Научная статья на тему 'XALQ OG‘ZAKI IJODINING USMON AZIM IJODIGA TA’SIRI MASALASI'

XALQ OG‘ZAKI IJODINING USMON AZIM IJODIGA TA’SIRI MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
84
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor / she’riyat / motiv / obraz / ertak / ballada / sujet / dramatik she’r / g‘oya / tilsim. / folklore / poetry / motif / image / fairy tale / ballad / subject / dramatic poem / idea / spell.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sharipova, Laylo, Boboxo‘Jayeva, Laziza Axtamovna

She’riyat folklordan ta’sirlanadi, oziqlanadi. Asrlardirki, she’riyat folklordan janr, motiv, obraz, ritm o‘zlashtiradi. Ayrim shoirlar uslubida folklorning ta’siri yaqqol seziladi. Usmon Azim ham folklordan ta’sirlangan, xalqning ulug‘vor falsafasini, ruhiyatini o‘z ijodida qayta jonlantirgan shoirdir. Maqolada shu haqda fikr boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ISSUE OF THE INFLUENCE OF ORAL CREATION OF THE PEOPLE ON THE CREATION OF USMAN AZIM

Poetry is influenced and nourished by folklore. For centuries, poetry has been absorbing genres, motifs, images, and rhythms from folklore. The influence of folklore is clearly felt in the style of some poets. Usman Azim is also a poet who was influenced by folklore and revived the noble philosophy and spirit of the people in his work. The article discusses this.

Текст научной работы на тему «XALQ OG‘ZAKI IJODINING USMON AZIM IJODIGA TA’SIRI MASALASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XALQ OG'ZAKI IJODINING USMON AZIM IJODIGA TA'SIRI MASALASI

Sharipova Laylo

BuxDU professori, f.f.d. laylosharipoval 1.68@mail.ru Boboxo'jayeva Laziza Axtamovna BuxDU filologiya fakulteti 3-bosqich boboxojaevalaziza@gmail .com

She'riyat folklordan ta'sirlanadi, oziqlanadi. Asrlardirki, she'riyat folklordan janr, motiv, obraz, ritm o'zlashtiradi. Ayrim shoirlar uslubida folklorning ta'siri yaqqol seziladi. Usmon Azim ham folklordan ta'sirlangan, xalqning ulug'vor falsafasini, ruhiyatini o 'z ijodida qayta jonlantirgan shoirdir. Maqolada shu haqda fikr boradi.

Kalit so'zlar: folklor, she'riyat, motiv, obraz, ertak, ballada, sujet, dramatik she 'r, g 'oya, tilsim.

Poetry is influenced and nourished by folklore. For centuries, poetry has been absorbing genres, motifs, images, and rhythms from folklore. The influence of folklore is clearly felt in the style of some poets. Usman Azim is also a poet who was influenced by folklore and revived the noble philosophy and spirit of the people in his work. The article discusses this.

Key words: folklore, poetry, motif, image, fairy tale, ballad, subject, dramatic poem, idea, spell.

Usmon Azim ruhiyatidagi kuchli toshqinni zilollantirib, she'riyatiga ko'chirib turgan kuch, avvalo, folklor. Shoir uslubida folklordan ta'sirlanish yaqqol sezilib turadi. Usmon Azim - folklorga xos motiv, obraz, ifoda usulidan foydalana bilgan shoir. U xalq og'zaki ijodi ta'siri sabab baxshiyonalar yaratgan edi. Ayni damda, uning "Balladalar" nomi ostidagi voqeaband she'rlari xalq og'zaki ijodidan oziqlanib, yuzaga kelgan. She'rlar ballada janrida yozilmagan. Shoir lirik qahramonlari ruhiyatidagi ma'naviy jangu jadal bois she'rlarini "ballada" degan bo'lsa, ehtimol. Ammo balladachilik jangoh va u bilan bog'liq voqealarni aks ettirishga asoslangani sabab Usmon Azimning bu asarlarini dramatik she'rlar deyish maqsadga muvofiq, bizningcha. Ularda muallifning ishtiroki yo'q, ayni damda, sujet kichik bir voqea asosida yuzaga kelgan. Har bir "ballada" (shoir "ballada" degan, ammo ballada janrida yozilmagani sabab qo'shtirnoqqa olishni ma'qul bildik) alohida syujetga

