Научная статья на тему 'EPOS QAHRAMONINING ILK HAYOTI BILAN BOGʻLIQ MOTIVLAR'

EPOS QAHRAMONINING ILK HAYOTI BILAN BOGʻLIQ MOTIVLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

624
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moʻjizaviy tugʻilish / motiv / epos / bosh qahramon / Goʻroʻgʻli / doston / ertak / miraculous birth / motive / epic / protagonist / Gorogly / epic / fairy tale.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shoira Atabekovna Raximova

Ushbu maqolada moʻjizaviy tugʻilish motivlarining oʻzaro oʻxshash va alohidalik tomonlariga, ularda qatnashadigan homiylar bilan bogʻliq masalalarga toʻxtalgan holda moʻjizaviy tugʻilish hodisasining ayrim jihatlari yoritilishiga e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari Kavkaz va Oʻrta Osiyo versiyalarida keltirilgan epos bosh qahramonining tug’lishi bilan bog’liq motivlari, eposning Xorazm va Qoraqalpoq versiyasiga aloqador detallar mintaqaviy xarakter kasb etishi bilan taqqoslab o’rganilgan va maqolada o’z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article focuses on the similarities and differences between the motives of miraculous births, as well as some aspects of the phenomenon of miraculous births, paying attention on the issues related to the sponsors involved. In addition, the motives associated with the birth of the protagonist of the epic in the Caucasus and Central Asian versions, the details of Khorezm and Karakalpak versions of the epic are studied in comparison with the regional character and reflected in the article.

Текст научной работы на тему «EPOS QAHRAMONINING ILK HAYOTI BILAN BOGʻLIQ MOTIVLAR»

EPOS QAHRAMONINING ILK HAYOTI BILAN BOG'LIQ MOTIVLAR

Shoira Atabekovna Raximova

Toshkent tibbiyot akademiyasi katta o'qituvchisi (PhD) shoira77.77@bk.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mo'jizaviy tug'ilish motivlarining o'zaro o'xshash va alohidalik tomonlariga, ularda qatnashadigan homiylar bilan bog'liq masalalarga to'xtalgan holda mo'jizaviy tug'ilish hodisasining ayrim jihatlari yoritilishiga e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari Kavkaz va O'rta Osiyo versiyalarida keltirilgan epos bosh qahramonining tug'lishi bilan bog'liq motivlari, eposning Xorazm va Qoraqalpoq versiyasiga aloqador detallar mintaqaviy xarakter kasb etishi bilan taqqoslab o'rganilgan va maqolada o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: mo'jizaviy tug'ilish, motiv, epos, bosh qahramon, Go'ro'g'li, doston, ertak.

ABSTRACT

This article focuses on the similarities and differences between the motives of miraculous births, as well as some aspects of the phenomenon of miraculous births, paying attention on the issues related to the sponsors involved. In addition, the motives associated with the birth of the protagonist of the epic in the Caucasus and Central Asian versions, the details of Khorezm and Karakalpak versions of the epic are studied in comparison with the regional character and reflected in the article.

Keywords: miraculous birth, motive, epic, protagonist, Gorogly, epic, fairy

tale.

KIRISH

Mo'jizaviy tug'ilish va ilk jasoratga oid motivlar. Mo'jizaviy tug'ilish motivi "Go'ro'g'li" eposining bosh qahramonining tug'ilishiga aloqador masalalarda yorqin ko'zga tashlanadi. Ma'lumki ushbu epik qahramon Kavkaz va O'rta Osiyo versiyalaridagina emas, balki o'zbek dostonchiligida tarqalgan ikki versiyada ham tug'ilishi jihatidan ayrim xususiyatlarga ega.

