Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI'

BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
37
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / gnostik / individual / yondashuv / dialog / akmeologiya / kreativ / pedagogika / innovatsiya / metodika / reproduktiv / evristik / vosita / texnologiya / usul / integratsiya. / competence / gnosticism / lichnost / approach / dialogue / acmeology / creative / pedagogy / innovation / methodology / reproductive / heuristics / instrument / technology / method / integration.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Achilova, Nazifa Rahmonqulovna, Bo’riyeva, N. J.

Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan bo’lajak biologiya fani o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL SYSTEM OF PROFESSIONAL COMPETENCE DEVELOPMENT OF FUTURE BIOLOGY TEACHERS

This article describes a methodological system for developing professional competencies of future biology teachers studying in higher educational institutions.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BIOLOGIYA O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

BO'LAJAK BIOLOGIYA O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMI

Achilova Nazifa Rahmonqulovna

Navoiy davlat pedagogika instituti Biologiya kafedrasi katta o'qituvchisi

Bo'riyeva N.J. Biologiya ta'lim yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta 'lim muassasalarida tahsil olayotgan bo 'lajak biologiya fani o 'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, gnostik, individual, yondashuv, dialog, akmeologiya, kreativ, pedagogika, innovatsiya, metodika, reproduktiv, evristik, vosita, texnologiya, usul, integratsiya.

АННОТАЦИЯ

В данной статье описана методическая система формирования профессиональных компетенций будущих учителей биологии, обучающихся в высших учебных заведениях.

Ключевые слова: компетентность, гностика, личность, подход, диалог, акмеология, креатив, педагогика, инновация, методология, репродуктивная, эвристика, инструмент, технология, метод, интеграция.

ABSTRACT

This article describes a methodological system for developing professional competencies of future biology teachers studying in higher educational institutions.

Keywords: competence, gnosticism, lichnost, approach, dialogue, acmeology, creative, pedagogy, innovation, methodology, reproductive, heuristics, instrument, technology, method, integration.

KIRISH

Rivojlanib borayotgan jamiyat talablarini qondirish bugungi kun o'qituvchisidan chuqur nazariy bilim, yuksak manaviayt, yuqori madaniyat, Vatan ravanaqi yo'lida o'quvchilarni, talabalarni komil inson darajasida tarbiyalashda javobgarlik hissi va mas'uliyatiyatga ega, o'z o'quvchilarining ijodiy potensialini rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o'z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Bu ta'lim tizimiga kompetentli yondoshuv asosida bo'lg'usi kasb egalarini yetuk mutaxasis sifatida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kasbiy kompetentligini, xususan, pedagogika oliy o'quv yurtlarining bitiruvchilarida esa kasbiy-pedagogik kompetentlilikni shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi.

Ma'lumki, "Kasbiy kompetentli o'qituvchi birinchidan, o'quv-tarbiya jarayonida ijodkor ta'lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ikkinchidan, o'z kasbiy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy imkoniyatlarini amalga oshira oladi".

Buning uchun bo'lajak biologiya o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi talab darajasida ishlab chiqilgan bo'lishi va unda quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:

1. O'qituvchining kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, natijaviylikni kafolatlash uchun talabalarda pedagogik va texnik bilimlar uzviylini, sintezini ta'minlash zarur.

2. Bo'lg'usi o'qituvchinng shaxsiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish lozim.

3. Bo'lg'usi o'qituvchinng kommunikativligini, nutqini rivojlantirish. Bunda e'tibor o'qituvchining pedagogik kompetentligini shakllantirishga qaratiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Innovatsion faoliyatning tuzilishini o'rganib chiqqan olimlardan biri V.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb ko'rsatib o'tadi: "Innovatsion faoliyatning tuzilishi - ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo'lishi mumkin". Mamlakatimizda ham innovatsion faoliyatni mazmuni va uni tashkil etishi masalalari J.G'.Yo'ldoshev,N.Saidaxmedov, N.A.Muslimov kabi olimlar tomonidan o'rganilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Biz oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagoglarning kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishda kerak boladigan nazariy va metodik tayyorgarlikning shakllarini tanlash bilan bir qatorda, ularga mos ravishda o'qitish vositalari, ta'lim texnologiyalari, metodlari va usullarini tanlay olish, qo'llay olish asnosida talabalarni o'quv-bilish faoliyatini axborot kommunikatsion texnologiyalardan to'laqonli foydalangan holda tashkil eta olishimiz lozim. Shundagina, bo'lajak biologiya o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik tizimi talab darajasida ishlab chiqa olamiz va t'alim jarayonida innovatsion muhit yaratib, o'z innovatsion faoliyatimzni samarali tashkil eta olamiz.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot yo'lidagi asosiy strategik maqsad - ilmiy bilimlarini ishlab chiqarish, iqtisodiyotda qo'llab, tadqiqot hamda tajriba-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

