Scientific Journal Impact Factor
LINGVISTIK EKSPERTIZADA GRAFOLOGIYANING ROLI
Xotamova Guljahon Solijonovna SamVMIakademik litseyi o'qituvchisi
Annotatsiya: Hozirgi kunga kelib fan va texnikaning jadal rivojlanishi fanlararo integratsiyaning kuchayishi fan tarmoqlarida o 'zaro ta 'sir, muammo va masalalar yechimida hamkorlikning yuzaga kelishiga omil bo'ldi. Jamiyatda ijtimoiy fanlarning o'zaro bog'liqligi, fanlararo aloqalarning rivojlanishi, xususan, til va huquq fanlarining bir-birini taqozo qilishi, yuridik materiallarni til nuqtayi nazaridan tadqiq qilishga ehtiyoj yangi yo 'nalish-lingvistik ekspertizaning shakllanishiga olib keldi. Bu yo 'nalish esa o 'z navbatida grafologiya , ya 'ni yozuv xususiyatlari yodamida inson shaxsini aniqlash sohasi bilan uzviylikda rivojlanib bormoqda. Grafologiyaning sud lingvistik ekspertizasidagi roli o'ta muhimdir. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va guvoh shaxsini aniqlab berish va noma'lum jinoyatchining psixologik portretini chizishda ekspertlar, asosan, grafologiya elementlari va aniqlash usullaridan foydalanadi. Bir qator rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh, Rossiya, Germaniya va Fransiyada grafologiya boshqa fan tarmoqlari kabi jadal rivojlanmoqda. Mamlakatimizda ham sud-huquq tizimida ushbu sohadan unumli foydalanib kelinmoqda. Ushbu maqolada inson yozma nutqining grafologik nuqtayi nazardan o 'rganish me'yorlari haqida so 'z yuritilgan. Grafologiya tarmoqlari va uning lingvistik ekspertizadagi ahamiyati, inson shaxsi va individual xususiyatlarini aniqlashdagi roli haqida ma 'lumotlar berilgan. Grafologik kriminalistikaga oid lingvistik qarashlaryoritilgan.
Kalit so'zlar: grafologik ekspertiza, sud ekspertizasi, lingvistik ekspertiza, gender, psixodiagnostika, anatomik diagnostika, kalligrafiya, dialektologiya.
Abstract: Nowadays the rapid development of science and the intensification of interdisciplinary integration have led to the emergence of interactions in science, cooperation in solving problems and issues. The interdependence of the social sciences in society, the development of interdisciplinary relations specially the interdependence of language and law, the requirement to study legal materials from a linguistic point of view has led to the formation of a new direction - linguistic expertise. This direction is being developed by the graphology which the identification of a person through the features of writing. The role of graphology is important in judicial examination . Experts mainly use graphological elements and detection methods to identify the suspect, accused, and witness and to draw a psychological portrait of an unknown offender. In most developed countries,
Scientific Journal Impact Factor
especially in the USA, Russia, Germany and France, graphology is developed as fast as other branches of science. In our country, this area is also effectively used in the judicial system.
This article discusses the principles of studying human written speech from a graphological point of view. Information is provided on the network of graphology and its role in linguistic expertise, its role in determining the personality and individual characteristics of man. Linguistic views are covered on graphological criminology.
Keywords: graphological examination, judicial examination, linguistic examination, gender, psychodiagnostics, anatomical diagnostics, calligraphy, dialectology.
Аннотация: В настоящее время быстрое развитие науки и усиление междисциплинарной интеграции привели к появлению взаимодействия в науке, сотрудничества в решении проблем и вопросов. Взаимозависимость социальных наук в обществе, развитие междисциплинарных отношений, особенно взаимозависимость языка и права, необходимость изучения юридических материалов с лингвистической точки зрения привели к формированию нового направления - лингвистической экспертизы. Это направление развивает графология, которая идентифицирует человека по признакам письма. В судебной экспертизе важна роль графологии. Эксперты в основном используют графологические элементы и методы обнаружения для установления личности подозреваемого, обвиняемого и свидетеля, а также для составления психологического портрета неизвестного преступника. В большинстве развитых стран, особенно в США, России, Германии и Франции, графология развивается так же быстро, как и другие отрасли науки. В нашей стране это направление также эффективно используется в судебной системе.