Biz ushbu mo'jizaviy tug'ilish motivlarining o'zaro o'xshash va alohidalik tomonlariga, ularda qatnashadigan homiylar bilan bog'liq masalalarga to'xtalgan holda mo'jizaviy

April, 2022

949

tug'ilish hodisasining ayrim jihatlarini yoritishga harakat qilamiz. Ayniqsa eposning Xorazm versiyasiga aloqador detallar mintaqaviy xarakter kasb etishi bilan e'tiborni o'ziga jalb qiladi. Ularni batafsil yoritish folklorshunoslik ilmiga muayyan yangiliklar bera oladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xorazm versiyasida tasvirlanishicha, Chamlibel viloyatining hokimi Jig'olibekning Ganjimbek, Mo'minbek va Odibek degan o'g'illari bo'ladi. Kenja o'g'il chaqqonroq bo'lgani uchun Jig'olibek qarigach, beklikni unga topshiradi. Odibek Gulandom ismli qizga uylanadi, o'zi esa tez o'tmay vafot etadi. Saldan keyin homilador xotini ham dunyodan ko'z yumadi. Shu orada Ganjim o'zining bir echkisini qabristonga tez-tez borib kelishiga e'tibor qilib, tekshirib ko'rsa, Odibekning ayoli ko'milgan mozor yaqinida bir go'dak ko'zga tashlanadi. Ganjim bu hodisadan hayratga tushadi va otasi Jig'olibekka bu ahvolni bildiradi. Ota oydin bo'lsin ko'zing, Xatosi yo'qdur bu so'zim, Ochildi tole' yulduzing, Sango davlat kelgan bo'lg'ay. Pirlardan karomat bo'ldi, Xudodan sharofat bo'ldi, Go'r ichinnan bir sas keldi, Saning o'g'ling bo'lg'an bo'lg'ay. Ganjim deyar yo mehribon, Ko'nglimda qolmadi armon, Chamlibela do'ndi davron, Bizga davlat kelgan bo'lg'ay.

Ganjimbek bu so'zni aytib tamom qilg'annan keyin Jig'olibek hayron bo'lib, aytdiki, ammo o'g'lim, bu so'zlaringa man tushuna olmay turibman, kecha bir tush go'rvadim alima oltin oshiq barvadilar, shoyad aytganlaring shuni o'ngdagisi bo'lsa, qani o'tirib mango gapingni bir tushuntir, dedi.

Shunda Ganjimbek aytdiki: ey ota, o'n kun bo'ldi, suridagi gechillardan biri kunduzi yo'qolib, kechasi qaytib kelib yurvadi, bu ahvolni tekshirib ko'rsak, gechi Odibekning xotinining mozorina qarab ketar ekan. Borib qarasak, bir kichkina bola gechini emib turibdi, bizlarni ko'rib mozorni ichiga kirib ketdi, dedi. Jig'olibek aytdiki, ammo o'g'lim, bu gapingda jon bor

o'xshaydi. Odilbekning xotini qazo qilg'anda homilasi bor edi,

April, 2022

Xudo inoyat qilib shu farzandin ikki toshni orasinda bergan bo'lsa, bu ishdan Ollog'a shukr qilmoq kerak dedi. Shundan keyin ota-bola sevinishib mozorni boshina qarab yo'l oladilar.

Bu xabarni eshitib, butun el-yurt ham avliyog'a qarab yurish qilaverdilar. Ganjimbek bilan otasi mozor yonina yetishganda, bola top mozorni yonboshinda o'ynab o'tirvadi. Bola bu odamlarni ko'rib, mozorni ichina kirib g'oyib bo'ldi. Shunda elni kattalari, yoshulli, oqsoqollari aytdiki, bu bolani o'g'il, qizlig'ini ballilamak uchun mozorning yonboshina bir oshiq bilan bir qo'g'irchoq qo'ymoq kerak, bola shularni qaysisini o'ynasa, uning o'g'il, qizlig'i ma'lum bo'ladi, dedilar. Darrov oshiq bilan qo'g'irchoq topib, mozorning yonboshina qo'yib barida ondib turdilar. Bola birozdan so'ng chiqib oshiqni o'ynayverdi.