konstruktorlik natijalaridan samarali tijorat maqsadlarida foydalanishni yo'lga qo'yish hamda zamonaviy ilmiy va texnologik kuch sifatida qayta tiklashdir. Respublikamizda mavjud vaziyatning o'ziga xos xususiyati ilmiy-texnik salohiyatning yuqori darajasi ilmiy izlanishlar va ishlanmalardan tijorat maqsadlarida foydalanishning juda past ko'rsatkichga ega ekanligi ma'lum bo'ldi. Uning sababi milliy iqtisodiyotimizda innovatsion iqtisodiyotga o'tish muammosini tezda hal qilish uchun mamlakatda hali ham innovatsion g'oyalarning tug'ilishi va tijoratlashtirilishi uchun qulay bo'lgan innovatsion muhit yetishmayotganligidir.

Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni intelektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashlarini kengaytirishda innovatsion ta'lim texnologiyalari, o'qitishning yangi, innovatsion shakl, metod va vositalar bilan tanishtirish, ular bilan ishlash ko'nikma va malakalarni hamda ularda kasbiy va pedagogik kompetentlilik sifatlari hamda kreativlikni shakllantirish muhum ahamiyatga ega. Pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida biologiya o'qitish metodikasi o'quv modulini o'zlashtirayotgan talabalarni zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyalarining tashkiliy, texnik va didaktik imkoniyatlaridan xabardor bo 'lish bo'lg'usi o'qituvchilarni ta'lim amaliyotida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o'zlariig kompetentlilik va kreativlik sifatlarini doimiy rivojlantirib borish ko'nikma va malakalarini hosil qilishga sharoit yaratadi. Ta'lim tizimining demokratiyaltashuvi va insonparvarlashuvi ta'lim tizimining yangilanishi ta'lim sifatiga bo'lgan zamonaviy talabi bo'lg'usi biologiya o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash zarurligini ko'rsatmoqda.

"Hozirgi vaqtda ta'limdagi innovatsion harakatlarning xususiyatini o'rganmagan, ta'lim sohasidagi innovatsion faoliyatning mohiyatini tushunmaydigan, innovatsion ta'lim texnologiyalarini keng egallamagan o'qituvchini zamonaviy pedagog, yetuk mutaxassis, deb hisoblab bo'lmaydi. Pedagog-o'qituvchi innovatsion faoliyatining rivojlanishi - bu ta'limdagi strategik yo'nalishlardan biridir" deydi pedagog olimlar.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI

Oliy ta'lim muassasalarida o'ziga xos yondashuvlar asosida innovatsion jarayonlar tashkil etiladi va bu o'z o'rnida innovatsion faoliyatni tashkil topishda muhim rol o'ynaydi. Ular:

1. Gnostik-dinamikyondashuv (unga ko'ra pedagoglar pedagogic innovatsiyalar, ularning turlari, yaratilishi, amaliyotga tatbiq etilishi, xorij mamlakatlarida yaratilgan ilg'or pedagogik (ta'limiy) innovatsiyalar va ularni o'rganish, mahalliy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda amaliyotda ulardan foydalanishga doir bilim,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

ko'nikma, malakalarni izchil o'zlashtiradilar, o'z faoliyatlarida pedagogik innovatsiyalarni faol qo'llash borasidagi tajribalarni o'zlashtiradilar).

2.Individual-faoliyatli yondashuv (bunda pedagoglar o'zlarining indiviual imkoniyatlari, qobiliyatlari, tajribalariga tayangan holda pedagogik innovatsiyalarni amaliy faoliyatda qo'llashda muayyan izchillikka erishadilar)

3. Ko'p subyektli (dialogik) yondashuv (mazkur yondashuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni hamkasblarning o'zaro, xususan, ko'p yillik ish tajribasi, kasbiy mahorat va tajribaga ega pedagoglarning faoliyatlari bilan tanishish, ularning ta'lim innovatsiyalarini samarali, maqsadli va uzluksiz qo'llashga doir tavsiya hamda ko'rsatmalaridan foydalanishlarini ifodalaydi).

4.Insonparvarlik yondashuvi (ushbu yondashuv pedagogik jarayonda innovatsiyalarni qo'llashda ta'lim oluvchilarning imkoniyatlari, xohish-istaklari, qiziqishlari, bilim, ko'nikma va malakalari darajasini inobatga olish maqsadga muvofiqligini yoritishga xizmat qiladi).

5.Individual-ijodiy yondashuv (unga ko'ra har bir pedagog faoliyatini o'rganilayotgan mavzu, o'quv materialining mohiyati, shuningdek, o'z imkoniyatlari, salohiyati, mahorati, ish tajribasidan kelib chiqqan holda ta'lim va tarbiya jarayonlarini ijodiy ishlanmalar asosida tashkil etadi)[63;16-b.].

