaroni tabiatga hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashni targ'ib etishdir.

Adabiyotlar:

1. "Город как школа". Проект "Интернациональная сеть производственных школ в Европе". Модель "Воспитывающий город": Социальная педагогика за рубежом. Теория и практика. - М.: Все с Межрегиональная ассоциация социальных педагогов и работников. Центр соц. педагогики исоц. работы, 1991.- С.58.

2. Erkin Aydarov, Gavhar Abdullaeva. The Impact of modern Innovative Educational Technologies for The Environmental Education of Students with Hearing Impairments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. (Great britain) Volume 24

3. Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б, Якубов М.С, Рахимов Ш.Х. Сув хужалиги майдонида сув балансини хдсоблаш тизими // Узбекистон Республикаси интелектуал мулк агентлиги // № DGU 04897. 12.12.2017 йил.

4. Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б. Инновационные методы обучения оптимальному управлению водными ресурсами. "Таълимда замонавий ахборот технологияларидан фойдаланишнинг инновацион усуллари" Республика микёсидаги илмий-амалий конференцияси материаллари туплами 2020 йил 22-23 октябр. - Б. 133-135.

5. Айдаров Е.Б, Айдарова А.Б. Процессы управления водными ресурсами распределённых ирригатционных систем // Фундаментал фан ва амалиёт интегратсияси: Муаммолар ва истикболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари // 2018 йил 24-25 май.-Т.: 2018. - Б. 151-153.

6. Айдаров Е.Б, Ахмедов Б.А, Махкамова М.У, Ризаев О.Б. // Trends in the of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons // Институт управления и социально-экономического развития.

Экономика и социум. Нучно практический журнал ISSN 2225-1545. 12.(79) Декабрь Москва. 2020. Стр. 24-25.

7. Айдаров Е.Б. Вохидова Р.А, Норматова Д.Т, Кутлимуратов Н.М, Джураева Л.В. Энергетические основы экономической оценки особо охраняемых природных территорий // Фундаментал фан ва амалиёт интегратсияси: Муаммолар ва истикболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари // 2018 йил 24-25 май. Т.: - 2018. - Б. 158-160.

8. Айдаров Е.Б. Ортикова Д.Б. Ёшларда экологик тарбия ва маданиятни ривожлантиришнинг илмий педагогик асослари. "Pedagogs" is awarded by the editorial board of the international electronic journal. Узбекистон Республикаси, Фаргона вилояти, Риштон шахри. 07.02.2022. -Б. 182-195.

9. Айдаров Е.Б. Табиий худудлардаги атроф-мухитни мухофаза килиш оркали укувчида экологик маданиятни ривожлантириш // Таълим-тарбия узлуксизлиги ва узвийлигида интегратив ёндошувлар вариативлиги. Илмий-услубий маколалар туплами. "Noshirlik yog'dusi" Т.: -2019. - Б. 145155.

10. Айдаров Е.Б. Укувчи ёшларга табиий худудларни мухофаза кили оркали экологик тарбия бериш технологиялари. Баркарор ривожланишда узлуксиз таълим: муаммо ва ечимлар. Халкаро илмий-амалий анжуман илмий ишлар туплами.-Т.: - Б. 138-139.

11. Айдаров Е.Б. Укувчи ёшларга табиий-худудларни мухофаза килиш оркали экологик тарбия бериш. Монография.-Т.: "Илм-зиё-заковат" нашриёти, 2019, 120 б.

12. Айдаров Е.Б. Экология ва табиатдан фойдаланиш (укув-кулланма). Гувохнома. Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлигининг 2020 йил 30 июньдаги 359-сонли буйруги. Руйхатга олиш раками 359-202.-Карши, -2021. 04-2170.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.