Jig'olibek bolaning o'g'il ekanini bilib juda sevindi. Shundan keyin bu bolani na hiyla yo'l bilan olmoqni maslahat etdilar. Birov tuzoq quramiz dedi, birov yana bir gapni aytdi. Lekin bu usullar hech kimga yoqmadi. Oxiri bir qarri aytdiki, bu bolani tutmoq uchun avvalambor bir egar yasamoq kerak, shu egarni mozor yonboshina qo'yib sirish surkash kerak, bola mozordan chiqib, egarga minganda yopishib qoladi, ana undan keyin bolani tutaveramiz, dedi. Bu gap hammaga ma'qul bo'lib, egar yasab, sirish surtib, mozor yonboshinda qo'yib o'tirdilar. Bir vaqt bola chiqib, egarni ko'rib avval uni o'ynab o'tirdi, keyin ustiga mindi, minib o'ynagan so'ng sirish yopishib parch bo'lib boraverdi. Shu vaqtda borib bolani egar bilan birga ko'tarib oldilar. Jig'olibek uni bag'rina bosib o'pib sevinganidan yig'lab yubordi. Bolani uyga opkelib, kiyim-kechak kiydirib yasatib, Chamlibel viloyatina jar chaqirtirib aytdiki, ey xaloyiq, Jig'olibekni ko'zzina nur, belina darmon bo'lado'vin Xudo bergan farzandini to'yina kelaveringlar dedi. Buni eshitgan xaloyiq enib kelaverdi. Elni katxudolarini yig'nab bolaga ism qo'yishni maslahat qildilar. Birov u dedi, birov bu dedi, oxiri bir oqsoqol aytdiki, bu farzandning yo'li ravshan bo'lsin qarong'iliqdan yoqtiliqqa chiqdi. Shu sababli ismi ham Ravshan bo'lsin dedi.

Yana bir kishi aytdiki, ammo xaloyiq, natasizlar tortishib o'tirib, bu bolag'a Xudoni o'zi ism qo'yib qo'yibdi, axir bu bola go'rda tug'ildi, shuning uchun Go'ro'g'li bo'ladiku. Bu bolani ismi o'zi bilan tug'ilgan dedi. Bu kishini so'zini katxudolarga yoqmasa ham, xaloyiq bolani ko'pincha, Go'ro'g'li deb aytib boshladi. Ana endi xaloyiq tarqaldi. Bola odamlarga o'rganishib, bir-yarim gap so'zlara tushunib, kun-kundan o'saverdi.

U juda tinib-tinchimas, sho'x bola bo'lib yetishdi. Natijada goh qo'shnilar Ganjim bilan ba'zi ko'ngilsizliklar chiqa boshladi.

Jig'olibek bu ko'ngilsizliklarni bartaraf qilish uchun Go'ro'g'lini

April, 2022

olib, Xunhorshohning oldiga boradi va shu yerda seislik qiladi. Podsho bir kuni Jig'olibekka uch desa, uchadigan, chop desa chopadigan biг ot yetishtirishni buyuradi. Seis ishga kirishib, suv otidan nasl oladi. Lekin buyurgan ot bu naslning ikkinchi avlodidan tug'ilishi keгak edi. Seis bu gapga podshohni ishontiгa olmaydi. Oqibatda Xunxorehoh uning ko'zini o'ydiгadi va o'g'lini o'ldirtiradi. Shundan keyin Jig'olibek ushbu toyni podshoxdan tilab olib, tul kelin va Ravshan bilan Chambilga qaytadi. Uto kelib uch gumbaz tog'ida makon tutadilar Bñ kuni 40 qalandar mehmonga kelib, Gulandomning go'zalligi haqida Rayxon Arabga xabaг beгishadi. Rayxon Aгab uch gumbazga kelib, Gulandomni olib qochib ketadi. Go'ra'g'li shunda yangasining maslahati bilan uning otidan nasl olib qoladi. Bir yildan keyin baytal tug'adi. Go'ra'g'li uni Jig'olibekning barcha ko^satmasiga to'la amal qilib boqadi. Oxiri bir kuni ot yo'qoladi. Keyin uni qiïq chiltan, uch yuz oltmish eranto yig'ilgan joydan topib, o'zi va otiga 120dan yosh, qilich va imon tilab, fareand tilashni unutadi. Keyin Isfahonga borib, kim ko'tara olsa, shunga bepul berish uchun qo'yilgan yoyni qo'lga kiritib, yetti fildan o'q o'tqazib, yoy tuzatuvchilaming shaгtini bajaradi. So'ng Ganjimni topib, bobosini Chambilga ko'chirib olib keladi. Chambilning katxudolari uni otasining o'miga bek qilib saylashadi. Yoniga yigit yig'ib berishadi. Ammo bu yigitlar Go'ro'g'liga sodiqlik qilmay tashlab ketishadi. Oxiгi u otasidan qolgan, Safar ko'sa boshchilik qilib ywgan 40 yigitga duch keladi. Shunday qilib, Go'ra'g'li G'irotiga, 40 yigitga va Chambil eliga egalik qila boshlaydi.

