Научная статья на тему 'DRAMATIK ASARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI'

DRAMATIK ASARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
120
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy matn / lingvistik ekspertiza / dramatik asar / bahsli matn.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Suvonov Zavqiddin

Maqola badiiy matndagi bahsli matnlarni sud-lingvistik ekspertizasini amalga oshirish va tadqiq qilish san’at darajasida – ba’zi tajribali va malakali mutaxassislarning mahorati va lingvistik tekshiruv ishlari, ko‘pincha, ekspert muassasalari devoridan tashqarida amalga oshirilishi xususida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DRAMATIK ASARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI»

DRAMATIK ASARNING LINGVISTIK EKSPERTIZASI LINGUISTIC EXAMINATION OF A DRAMATIC WORK

Suvonov Zavqiddin

Termiz davlat universiteti dotsenti v.b. PhD https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7617476

Annotatsiya: Maqola badiiy matndagi bahsli matnlarni sud-lingvistik ekspertizasini amalga oshirish va tadqiq qilish san'at darajasida - ba'zi tajribali va malakali mutaxassislarning mahorati va lingvistik tekshiruv ishlari, ko'pincha, ekspert muassasalari devoridan tashqarida amalga oshirilishi xususida.

Abstract: The article is about the implementation and research of forensic-linguistic examination of controversial texts in artistic texts at the level of art - the skills of some experienced and qualified specialists, and the linguistic examination is often carried out outside the walls of expert institutions.

Tayanch so'z va iboralar: badiiy matn, lingvistik ekspertiza, dramatik asar, bahsli matn.

Basic words and phrases: artistic text, linguistic expertise, dramatic work, argumentative text.

Ishda badiiy matnni lingvistik ekspertizadan o'tkazishning asosiy tushunchalari va dramatik asar haqiqatining badiiy evolyusiyasi masala sifatida o'rganiladi. Jarayonda turkiy xalqlarda necha asrlardan buyon orzu qilingan ozodlik tuyg'usi qalblarni charog'on etgan bo'lsa-da, lekin insoniy muammolardan hanuzgacha xoli bo'lolganimiz yo'q. Xo'sh, bugungi erkin inson o'z hurligini dunyoga ruju qo'yib yashash deb biladimi yo xalqining kamoloti yo'lida sarf qilishda deb biladimi, degan azaliy muammolar adabiyot va san'at jabhasida ham qator vazifalarni qalashtirayotgani aniq. Bunda irqiy yoki milliy adovatni qo'zg'atish, ustunlik yoki pastlikni targ'ib qilish bilan bog'liq irqiy, milliy adovatni qo'zg'atishni oqlaganlik, inson sha'ni, qadr-qimmatini kamsitish, ishchanlik obro'sini tushirish va haqorat qilish hamda tahdidlar bilan bog'liq muammolar bo'yicha matnlarning lingvistik algoritmini tekshirishni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim.

Zamonaviy va tarixiy voqelikda tuhmat orqali qo'zg'atilgan jinoiy ishlarni tergov qilish amaliyoti, terrorchilik faoliyatiga ommaviy chaqiriqlar yoki terrorizmni ochiq oqlash masalasi ham ob'ekt ichiga kiradi. Ekstremistik faoliyat bilan bog'liq ommaviy chaqiriqlar nafrat yoki adovatni qo'zg'atish, inson qadr-qimmatini kamsitish holatlarida natsizmni (milliy) reabilitatsiya qilish holatlari va hokimiyat vakilini haqorat qilish hamda ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ish yuritish lingvistik ekspertiza muammolari markazida turibdi. Xalq va mulozimlarning sha'ni,

qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bo'yicha da'volar soni ortayotgani ham bunga turtki bo'layapti. Bunga o'xshash muammolarning ko'pligi ob'ektiv ravishda ularni hal qilish uchun maxsus lingvistik bilimlar va kategoriyalarni jalb qilishni talab qildi. Qoidaga ko'ra, bunda sud-lingvistik ekspertiza davlat yoki nodavlat ekspertiza muassasasiga yoki shaxsiy ekspertga, ya'ni ushbu soha bilimiga ega bo'lgan shaxsga tayinlanadi.

