Научная статья на тему 'XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK AVIATSIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI'

XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK AVIATSIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aviatsiyasi sohasi / kompetensiya / mutaxassislar tayyorlash / aviatsiya transporti / aholi zichligi / yuk oqimlari / aviatsiya transporti xizmatlari / malaka modellari / modernizatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Djabbarov Shamsiddin Xujaqulovich

Bugungi kun talablariga javob beradigan, yuqori malakali bo‘lajak aviatsya mutaxassislarni tayyorlash jarayonlari hozirgi kunda xalqaro doiradagi dolzarb muammo sifatida ko‘rilmoqda. Jamiyatda erkin fikrlovchi, o‘zini bemalol namoyon qila oladigan, o‘ziga obyektiv jihatdan baho beradigan aviatsya mutaxassislari juda muhim ahamiyatga ega

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK AVIATSIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XALQARO HAMKORLIK ASOSIDA BO'LAJAK AVIATSIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

Djabbarov Shamsiddin Xujaqulovich

O'zbekiston milliy universiteti, Harbiy tayyorgarlik o'quv markazi sikl boshlig'i, dotsent,

podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.11498603

Annotatsiya. Bugungi kun talablariga javob beradigan, yuqori malakali bo'lajak aviatsya mutaxassislarni tayyorlash jarayonlari hozirgi kunda xalqaro doiradagi dolzarb muammo sifatida ko'rilmoqda. Jamiyatda erkin fikrlovchi, o'zini bemalol namoyon qila oladigan, o'ziga obyektiv jihatdan baho beradigan aviatsya mutaxassislari juda muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: aviatsiyasi sohasi, kompetensiya, mutaxassislar tayyorlash, aviatsiya transporti, aholi zichligi, yuk oqimlari, aviatsiya transporti xizmatlari, malaka modellari, modernizatsiya.

Аннотация. Процесс подготовки будущих высококвалифицированных специалистов авиации, отвечающих требованиям сегодняшнего дня, в настоящее время рассматривается как актуальная проблема в международной сфере. Свободомыслящие, умеющие выразить свои мнения и объективно оценивающие себя специалисты авиации очень важны в обществе.

Ключевые слова: авиационная сфера, компетентность, подготовка специалистов, авиационный транспорт, плотность населения, грузопотоки, авиатранспортные услуги, модели компетенций, модернизация.

Abstract. The processes of training future highly qualified aviation specialists who meet the requirements of today are currently considered as a pressing problem in the international sphere. Freethinking, self-expressing and objectively self-assessing aviation professionals are very important in society.

Keywords: aviation industry, competence, training of specialists, air transport, population density, and cargo flows, air transport services, competency models, modernization.

Zamonaviy ta'limda harbiy ta'lim muassasalardagi o'qitish sifatini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo'lajak aviatsiya mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalar, ilg'or xorijiy tajribalarni o'zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.

Mamlakatimizda aviatsiya kadrlarni tayyorlash jarayonini modernizatsiyalash, sohadagi zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, ilg'or xorijiy tajribalar va innovatsion yondashuvlar asosida ta'lim mazmuni va o'qitish sifatini takomillashtirish muhimligi sababli u davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.

Maqolada harbiy ta'lim muassasalarda maxsus fanlarni o'rganishda fanlararo bog'liqni uzliksiz ravishda tashkil etishning ilmiy va amaliy ahamiyati aytib o'tilgan. Fanlararo bog'liqlik ko'pgina mutaxassis fanlarning metodologik asosi ekanligi tahlil qilingan. Maxsus fanlarda mavjud masalalarni to'laqonli tahlil qilishda fanlarni bir biri bilan mantiqiy bog'lagan holda o'qitish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslangan. Shu bois bo'lajak aviatsya mutaxassislarni tayyorlashning istiqboliga innovatsion va kreativ fikrlash katta ta'sir ko'rsatadi, natijada, ekologik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

samaradorlik maqsadlariga erishishga intiladigan mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishni ta'minlaydigan texnologiyalar yaratishimiz kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi 2018 yil 11 yanvardagi nutqida "Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib bo'lmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta'minlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Bu esa, o'tgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz va yo'l qo'ygan kamchiliklarimiz, to'planib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish, bugun hayotning o'zi ilgari surayotgan talablarni hisobga olishni taqozo etmoqda. Biz ayni shu asosda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashni O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilab oldik" [1]. Mazkur yo'nalishni inobatga olib, bo'lajak aviatsya mutaxassislarida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda fanlararo bog'liqlikni amalga oshirish muhim hisoblanadi.

