Научная статья на тему 'BO‗LAJAK TEXNOLOGIYA TA‘LIMI O‗QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YANGICHA YONDASHUVLARNING MAZMUNI'

BO‗LAJAK TEXNOLOGIYA TA‘LIMI O‗QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YANGICHA YONDASHUVLARNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
―Kompetentlik‖ / Kasbiy kompetentlik / Maxsus yoki kasbiy kompetentlik / innovatsion / akmeologik / aksiologik / kreativ / refleksiv / texnologik / andragogik

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — N. A. Muslimov, A. B. Turayev

Ushbu maqolada bo‗lajak texnologiya ta‘limi o‗qituvchilarini kasbiy kompetensiyalari rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning mazmuni va mohiyati o‗ziga xos jihatlari keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматривается специфических аспектов содержания и сущности современных подходов к развитию профессиональных компетенций будущих педагогов технологического образования.

Текст научной работы на тему «BO‗LAJAK TEXNOLOGIYA TA‘LIMI O‗QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YANGICHA YONDASHUVLARNING MAZMUNI»

gogi

gogi

4-SHO'BA TA'LIM VA TARBIYA NAZARIYASIDA ZAMONAVIY

YONDOSHUVLAR

BO'LAJAK TEXNOLOGIYA TA'LIMI O'QITUVCHILARINI KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHGA YANGICHA YONDASHUVLARNING MAZMUNI

TDPU "Texnologiya ta'limi metodikasi" kafedrasi professori., pedagogik fanlari

Ushbu maqolada bo'lajak texnologiya ta'limi o'qituvchilarini kasbiy kompetensiyalari rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning mazmuni va mohiyati o'ziga xos jihatlari keng yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: "Kompetentlik", Kasbiy kompetentlik, Maxsus yoki kasbiy kompetentlik, innovatsion, akmeologik, aksiologik, kreativ, refleksiv, texnologik, andragogik

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается специфических аспектов содержания и сущности современных подходов к развитию профессиональных компетенций будущих педагогов технологического образования.

This article examines the specific aspects of the content and essence of modern approaches to the development of professional competencies of future teachers of technological education.

Ta'lim muassasalarida yoshlarning shaxsiy rivojlanishi ularning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, faollik, munosabatlarining chuqurlashib hamda boyib borishi, xarakter hamda dunyoqarashlarining turg'unligi, o'z-o'zini nazorat qilish va

N. A. Muslimov

doktori. A. B. Turayev

TDPU "Texnologiya ta'limi metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi.

M. To'rasheva - magistr

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

198

May 15, 2024

gogi

a

tarbiyalashga bo'lgan ehtiyojlarning shakllanishi kabi holatlar bilan tavsiflanadi. Bo'lajak kasb egalari uchun ta'lim muassasalarida ta'lim olish jarayoni - bu insonda mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli sanalgan kasbiy bilim, sifat, kompetentlik va mezonlar asosida rivojlantirish hamda o'z-o'zini takomillashtirishning eng maqbul davridir. Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini boyitishda zamonaviy yondashuvlarning mazmuni bilan yaqindan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, zamonaviy pedagogik tadqiqotlarda kompetentlik kategoriyasiga mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ko'plab xususiy va mualliflik izohlari keltirilgan bo'lsa-da, umumiy jihatdan "Kompetentlik" (ingl. "competence" - "qobiliyat") - faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish hisoblanadi. "Kompetentlik" pedagogik kategoriya sifatida ta'lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan (nostandart) holatlarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi. Shundan kelib chiqqan holda kasbiy kompetentlik kategoriyasiga quyidagicha izoh keltirilgan. Kasbiy kompetentlik -mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishini ko'zda tutadi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va hatti-harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, "kompetensiya" mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Amaliy kompetentlik doimo o'sib boruvchi dinamik hodisadir, malaka oshirish va o'z ustida ishlash jarayonining natijasi hisoblanadi. Bilim va mahorat, hatto ijobiy yo'nalish ham vaqt o'tishi bilan eskirib qoladi, jamiyatning zamonaviy talablariga, yangi texnologiyalarga mos kelmasligi mumkin. Jamiyat ham, odamlar, muammolar ham o'zgarib bormoqda. Demak, bu vazifalarni yechish uchun yondashuv va metodlarni ham o'zgartirish talab etiladi. Kompetensiya o'z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o'z amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo'lgan mutaxassis

199

May 15, 2024

gogj

gogi

p

muammolami yechishda o'zi o'zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va yo'llardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo'lgan metodlarni tanlab olib qo'llashi, to'g'ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko'z bilan qarashi kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi. Quyida Bo'lajak texnologiya ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonini tashkil etishda zamonaviy yondashuvlarning mazmuni bilan tanishamiz.