Go'ro'g'lining tug'ilishi va yoshligi bilan bog'liq mazkrn- doston baгcha veгsiyalaгda asosiy o'rin egallaydi. Ozaгbayjon va qozoq verayalarida uning otasiga bag'ishlangan ma'sus shoxobcha bo'lib, boshqa verayalaráa bu bo'lim ko'rinmaydi. Unda she'гiy paгchalar yo'q, o'zi juda qisqa. U dostondan ko'ra ko'proq eгtakka o'xshab ketadi. Ali kishi Hasanxonning yilqichisi bo'lib, suv oti naslidan olingan ko'rimsiz toylami ko'гsatgani uchun podsho uning ko'zini o'ydiradi. Ali kishi bu toylami podshodan tilab olib, Ravshanga ulami qoгong'ida boq tiradi. Bu versiyada Go^o^'lining go'гda tug'ilishi epizodi yo'q. Ali kishi o'limi oldidan, ko'zi ko'г bo'lganligi sababli Ravshanga Ko'ra'g'li deb nom beгadi. Qozoq verayasi eposning shaгqiy veгsiyasiga mansub bo'lib, unda eria^a^a xos bo'lgan fantastik motivlar salmog'i kattadiг. Undagi bu xususiyatni epos haqida tadqiqot olib bo^an M.G'umarava alohida ta'kidlab, hatto qozoqto oгasida qadimdan mashhrn- bo'lgan To'liboy sinchi haqidagi afsona ham eposning boshiga qo'shib yuborilganini ko'reatib o'tadi.

Qoraqalpoq versiyasining mazmuni esa turkman va Xorazm

verayalariga aynan to'g'гi keladi. Biгoq bunda Go'ro'g'lining

April, 2022

tug'ilishi haqidagi voqealar versiyaning "Avazxon" bo'limiga kiritilgan.

NATIJALAR

Eposni harakatlantiruvchi kuch epik qahramondir. Uning faoliyatida tug'ilishidan boshlab toki hayoti yakunlanguncha bosib o'tadigan an'anaviy bosqichlari bo'lib, ular dunyo xalqlari eposida ko'p jihatlari bilan o'zaro o'xshash keladi. Shu bosqichlardan biri epik qahramonning ilk jasorat ko'rsatib, eliga tanilishidir. Bu lavhani ko'plab eposlarda uchratish mumkin. "Alpomish" dostonining bosh qahramoni Hakimbek o'zining birinchi jasoratini yetti yoshida amalga oshiradi. Uning Alpinbiy bobosidan qolgan o'n to'rt botmonlik yoyi bor edi. O'q yoyni ko'tarib, o'qini qo'yib yuboradi. O'q Asqar tog'ning yuksak cho'qqilarini yulib olib ketadi. Natijada Hakimbek alp nomini olib, Alpomish deb atala boshlaydi. Qirg'iz eposi "Manas"da aytilishicha, Manas o'zining birinchi qahramonligini to'qqiz yoshida amalga oshiradi. U eliga bostirib kelgan Dovdur zo'ravon Jo'laydov bilan Qobon alpni kurashda yengib, alp degan nomga ega bo'ladi.

"Go'ro'g'li" eposidagi Go'ro'g'li esa to'qqiz yoshida hech kim ko'tara olmagan yoyni ko'tarib, qatorlashtirib qo'yilgan yetti filga qarab o'q otadi, bu o'q yetti filni ham teshib o'tadi. Epik qahramonning ilk jasorat ko'rsatib, alp yoki bahodir nomiga ega bo'lishi "Go'ro'g'li" eposining Sharqiy versiyasidagi dostonlarda ham ko'plab uchraydi.

Ergash Jumanbulbul kuylagan "Qunduz bilan Yulduz" dostoni "Go'ro'g'li" turkumiga mansub bo'lib, unda tasvirlanishicha, Go'ro'g'lining o'n yashar nevarasi bo'lgan Nurali yetti yashar ukasi Ravshan bilan otasi Avazxonni dushmanlar changalidan qutqarib qolishadi.

