LINGVISTIK EKSPERTIZA TAHLIL BOSQICHLARI MAZMUNI
Musulmonova Kamola Xusniddin qizi,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili
va adabiyoti universiteti o'qituvchisi.
???????? ?????? ??????? ??????????????? ??????????
??????????? ?????? ????????? ????.
????????????? ???????????? ???????????????? ???????????? ?????????? ????? ? ?????????? ????? ??????? ?????.
THE SIGNIFICANCE OF THE STAGES OF ANALYSIS OF LINGUISTIC EXPERTISE
Musulmonova Kamola Husniddin qizi,
The teacher of Tashkent State University of Uzbek Language
and Literature named after Alisher Navoi.
Annotatsiya
Sud-ekspertiza sohasida turli anonim xatlar va ularning muallifini aniqlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon mas'uliyat va bilim, malakalarni talab etadi. Lingvist-ekspert qo'lyozma matnning barcha elementlarini nazardan qoldirmay sinchiklab o'rganishi, to'plangan ma'lumotlar asosida umumiy xulosalar bera olishi zarur. Bu xulosalar esa bevosita matn muallifi haqidagi taxminlarni oydinlashtirishga yordam bera olishi kerak. Maqolada anonim xatlar ekspertizasini qanday o'tkazish lozim va bunda nimalaraga e'tibor qaratish kerak degan savollarga javob beriladi. Yozma matnlar ekspertizasini 4 asosiy bosqichga ajratish taklif etiladi, ulardan dastlabki ikki bosqichda e'tibor berish kerak bo'lgan jihatlar tahlil etiladi.
?????????
? ??????? ?????????????? ??????? ???????? ????? ?????? ????????? ????????? ????? ? ???????????? ?? ??????. ???? ??????? ??????? ???????????????, ?????? ? ???????. ????????-??????? ?????? ??????????? ??????? ??? ???????? ???????? ??? ????? ???? ????????? ? ????? ?????? ????? ?????? ?? ?????? ????????? ??????. ??? ?????? ?????? ?????? ????????? ????????????? ??????????????? ?? ?????? ??????. ? ?????? ???? ?????? ?? ???????, ??? ????????? ????????? ???????? ??????????? ????? ? ?? ??? ???????? ????????. ???????????? ????????? ?????????? ?????????? ??????? ?? 4 ???????? ?????, ?? ??????? ?? ?????? ???? ?????? ????? ???????????????? ???????, ??????? ?????????? ?????????.
Abstract
In the field of forensic science, the issue of various anonymous letters and the identification of their author is of great importance. This process requires responsibility and knowledge and skills. The linguist-expert must carefully study all the elements of the manuscript without taking into account all the elements, and be able to draw general conclusions based on the collected data. These conclusions should help clarify the assumptions about the author of the text directly. The article answers the questions of how to conduct an anonymous email examination and what to look for. It is proposed to divide the examination of written texts into 4 main stages, from which the first two stages will analyze the aspects that need to be considered.
Kalit so'zlar: anonim xatlar, lingvistik ekspertiza, lingvistik ekspertiza bosqichlari, qo'lyozma matnlar, matn avtorizatsiyasi, harflar dinamikasi, yozuv xususiyatlari.
???????? ?????: ????????? ??????, ??????????????? ??????????, ????? ??????????????? ??????????, ????????, ??????????? ??????, ???????? ??????, ??????????? ??????.
Keywords: anonymous letters, linguistic expertise, stages of linguistic expertise, manuscripts, text authorization, letter dynamics, writing features.