6. Akmeologik, kreativ va kompetensiyaviy yondashuv. Tajribalarimizga ko'ra bizningcha bu yondashuvlarni taklif qilish lozim deb bildik. Bunday yondashuvlar mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini ochish va rivojlantirish muammolarini bartaraf etishda qo'llanilib, bu bo'lg'usi o'qituvchining shaxsiy fazilatlari, ya'ni, A.Avloniy ta'rifiga ko'ra "axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi" ta'lim-tarbiya jarayonining negizi hisoblanadi.

Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat.

Bizningcha innovatsion faoliyat - pedagogning o'z kasbini egallash (oliy ta'lim muasssasasida o'qish jarayonida) va uni takomillashtirish (bevosita ish jrayonida) davomidagi bilim, ko'nikama, malakalarni egallash va kompetentliginini shakllantirish jarayonida mavjud shakl va vositalardan, shuningdek, zamonaviy axborot kommumikatsion texnologiyalardan, xorijiy tajribalardan foydalanish, uni o'z o'rnida qo'llay olish malakasini egallashga ijodiy yondashuvidir. Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo'lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar hali hanuz mukammal tarkib topgan emasligi barchamizga ma'lum. Buning asosiy sabablari ta'limga yo'naltirilgan fanlararo ilmiy bilimlarni integratsiyasini sustligi, ular o'rtasidagi qiyinchilik bilan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

yengib o'tiladigan uzilishlar, nazariy bilim va amaliy pedagogik faoliyat o'rtasidagi uzilishdir. Bu uzilishlarni bartaraf etish uchun har bir o'qituvchi innovatsion faoliyatning subyekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo'llash hamda ommalashtirishda faol ishtirok etishi va u fandagi bilim, an'analardagi o'zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak. Bo'lgu'si biologiya o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlar ekanmiz, bu jihatlarga alohoda e'tibor qaratishimiz lozim.

"Pedagogning innovatsion faoliyatiga tayyorgarligi jarayoni quyidagicha kechadi, jumladan, mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish, yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va aniqlik darajasini belgilash, yangilikni tadbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish va yangilikni tadbiq etadigan tashkilotning innovatsiyani qabul qilish qobiliyatiga baho berish. O'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim: 1) yangilikni idrok qilishga innovatsion tayyrgarlikni shakllantirish; 2) yangicha harakat qila olishga o'rgatish"

Pedagogik yo'nalishdagi talaba va o'qituvchilar har qanday pedagogik innovatsiyani egallashlari uchun uning uchta shartini, ya'ni, "tushunish, refleksiya va shaxsning tayyor ekanligi" bo'lishi lozim, deydi T.M Davidenko.

Innovatsion faoliyatni yo'lga qo'yilishi natijasida yangiliklar, innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1. Muammoni tahlil asosida aniqlash;

2. Mo'ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash;

3. O'zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish;

4. O'zgarishlarni amalga oshirish.

Bo'lg'usi biologiya o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad ularni bilimlarni egallash bilan birga yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o'z ustida ishlash ko'nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida dars, darsdan va sinfdan tashqari oliy ta'lim muassasalarida esa auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarni o'tkazish malakasini takomillashtirish bilan bir qatorda ularda kasbiy-pedagogik kompetentlilikni shakllantirishdan iborat. Bundan ko'rinib turibdiki, innovatsion faoliyat albatta, muayyan innovatsion muhitni tarkib topishni talab etadi.

Raqobat muhitida innovatsion faoliyat uchun qulay shart-sharoit yaratgan mamlakat yoki hududda bugungi kunda innovatsion muhit tarkib topadi va uni iqtisodiy tarrqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Prezident Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Innovatsiya - bu kelajak degani". Chunki innovatsiya kelajakda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

jamiyat talab qilgan iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, ilmiy-texnik yoki boshqa turdagi samaraga erishish maqsadida yangilikni joriy etishning yakuniy natijasi bo'lib hisoblanadi.

Ma'lumotlar va mavjud shart-sharoitni o'rganish natijasida, bizningcha, innovatsion muhit - muayyan turdagi tashkilot, korxona jamoasida, xususan, ta'lim muassasalarida, pedagogik jamoada samimiy, do'stona munosabat, sog'lom raqobatni yuzaga kelishi hamda ularning ijodiy-kreativ faoliyati uchun qulay psixologik muhit, yetarli moddiy-texnik, ma'naviy sharoitni yaratilishi yoki vujudga kelishidir. Bunday muhitda ishtirokchi, jumladan, ta'lim ishtirokchilari erkinlikni his qiladi, o'qitiuvchi va talabalar ilmiy, ijodiy, kreativ fikr yuritishga, yangilikka intilishga, kashfiyot qilishga tayyor bo'ladi. Ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarni qo'llanilishi, AKT vositalardan foydalanish innvatsion ta'lim muhitini yuzaga kelishiga olib keladi.