Shu narsani ta'kidlash joizki, epik qahramonning ilk jasorati qadimgi eposdan kelayotgan an'anaviy motivdir. Buning dastlabki ko'rinishlari "Dadam Qo'rqut" kitobida ham berilgan. Bu qadimiy yodgorlikda tasvirlanishicha, yigitlarga ilk jasorat ko'rsatib, o'zini tanitmaguncha hatto ism ham berishmagan. Bu eposdagi qahramon Bamsi o'n besh yoshida birinchi bor o'z jasoratini namoyon qiladi. Mo'g'ul eposida mashhur bo'lgan Jang'ar hatto ikki yoshida otga minib, uch yoshida dushmanni mahv qiladi.

Bu kabi xususiyatlar G'arb folklorida ham xuddi shunday tarzda ko'zga tashlanadi. Masalan, olmonlarning "Zigfrid haqida qo'shiq" asaridagi Zifrid faoliyatida, Fransuzlarda mashhur bo'lgan "Goland haqida qo'shiq" asaridagi Roland hayotida ham xuddi shunday hodisani

kuzatish mumkin.

April, 2022

Hatto ularning yoshlikdagi hatti-harakatlari-o'z o'rtoqlari bilan munosabatlari, jangovar otga bo'lgan munosabati, sho'xliklari va shaddodliklari ko'p tomonlari bilan turkiy xalqlar orasida tarqalgan Alpomish, Manas, Go'ro'g'li kabi epik qahramonlarning yoshlikdagi xulq-atvorlariga juda o'xshab ketadi. Bu o'xshatishliklar, tipologik holatlarning negizida jahon xalqlarining barchasiga xos bo'lgan tipologik dunyoqarash yotadi.

Istagan bir xalq yoki millat o'zining xususiy tarixi jarayonida ko'plab umumiy hodisalarni boshdan kechirgan. Bu jarayon eng qadimgi davrlarda ayniqsa bir-biriga juda o'xshash bo'lgan. Insoniyat tarixi, uning maishiy turmushi qadimiylik sari siljigan sayin umumiylik xususiyati kuchayib boradi. Qadimgi hayotda farovonlik, vatanni himoya qilish orzusi barcha xalqlar uchun eng asosiy muammo bo'lib hisoblangan. Tashqi dushmanlar bilan kurashish, bosqichilardan vatanni mudofaa qilishda doimo xalq bahodirlariga kuchli ehtiyoj tug'ilgan. Bu holat o'z-o'zidan bahodirlarni, alplarni yetishtirishni taqozo etgan. Va bu orzu amalga ham oshgan. Xalq orasida bunday qahramonlarning siymosi eposning bosh qahramoni qiyofasiga ko'chgan. Ular qiyofasidagi umumiylik, o'zaro o'xshashlik xalqlar dunyoqarashidagi orzu-umidlarning bir-biriga mos kelishi bilan uzviy aloqaga egadir.

Mo'jizaviy tug'ilish motivining shakllanish etaplari ko'proq afsona va ertaklar bilan aloqadordir.

Folklor asarlaridagi epik obrazning tug'ilishi masalasi hamisha mo'jizaviylik hodisasi bilan aloqador tarzda namoyon bo'ladi. Bu qadimiy va an'anaviy motiv ertaklar bilan dostonlardagi motivlarni qiyos qilganda ayniqsa yorqin ko'rinadi. Ma'lumki, ertaklar ibtidoiy inson tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan hayoliy voqealarning dastlabki badiiy namunalari hisoblanadi.