Yozma ko'rinishdagi matnlarning axborot maydoni juda katta va xilma-xil. So'nggi yillarda qo'lyozma matnlar qatoriga e-mail orqali yozilgan xatlar, turli murojaatlar, sms yozishmalar ham qo'shildi. Bu esa , o'z navbatida, tahlilning yangicha usullari, sinchkovlikni talab etadigan jarayonga aylandi. Yozma matnlar mohiyatida bir-birini taqazo etuvchi elementlar uchraydi. Ekspert ana shu elementlarni sinchiklab kuzatishi, harakat dinamikasini tahlil etishi va umumlashtirishi lozim. O'zbek yozma matnlarini lingvistik ekspertizadan o'tkazishda etnik xoslik, mentalitet kabi jihatlar yaqqol bo'rtib turadi. Boisi turli vulgar elementlari, evfemik vositalar o'zbek yozma matnlarida baho darajasi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ayrim vulgar elementlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo'lsa, ayrimlarida esa muallifning jismoniy, emotsional va ahloqiy sifatlaridan kelib chiqqan holda qo'llaniladi va bu ijtimoiy xavfli deb baholanmaydi.1
Bu esa sud-ekspertizasining bir tarmog'i sifatida amal qiladigan jarayon. Turli reklama matnlari, shiorlar, logotiplar, anonim maktublar mohiyatida ma'lumot tashish funksiyasi yotadi. Bugungi jadal axborot olamida esa matnning turli elementlarini tahlil qilish orqali muallif avtorizatsiyasini aniqlash muammosi tobora ortib bormoqda. Maktub faqat vosita emas aloqa, shuningdek, jinoiy ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlarni uzatish vositasi.Hujjatni o'rganish uchun unga aloqador shaxslar to'g'risida eng to'liq va ishonchli ma'lumotlar uning yaratilishi, kompleks yondashuvdan foydalanish zarur. Qo'lda yozilgan hujjat, shaxs haqida ma'lumot tashuvchisi sifatida, ikkita elementning to'plamidir: qo'l yozuvi va yozuv.
Yozma nutq hujjat muallifining fikrlari ifoda etish uchun ishlatiladigan lingvistik vositalar majmuini ifodalaydi. Yozma matnlar ekspertizasida, ayniqsa, qo'lyozma matnlarda har bir element alohida rol o'ynaydi. Bu jarayonda nafaqat lingvistik bilimlarni amaliyotga tabiq etish lozim, balki yozuv quroli va shart-sharoiti kabi maslalarga oydinlik kiritish uchun fizika yoki kimyoga oid bilimlarni ham jamlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, matn avtorizatsiyasi masalasiga oydinlik kiritishga yordam beradigan omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Xatlar yozilishida ikki asosiy omil yetakchi rol o'ynaydi. Biri inson omili bo'lsa, ikkinchisi tashqi omil sanaladi. Inson omili deganda xat kim tomonidan yozilgan, kim tomonidan buyurtma berilgan, muallifning ijtimoiy-ruhiy holati kabilar nazarda tutilsa, tashqi omillar atrof-muhit ,iqlim sharoiti kabilarni ifodalashi mumkin. Umumlashma tarzda aytganda esa, xat yozilishi jarayoniga insonning bilim darajasi, atrof-muhit, ijtimoiy munosabatar, psixologik va kognitiv qobiliyatlar, jismoniy va ruhiy holat(charchoq, uyqusizlik, asabiylik, hayajon, shoshqaloqlik) o'z ta'sirini ko'rsatadi. Albatta, bu qatorni yanada kengaytirish mumkin. Boisi har bir shaxs individual xususiyatga ega va uning yozuvi haqida ham xuddi shunday qarorga kelish mumkin.
Yozma matnlarda ikki asosiy shaxs ishtiroketadi: Hujjat muallifi; 2. Xat ijrochisi;. Bu ikki sub'ektni aniqlash orqali matn maqsadi haqida bilish mumkin. Ikki sub'ektdan biri xatning yozilishiga sababchi bo'lgan, bosim va tazyiq ostida kimgadir yozdirgan muallif; ikkinchisi esa ta'sir ostida qo'lda yozgan xat ijrochisi. Hujjat muallifi va ijrochisini aniqlash nutq qobiliyatlari imkoniyatining o'ziga xosligi va barqarorligiga asoslanadi. Bunda leksik,grammatik, sintaktik-stilistik jihatdan yozma nutq imkoniyati hisobga olinadi. Tahlilda lingvistik elementlarni aniqlash jaryonida punktuatsion belgilarning qo'llanilishiga ham e'tibor qaratish lozim.