Ma'lumki, milliy adabiyotimiz sathida haq gapni aytish badiiy ijodning oddiy talabiga aylanib qoldi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb muammoni odamning taqdiriga bog'lab, ta'sirli yo'sinda ifodalash kerakligiga odatlanib bormoqda. Milliy dramaturgiyada esa hanuzgacha zarur gapni yalang'och yo'sinda, keskin tarzda aytish fazilat sanab kelinmoqda. Har bir alohida odamda bo'lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o'z mo'ljallari, egallanishi orzu qilinadigan marralari bo'ladi. Bunda badiiy matnning lingvistik ekspertizasiga ehtiyoj bor. Bu qaysidir ma'noda, oxirgi yillarda sud nutqi ekspertizasi sinfiga kiruvchi sud-lingvistik ekspertizasining mustaqil turi sifatida shakllandi. U maxsus lingvistik bilimlarni jalb qilmasdan og'zaki yoki yozma nutq orqali sodir etilgan huquqbuzarlik holatini aniqlash mumkin bo'lmagan yoki qiyin bo'lgan holatlar toifalari uchun majburiy bo'lgan imtihonlar guruhiga o'tdi. Bunga badiiy adabiyotdagi protatip muammosi bilan bog'liq masalalar ham ko'p topiladi.

Taassufki, badiiy matndagi bahsli matnlarni sud-lingvistik ekspertizasini amalga oshirish va tadqiq qilish san'at darajasida - ba'zi tajribali va malakali mutaxassislarning mahorati zarur. Lingvistik tekshiruv ishlari, ko'pincha, ekspert muassasalari devoridan tashqarida amalga oshirildi hamda oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, ko'plab nufuzli filolog olimlar har doim ham o'zlarining faoliyat doirasini aniq tushunishmagan. Misol tariqasida, bular filologiya fakultetlari, pedagogika oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, ekspert muassasalari aloqasi bo'lmagan shaxslar, muayyan ish bo'yicha sud-tibbiyot eksperti lavozimiga tayinlangan va yo'l-yo'lakay bajarilgan. Shu sabab jarayonda o'zbek amaliy tilshunosligida badiiy matnning lingvistik ekspertizasi ko'p muammolarga echim sifatida maydonga chiqdi. Ko'pincha ular nazariy kashfiyotchi sifatida ilmiy tadqiqotlar va amaliy ekspert faoliyatining vazifalarini sud-tibbiy dalillar uchun ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni aniqlash uchun aralashtirib kelishmoqda. Professional mutaxassis bo'lmagan filologlarning xulosalarida, ko'pincha, tasdiqlanmagan versiyalar, taxminlar, farazlar ilmiy muhokama uchun maqbul bo'lishi mumkin bo'lgan. Ammo ekspert xulosasi sifatida mos kelmaydigan sub'ektiv fikrlar mavjud. Ishonchliligi ilmiy tasdiqlashni talab qiladigan tekshirilmagan lingvistik usullardan ham foydalanib kelingan. Natijada bunday xulosalar sud qarorlarida ijobiy baholanmadi yoki sudlar tomonidan umuman dalil sifatida qabul qilinmadi ham.

Badiiy matnni lingvistik tekshirish keyingi davr o'zbek adabiyoti misolida, xususan turkiy xalqli millatlar uchun inson ma'naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko'z ilg'amas puchmoqlarni tadqiq etishga erishish va provakatsion nutqlardan etnik kamsitishlarni ilg'ash bilan bog'liq muammolar ham kun tartibiga chiqmoqda.