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

egaligi bois "O'n besh bailada" - o'n besh dramatik she'r bo'lib, bir obraz, bir maqsad atrofida birlasha olgani sabab ularni turkum deyish mumkin. Dramatik she'rlarni folklorga xos motiv va obrazlar ishtirokida ilgari surilgan g'oya -erkinlikni qo'msash tuyg'usi birlashtirib turibdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dastlabki uch dramatik she'rda, shuningdek "sakkizinchi ballada", o'ninchi ballada" deb nomlangan she'rlarda ham Kenja botir yetakchi qahramon sifatida shoir g'oyalarini tashishda xizmat qilgan. "Birinchi ballada" ikki qismdan iborat bo'lib, To'ng'ich va O'rtancha botir bilan Kenja botir diologi asosida yaratilgan. Xalq ertaklaridagi To'ng'ich va O'rtancha botirlar Kenja botirdan omadsizroq, aqlsizroq, kuchsizroq bo'lsalar-da, o'zlari buni u qadar tan olmaydilar. Ammo olg'a intilgan Kenja botirni oshkora yo'ldan urmaydilar. Ba'zi xalq ertaklarida akalar ham botir, ammo Kenja botir favqulodda xususiyatlarga egaligi bilan ulardan ustun. Dramatik she'rda esa shoir ikki aka orqali to'xtab qolgan jamiyat illatlarini fosh qilib, Kenja orqali yosh avlodga yuksaklikka intilish, olg'a yurish lozimligini uqtiradi. Dramatik she'rdagi To'ng'ich va O'rtancha botirlarda salbiylik ertaklardagidan kuchli. Yuksaklikka intilgan Kenja botirni To'ng'ich botir "Chiranma ukajon, yashayvergin jim" - deb, O'rtancha botir "Daraxtga qaragin, bir joyda o'sar", - deya yo'ldan uradi. Kenja botir yuksakka ko'tarilganda esa To'ng'ich botir "Pastga tush, tezroq", - deb koyisa, O'rtancha botir "Bizni tuproq bilma - yoshimiz ulug'", - deb o'git bergan bo'ladi. Shoir O'rtancha botir nutqida donishmandona fikrlarni ifoda etar ekan, aqlli fikr aytganlarning bari ham nekbin bo'lavermasligini ta'kidlaydi. Usmon Azim jamiyatdagi turg'unlikni Kenja botir nutqi ko'magida fosh qiladi. Ikki aka Kenja botir erishgan yuksaklikka intilishni emas, uni o'zlari turgan botqoqqa botirishni o'ylaydilar. Oqibat ukalarini o'q otib, yerga qulatadilar. Shoir taraqqiyot sari odimlayotgan avlodni qabul qilolmay turgan ayrim kattalarni keskin tanqid ostiga oladi. Dramatik she'r ertaklardan farqli o'laroq fojiali yakun topadi. Shoir hammani ushbu fojiadan ogohlantiradi. Kenja botirning qo'li band, qo'lini cho'qiyotgan ikki kalxatni hayday olmay akalaridan yordam so'ramoqda. Shoir mubolag'adan foydalanib, Kenja botirni folklordagi kabi g'ayritabiiy kuchga ega qahramon sifatida tasvirlaydi. Ko'zlarini ikki kalxat kun-tun cho'qiyotgan bir paytda qulayotgan osmonni ikki qo'llab ushlab turgan Kenja botir yillar davomida og'riqqa chidaydi, azobdan, alamdan yig'laydi. Ammo Kenjani og'am degan botirlar buni sezmaydi:

Men sizga hech qachon zorlanganmidim?

Jonimdan to'ydirdi

Kalxatlar rosa...

Qarang, shom shafag'i - qip-qizil - betim,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Ko'zlarim qon to'la ikkita kosa. Botir akalarim, qiling hamiyat, Qo'l siltang!

Qochishar - kalxatlar qo'rqoq. Axir, quzg'unlarga yem bo'lsam - uyat, Qo'limda osmonni ko'targanim chog'.

"Men sizga hech qachon zorlanganmidim?" satrida so'roq olmoshi qo'llanib turib, fe'lning bo'lishlilik shaklida kelishi uslubiy g'alizlikni paydo qilgani zakiy she'rxonga sezilishi tabiiy. Ammo shoir qolgan satrlar ko'magida davr fojiasini ifodalay olgan. Ikki kalxat, avvalo, asirlik azobining metafora ko'magida obrazlantirilgani. Xalq yukini ko'tarib turgan insonlar sanoqli, ularning joni qiynalib ketgan pallada qolganlar arzimas mayda-chuydalarga o'ralashgani yetmaganday, shu bilan o'zlarini oqlab ham yurishibdi. She'r syujetidagi yechim yanada og'riqli: Mening tashvishi ko'p bechoralarim, Axir, yashayapman sizga baxt tilab. Axir, Men osmonni qanday tashlayin, Osmon boshingizga tushar-ku qulab 1