Yozma matnlarning xilma-xilligi va turlari va ularning mazmuniga qaramay, ularni o'rganish davomida tipik vazifalar hal qilinadi:
1. Hujjatni ashyoviy dalil sifatida aniqlash va olib qo'yish faktini to'g'ri protsessual ro'yxatdan o'tkazish;
2. Hujjatni uning tavsifi, fotosurati va video, raqamli skanerlash;
3. Asosiy xususiyatlarni, sifatlarni aniqlash (tanlash, baholash) hujjatning: uning turi (xususiy, rasmiy), maqsadi, kelib chiqishi, mansubligi, rekvizitlarning mavjudligi, hujjat shakli va mazmuni, tashqi ko'rinishi va holatiga muvofiqligi;
4. Harflarning topografik xususiyatlarini aniqlash (joylari butun matn yoki uning alohida qismlari).2
5. Qo'lyozma matnlarning umumiy xususiyatlarini aniqlash;
Yozma matnlarni lingvistik ekspertiza qilish jarayonida sotsiolingvistik jihatdan yondashish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bir ijtimoiy guruhga mansub kishilarda takrorlanuvchi elementlar ko'p bo'ladi. Bu elementlar leksik qatlamda, sintaktik konstruksiyalatrda namoyon bo'lishi mumkin.
Demak, ish dastavval xat yoki xat qismlaridagi harflarning topografik xususiyatlarini aniqlashdan boshlanadi. Topografik xususiyatlarda qanday jihatlarga alohida urg'u berish lozim?
* satr hajmi va so'zlar oralig'i;
* yozuv dinamikasi: gorizontal, ko'tariluvchi, pasayuvchi, to'g'ri chiziqli, qavariq, pog'onali;
* tinish belgilarining va tire belgilarining joylashuvi;
* Harf elementlarining qo'llanilishi;
* Harflar o'lchami (katta , o'rta, kichik va o'ta kichik shrift yozilganligi);
Satr hajmi va so'zlar oralig'i ham muallif haqidagi axborotlarni tashuvchi sanaladi. Odatda, shiddat bilan yozilgan matnlarda satr hajmi va so'zlar oralig'i anchayin tig'iz joylashgan bo'ladi. Bu holat kishining markaziy nerv sistemasi bilan bog'liq ravishda ham amalga oshadi. Jahldor, g'azabi tez odamlar yozuvida so'zlar oralig'i juda qisqa va tig'iz bo'ladi. Kishining bilim darajasi, ijtimoiy muhit va tashqi omillar natijasida muayyan yozuv dinamikasi paydo bo'ladi. Maktab yoshidagi o'quvchilarda standart yozuv dinamikasi shakllanadi.(1-4 sinflar oralig'ida). Keyinchalik sotsial muhit ta'siri ostida yozuv dinamikasi o'zgaradi va individual yozuv yuzaga keladi. Insonning kasb-kori, psixologik va jismoniy holati ham yozuv elementlariga bevosita ta'sir o'tkazadi. Ushbu ta'sirlar yozuv muallifi haqidagi ma'lumotlarni kengroq aniqlashga imkon beradi. Yozuvning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning xususiy jihatlari aniqlanadi.Qo'lyozma matnlarda bu imkoniyat bir necha karra ortadi. Xo'sh, qo'lyozma xatlarning umumiy xususiyatlari sirasiga nimalarni kiritish mumkin? Quyida ushbu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Qo'lyozma xatlarning umumiy xususiyatlarini aniqlashda diqqat qaratish lozim bo'lgan jihatlar:
* Matnda yozuv tezligi, harakatlarning o'ziga xosligi va ularni muvofiqlashtirish orqali muallifning yozuvdan foydalanish qobiliyatini baholash;
* Yozuvning sodda yoki murakkab elementlardan tuzilganligiga e'tibor qaratish. Ayrim yozuvlarda elementlar muallif tomonidan murakkablashtiriladi. Biroq har qanday soxta elementlar aralashtirilgan matnda ham yozuv muallifining muayyan jihatini ko'rsatib beruvchi tabiiy belgilar saqlanib qoladi;
* Xatda harakat yo'nalishining umumiy shaklining to'g'ri, yumaloq, burchakli, yoysimon shaklda ekanligiga e'tibor qaratish.