Sohada yangi yo'nalish bo'lgan badiiy matnning lingvistik ekspertizasi amaldagi protsessual qonun hujjatlari talablariga muvofiq sud-lingvistik ekspertizasini ishlab chiqishning ijtimoiy tartibi yuqoridagi toifalardagi ishlarni qonun doirasida ko'rib chiqish uchun professional ekspert va lingvistik mutaxassis yordamiga ehtiyoj sezyapti. Bunda nafaqat badiiy adabiyot, balki uning iste'molchisi xalq, yuridik shaxslar, balki ommaviy axborot vositalari va internet-nashrlarni qamrab olgan bunday ma'lumot va hujjatlar hamda nizolari sonining butun O'zbekiston bo'ylab eksponent ravishda o'sib borishi sababli, ekspertizadan o'tkazish ob'ektiv ravishda zarur. Bunda san'atni yagona, ilmiy asoslangan usullar va betakror lingvistik texnologiyalar bo'yicha amalga oshiriladigan yaxshi tashkil etilgan texnologik jarayon darajasiga ko'tarish ham muhim. Shu nuqtai nazardan, badiiy matnning lingvistik ekspertizasiga ehtiyoj bor. Bu masala ilgari "tekstologik", "filologik", "stilistik", "semasiologik" ekspertizalar va boshqa nomlar bilan qo'llanilgan. Ammo nutq faoliyati mahsulotlari bilan bog'liq turli ekspert vazifalarini hal qilishda sud amaliyotda borgan sari bu ehtiyoj o'rganilishiga talab ortib boryapti. Shuning uchun ekspert amaliyotida "lingvistik ekspertiza" atamasi mustahkamlangan.

Dramaturglarning faoliyati tanqidchilarning ham e'tiborini tortgan va tortib kelyapti ham. Tadqiqotchi Baxtiyor Yaqubovning "Umuminsoniy g'oyalar talqini Usmon Azim dramaturgiyasiga nazar"3 maqolasi mustaqillik davri, xususan, Usmon Azim dramalarining poetik xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan. Ushbu maqolada shoirning "Kunduzsiz kechalar" (Cho'lponning hayotiy faoliyati haqida gap boradi), "Tong otgan taraflarda" pesalari xususida so'z boradi. Tadqiqotchi badiiy matnni tekshirib, quyidagicha mulohaza yuritadi. Birinchi pesada Cho'lpon hayotining so'nggi kunlari tasvirlanishi, ikkinchisida esa, xalq dostonlariga xos an'anaviylik aks etganligini aytadi. Tadqiqotchi "Kunduzsiz kechalar" pesasi tahliliga kirishar ekan, maqolaning kirish qismiga keng urg'u beradi. Hatto pesasi tahliliga kelguncha 500 dan ziyodroq so'zni ishlatadi va so'ng asar tahliliga kirishadi. "Tong otgan taraflarda" pesasi tahliliga esa bir abzasgina joy ajratadi. Tadqiqotchi ushbu asarlar tahlili jarayonida muallifning biriga tarixiy, ikkinchisiga folklorshunoslik nuqtai nazaridan yondashganligini va zo'rma-zo'rakilik bilan ikki asar tahlilini bir maqolaga jo qilishga uringan hamda asarni nazariy asoslamaydi. Nazariy asossiz hamda e'tirozlarsiz tadqiqot muallifga madhiya tarzida taassurot qoldiradi kishida.

3 Шарк юлдузи. 2017 йил, 1 сон

Yana Baxtiyor Yaqubovning "Dramatogiyada milliy qadriyatlar talqini"4 maqolasida jarayondagi teatrlarda o'ynalayotgan dramalar, xususan, Xoliq Xursandovning "O'lding - aziz bo'lding" komediyasi haqida fikr yuritiladi. Asar qahramoni Mavlon cholning xotini Oydona va do'sti Avazlarni chaqirib bir xiyla bilan farzandlari umrining so'nggi bir kunida nima qilishini kuzatishga qaror qiladi va o'z tenggi "Ыг to'da yollanma go'yandalaг" ekanligini biladi. Ota farzandlarini eldan kam qilmay o'stiradi. Aslida ota bu "ehtiram"ga loyiq emasdi. Bu komediya Respublikamizning turli teatrlarida turli nom va turli talqinlarda qo'yiladi va Baxtiyor Yoqubov bularni analogik tahlil etadi. Asarni mohir sinchi ko'zi bilan ko^gan tadqiqotchi bu safar muvaffaqiyatli sharhlaydi va tahlil qiladi.