"Uchinchi ballada"da shoir Malikaning Ko'hiqofdan olib qochib kelinishi motivini qayta ishlab, boshqa ertaklar motivlarini sintezlashtirgan holda o'z fikrini ifodalaydi. Devlardan qochayotgan Kenja botirning oti sohibi va Malikani ko'tarib ketayotgani sabab "terdan qoraydi" Shoir nafaqat o'zbek, balki dunyo ertaklariga xos bo'lgan uch sehrli narsadan foydalanadi: sehrli taroq, sehrli ko'zgu, sehrli qayroq. Odatda yalmog'iz kampirdan qochayotgan Malika sehrli taroqni tashlasa, changalzor; ko'zguni tashlasa, ko'l; qayroq tashlasa, tog' hosil bo'ladi. Shu taxlit malika ancha payt yovuz kuchlardan himoyalanadi. Bunday motivni folklorshunos olim K.Imomov "Tilsimni izohlovchi formulalar" deb hisoblaydi va shunday yozadi: "Tilsimni izohlovchi formulalar: " Mana bu oynani azim daryo bo'l, deb orqangga tashla, mana bu taroqni changalzor bo'l, deb tashla, mana bu ignalarni ikkita azamat daraxt bo'l... deb tashlagin" Bular ertaklarga xos tabiat, sirlilikni bo'rttiradi va uning ta'sirchan qudratini orttiradi 2.

E'tibor beringki, xalq evrilishni kuchli mantiqqa tayanib, ifodalaydi. Taroq daraxtdan bunyod bo'lgani sabab uni tashlashsa, changalzor paydo bo'ladi, ko'zguda suvning tiniqligi, jilokorligi bor. Shu uyqashlik sabab xalq daryo paydo bo'lishi uchun ko'zguni tashlashni ma'qul hisoblagan. Ayni shu o'xshashlikdan kelib chiqqan yana bir holat bor. Xalq tushini suvga yoki oynaga aytgan. Tushning birinchi

1 Usmon Azim. Saylanma. Balladalar.-Toshkent:Sharq, 1995. - B. 252.

2 Imomov K. O'zbek xalq ertaklari // Kitobda: O'zbek folklorining epik janrlari. O'zbek xalq ijodi bo'yicha tadqiqotlar. 7-kitob. - Toshkent: Fan, 1981. - B.83.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ta'birchisi aytgan gap amalga oshishiga ishongani bois ilk tinglovchisi beg'ubor bo'lishini, tushning ta'biri yorug'likka yo'yilishini xohlab, oyna va suvni tanlagan. Qayroq - tosh, tog'ning bo'lagi. Sehrli qayroq evrilib tog' hosil bo'lishi motivi taroq va ko'zgu bilan bog'liq motivlar singari keng tarqalmagan. Shoir esa sevgi qudratini alohida ta'kidlash istagida bunday sehrli buyumlardan foydalangan: Kenja botir

Malikam, tulporim terdan qoraydi, Ko'hi Qof tarafdan qo'zg'aldi to'fon. Quyosh qochib ketdi, olam toraydi... Devlar ortimizdan kelar begumon! Malika

Botirim, devlardan qo'rqmog'im ordir, Sevging -qo'rqinchlarni aylaydi bekor. Mening bir sehrli tarog'im bordir, Tashlasam, yo'llarni tutgay changalzor3.

To'fon devlarning kelayotganini ifodalovchi vositadir. Shoir voqeaband she'rida tugun, voqealar rivoji, kulminatsion nuqtani yuzaga keltirib, dramatik she'rning yechimini she'rxonga havola qilib qo'ya qoladi. Malika va Kenja botirni "Bulutlarga tegib tog'dek boshlari, mash'allar yoqib" devlar quvib kelyapti. Devlarning portretiga xos bunday tasvir xalq ertak va dostonlarida uchraydi. Shoir dramatizmni kuchaytirish uchun "Changalzorlar o'tday o'rildi", "Sho'rlik ko'l quridi - buruqsib, bug'lanib", "tog'imiz suv bo'lib oqdi" - deya folklorga xos ifoda usulidan foydalanadi. Demakki, taroq va oynaning sehrli qudrati tez mahv etildi. Mubolag'aning g'uluvv ko'rinishi sabab shoir maqsadi aniqroq ifoda etilgan. Usmon Azim hayotda ertaklarda ifoda etilgan muhabbatdan ham qudratli muhabbat borligini ifodalash uchun sehrli vositalarning kuchidan foydalanishni inkor qiladi. Kenja botir va Malikani devlar quvib kelmoqda, ammo ularda sevgidan o'zga ko'makchi yo'q, ular shu bilan qudratli: Malika

Botirim, devlardan qo'rqmog'im ordir! Sevging - mening uchun behadik dunyo, Na qayroq, na taroq, na ko'zgum bordir-Endi mening uchun sen borsan tanho4.

