Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA 3 RAQAMI TALQINI'

O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA 3 RAQAMI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
349
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sehrli raqam / mifologik tasavvur / uch olam

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sevinch Zayniddin Qizi G‘Afforova

Qadimgi davrlardan buyon, raqamlar insoniyat hayotida ularning urf-odatlari, an’anayu e’tiqodlarini aks ettirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Turli xalqlar uchun turli raqamlar masalan uch, besh yetti, sakkiz, to‘qqiz, qirq kabilar muqaddas raqamlar hisoblanib, turmush hayotida ma’lum holatlardan darak beradi. Ushbu maqolada sehrli uch raqamining ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida hamda folklordagi ahamiyati xususida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA 3 RAQAMI TALQINI»

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA 3 RAQAMI TALQINI

Sevinch Zayniddin qizi G'afforova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

Qadimgi davrlardan buyon, raqamlar insoniyat hayotida ularning urf-odatlari, an'anayu e'tiqodlarini aks ettirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Turli xalqlar uchun turli raqamlar masalan uch, besh yetti, sakkiz, to'qqiz, qirq kabilar muqaddas raqamlar hisoblanib, turmush hayotida ma'lum holatlardan darak beradi. Ushbu maqolada sehrli uch raqamining ingliz va o'zbek xalq ertaklarida hamda folklordagi ahamiyati xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: sehrli raqam, mifologik tasavvur, uch olam

Xalq ijodiyoti asarlarida qo'llanuvchi "sehrli raqamlar"ning muayyan mifologik asosi mavjud. Sanash kashf etilgan qadim zamonlarda ayrim raqamlarning ilohiylashtirilishidan "sehrli raqamlar" to'g'risidagi tasavvurlar kelib chiqqan. Mifologik qarashlarning marosim va folklorga singib ketishi natijasida sonlar haqidagi e'tiqodlar ham yangilanib, o'zgarib boravergan. An'anaviy tarzda asrlar davomida qo'llanib kelgan raqamlarning birortasi o'zgartirilganda o'sha asar badiiyatiga putur yetishi "sehrli raqamlar"ning folklor matnlaridagi qiymatini ko'rsatadi. "Sehrli raqamlar"ning xalq og'zaki ijodi poetikasidagi o'rni va vazifalarini o'rganish folklorshunoslikning umumnazariy masalalaridan biridir. Chunki jahon xalqlarining deyarli barchasida aynan bir xil raqamlar sehrli tarzda qo'llaniladi.

"Ertak syujeti sehrli raqamlar talqini bilan ham ajralib turadi. Uch,yetti, qirq raqamlari asosan an'anaviy hodisalarni tavsiflaydi... Uchliklar yoki qo'shaloqlashtirish, voqea va hodisalarning davomiyligini ta'minlab, ertaklarga xos bir xil qolipdagi bosiq harakatni ta'minlaydi. Uchlik ertak kompozitsiyasini yuzaga keltiruvchi epik vositalardan biri sanaladi. Mazkur belgilar ertaklarning ichki turlarida yanada aniqroq, o'ziga xos shakl va ma'no tashiydi"1.

Ertak davomida jarayonning 3 marotaba takrorlanishi uning mazmunini kengaytirish, o'quvchiga tushunilishi yanada aniqroq bo'lishida ko'maklashadi. Ammo har bir takrorlanishda syujetda ma'lum bir o'zgarishlar kiritiladi. Bir necha xalq folklorida namunasi mavjud bo'lgan "Ur to'qmoq" ertagini misol tariqasida oladigan bo'lsak, cholning laylak oldiga ehtiyoj yuzasidan borishi uch marotaba amalga oshib,

1 Imomov K. O'zbek xalq nasri poetikasi. - T:Fan,2008. 114-b

ANNOTATSIYA

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE б I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

har galgi safarda bir-biridan farqli bo'lgan hadyalarga ega bo'ladi. Birinchi va ikkinchisidan alohida ravishda uchinchi bor berilgan sovg'a cholga hotirjamlik va barcha erishgan yutuqlarini qaytarib olishga turtki bo'ladi va aynan uch raqamining ahamiyatli ekanini ko'rsatadi.

Uch sonining ayricha baholanishini ingliz xalq ertaklari misolida ham ko'rishimiz mumkin. Aynan, "uch cho'chqa bolasi"(Three pigs) haqidagi ertakda ham uchinchi cho'chqa boshqalariga nisbatan aqlli, ishbilarmon bo'lib, u qurgan g'ishtli uy barcha ofatlarga dosh beradi va qolgan ikki inilarini ham omon saqlashga yordam beradi.