Mashg'ulotlarni tashkiliy jihatdan yaxshi uyushtirish va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlari talablarini o'quvchilarga amaliy jihatdan singdirish maqsadida asosan guruhlarda o'quv guruhlari va seksiyalari tashkil qilinadi.

Bo'lajak aviatsya mutaxassislariga kasbiy kompetensiya va kasbiy o'zlikni anglash butun umr davom etadigan jarayon bo'lib, inson orzu qilish, sinash, tanlash hamda ularni amalga oshirish bosqichlaridanoq kasb-hunar tanlaydi, so'ngra kasb-hunarga kirishadi, keyinchalik dunyodagi kasb-hunarlarni o'zgarishiga, o'zidagi o'zgarishga va mehnatga bo'lgan munosabatini o'zgarishiga bog'lik ravishda kasbini yoki mutaxassisligini o'zgartiradi [2].

Kasbiy kompetentsiya deganda, yana murakkab integral ta'lim, shu jumladan, kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan bilimlar to'plami tushuniladi.

Ko'nikma va qobiliyatlar, shaxsiy fazilatlar, fikrlashning muayyan usullari va o'z harakatlari uchun muayyan darajada javobgarlik tushuniladi.

Shularni inobatga olgan holda bugungi kunda aviatsiya sohasini kelajakda samarali va xavfsiz boshqaruvini talab qiladigan mutaxassislarni tayyorlashning dolzarbligi sezilarli darajada talab etilmoqda.

Zamonaviy aviatsya mutaxassislari timsolida komillik mujassamlashishi muhim rol o'ynaydi. Bugungi kun aviatsya mutaxassislaring kasbiy kompetentligini rivojlantirish - bu uning kunlik layoqatini, ish jarayoni unumdorligini oshirishdan iborat. Ish faoliyatida kasbiy mahoratni shakllantirish bilan bog'liq muammolarni o'rganish va uni hal etish, kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish orqali malakali mutaxassislarni tayyorlash mumkin.

Bo'lajak aviatsya mutaxassislarning pedagogik bilim, ko'nikmalarini oshirish zaruriyati ta'lim muassasasiga va o'qituvchilarga qo'yilgan ijtimoiy talablarning o'sishi bilan asoslanadi. Oliy harbiy ta'lim sohasida ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini belgilash, undagi talablarga javob beradigan jihatlarni hamda mavjud kamchilikla rni va bo'shliqlarni aniqlash asosida ta'lim berishga bo'lgan haqiqiy ehtiyojlarni belgilash amalga oshiriladi. Shu asosida innovatsiyalarni hayotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, pedagogik kompetensiyani rivojlantirishga olib keladi.

Aviatsya mutaxassislarni o'qitish davomida muhim ahamiyatga ega bo'lgan holatlardan yana biri bo'lajak aviatsya mutaxassislarni o'quv jarayonlarini ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish va o'quvchi shaxsiga qaratishdan iborat. Mazkur jarayonda Ami r Temur [3] strategiyasi va taktikasini qo'llash lozim deb hisoblaymiz. Chunki, pedagogik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