В статье рассматриваются принципы изучения письменной речи человека с графологической точки зрения. Предоставляется информация о сети графологии и ее роли в лингвистической экспертизе, ее роли в определении личности и индивидуальных характеристик человека. Лингвистические взгляды охватываются графологической криминологией.
Ключевые слова: графологическая экспертиза, судебная экспертиза, лингвистическая экспертиза, пол, психодиагностика, анатомическая диагностика, каллиграфия, диалектология.
Hozirgi kunga kelib fan va texnikaning jadal rivojlanishi fanlararo integratsiyaning kuchayishi fan tarmoqlarida o'zaro ta'sir, muammo va masalalar
KIRISH.
Scientific Journal Impact Factor
yechimida hamkorlikning yuzaga kelishiga omil bo'ldi. Ilm-fanning taraqqiyoti natijasida boshqa sohalar qatori tilshunoslikka ham yangicha nuqtayi nazardan qarala boshlandi. Bu esa, o'z navbatida, zamonaviy tilshunoslik sohalarining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Endilikda zamonaviy tilshunoslikning qator sohalari shakllanib, taraqqiyot bosqichiga ko'tarila bordi. Tilning amaliy funksiyasi fanning turli tarmoqlarida keng ishlay boshladi. Yuqoridagi omillar qator tadqiqotlarning yaratilishiga omil bo'ldi.1
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Lingvistik ekspertizaning ijtimoiy sohalar, ta'lim yo'nalishiga ta'siri obyektiv ochib berildi. Lingvistik ekspertizaning shakllanishi, uning jamiyat hayotidagi roli tahlil etildi. Ishda rus va o'zbek tilshunosligida lingvistik ekspertiza borasidagi ishlar haqida ham ma'lumotlar bor.
Jamiyatda ijtimoiy fanlarning o'zaro bog'liqligi, fanlararo aloqalarning rivojlanishi, xususan, til va huquq fanlarining bir-birini taqozo qilishi, yuridik materiallarni til nuqtayi nazaridan tadqiq qilishga ehtiyoj yangi yo'nalish-lingvistik ekspertizaning shakllanishiga olib keldi. Bu yo'nalish esa o'z navbatida grafologiya , ya'ni yozuv xususiyatlari yodamida inson shaxsini aniqlash sohasi bilan uzviylikda rivojlanib bormoqda. Grafologiyaning sud lingvistik ekspertizasidagi roli o'ta muhimdir. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va guvoh shaxsini aniqlab berish va noma'lum jinoyatchining psixologik portretini chizishda ekspertlar, asosan, grafologiya elementlari va aniqlash usullaridan foydalanadi.
Bir qator rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh, Rossiya, Germaniya va Fransiyada grafologiya boshqa fan tarmoqlari kabi jadal rivojlanmoqda. Mamlakatimizda ham sud-huquq tizimida ushbu sohadan unumli foydalanib kelinmoqda.
"Grafologiya" so'zi yunon tilidan olingan bo'lib, "grapho" - yozuv va "logos" -o'qitish, ta'limot degan ma'nolarni anaglatadi. Grafologiya insonning xarakter
1 Mengliev B., Karimov R. Theoretical fundamentals of uzbek-english parallel corpus \\ JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS ISSN- 2394-5125 VOL 7, ISSUE 17, 2020.
Mengliev B., Sobirova Z. Some issues related to the transfer of english tourism terms in uzbek language \\ JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS. ISSN- 2394-5125 VOL 7, ISSUE 15, 2020 \\ http://dx.doi.org/10.31838/icr.07.14.194. Bakhtiyor Rajabovich Mengliev, Nigmatova Lolakhon Hamidovna. Problems of language, culture and spirituality in general explanatory dictionaries of Uzbek language / Inernational Journal of Psychosocial Rehabilitation. ISSN: 14757192.