An'anaviy raqamlar qadimgi mifologik dunyoqarash hukmron zamonda sirli

9 -5

kuchga ega deb topilgan. Y.M.Meletinskiy , V.Y,Propp uch raqami uch olam haqidagi mifologik tasavvur bilan bog'liqligini qayd etishgan. Ushbu uch olam tushunchasini Komiljon Imomov ibtidoiy tushunchaga ko'ra osmon, yer usti, yer osti dunyolari deya tasvirlaydi. Ya'ni, osmon ilohlar, yer odamlar, yer osti yovuz ruhlar olamidir. Ertaklarda duch keladiganimiz ushbu so'zlar "uch yo'l" epik qahramonni uch olamga yetaklaydi: •Borsa kelar - ko'kka •Borsa xatar - zaminga •Borsa kelmas - yer ostiga

Ushbu epik raqamning sirli kuchi yovuz, johil raqibni yengib o'tish yoki yaxshilik ato etishda yordam ko'rsatadi.

"Uch o'ga-ini botirlar" ertagida uch aka-uka aynan shu kabi yo'llarga ro'baro kelishadi. To'ng'ich botir borsa kelar, o'rtancha botir borsa xatar, kenja botir esa borsa kelmas yo'lni tanlaydi. Voqealar rivoji davomida ikki aka-uka aytarlik natijaga erisha olishmaydi, ammo kenja botir ajdarhoni yenggib, o'ziga munosib yor va mol-davlatga ega bo'ladi. Shu kabi yo'l tanlash joiz bo'lgan ertaklar bisyor bo'lib, har bir ertak zamirida sinov, shart motivi orqali inson o'zligini sinashi, qiynoqlar girdobida o'z sabrini toblashi va jasoratini yuzaga chiqarishi yotadi.

Uchlikning uchalasi yetakchi obraz jasorati, mardlik, qahramonlik tabiatini yoritib, farqlash imkonini beradi, ayni paytta syujet voqealarini bo'rttirib, ta'sir kuchini oshiradi. Yakob va Vilgelm Grimmlarning "uch pat"(The three feathers) ertagida ham uch raqamining in'ikosi berilgan bo'lib, bunda qirolning uch o'gli bo'ladi va u vafotidan so'ng taxtni kimga topshirish xususida bosh qotiradi. To'ng'ich va o'rtancha o'g'il gapga chechan, so'zbilarmon, ammo gerdaygan bo'lishadi. Kenja o'g'il esa kamgap, kamsuqum, har ishini o'ylab qiladigan bola bo'ladi. Ularni taqdiri uch shart va uch pat asosida bo'lib shartni bajarishda kimning pati havoga uchirilganda qaysi tarafga uchsa, uning sohibi o'sha tomonga yo'l oladi. Uch shart davomida ham ikki aka-uka

2 Мелетинский Е.М. Поетика мифа. М.,1976.С.207

3 Пропп В.Я. Русский героический эпос.Л.,1955.С.34

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

pati sharq va g'arbga uchsa, kenjatoyniki qasrninh o'ziga qulab tushaveradi. Va shartlar mobaynida una "sehrli qurbaqa" yordam beradi. Natijada kenja botir taxtga voris qilib tayinlanadi.

Har bir asarda uchinchi dev nisbatan kuchli, u zulm, zo'rlik ramzi, o'ta qudratli, daxshatli, yovuz ruhlar timsoli sifatida tavsiflanadi, yoinki uchinchi yo'l xatarli ammo oxiri ijobiy yakun topadi, uchinchi botir eng kuchli, yoki g'oyibdan kuchga ega bo'ladi. Bu xil uchliklar syujet voqealarining dinamik harakatini ta'minlab, qahramonni o'ta qudratli, mard pahlavon sifatida ideallashtiradi.

Demak, sirli raqamlarning ertakdagi o'rni syujetdagi voqealar davomiyligini, harakatini bir qolipda, sokin davom etishini ta'minlash vazifasini ado etishdan iboratdir. Yuqorida keltirilgan misollarga ko'ra raqamlarning ertaklar zamiridagi ahamiyati har bir xalq uchun muhim bo'lib, ingliz va o'zbek xalq ertaklarida ularning mushtarak jihatlarini ko'plab uchratishimiz mumkin.

1. Chicherov V.I Russkoe narodnoe tvorchestvo. M., 1950 C. 272-276.

2. Imomov K , Mirzayev T. , Sarimsoqov B. , Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T. : "O'qituvchi", 1990

3. Imomov K. O'zbek xalq nasri poetikasi. - T:Fan,2008. 114-b

4. Мелетинский Е.М. Поетика мифа. М.,1976.С.207

5. Пропп В.Я. Русский героический эпос.Л.,1955.С.34

6. https://www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aca&volume=10&issue=5&arti

7. https : //www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aca&volume=11 &issue=2&arti

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

cle=148

cle=067

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.