jarayonlarni yanada takomillashtirishda subyektlarning hamkorlikdagi ish faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va erishish muhim bo'lgan maqsad va vazifalar tizimida ularning faolligini rivojlantirish samaradorligini har jihatdan mavjud motivlarga va motivlashtirishga uzviy bog'liqdir. Bo'lajak aviatsya mutaxassislarni o'qitishda vatanparvarlik ko'nikmalarini shakllantirib va takomillashtirib borish zarur [4], o'quv faoliyati orqali uni insonparvarlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy yuksalishga ega bo'lgan tarbiyaviy tadbirlarni faollashtirish orqali, pedagogik -psixologik qo'llab-quvvatlash orqali yuksak ma'naviy, mas'uliyatli, ijodkor, kompetentli aviatsya mutaxassislarni tarbiyalash lozim. Aviatsya mutaxassislarni ma'naviy-ma'rifiy tomondan yuksaltirish hozirgi kunda ta'limning muhim masalasi bo'lib, buning uchun, avvalo, aviatsya mutaxassislarning o'zida yuksak darajadagi ma'naviy-ma'rifiy kompetentlik bo'lishi muhim.

Biz, ilmiy ishimizning mavzusidan kelib chiqib, bo'lajak aviatsya mutaxassislarni davriy ta'lim olish usullarini o'zgartirishning afzalliklaridan to'liq xabardor bo'lishini va davom yetayotgan harakatlar O'zbekiston havo yo'llari agentligiga tegishli o'quv markazlarining mashg'ulotlarida noan'anaviy yondashuvlarni qo'llashiga olib keladi.

Aviatsya mutaxassislarning davriy ta'lim olish usullarini o'zgartirishning afzalliklaridan to'liq xabardor bo'lishadi.

O'quv amaliyotini takomillashtirish natijasi parvozlar xavfsizligini doimiy ravishda ta'minlanishi kerak, ayniqsa, aviatsiya sohasiga yangi uchuvchilar guruhlarini jalb qilish bilan bog'liq.

Barchamizga ma'lumki, bo'lajak aviatsya mutaxassislari o'qitiladigan muhit kelajakda ideal holga kelganda, fanlararo bog'liqlik ta'minlanganda ularning mahorati va natijalari teng rivojlanadi. Xususan, aviatsiya bilim yurtlariga yetarli vaqt bilan o'qitish professional mutaxassislarning paydo bo'lishiga olib keladi. Uchuvchilarni tayyorlash uchun ariza berishda talabalar, birinchi navbatda, to'liq baholashdan o'tadilar. Ushbu bosqichda oldingi o'quv qobiliyatlarini aniqlash o'quv usullarini bo'lajak aviatsiya mutaxassislarning o'ziga xos talablariga moslashtirishga yordam beradi. Biroq, dastlabki bosqich juda muhim va yakuniy maqsad bilan bog'liq bo'ladi. Garchi bo'lajak uchuvchilarni tayyorlashning aksariyati texnik xarakterga yega bo'lsa-da, uchuvchilar kutilmagan va noaniq vaziyatlarni hal qilish uchun chiziqli fikrlashdan uzoqlashishi va tezda nostandart fikrlashga o'tishi uchun o'qitilishi kerak.

Shuning uchun har bir o'qituvchi o'rganiladigan material bilan uzviy aloqada xalqaro va davlat ichki siyosati, Qurolli Kuchlar jangovar qudrati va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalarini mohirona va tushunarli qilib tushuntirishi, ularning tarixiy ahamiyatini ko'rsatishi, armiyaga, harbiy ish va o'z kasbga muhabbat uyg'otishi, bo'lajak aviatsya mutaxassislariga kerakli ma'naviy-ruhiy va jangovar sifatlarini shakllantirishi kerak bo'ladi.

Hozirgi aviatsiya mutaxassislik kasbini to'liq baholash, taklif etilayotgan aksariyat o'qitish uslublari xavfsizlik talablariga javob berishini ta'minlaydi [5]. Axir aviatsiyaning barcha sohalarida halokatli baxtsiz hodisalar nisbatan kam uchraydi.

Fanlararo bog'liqlik - vatanparvarlik tarbiyasi va boshlang'ich harbiy tayyorgarlikni takomillashtirish uchun zamin yaratadi. Bu ko'pgina ta'lim muassasasilarning pedagogik jamoalari tajribasi bilan tasdiqlangan.

