Научная статья на тему 'XALQ ERTAKLARIDA AJDAHO TIMSOLINING O‘ZIGA XOSLIGI'

XALQ ERTAKLARIDA AJDAHO TIMSOLINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
874
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq ertaklari / obrazlar / ajdaho obrazi / “Qirq kuyov” / “Qilichqora” ertaklari / ertaklardagi ajdaho timsoli. / Folk tales / images / the image of a dragon / "Forty suitors" / fairy tales "Sword" / the image of a dragon in fairy tales.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Ahmadjonova, Farida Botir Qizi

Mazkur maqolada xalq ertaklarida uchraydigan obrazlar, xususan, ajdaho obrazining o‘ziga xosligi, uning turli timsollari bayon etiladi. Xalq ertaklarida yovuz va dahshatli ajdaho timsoli bilan bir qatorda, bosh qahramonni turli noqulay vaziyatlarga solib qo‘yadigan, turli qiyofalarga kira oladigan makkor, shuningdek, axmoq va go‘l ajdaho timsollari ham uchraydi. Aytish mumkinki, xalq ertaklarida ajdaho qanday xarakterda bo‘lmasin, hamisha qora kuchlardan birining timsoli bo‘lib qoladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF DRAGONS IN FOLK FAIRY TALES

The article describes the images found in folk tales, in particular, the uniqueness of the image of the dragon, its various symbols. In addition to the image of an evil and terrible dragon in folk tales, there are also cunning figures that can put the main character in various awkward situations, in various guises, as well as the image of a stupid and stupid dragon. We can say that in folk tales, the dragon, whatever its character, is always a symbol of one of the dark forces.

Текст научной работы на тему «XALQ ERTAKLARIDA AJDAHO TIMSOLINING O‘ZIGA XOSLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

О

XALQ ERTAKLARIDA AJDAHO TIMSOLINING O'ZIGA XOSLIGI

Ahmadjonova Farida Botir qizi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti II bosqich magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada xalq ertaklarida uchraydigan obrazlar, xususan, ajdaho obrazining o 'ziga xosligi, uning turli timsollari bayon etiladi. Xalq ertaklarida yovuz va dahshatli ajdaho timsoli bilan bir qatorda, bosh qahramonni turli noqulay vaziyatlarga solib qo 'yadigan, turli qiyofalarga kira oladigan makkor, shuningdek, axmoq va go 'l ajdaho timsollari ham uchraydi. Aytish mumkinki, xalq ertaklarida ajdaho qanday xarakterda bo 'lmasin, hamisha qora kuchlardan birining timsoli bo 'lib qoladi.

Kalitso'zlar: Xalq ertaklari, obrazlar, ajdaho obrazi, "Qirq kuyov", "Qilichqora" ertaklari, ertaklardagi ajdaho timsoli.

Abstract: The article describes the images found in folk tales, in particular, the uniqueness of the image of the dragon, its various symbols. In addition to the image of an evil and terrible dragon in folk tales, there are also cunning figures that can put the main character in various awkward situations, in various guises, as well as the image of a stupid and stupid dragon. We can say that in folk tales, the dragon, whatever its character, is always a symbol of one of the dark forces.

Keywords: Folk tales, images, the image of a dragon, "Forty suitors", fairy tales "Sword", the image of a dragon in fairy tales.

Аннотация: В статье описаны образы, встречающиеся в народных сказках, в частности, уникальность изображения дракона, его различных символов. Помимо образа злого и ужасного дракона в народных сказках есть еще хитрые фигуры, которые могут поставить главного героя в различные неловкие ситуации, в различных обличьях, а также образ глупого и глупого дракона. Можно сказать, что в народных сказках дракон, каков бы ни был его персонаж, всегда является символом одной из темных сил.

Ключевые слова: Народные сказки, образы, образ дракона, «Сорок женихов», сказки «Меч», образ дракона в сказках.

Epik turga mansub folklor janrlaridan biri bo'lgan ertaklarda sujetning shakllanishida tilsim bilan bog'liq lavhalar, motivlar muhim o'rin tutadi. Tilsim va uning ertak badiiy qurilmasidagi o'rni haqida K.Imomov shunday yozadi: «sehrli ertaklarga xos sujetlar sistemasida tilsim va tilsimot bilan bog'liq uydirmalar yetakchi

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

rol o'ynaydi. Binobarin, uning epizodlari ham tilsim zanjiridan tashkil topgan bo'lib, asosiy tugun bilan yechim xayoliy tarzda ifodalanadi1».