Miraziz A'zamning "Qadr" kinodramasi "Shaгq yulduzi" jurnalining 2016 yil 4-sonida bosilib chiqdi. Ishtirok etgan qahramonlar Ahadulla, Azimbek, Omonlar otasi Botir akaning vafoti bilan taziyadagi holat aks ettirilgan. Tohira Azimbekning xotini ham asar motivida o'ziga xoslik kasb etadi. yozuvchi Jumaniyoz Jabborovning "Uyqusiz kecha" 2 pardali drama bo'lib, asar qahramonlari: Akbar ota va uning qizlari Mohira, Tohira, Shoira; kuyovlari Adham, Bahrom, Botir kabilar ishtirok etadi. Dramadagi muammo maishiy turmushdagi meros bilan bog'liq5. Bu asarni ham lingvistik ekspertiza qilish, davr adabiy jarayonini o^ganishga, tekshirishga manda vazifasini o'taydi.

Taniqli shoir Iqbol Mirzoning "Sama^and sayqali" dramasi bir parda sakkiz ko'rinishli drama6 bo'lib, asarda Alisher Navoiy, Abu Lays Samarqandiy, Ahmad Hojibek, Sohib Siddiq, Davlatshoh Samarqandiy, Mir Qarshiy, Mavlano Riyoziy, YUsuf Safoiy, Xiromiy Qalandar, Sayyid Qutb Samarqandiy, Mirzobek, Sharpa, qiz, Feruza kabi qahramonlar qatnashadi. Samarqand hazrati Iqbol Mirzo talqinida o'ziga xos sayqal topgan. Usmon Qo'chqoming "Imom Buxoriy" dramasi tarixiy she'riy drama. Ishtirokchilar: Buxoriy, Xartangiy, Termiziy, G'olib Jabroyil, Ibnus Subkiy, qalandarlar, Muhtasib, Varqo kabi tarixiy shaxsiy va to'qima shaxslar orqali voqealar rivoji keskin tus oladi va baribir, dramada ezgu ish va amallar zafar qozonadi7.

Muhammad Alining "Hindiston malikasi" dramasi "Ramayana" eposi motivlari asosida, prolog va epilogli tarixiy drama bo'lib, 4 parda, 11 ko^inishlidtf8. Ushbu drama qadimiy hind eposi "Ramayana" ohanglari ta'sirining mevasi. "Ramayana" jahon adabiyotida o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra alohida o'rin tutadigan asar. "Ramayana" eposida inson kuchli mavjudot hatto ilohlar, najotkori sifatida qaralgan. "Hindiston malikasi" dramasi insonga madhiya, burch, sadoqat va lafz sha'niga aytilgan qasidadek taassurot qoldiradi kishida.

4 Шарк юлдузи. 2017 йил, 5 сон.

5 Шарк юлдузи, 2010 йил, 1 сон

6 Шарк юлдузи, 2016. 3-сон

7 Шарк юлдузи, 2015 йил, 2-сон.

8 Шарк юлдузи, 2017 йил 7-8-9-сон

S?

Usmon Qo'chqor "Imom Buxoriy" tarixiy-she'riy dramasi qahramonlari tarixiy shaxslar bo'lib, Buxoriy, Xartangiy, Termiziy, G'olib Jabroyil, Ibnus Subkiy, qalandarlar, Muhtasib, Varqo kabi obrazlar tasvirning haqiqatga yaqinligini ko'rsatadi9. Ibn Xallikan o'zining "Vafayotul a'yon" kitobida ta'kidlashicha, Imom Buxoriy ozg'in, uzun ham va qisqa ham bo'lmaganlar, ya'ni o'rta bo'yli bo'lganlar, deydi. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy yoshlik vaqtlarida ko'zlari ojiz bo'lib qolishi haqidagi tasvirlar ham bor. Bir kuni onalari tushlarida Ibrohim alayhissalomni ko'rishi, uning Ibrohim alayhissalom onalariga: "Sening ko'p duo qilganing va yig'ilaringdan keyin Alloh taolo bolangning ko'zini qaytarib berdi", - deydilar. Tong otgandan keyin, qarasalar Alloh bolalarining ko'z nurini qaytarib bergan ekan. Hadis ilmini o'rganishlari va yodlash qobiliyati va zehni beriladi. Imom Buxoriy maktabda o'n yoshlik vaqtlarida hadis yodlashga qunt bilan kirishdilar. Asarda buyuk muhaddisning hayoti va ezgu ishlari beqiyos tasvirlangan. Bu asar ham badiiy matnni tekshirish uchun manda bo'la oladi.