Biroq, uchuvchilarni tayyorlashning kelajagi innovatsiyalar, yaxshiroq strategiyalar va takomillashtirilgan texnologiyalar tufayli vaziyatni o'zgartiradi. Bu esa, o'z o'rnida, aviatsya mutaxassislarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga katta xissa qo'shuvchi va ta'lim mazmunini yangilovchi, o'qitishning innovatsion shakl va usullarini, zamonaviy axborot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

kommunikatsiya texnologiyalarini o'rgatishda ilg'or xorijiy tajribalarni amaliyotga keng joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi.

Zamonaviy davrning o'ziga xos xususiyati shundaki ilmiy ma'lumotlarning harbiy ishlardagi taraqqiyoti hisoblanadi. Aviatsiya mutaxassisiga kerakli bilim, malaka va ko'nikmalar hajmi belgilangan muddatlarda ularni o'zlashtirish imkoniyati va o'quv fanlarning ilmiy mazmuni va ta'lim vositalari majmuasi - darsliklar, qo'llanmalar, ko'rgazmali qurollar, trenajyorlar yordamida yetkaziladi. Shuningdek, amaliyotda kursantlar o'quv ishining jamoa va individual shakllari birikgan holda bajarilishi maqsadga muvofiq.

Hozirgi kunda oliy ta'lim tizimidagi fanlararo bog'liqlikni ta'minlanishi kursantlar tomonidan o'quv jarayonini o'zlashtirishning asosi sifatida qaralmoqda, shuning uchun uning samaradorligini oshirish masalasi dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu masalani hal qilishda ustuvorlik bo'lajak aviatsiya mutaxassislarga bilim olishga o'rgatish, ya'ni ularning o'z maqsadlari to'g'risida xabardorligi, aniq vazifalarni shakllantirish, turli texnik vositalardan foydalanish, eng samaralisini tanlash, o'z-o'zini boshqarish va o'zlarining o'quv faoliyati va mustaqil ish jarayonlarini tartibga solish hisoblanmoqda.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, bo'lajak aviatsya mutaxassislariga kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlarida kompetensiya tushunchasi ham muhimdir. Kasbiy kompetensiya - o'z bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda boyitib borishni, yangi zamonaviy uchish apparatlarini muntazam o'rganib borishni va ularni boshqarishni his etishni, yangi bilimlarni o'zlashtirish ko'nikmasini o'z faoliyati davomida qo'llashni taqozo etadi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz kerak-ki, bo'lajak aviatsya mutaxassislarni tayyorlash jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning turli xil metod, usullari bilan tanishtirish, ularning kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish, fanlararo bog'liqlikni uzviyligi, bilan pedagogik innovatsiyalar yordamida ishlash metodikasini shakllantirish ta'lim samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Aviatsya mutaxassislarni tayyorlash jarayonlarning samaradorligini ta'minlash uchun aviatsya mutaxassislarni tayyorlash, loyihalashtirish, modellashtirish, bo'lajak aviatsya mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning faolligini ta'minlash, vaziyatlarga ko'ra pedagogik jarayonni boshqarish usullari, metodlari hamda tamoyillari, innovatsion texnologiyalarni bilishi va ular asosida innovatsion faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini rivojlantirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bo'lajak aviatsiya mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda fanlararo yondashuv orqali yosh mutaxassislarni malakalari samarali darajada ortadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Xavfsizlik kengashi majlisidagi "Qurolli kuchlarimiz - mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatidir" mavzusidagi nutqi: https://uzlidep.uz/uz/positionparty/78

2. Sabirova N., Masharipova Z. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish: https://doi.org/10.5281/zenodo.10010992

3. Ахмедов Б. Амир Темур. - Т., 1996.

4. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2023 йил 29 июндаги 267-сонли "Ёшларни харбий-ватанпарварлик рухида тарбиялаш ишлари самарадорлигини ошириш чора-тадбирлари тугрисида"ги карори: lex.uz

5. O'zbekiston Respublikasi 2008 yil 10-noyabrdagi 228-sonli qarori "Fuqaro aviatsiyasi korxonalarining va aviatsiya ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish qoidalari".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.