Ertak deganda ko'pchilikning xayoliga uchar gilam, uch boshli ajdaho, Kenja botir kabi qahramonlar keladi. Ertaklarda bolalarni o'ziga jalb qilish uchun bir qancha xayoliy to'qima obrazlar ham keltiriladi. Ertaklarda ko'plab ajdaholar behisob boyliklarni qo'riqlagani haqida ma'lumotlar keltiriladi. Masalan, oltin junli qo'y terisini ko'zi yuzta bo'lgan maxluq qo'riqlagan. Garchi ertak va afsonalarda ajdaholar adadsiz yozuvlik timsoli sifatida keltirilsa, ba'zi o'rinlarda ular odamni himoya qiladigan kuch-qudrat sohibiga aylanadilar. Qadim o'tgan zamonlarda jangchilar dushmanlari yuragiga qo'rquv urug'ini solish maqsadida o'z qalqonlariga ajdaholar suratini tushirishgan. Shuni aytish mumkinki, odamlar ba'zi paytlarda ajdaholar chindan ham borligiga ishonishgan. Kolumbga qadar dengiz sayyohlari go'yo dengizlar qa'rida yashovchi , kemalarni yamlamay yutib yuboruvchi ulkan maxluqlardan cho'chib, notanish dengizlardan suzishga ahyon-ahyon jur'at etganlar. O'z-o'zidan ayonki, ajdaholar faqat ertak va afsonalarda yashaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Markaziy Osiyo xalqlari ertaklarida ajdaholar sirli mavjudot, pahlavonlar qahramonliklari tasvirlangan epizodlar personaji sanaladi. Ertaklardagi ajdaholarning aksariyati salbiy timsol bo'lib, oddiy odamlarni o'ldirishga, yamlamay yutishga va o'g'rlashga intiladi. Shaharlarga hujum qilib, talonchilik qiladi, yondirib yuboradi.

Jahon xalqlari folklorida ajdaho uchun go'zal qizlarni qurbon qilish haqidagi sujet keng tarqalgan bo'lib, u Markaziy Osiyo xalqlari og'zaki ijodida, asosan, ertaklarda ko'p uchraydi: shahar yaqinidagi g'or yoki suv havzasiga o'rnashib olgan ajdaho odamlardan o'zi tayinlagan ma'lum bir muddatda chiroyli qizni tuhfa etishlarini talab qiladi. Aks holda shaharni suvga g'arq qilish yoki og'zidagi o't yordamida yoqib yuborish bilan tahdid qiladi. Masalan, "Qilichqora" o'zbek xalq ertagida ajdaho kundalik yemishi uchun shahar xalqidan har kuni bitta qo'y bilan bitta bolani berishlari talab qiladi, talabi bajarilmasa, shaharni vayron qilish bilan tahdid soladi. Qilichqora navbati kelgan shoh qizini ajdaho domidan qutqarib, shahar ahlini bu balodan ozod etadi2.

Jahon xalqlari ertakarining aksariyatida ajdahoning yashash joyi, asosan, baland tog'lardagi qorong'i g'orda bo'ladi. Albatta, bu g'orda qandaydir xazina yashirilgan bo'ladi. Lekin "Qirq kuyov" nomli o'zbek xalq ertagida ajdahoning yashash joyi oq ravot - qo'rg'onda bo'ladi. Qirq o'g'li bo'lgan podshoh o'g'illarining talabi bilan

1Imomov K. O'zbek xalq prozasi. - T.: Fan, 1981. -B.12.

2O'zbek xalq etaklari, I jild, 2014, 370-bet.