Shakhnoza Gulyamova, Bakhtiyor Mengliev. Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language // Academia Open. Vol 1. No 1. (2019): June Articles.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
xususiyatlarini uning yozuvi orqali tadqiq etadi. Ushbu atamani ilk bor Abbot Jan-Gippolit Mikon 1872-yilda o'zining "Yozuv sirlari" asarida qo'llagan.
Grafologiya ko'plab sohalarda qo'llaniladi: -psixodiagnostikada;
-ishga qabul qilish uchun nomzodlarni tanlashda; -oilaviy munosabatlarda; -sud ekspertizasida .
Sud ekspertizasida ushbu usul gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, guvoh shaxsini aniqlash uchun ishlatiladi, noma'lum jinoyatchining psixologik portretini chizishga yordam beradi.
Inson yozganda uning individualligi har bir harf shaklida namoyon bo'ladi, chunki tana a'zolarini, shu jumladan, qo'lni miya va markaziy nerv tizimi boshqaradi. Natijada, yozish uslubi va shakliy belgilari genetik jihatdan aniqlangan shaxs turini ko'rsatadi.
Insonning psixologik portretini chizish uchun grafologlar uch asosiy yo'nalishdan foydalanadilar:
-umumiy fiziologik (qoida tariqasida, psixologik holat o'zgarishi bilan namoyon bo'ladi: hayajonlanish, charchoq, uyquchanlik);
-anatomik (qo'lning tuzilish xususiyatlari, o'naqay va chapaqayligi, ko'rish) ; -psixologik (asab tizimining holati, inson muhiti, o'rganish) .
Aqliy xususiyatlarga temperament, fe'l-atvor va qobiliyat kiradi va bu shaxsning individual xususiyatlarida yetakchi o'rinni egallaydi, chunki ular insonni to'liq tavsiflaydi va butun hayoti davomida barqaror bo'ladi.2
Grafologik tadqiqotlarda quyidagilar aniqlanadi: yozma matnda harflarning kattaligi, harflarning qiyaligi, yozuv izchilligi, tezligi (harflar orasidagi masofa), murakkabligi (soddalashtirilgan, ya'ni yozma belgilarning alohida elementlarini yo'qotish; murakkab, ya'ni qo'shimcha elementlarning yozma belgilarida mavjudligi), bosim kuchi. Bundan tashqari, yozuv harakatining yo'nalishi, harakatlarning nisbati, harakatlarning lokalizatsiyasi (harakat qayerdan boshlanib,qayerda tugashi, bosim kuchi va harakat tezligi), so'zlarning chastotasi, bo'shliqning mavjudligi va yozuvning boshqa xususiyatlari aniqlanadi3.
Tadqiq etilayotgan hujjat jinoiy ishni ochish uchun muhim vosita, ya'ni jinoyat sodir etilgan obyekt haqida ma'lumot berishi kerak (masalan, tuhmat mazmunidagi yozuv yoki terroristik harakatni sodir etganligi to'g'risida yolg'on xabar
2 Кошманов П.М., Кошманов М.П. Признаки почерка в экспертнокриминалистическом исследовании: учеб. пособие. Волгоград, 2004.
3Михель Л. Сравнительное исследование почерков / Пер. Л.А. Филимоновой. Переводч. Группа КЮМО. М.,
1982.
Scientific Journal Impact Factor
berilgan anonim yozuv); jinoiy hujumlar bilan bog'liq bo'lgan narsalar (masalan, muhim moliyaviy hujjatlar); jinoyatni ochish va jinoiy ishning holatini aniqlash uchun vosita bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan boshqa hujjatlar (masalan, buxgalteriya hujjatlari yordamida davlat budjetiga soliqlarni to'lamaganlik faktlari). Grafologik ekspertiza natijalari jinoiy ishni ochib berishda va jinoyatchining shaxsiyatini aniqlashga xizmat qiladi.