Shu sababli ularda bayon etiladigan mo'jizaviy tug'ilish motivi o'ta hayoliy ekanligi bilan dostonlardagi o'sha motiv tasviridan farq qlib turadi. Masalan, "Olmos botir" ertagi shunday boshlanadi: "Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim zamonda bir chol va kampir yashagan ekan. Chol oltmish yoshga kiribdi, kampir ellik yoshga kiribdi-yu, lekin bolalari yo'q ekan. Nihoyat kampir o'g'il tug'ibdi. Bu bolaning og'irligi bir botmon, bo'yi ikki gaz emish. Bola soatlab o'saveribdi" Ertakdagi tug'ilish motivi bir qaraganda oddiy, lekin mantiqan juda hayoliydir. Bolaning og'irligi bir botmon deyilishi dastlab ajablanish tug'dirmaydi. Biroq tahlil qilib ko'raylik. Bir botmon qadimda har bir mintaqada har xil og'irlikni anglatgan. Jumladan, Xorazmda 40, Buxoro va Farg'onada 131, Toshkentda 171 kilogrammni tashkil etgan.

April, 2022

Uzunlik o'lchovi bo'lgan gaz esa 1 metrdan oshiq bo'lgan. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda ushbu mo'jizaviy tug'ilish haqiqatdan yiroqdir. Endi doston masalasiga kelsak, ularda ham tug'ilish motivi hayotiylikdan yiroq tarzda bayon etiladi. Chunki, epos "... ayrim arxaik ertak motivlarini o'z tarkibiga singdiribgina qolmasdan, ko'pgina mifik modellardan ham foydalanadi" Bu motiv "Edigo" dostonining epik qahramonining tug'ilishi masalasida alohida ko'zga tashlanadi. Dostonda tasvirlanishicha, edigoning otasi karomatli shaxs, onasi esa pari avlodiga mansub bo'lib, pari o'z homilasini Semurg' qushning uyasiga tug'ib, o'sha joyga ko'yib ketadi.

MUHOKAMA

Ertak va dostondagi tug'ilish motivlarini taqqoslaganla ikkalasi ham o'ziga xos hayoliy ekanligi bilan bir-biriga o'xshash keladi. Biroq, ushbu hodisani to'la tahlil qilish ayrim alohidaliklarni aniqlashga yordam beradi. Ertakda bolaning og'irligi va bo'yiga e'tibor jalb etiladi. Eshituvchi ertakchidan o'sha ma'lumotni tinglagach darhol ertak qahramonnining kuch-qudratli bo'lib tug'ilganini tasavvur qiladi. Keyingi tasvir esa mazkur tasavvurni isbot qilib beradi.

Dostondagi tug'ilish motivi ham o'ta hayoliy ekanligi ibilan namoyon bo'ladi. Lekin tasvirda bolaning og'irligi yoki bo'yiga e'tibor qaratilmaydi.

Dostonda mo'jizaviy tug'ilish hodisasi o'lchov va hajm bilan belgilanmaydi. Unda teran tasvir, voqealar bayonidan kelib chiqadigan yashrin ma'lumotlar borki, buni tinglovchining o'zi idrok qilmog'i lozim bo'ladi.

Masalan, Edigoning otasi inson, onasi esa piri. Pari masalasida doston tinglovchining asosiy tasavvuri ushbu jonzotning go'zalligi va inson qo'lidan kelmaydigan ishlarning uddasidan kelishidir.

Ushbu ota - onadan epik qahramonning tug'ilishi o'z - o'zidan mo'jizaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki epik qahramonning keyingi faoliyatidagi barcha g'aroyib hodisalar, uning go'zalligi, kuchliligi, har qanday ishning uddasidan chiqishi, jangovorligi va boshqa xususiyatlari uning paridan tug'ilganligi bilan bog'liq holda o'z izohini topaveradi. Agarda biror ishning uddasidan chiqaolmay epik to'siqqa duch kelsa, unga homiylar yordam beradi. Homiylar yordami ham dostonlarga ertaklardan o'tgan.

XULOSA

Shunday qilib, ertak va dostonlarda tug'ilish motivi

mo'jizaviyligi, xayoliyligi bilan o'zaro hamohang keladi. O'z

April, 2022

navbatida dostonlardagi tug'ilish motivi terak tasvirga, dalillashga asoslanganligi, tasvirning badiiy ko'lamdorligi bilan ertaklardagi tasvirdan alohidalik kasb etadi.