Kompetentli yondashuv - Kompetentlik yondoshuvining asoschilaridan biri bo'lgan J.Raven buning muhimligini shunday tushuntiradi: "biz ko'proq va kamroq kompetentli fermerlar, o'qituvchilar, haydovchilar, temirchilar, menedjerlar va harbiy ofitserlarni solishtirganimizda, har bir holatda o'z ishining ustalari namoyish qilgan aynan siyosiy xulq-atvor eng muhim bo'lib chiqdi. Aksincha, odamlarning bevosita xizmat burchlari doirasidan tashqaridagi ijtimoiy, tashkiliy va siyosiy cheklashlarga nisbatan biron bir chora-tadbirlarni ko'rishga layoqatsizligi va hohishi yo'qligi zamonaviy jamiyatda kompetentli bo'lmagan kasbiy xulq-atvorning asosiy manbai sifatida namoyon bo'ladi, vaholanki, aynan ular inson bu doira ichida nima qila olishini aniqlaydilar.

Kasbiy kompetentlikni rivojlantirishni muammoli o'qitish jarayonida amalga oshirish ham maqsadga muvofiq bo'ladi, buning mohiyati kasbiy faoliyatni yaxlit tizim sifatida ko'rish, unda tizimli faoliyat ko'rsata bilish, yangi muammo va masalalarni hal eta bilish tajribalarini shakllantirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladigan kasbiy faoliyat elementlarini ta'lim jarayoniga kiritishdan iborat.

Innovatsion yondashuv (pedagogik innovatika, pedagogik innovatsiya) -Yaqin o'tmishda "Innovatsion ta'lim", "Innovatsion faoliyat" va "Innovatsion jarayonlar" terminlari respublikamizning pedagogik adabiyotlarida juda kam kuzatilar edi. Innovatsion ta'lim so'zining zamirida yangilikni tashkil qilish, yangilikni o'zlashtirish, yangilikdan foydalanish, yangilikni namoyon etish kabi kompleks faoliyat yotadi.

Innovatsion ta'lim - ta'lim oluvchida yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or g'oyalar, me'yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta'lim.

Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat

Ta'limdagi pedagogning innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishda turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya'ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.

200

May 15, 2024

International Scientific and Practical Conference

gogj

gogi

p

Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo'lib, ijtimoiy -madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimi bo'lib, u ma'lum doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo'lishdir. O'qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o'quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.

Akmeologik yondashuv (grekcha "akme" so'zidan olingan bo'lib, "oliy nuqta", "yuqori cho'qqi" degan ma'nolarni anglatadi). Akmeologiya birinchi navbatda "fan" hisoblanadi. Akmeologiya - bu kattalarning (psixologik, natijalarga va mahorat cho'qqisiga erishish) rivojlanish qonunlarini o'rganadigan fan. Akmeologiya dastlab nemis psixolog olimi Sharlotta Byuler (1893-1974) tomonidan o'rganilgan bo'lsa, 1928 yilda rus olimi Nikolay Aleksandrovich Ribnikov (18801961) tomonidan Akmeologiya-"Yetuk odamlarning rivojlanishi" haqidagi fan sifatida e'tirof etgan. Bu fan sifatida tabiiy, ijtimoiy, gumanitar va texnika fanlarining ^zaro integratsiyasi natijasida paydo bo'lgan fan hisoblanadi. Akmeologiya fani bir vaqtning o'zida pedagogika va psixologiya fanlari bilan uzviy aloqada rivojlanmoqda.

Akmeologik yondashuv bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishda yangi paradigmadir. Yangi iqtisodiyotning barcha jabhalariga turli kasblar bo'yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash uchun akmeologiyaning quyidagi yo'nalishlarining o'rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. Bular: pedagogik, harbiy, ijtimoiy, maktab, tibbiyot, boshqaruv, kreativ, sinergetik, korreksion va etnik akmeologiyalardir.

Aksiologik yondashuv Aksiologiya (yunoncha axio - qadriyat va logos - fan, ta'limot) - qadriyatshunoslik, ma'naviy hodisalardan biri bo'lgan qadriyatlar sohasini o'rganadigan, uning qonun va kategoriyalarini tadqiq qiladigan ilm yo'nalishi, qadriyatlar haqidagi fan. U XIX asrning ikkinchi yarmida nemis qadriyatshunosi E.Gartman va fransuz olimi P.Lapi tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan. Aksiologiya aksiologik ong, qadrlash tuyg'usi, aksiologik bilish, qadrlash tamoyiliga tayanib to'plangan qadriyatlar to'g'risidagi bilimlar sistemasidir. Zamonaviy Aksiologiyada ob'ektiv, sub'ektiv va plyuralistik oqim hamda yo'nalishlar mavjud. Aksiologiya «qadn» «qadrlash», «qadriyatlar», «qadriyatlar tizimi» kabi aksiologik kategoriyalarni, ularning turli shakllarini o'rganadi. Qadriyatlar tizimining ijtimoiy taraqqiyotga bog'liqlik qonuni, qadriyatlar tizimining o'zgarishi va takomillashuvi bilan bog'liq aksiologik qonunlar ham aksiologiya shug'ullanadigan masalalar doirasiga kiradi.