"Innovatsion ta'lim muhiti deganda - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini subyekt-subyekt munosabatlari natijasi tushuniladi va quyidagilarga:

o'quv dasturlari va o'quvchilarning individual ta'lim traektoriyalarida aks ettirilgan ta'limning innovatsion mazmuni;

transditsiplinar (fanlararo integratsiya) yondashuvga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari, o'qitishning interfaol usullari va tyuterlik faoliyati, repetitorlik;

zamonaviy sharoitlarda yoshlar bilan tarbiyaviy ish olib borishning takomillashtirilgan usullariga asoslangan ta'limning innovatsion usullari;

ta'lim sifatini doimiy monitoring qilish asosida universitetning xavfsiz ta'lim muhitini yaratish kabilarga asoslanishi bilan farqlanadi.

Innovatsion muhit tarkib topgan korxona, tashkilot, muassasa, xususan, ta'lim muassasida innovatsion jarayonning asosiy subyektlari bo'lgan professor-o'qituvchilar va talabalar, bo'lg'usi o'qituvchilar zamon talabiga javob beradigan, mustaqil va ijodiy faoliyat olib bora oladigan, yuqori darajada kreativlik va kompetentlilikka ega bo'lishi lozim. Ana shundagina biz bo'lg'usi biologiya o'qituvchilarida kreativ yondashuv asosida pedagogik kompetensiyalarni shakllantirishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Myc-HMOB H.A., YcMOHÖoeBa M.X,., Caö^ypoB A.M., TypaeB A.B. Hннoвaцнoн Tat-HM TexHonornanapH. YKyB-MeTognK Ky--aHMa - TomKeHT: 2015

2. Muslimov N.A.,va boshqalar."negarorHHHr нннoвaцнoн ^ao-naTHHH pHBO^naHTHpHffl" Mogy-n 6yÖHHa yKyB-yc-yÖHH Ma^Mya. T.: 2019-y. 120 b.

XULOSA

h.- 208 6.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

3. Еробкин, Р. П. Подготовка курсантов в инновационной образовательной среде вуза МВД России: автореф. дис. канд. пед. наук / Р. П. Еробкин. - Н. Новгород, 2015. - 26 с.

4. Xudayqulova F.B. Bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions. Xalqaro konferensiya materiallari. Chirchik, Uzbekistan International Conference. 167-b.

5. Шамова Т.И., Давыденко Т.М. Управление образовательным процессом в адаптивной школе /М.: Центр «Педагогический поиск», Сканировано: Подмазина А.С.2001. - 384 с.

6. Ataqulova Manzura Nematovna Uzbekistan. N.D.P.I. (Phd), Uzbekistan Turopova Guljahan Biological feature and pathogenic significance of the malaria fly. Results of modern scientific research published: january 30, 2023 | pages: 91-93

7. Сластёнин В.А. Педагогика профессионального образования: Учеб. пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений / Е.П. Белозерцев, А.Д. Гонеев, А.Г. Пашков и др.; М.: «Академия», 2004. - 368 с.

8. Sayfullayev, A. (2021). UZLUKSIZ TALIM VOSITASIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH TEXNOLOGIYASI. Uzluksiz talim.

9. Shamsidinova, G. D., Sayfullaev, A. F., Achilova, N. R., & Baratov, U. D. (2021). Prospects for the development of" Education for sustainable ecological development" on the basis of the declaration of Uzbekistan. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 144-149.

10. Nematovna, A. M., & Baxodirovna, M. F. (2023). THE EFFECTIVENESS OF DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE THINKING IN TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES. International Journal of Advance Scientific Research, 3(09), 170-174.

11. Nematovna, Atakulova Manzura, and Murtozayeva Fazlatxon Baxodirovna. "THE EFFECTIVENESS OF DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE THINKING IN TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES." International Journal of Advance Scientific Research 3.09 (2023): 170-174.

12. Malikova, A. R. "METHODS OF USING INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES IN HIGHER EDUCATION." Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11.1 (2023): 798-800.

13. Muhabbat, R., & Mohinur, Q. (2020). Biologiya fanini oqitishda laboratoriya ishlarining ahamiyati. Science and Education, 1(3), 550-553.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023

14. Nematovna, A. M. (2021). Pedagogy the Effectiveness of the Use of Design Technology in the Development of Research Activities of Students in the Process of Biology Education in Higher Education Institutions. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(3).

15. Ibodova, M. N. (2018). A FORMING THE BASIC COMPETENCIES OF PUPILS BY USING OF SELF-STUDY ASSIGNMENTS. ПЕДАГОГИКА И ПСИХОЛОГИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ,, 37.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.