* Asosiy harakatlarning yo'nalish nuqtasini anilqash. Ayrimlarda o'ng tarafga, boshqalarda chap tarafga, yoki yuqoriga harakatlangan yozuv formasi mavjud bo'ladi;
Yozuv hajmi katta ( 5 mm dan ortiq, o'rtacha - 2-5 mm, kichik - 2 mm dan kam) bosim (kuchli, o'rta va kuchsiz).
Hujjat va qo'l yozuvi materiallarini o'rganishda, shuningdek, quyidagilarga e'tibor berish kerak:
* noyob qog'oz turi yoki yozuv vositasi ishlatilganmi;
* qog'oz varag'ining ajratuvchi chizig'ining konfiguratsiyasi qanday? (kesilgan yoki yirtiq);
* agar hujjatda boshqalarning taassurot qoldirgan yoki yo'q qilingan izlari bo'lsa o'sha yozuvlar;
* hujjatlarning mustaqil qismlarini joylashtirish;
* so'zlarni ta'kidlash, alohida so'zlarni ajratib ko'rsatish, qo'shish usullari qo'shimchalar, so'zlardagi xatolarni tuzatish;
Yuqorida ko'rsatilgan elementlarning barchasi lingvistik ekspertiza o'tkazishning dastlabki jarayoni sanaladi. Bu jarayonda ekspert matn haqida tasavvurga ega bo'ladi. Matn xususida to'plangan ma'lumotlar asosida keyingi jarayonda yig'ilgan ma'lumotlar qiyoslanadi. Biz lingvistik ekspertiza o'tkazish jarayonining umumiy xususiyatini quyidagi jadval orqali izohlashga harakat qildik:
Lingvistik ekspertiza o'tkazish bosqichlari
1Matn bilan tanishish bosqichi 2 Matn mazmuni ekspertizasi 3Matnning lingvistik xususiyatlarini aniqlash 4 Umumiy xulosalar berish Yozuv materilalarini tahlil qilish(Yozuv qog'ozi, siyoh, ruchkani o'rganish va tekshiruvdan o'tkazish) Matndagi qasddan qilingan o'zgarishlarni aniqlash(sheva unsurlarining aralshaganligi, emotsional-ekspressiv jihatlarning namoyon bo'lishi) Matnda qo'llangan so'zlar chastotasi, leksik-semantik jihatlarini o'rganish; Ekspert xulosasi Harflar dinamikasini o'rganish(og'ish burchagi, shriftlar oralig'i, harakat yo'nalishi) Yozuvda taqlid elementlari bor-yoki yo'qligini aniqlash Matnda qo'llangan so'zlarning morfologik xoslanishi. Adabiy va noadabiy unsurlar chastotasi Ekspert xulosasi Yozuvning umumiy xususiyatlari Yozuvning gender xoslanganligiga e'tibor qaratish Matnning grammatik qurilishi. Uslubiy-semantik xususiyatlarini aniqlash. Ekspert xulosasi Matn va grammatikada madaniy darajasi past savodsizlar yoki odamlarning nutqiga taqlid qilish uchun qasddan o'zgarishlar bormi? Matnda ma'lum kasb xususiyatlari aks etganmi?Singari savollarga javob topish yozma matnlar ekspertizasining ikkinchi bosqichini tashkil etadi. Bunda quyidagilarga e'tibor qaratish joiz:
- savodxonlikni sun'iy ravishda kamaytirish bormi yoki yo'qmi;
- boshqa odamning yozma nutqiga taqlid qilish;
- Keksalar yoki yoshlar yozuvi
- ma'lum bir muallif uslubiga taqlid qilish;
- Matnda gender xoslanish elementlarining namoyon bo'lishi yoki bu elementlarning sun'iylashtirishi;
- ma'lum bir shevaga taqlid qilish va sheva unsurlaridan foydalanish.