201

^_May_15:?_2024_

International Scientific and Practical Conference

gogi

gogi

p

Kreativ yondashuv - Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" -yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati

"Kreativ pedagogika" quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

1) pedagog-o'qituvchilar tomonidan o'quv fanlarini past o'zlashtirayotgan va ularini o'rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e'tiborlarini fan asoslarini o'zlashtirishga jalb etish;

2) talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.

O'qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etiladigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So'nggi yillarda ushbu holat "pedagogik kreativlik" tushunchasi bilan ifodalanmoqda.

Pedagogik kreativlik- pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati.

Refleksiv yondashuv - (lotincha reflixio- ortga qaytish) faqat sub'ektning o'z-o'zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg'usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi

Refleksiv innovatsion amaliyot o'qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib, bunda pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o'z-o'ziga, o'z mehnatiga, bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o'ziga hos ijodiy munosabatda bo'lish tushuniladi.

Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi tajribani dolzarblashtirish uni qayta anglash bo'lajak ta'lim muassasasining yangi muammo va munosabatlarini aniqlash uchun imkon beradi.

Demak, pedagog-o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.

Andragogik yondashuv - Bugungi kunda mutaxassis o'zining 5-10 yil oldingi oliy ta'lim muassasasida olgan bilimlari bilan kasbiy-shaxsiy faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil eta olmasligi, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni ta'minlay olmasligini hayotning o'zi ko'rsatmoqda. Bu esa o'z navbatida mutaxassislarning kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga

202

May 15, 2024

International Scientific and Practical Conference

gogj

gogi

p

muvofiq qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali kasbiy va shaxsiy rivojlanish darajasini ta'minlash masalasining dolzarbligini belgilaydi.

XX asr boshlarida katta yoshlilarni o'qitish muammosi olimlar tomonidan insonni o'rganuvchi fanlar tizimiga kiritildi. Andragogiya (gr. av^p aner-katta odam, erkak, aysiv agein -yetaklayman) ta'lim nazariyasining bir qismi bo'lib, u kattalar o'quv faoliyati sub'ekti tomonidan bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishning o'ziga xos qonuniyatlarini, shuningdek, o'qituvchi tomonidan ushbu faoliyatni professional boshqarish xususiyatlarini ochib beradi. "Andragogika" tushunchasi 1833 yilda nemis pedagogika tarixchisi Aleksandr Kapp (1799-1869) tomonidan fan sifatida amaliyotga kiritilgan.

Bu mualliflar andragogikaning pedagogikadan farqlarini aniqlashga harakat qildilar. Andragogikaning alohida fan sifatida shakllanishi va tiklanishi 1970 yilga to'g'ri kelib, aynan shu yili kattalar ta'limining amerikalik nazariyachi va amaliyotchi olimi M.Sh.Noulzning «Kattalar ta'limining zamonaviy amaliyoti. Andragogika yoki pedagogika» nomli fundamental ishi chop etiladi. Adabiyotlarni o'rganish shuni ko'rsatadiki, dunyo olimlarining aksariyati andragogikani mustaqil fan va ilmiy yo'nalish sifatida pedagogik fan tarmog'i hamda ijtimoiy va gumanitar bilimlar sohasi sifatida talqin etadilar.

Andragogikaning an'anaviy pedagogikadan asosiy farqi ta'lim berish jarayonida ta'lim beruvchining (andragog - katta yoshli kishilar ta'limi bilan shug'ullanuvchi shaxs) emas, balki ta'lim oluvchining faol pozitsiyada bo'lishidir. Bunda ta'lim beruvchining asosiy faoliyati ta'lim oluvchiga o'zida mavjud bilimlarni yangilash, yangi bilim va ko'nikmalarni egallashga yordam berish hisoblanadi. Chunki yangi kasbiy bilim, ko'nikma, malaka hamda kompetensiyalarni o'zlashtirish asosida katta yoshlilarning axborotlashgan jamiyatga moslashishi va unda o'z imkoniyatlarini to'laqonli namoyon etishi faollashadi.

REFERENCES

1. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. - Toshkent: "Sano standart" nashriyoti, 2015. -90 bet.

2. Kompetensii pedagoga XXI veka [Elektronntiy resurs]: sb. materialov resp. konferensii (Minsk, 25 noyab. 2021 g.) / M-vo obrazovaniya Resp. Belarus, GUO «Akad. poslediplom. obrazovaniya», OO «Belorus. ped. o-vo». - Minsk: APO, 2021.

3. Ishmuhamedov R.J., M.Mirsolieva. O'quv jarayonida innovatsion ta'lim texnologiyalari. - T.: «Fan va texnologiya», 2017, 60 b.

203

May 15, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.