Mutaxassislaming fikriga ko'ra, yozuv orqali «shaxsning rivojlanish darajasi, uning madaniyati, ba'zi bir kasbiy mahorat, moyillik, irodaviy fazilatlar, hissiy ta'sirchanligi, ba'zan hatto ijodkorlik , shuningdek, ruhiy me'yordan chetga chiqishi aniqlanadi. Ular qonunga bo'ysunuvchi fuqarolar va jinoyatchilarning qo'l yozuvlarini taqqoslashni shaxsning jinoiy yo'nalishini aniqlashda asosiy vosita deb bilishi bejizga emas»4.
XIX asr nemis tadqiqotchisi I.H. Groman esa qo'lyozma matnlari orqali "bo'yni, yoshni, ovozni, ko'z va sochlarning rangini va hattoki yonoqlarning qizarishini ham aniqlash mumkin" degan fikrni ilgari surdi5.
Zamonaviy tilshunoslikda erishilgan yutuqlarga qaramay, biz ushbu sohada yetarli ishlar amalga oshirilgan deya olmaymiz. Yuqorida aytib o'tganimizdek, qo'lyozma matnlari bilan har xil deviant xulq-atvorni aniqlash mumkin, unga rus tadqiqotchisi V.N. Obrazsov: "Qotillarning qo'lyozmasi bosim zarbining kuchliligi bilan ieroglif yozuviga o'xshash bo'lishi mumkin - deb ta'kidlagan. - U qat'iylik, ishonchni kuchaytirganda, hayajon va yozish tezligini egallaydi, chiziqlar uzunlikka yopishadi, so'zlar qo'shilmaydi. Harflar kerak bo'lgandan ancha kattaroq, ba'zan keraksiz darajada ulkan hajmga ega bo'ladi. Chiziqlar yo'nalishi bir tartibda bo'lmaydi"6
Hozirgi kunda qo'lyozma matnlari vositasida matn muallifiga doir quyidagi ma'lumotlarni aniqlash kabi masalalar zamonaviy tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri sifatida e'tirof etilmoqda: -qo'lyozma matni muallifining yoshini aniqlash;
- qo'lyozma matni muallifining jinsini aniqlash;
- qo'lyozma matni muallifining qaysi hududga mansubligini aniqlash;
- qo'lyozma matni muallifining kasbi va xarakter xususiyatlarini aniqlash.
Lingvistik ekspertizada ushbu yo'nalishlar bo'yicha inson shaxsini aniqlash va uning til xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi ishonchli metodologiya
4 Наджимов О. Как узнать характер человека по его подписи: учебное пособие. М., 2001
5Бринев К. И. Теоретическая лингвистика и судебная лингвистическая экспертиза : монография / К. И. Бринев ; под редакцией Н. Д. Голева. Барнаул : АлтГПА, 2009. С. 32.
6Лесовская Т.В. Особенности письма больных шизофренией: Автореф. дисс. ... канд. медиц. наук. М., 1977.