Yuqorida biz tahlil qilgan va taklif etgan ekspertiza bosqichlari matn haqida umumiy ma'lumot olishga asoslanadi. Bu jarayonni 3xil etapga bo'lish mumkin. Birinchisi, hujjatlarning texnik ekspertizasi, ikkinchisi qo'lyozma matnlarda yozuv xususiyatlarini aniqlash; uchinchisi matnning lingvistik xususiyatlarini tahlil qilish orqali matn avtorizatsiyasi masalasiga oydinlik kiritish. Bu jarayon birmuncha qiyin va ekspertdan bilim va malaka, tayyorgalik va sinchkovlik talab etadi. Ekspert har bir elementni diqqat markaziga qo'yishi va ular orasidan asosiy belgilarini ajratib olishi lozim. Bu anonim xatlarda hujjat muallifi tomon ekspertlarni yaqinlashtirishga yordam beradi.
Biz yuqorida lingvistik ekspertiza o'tkazishning ayrim bosqichlariga diqqat qildik. Kelgusi tadqiqotlarimiz lingvistik ekspertiza o'tkazishning keyingi bosqichlarini tashkil etish bosqichlariga bag'ishlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Baranov A.N., Linguistic Examination of Texts: Theoretical Grounds and Practice, Science, Moscow 2013 [In Russian].
2. Coulthard M., Jonson A. An Introduction to Forensic Linguistics: Language in Evidence. New York: Routledge, 2007. 237 p.
3. Olsson J. Forensic Linguistics. 2nd.ed. London: Continuum International Publishing Group, 2008. 256 p.
4. Galyashina E.I. Preliminaries in Forensic Speech Science. Moscow: STENCY, 2003. 236 p. (In Russ.)
5. Galyashina E.I. Forensic linguistic examinations in trademark disputes. The Russian Laws. Experience. Analysis. Practice = Zakony Rossii: opyt, analiz, praktika. 2006. No. 12. P. 77-94. (In Russ.)
6. Galyashina E.I. Forensic evaluation of verbal extremism. Expert-criminalist. 2009. No. 2.P. 14-. (In Russ.)
7. DmitryV. BakhteeV Forensic examination of anonymous handwritten documents in order to obtain data on the identity of their author and performer. ORCID: 0000-0002-0869-601X Criminalistics Department Ural State Law University Yekaterinburg, Russia. P-11
8. Musulmonova K. O'zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertiza o'tkazish maqsadi va asoslari.Wissenschaftliche Ergebnisse und errungenschaften:2020. 25dezember. B-97
9. Musulmonova K.Linguistic exam and its meaning//Academicia. Vol. 10 Issue 11, November 2020
10. To'rayeva.D. Linguistic expertise as abranch of legal linguistics. //Academicia. Vol. 10 Issue 12, December 2020
11. Argamon, S., Koppel, M., Fine, J., and Shimoni, A. R. (2003). Gender, genre, and writing style in formal written texts. Text, 23(3).
12. Chambers, J. K., Trudgill, P., and Schilling-Estes, N., eds. (2004). The Handbook Of Language Variation And Change(London: Blackwell).
1 Musulmonova K. O'zbek yozma matnlarida lingvistik ekspertiza o'tkazish maqsadi va asoslari.Wissenschaftliche Ergebnisse und errungenschaften:2020. 25dezember. B-97
2 DmitryV. BakhteeV Forensic examination of anonymous handwritten documents in order to obtain data on the identity of their author and performer. ORCID: 0000-0002-0869-601X
Criminalistics Department Ural State Law University Yekaterinburg, Russia. P-11
---------------
------------------------------------------------------------
---------------
------------------------------------------------------------