Научная статья на тему 'KONTEKSTLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH'

KONTEKSTLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

20
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiyaviy yondashuv / professional ta’lim / mutaxassislar / nazariya / virtual laboratoriyalar / kasbiy faoliyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamlakat Azadovna Ruzmetova, Nazokat Davronbekovna To’liboyeva

Zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonlari hozirgi kunda xalqaro mehnat bozorining asosiy talabi hisoblanadi. Buning sababi shundaki, jamiyatda erkin fikrlovchi, o‘zini bemalol namoyon qila oladigan, o‘ziga ob’ektiv jixatdan baho beradigan kishilar juda muhim. Ular jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchilari hisoblanadilar. Ushbu maqolada kontekstli yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KONTEKSTLI YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiq^avlat^edagGgika^niversitet^

KONTEKSTLI YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mamlakat Azadovna Ruzmetova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta

o'qituvchisi

Nazokat Davronbekovna To'liboyeva

Chirchiq davlat pedagogika Universiteti Maktabgacha ta'lim fakulteti 2 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonlari hozirgi kunda xalqaro mehnat bozorining asosiy talabi hisoblanadi. Buning sababi shundaki, jamiyatda erkin fikrlovchi, o'zini bemalol namoyon qila oladigan, o'ziga ob'ektiv jixatdan baho beradigan kishilar juda muhim. Ular jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchilari hisoblanadilar. Ushbu maqolada kontekstli yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiyaviy yondashuv, professional ta'lim, mutaxassislar, nazariya, virtual laboratoriyalar, kasbiy faoliyat.

Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlashni nazarda tutuvchi professional ta'lim tizimida zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishni ta'minlashga qaratilgan islohotlar natijasida bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, o'quvchilar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Respublikasining Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistnning Taraqqiyot O'zbekiston Stategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni ,O ' zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim Tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi tadqiqot ishimizga dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.Mamlakatimizda kasb-hunar ta'limini tashkil etish va rivojlantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada oliy ta'lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri - bu bo ' lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishdir. Kasbiy tayyorgarlik - zaruriy kasbiy bilim, ko ' nikma va malakalarni o'zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o'ziga xos ko'rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o'z-o'zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi.

April 23-24, 2024

848

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

Bundan tashqari, bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlarida kompetensiya tushunchasi ham muhimdir. Kompetensiya -o'z bilim va ko'nikmalarini doimiy ravishda boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, hozirgi davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni topish ko'nikmasini, ularni qayta ishlashni hamda o'z faoliyati davomida qo'llashni talab qiladi. Shuni ta'kidlash joizki, ta'lim-tarbiya maskanlaridagi o'quv tarbiya jarayonini modernizatsiya qilish, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimi sifat darajasini yanada oshirishda pedagoglarning kasbiy kompetentligini yuksaltirish, ularni sohaga oid zamonaviy ilg'or xorijiy tajribalardan foydalangan holda kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ilmiytexnik innovatsiyalardan mustaqil ravishda foydalana olish hamda istiqbolli vazifalarni hal qilish ko'nikmalarini yanada rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada bo'lg'usi o'qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uning tahliliy ko'nikmalariga alohida e'tibor qaratish muhim vazifa hisoblanadi. Kompetentlikning asosi qobiliyatlardan iborat bo'lganligi sababli ularning har biri o'z kompetentligiga mos bo'lishi lozim.

Xalqaro tajribaga ko'ra pedagoglarning kasbiy kompetentligi, jumladan, ta'lim jarayonini, amalga oshirishning eng maqbul metodlarini (multi-level interactive education), samarali modellarini ishlab chiqish, innovatsion ta'lim muhitini tashkil etish va amalga oshirishning metodik ta'minotini takomillashtirishga alohida ehtiyoj tug'ilmoqda. Mazkur jihat professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini kasbiy kompetentligini rivojlantirishni taqozo etadi. Ta'lim jarayonini tashkil etishda ta'lim shakllari va metodlarini modernizatsiyalash, kasbiy kompetentlikni shakllantirish usullarini, ilmiy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek, professional ta'limda o'rta bo'g'in mutaxasislarini kasbiy kompetentligini shakllantirishning zamonaviy metodik tizimini ishlab chiqish va uni amalga oshirishning pedagogik sharoitlarini belgilash, o'quv materiallarini mazmunan takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Mazkur zaruriyatdan kelib chiqib, kompetensiyaviy yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyalari joriy etish, kasbiy fanlarni o'qitish metodikasi va didaktik vositalarini ishlab chiqish talab etiladi. Xalqaro tajribaga asoslangan, mahalliy pedagogika va psixologiya yutuqlarini e'tiborsiz qoldirib, kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish o'zini oqlamaydi. Shuni ham yodda tutish kerakki, ta'limning integral konstruksiyalarini ilmiy asoslashda chet el olimlari P.Ya.Galperin, A.N.Leontyev, S.L.Rubinshteyn ishlariga tayanganlar. Professionallik va kompetentlik bir-biriga o'hshash bo'lsada, har xil ma'noga ega bo'lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma'lum bilimlar, balki mehnatga bo'lgan munosabat, ishning o'ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o'z ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiqaradi va bular odatda ish

April 23-24, 2024

849

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balkishu bilan birga ularni qo'llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. O'qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta'limdir. Talabalarning kompetentligini oshirishning o ' quv-metodik ta'minoti sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, amaliy mashg 'ulotlarning virtual shakllarini joriy etish, kasbga yo'naltirilgan fanlarni o'qitishdagi kompetensiyaviy yondashuvlar, fanlararo bog'liqlikni aks ettiruvchi amaliy mashg' ulotlar asosida o ' qitish ta'limning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xulosa: Ta'lim jarayonining asosiy tarkibiy qismlariga (maqsad, mazmun, usullar, shakl va vositalar, o'quv natijalari) muvofiq belgilangan yondashuvlar birgalikda mavjud bo'lib, bir-birini to'ldiradi. Tadqiqotchilar kompetensiyaga asoslangan yondashuv ulardan biri bo'lib, amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim jarayoniga hissa qo'shishini ta'kidlaydi, ".. .o'z mazmunini o'ziga xos shaxsiy komponentlar bilan sezilarli darajada kengaytiradi, bu esa uni insonparvarlikka yo'naltiradi". Xulosa sifatida shuni aytishimiz kerak-ki, bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning turli xil metod, usullari bilan tanishtirish, ularning kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish, kasbiy rivojlanish sirlari bilan qurollantirish hamda pedagogik inovatsiyalar bilan ishlash metodikasini shakllantirish ta'lim samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan biridir. Pedagogik jarayonlarning samaradorligini ta'minlash uchun bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik jarayonlarni strategik rejalashtirish, loyihalashtirish, modellashtirish, o'quvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning faolligini ta'minlash, vaziyatlarga ko'ra pedagogik jarayonni boshqarish usullari, metodlari hamda tamoyillari, innovatsion texnologiyalarni bilishi va ular asosida pedagogik jarayon sub'ektlarining innovatsion faoliyatini tashkil etish ko'nikmalarini rivojlantirish zarurdir.

REFERENCES

1. Respublikasining Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistnning Taraqqiyot O'zbekiston Stategiyasi to'g ' risida"gi PF-60-sonli Farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy Ta'lim Tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi

3. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish.

4. Muslimov N. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Pedagogika fanlari doktori.... diss. -T.: 2007.

5. Olimov Sh.Sh., Hasanova Z.D. Pedagogik texnologiyalarni o'quv-tarbiya jarayoniga qo'llash. -Toshkent: Fan va texnologiya. 2014, -11 b.

April 23-24, 2024

850

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.