Scientific Journal Impact Factor
ishlab chiqilmagan. Hozirgi kunda ekspertlarimiz jinoyat obyekti sifatida keltirilgan matndagi harf shakllarining ko'rinishi, qanday bosim ostida yozilgani va avvalgi yozgan dastxatlariga qarab,ma'lum intuitsiyaga asoslangan holda gumonlanuvchi shaxsning taxminiy portretini yaratishga harakat qilganlar.Holbuki, jahon tilshunosligida, xususan,Yevropa va AQSHda yozuv xususiyatlari bilan bir qatorda uning leksik-semantik, grammatik va uslubiy xususiyatlariga ham urg'u beriladi. O'tgan asrning 70-yillaridan boshlab ushbu sohaga e'tibor kuchayib, buning natijasi o'laroq matnni grafologik tahlil qilish uchun kompyuter dasturlari ishlab chiqila boshlandi (bu ishlar O'zbekistonda ham yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda).Isroilda esa grafologik usul davlat xizmatiga nomzodlar uchun majburiy test turlaridan biriga aylangan. Bu esa grafologiyaning jamiyatdagi o'rni naqadar muhimligi va inson shaxsini, uning individual xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiluvchi asosiy vosita ekanligini ko'rsatadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, grafologik tadqiqotlarni lingvistik ekspertizaning asosiy bo'lagi deb qarash, uni amaliyotga joriy etish va bu orqali o'zbek tilshunosligida uning nazariy asoslarini mukammal ishlab chiqish amaliy tilshunoslik oldida turgan asosiy masalalardan biri ekanligini ta'kidlash lozim. Asl mohiyat, eng avvalo, mukammal bilim va ko'nikma amaliy tajribalar asosida yuzaga keladi. Amaliy tadqiqotlarda aniqlangan dalillar nazariy tilshunoslik (fan) yadrosiga kiritilmagan. Zero, amaliy va nazariy sohalarning har xilligiga qaramasdan, ular bir-biri bilan uzviy bog'liq. Amaliy tilshunoslikning bir bo'lagi hisoblangan lingvistik ekspertizada grafologik tadqiqotlarning rivojlanishi va uning sud-huquq tizimida samarali natija berishi o'rganilayotgan shaxsning nafaqat psixologik portretini, balki uning yozma nutqiga xos lingvostilistik: grammatik, lingvistik-semantik,dialektologik va uslubiy xususiyatlarini aniqlash orqali ushbu shaxs haqida to'liq ma'lumot berish imkonini yaratadi.
1. Mengliev B., Karimov R. Theoretical fundamentals of uzbek-english parallel corpus \\ JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS ISSN- 2394-5125 VOL 7, ISSUE 17, 2020.
2. Mengliev B., Sobirova Z. Some issues related to the transfer of english tourism terms in uzbek language \\ JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS. ISSN- 2394-5125 VOL 7, ISSUE 15, 2020 \\ http://dx.doi.org/10.31838/icr.07.14.194.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
Scientific Journal Impact Factor
3. Bakhtiyor Rajabovich Mengliev, Nigmatova Lolakhon Hamidovna. Problems of language, culture and spirituality in general explanatory dictionaries of Uzbek language / Inernational Journal of Psychosocial Rehabilitation. ISSN: 1475-7192.
4. Shakhnoza Gulyamova, Bakhtiyor Mengliev. Lexical-semantic classification of euphemisms of the feminine gender in the Uzbek language // Academia Open. Vol 1. No 1. (2019): June Articles.
5. Bakhtiyor Rajabovich Mengliyev, Guljahon Solijonovna Khotamova LINGUISTIC EXPERTISE LOGICAL AND LINGUISTIC BASES OF THE CONCEPTS "ABUSE" AND "INSULT" IN UZBEK SPEECH. AJMR, Vol 9, Issue 12, December 2020
6. Алесковский С.Ю., Комиссарова Я.В. Основы графологии. - М.: Юрлитинформ, 2006.
7. Бринев К. И. Теоретическая лингвистика и судебная лингвистическая экспертиза : монография / К. И. Бринев ; под редакцией Н. Д. Голева. Барнаул : АлтГПА, 2009. С. 32.
8. Кошманов П.М., Кошманов М.П. Признаки почерка в экспертнокриминалистическом исследовании: учеб. пособие. Волгоград,
9. Михель Л. Сравнительное исследование почерков / Пер. Л.А. Филимоновой. Переводч. Группа КЮМО. М., 1982.
10. Наджимов О. Как узнать характер человека по его подписи: учебное пособие. М., 2001
11. Лесовская Т.В. Особенности письма больных шизофренией: Автореф. дисс. ... канд. медиц. наук. М., 1977.
2004.