Nurillo Abbosxonning "Go'zal dunyo zulmati", "Bog'", "Salom yoki xayr", "Aziz", "Kulgusini yo'qotgan boylar", "Quriyotgan daraxt", "O'zbekcha raqs", "Burch", "Tanho yulduzim", "Ezgulik yo'li" (SH.Rizaev bilan hammualliflikda), "Jaydari kelin", "istiqlol poezdi", "onamlarga salom ayting", "Baxtli bo'linglar", "Super musofir" singari dramatik asarlari jamiyatning turli muammolariga bag'ishlangan bo'lib, maishiy turmushdagi ba'zi vaziyatlarga ham echim vazifasini o'tagan. Dramaturgning "O'zgalar dardi" nomli to'qqiz ko'rinishli dramasi10 ham o'zining ijtimoiy dardni ifoda etishi bilan ahamiyatli. Dramada ko'tarilgan muammo maishiy turmush haqidadek taassurot qoldiradi kishida. Zahro, Ruzvon, Zafar, Shokir, Charos, Umid kabi obrazlar orqali muallif maqsadiga erishgandek. Asarda turmushimizda ko'pda duch keladigan qaynona-kelin, er-xotin, yaqin dugonalarning va ona-o'g'ilning bar-biriga munosabatiga keng urg'u beriladi. Har qanday vaziyatda xiyla-nayrangning ish bermasligi, adovat va xasislikning illat ekani ko'rsatiladi. Insonning jamiyatdagi o'rni bilan oiladigi o'zini tutishi bir-biriga mosligi haqida gap boradi. Asar tahlili jarayoni lingvistik jihatdan ekspertiza qilinishga muhtoj. Chunki bunda o'ziga xos tilshunos nuqtai nazari muhim.

Xullas, dramatik asar bo'y cho'zgan haqiqatining poetik evolyusiyasi, lingvistik ekspertizaning vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Bu tekshirishlar orqali mustaqillik davri adabiyoti sog'lom tamoyillar asosida rivojlanayotganiga guvoh bo'lasiz. Hozir yozilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta'sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e'tibor qaratilyapti.

Badiiy matn tahlilining barcha bosqichlarida ekspertiza jarayonining ishtirokchilari uchun yagona tadqiqot usullariga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

9 Шарк юлдузи. 2015 йил. 2-сон.

10 Узбек драматургияси уфклари. Пьесалар, - Тошкент: "Adabiyot" нашриёти, 2020. - Б. 158

Badiiy matn ekspertizasida umumiy talablarning yo'qligi da'vogarlar va javobgarlarning ekspert baholaridan norozi bo'lishiga olib keladi. Buning natijasida ko'plab tekshiruv jarayonlari kechiktiriladi va keyinga qoldiriladi. Shu sababli, konfliktli nutqiy vaziyatlarga ham lingvistik, ham huquqiy baho berishni tozartiradigan badiiy matnning lingvistik ekspertizasi tragik asar haqiqatining badiiy evolyusiyasi muhim. Shundan kelib chiqib bu muammo doirasida umumiy tamoyillar va o'ziga xos metodologiyani ishlab chiqishga jamoatchilik ehtiyoji mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ярощук И.А. Лингвистическая экспертиза: учебное пособие / И.А. Ярощук, Н.А. Жукова, Н.И. Долженко. - Белгород: ИД «БелГУ» НИУ «БелГУ», 2020. - С. 10. (96 с).

2. Кубрякова Е. С. Об одном фрагменте концептуального анализа слова ПАМЯТЬ // Логический анализ языка. Культурные концепты. М., 1991. С. 85.

3. Болдырев Н. Н. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии. Изд. 3-е, стереотипное. Тамбов: Изд-во Тамбов. ун-та, 2002. С. 60.

4. Шарк юлдузи, 1991 йил 9-10-11-сонлар.

5. Шарк юлдузи, 1991 йил 10-сон.

6. Шарк юлдузи. 2017 йил, 1 сон.

8. https://mover.uz/watch/Kj8QryDm/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.