Dostonlarda Xudodan, avliyo va pirlardan tilab farzand olish motivi ko'plab uchraydi. Shunday dostonlardan biri "Huriliqo va Hamro"dir. Doston muqaddimasida aytilishicha, Misr viloyatining podshosi Xisravshohning farzandi bo'lmagan. Befarzandlikdan hasrat chekkan podshoh tarki dunyochilik yo'lini tutadi. Shunda vaziri unga Shohimardon qabriga sig'inib, farzand tilashni maslahat beradi. Podshoh Shohimradon qabrida tun o'tkazganda tushida unga uch o'g'il va bir qiz berilishini, lekin, 14 yoshga kirganda ularning jonining yana qaytarib olinishini bildirishadi. Shu asnoda uch o'g'il va bir qiz tug'ilib, ular 14 yoshga ham kirishadi. Podsho ularning ko'z oldida o'lishini istamay safarga jo'natadi.

Doston voqealari shu yerga kelganda asardagi asosiy qahramon obrazi maydonga chiqadi. Bu obraz kenja o'g'il Hamro edi. Odatda kenja o'g'il haqida ertaklarda juda ko'p sarguzashtlar tilga olinadi. Bu dostonda ham ertakka xos lavhalar juda ko'p. Jumladan, safarga chiqqan bolalar uch yo'l bandiga kelib, kattasi "borsa kelar"ga, o'rtanchisi "borsa xatar"ga, kenjasi "borsa kelmas"ga jo'nab ketishadi.

Keyingi voqealar asosan kenja o'g'il faoliyati bilan bog'lanib ketadi. Doston ertak sujeti bilan aloqador bo'lganligi sababli kenja o'g'ilning barcha ishlari an'anaviy andozaga muvofiq davom etadi. Kenja o'g'ilning oliyjanobligi tufayli podshohning barcha farzandlariga qaytadan hayot beriladi. Shu jarayonda yana ertaklardagi kabi bulbuligo'yo qush muammosi tug'iladi.

Eposdagi motivlar tizimining birinchi qismini qahramonining ilk hayoti bilan bog'liq motivlar tashkil etadi. Bu doiraga mo'jizaviy tug'ilish va ilk jasoratga oid motivlar, do'st tutinish va uylanish motivlari, epik ot va qurol bilan bog'liq motivlar kiradi. Bu jarayonda epik qahramon to'la shakllanadi. Bu motivlardan keyin epik qahramonning ijtimoiy hayot bilan aloqador faoliyatini yorituvchi motivlar boshlanadi. Bu doiraga epik qahramonning jangavor guruhi motivi, vatan himoyasi va asirga tushish motivlari, eposda mifik evrilish motivi va yakuniy motiv xisoblangan epik qahramonning o'limi bilan bog'liq tafsilotlar kiradi. Albatta har bir eposda boshqa motivlar ham bo'lishi mumkin. Biz bu yerda asosan o'zbek eposidagi motivlar tizimiga tayandik.

REFERENCES 1. Sh.M. Mirziyoyev. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi,

2018-yil 18-may №21 (4471)

April, 2022

2. Jirmunskiy V.M. Zarifov X.T. Uzbekskiy narodniy geroicheskiy epos. -M.: GIXL, 1947. -S. 294-300

3. Imomov K. Dostonlarda ertak motivlari. // Fozil shoir. - T.: "Fan", 1973. - B. 97 -104.

4. Imomov K. O'zbek satirik ertaklari. - T.: "Fan", 1974. - 207 b.

5. Imomov K. Ertak va dostonlarda ideal qahramon talqini masalasiga doir. // Po'lkan shoir. - T.: "Fan", 1976. - B. 127-133.

6. Imomov K. Sehrli ertaklar. // O'zbek folklori ocherklari, 2-tom. - T.: "Fan", 1989.

7. Imomov K. Yalmog'iz - jodugar obrazi talqiniga doir//Islom shoir va uning xalq poeziyasida tutgan o'rni. - T.: "Fan", 1978. - B.77 - 88.

8. Mirzayeva S. O'zbek xalq romanik dostonlari poetikasi. - T.: "Fan", 2004. - 192 b.

9. Oltin beshik: ertaklar. - T.: Adabiyot va sa'nat nashr., 1985. - 256 b.

10. Oshiq Mahmud, Avazxon. - T.: "Fan", 1970. 50-b.

© ©

April, 20221 Multidisciplinary Scientific Journal1

©

o

©

©

957

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.