"Sakkizinchi ballada" da shoir ezgulik deb yurgan insonlarni ikki toifaga bo'ladi. Yurtga yov oralaganda o'z joni va yaqinlari umrini qutqarish uchun yurtni tashlab

3 Usmon Azim. Saylanma. Balladalar.-Toshkent:Sharq, 1995y.-B 253. 432b

4 Usmon Azim. Saylanma. Balladalar.-Toshkent:Sharq, 1995y.-B 254. 432b

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

tinch maskan izlab ketadiganlar, demakki soxta ezgulikparvarlar. Ular - To'ng'ich botir va O'rtancha botirlar. Ikkinchi toifa insonlar ezgulik yurt va xalq himoyasi uchun zarur deb hisoblaydigan va bu yo'lda umrini tikadiganlar bo'lib, shoir nazdida ular - Kenja botirlar.

Shoir ertaklarda, xalq dostonlarida mavjud pari obrazidan nega foydalandi?! Chunki dunyoda "osoyish yurt", "tinch maskan" - Bog'i Eram. O'zbek folklorida ifodalanishicha, Qof tog'i, Eram bog'i, afsonaviy tog', afsonaviy bog' bo'lib, unda parilar yashaydi. Odatda, parilarni devlar qo'riqlaydi. Bu tog' va bog' tinch - osuda maskan, sehr-jodu, tilsimlar maskani. O'rta va Yaqin Sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqining mifologik qarashlaricha, parilar inson qadami yeta olmaydigan uzoq bir yurtda (bu yurt xalq ertak va dostonlarida Ko'hi Qof deb yuritiladi) yashaydilar. Usmon Azim bu qarashlardan foydalanib, To'ng'ich va O'rtancha botirni qutqarish niyatida kelgan parini Bosh pari deb nomlaydi. Folklorshunos

0.Qayumov fikricha, parilarning nomlanishi antraponimlardan, yashash joyi nomidan, o'simliklar, samoviy jismlar, jonivorlar va shu kabilar nomidan kelib chiqqan. Shoir botirlarni qutqarishga parilarning yetakchisi kelganini ifodalaydi, bu hol botirlar mavqeini yuksaltiradi. Ammo Bosh pari ham aynan Kenja botir bilan muloqot qilmoqda. Bu hol yurt egasi Kenja botir ekanligini anglatadi. Kenja botir yov bilan kurash uzoq davom etishini, yovning qudrati borligini anglaydi.

Usmon Azim yurtga botir kerak demaydi, balki qayta-qayta "yurt ham botirga kerak", "Yurt ham kerak botirga" deb ta'kidlaydi. Bu aksariyat shoirlarda uchramaydigan o'ziga xos xulosadir. Tahlil shu taxlit davom ettirilsa, shoir ijodida folklordan foydalanish, folklorizmning turli ko'rinishlarini yuzaga keltirish ijodkor uslubining bir qirrasiga aylanganiga guvoh bo'lish mumkin. Muhimi, shoir folklordan ta'sirlanish bilan chegaralanmaydi, shunchaki folklor motivlaridan foydalanuvchi bo'lib qolmaydi, balki xalq og'zaki poetik ijodi yutuqlari yordamida o'z maqsadini ravshanroq ifodalashga erishadi. Ilgari surgan g'oyasining she'rxonga chuqurroq singishini ta'minlashga harakat qiladi va bunga erishadi ham. Folklor ta'sirida she'rlarda milliylik, xalqchillik kuchaygani, badiiyat yuksalgani e'tirofga loyiq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Usmon Azim. Saylanma. Balladalar.-Toshkent:Sharq, 1995. - B. 432.

2. Imomov K. O'zbek xalq ertaklari // Kitobda: O'zbek folklorining epik janrlari. O'zbek xalq ijodi bo'yicha tadqiqotlar. 7-kitob. - Toshkent: Fan, 1981. - B.83.

3. Sarimsoqov. B. Epik janrlar diffuzyasi // Kitobda: O'zbek folklorining epik janrlari. -Toshkent: Fan, 1981. - B.139.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.