Scientific Journal Impact Factor

O

ularni qirq opa-singilga uylantirmoqchi bo'ladi. Uning mamlakatidan olti oylik yo'lda bo'lgan uzoq bir mamlakat podshohining qirqta qizi borligi aniq bo'ladi. Qirq qizi bor podsho kelgan sovchiga qirq o'g'illi podshohning olti oylik masofa uzunlikda ariq qazdirib, mamlakatidan shu ariq orqali suv yuborsa, qizlarini berishini aytibdi. Ariq qazishda xalqning noroziligini eshitib, ularga uylariga javob berib yuborgan kenja o'g'il akalaridan kaltak yeydi va atiq yonida uxlab qoladi. Sahar vaqtida bir chol kelib, unga yordam beradi: ikki podsholik o'rtasida ariq kavlanib, suvlari bir-biriga qo'shiladi. Chol yigitga to'yga o'zi bormay, pichog'ini berib yuborishini aytadi. Kelinni olib qaytishayotgan otasi va akalariga yo'lning yarmiga yetishganida, yomg'ir, qor va tosh yoqqanidan qochib, yo'lda uchrag an oq ravotga kirmasliklarini aytishi lozimligini tayinlaydi. Kenja shahzoda uning gaplariga ko'nadi. Hammasi chol aytgandek bo'ladi. Podshoh qancha aytmasin, katta shahzodalar oq ravotga kiradilar. "Bular qo'rg'onga kirishi bilan havo chdagiaraqlab ochilib ketibdi. Qo'rg'onning to'rt burchagidagi to'rt quduqdan suv otilib chiqib, pastga tushib turibdi, qozonlarda palovlar pishgan, dasturxonlar yozilgan, shirin sharbatlar, turli taomlar qo'yilgan, ko'rpachalar solingan. Otlar uchun har biriga yakka mixlar qoqilgan, oxirlarga yemlar solingan3".

Ko'rinib turibdiki, ertakdagi ajdaho o'zining azaliy qorong'i, zax va vahimali makoni - g'ordan chiqib, oq ravotda qo'nim topgan. Buning ustiga, oq ravotda mehmonlar va hatto ularning otlari uchun qulay sharoitlar mavjud. Bu holat ertaklarda ajdaho timsoli qudratining, aniqrog'i, aqlining rivojlanib, atrofidagi voqea-hodisalarga ongli munosabatda bo'layotganligidan darak beradi. Ertakdagi ajdaho ham parvoz qilish qobiliyatiga ega: "O'n kun yo'l yurganlaridan keyin uzoqdan bir narsaning uchib ketayotganini ko'rishibdi. Uchib ketayotgan narsa tez vaqt ichida yaqinlashibdi. Qarasalar, kichik ukasini ajdaho domiga tortayotgan ekan4 ". Bu ertakdagi ajdahoga ham o'zining azaliy xususiyati - tirik jnzotlarni domiga tortish vazifasi yuklatilgan. Biroq, u kenja shahzodani birdaniga domiga tortib yutmaydi -avval u bilan savol-javob qiladi. Savol-javob so'ngida kenja shahzodaga shart qo'yadi: "...falon mamlakatda bir podhsohning qizi bor. Shu qizni qirq kun ichida mmenga keltirib berasan, keltirmasang o'zingni yeyman" Bu epizodda ajdahoning aqliy jihatdan rivojlanganligini kuzatish mumkin: u o'zining yana bir xususiyati -chroyli qizlarni o'g'irlashini o'zi emas, kenja shahzoda vositasida amalga oshirishni niyat qilganligi ayon bo'ladi.

XULOSA

3O'zbek xalq ertaklari, 3 jildlik, I jild, 2014, 365-bet.

4Yuqoridagi asar, 365-bet.

Scientific Journal Impact Factor

о

Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq ertaklarida ajdaho timsolining genezisi qadimiy asotir va afsonalarga borib taqaladi. Garchi ajdaho asotir va afsonalarda tabiatdagi biror unsurning, asosan, suv va yog'ingarchilikning homiysi sifatida gavdalangan, hatto kult darajasiga ko'tarilgan bo'lsa-da, ertaklarda uning bu xususiyatlari eslanmaydi, balki u bosh qahramonga qarshi turadigan qora kuchlardan biri sifatida tasvirlanadi.

REFERENCES

1. Imomov K. O'zbek xalq prozasi.- Toshkent:"Fan".1981..

2. Imomov K. va b. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. - T.: 1990.

3. Jalolov G. O'zbek xalq ertaklari poetikasi. - Toshkent: "Fan", 1976.

4. Karimov B. O'zbek xalq ertaklarining ba'zi bir xususiyatlari haqida. - O'TvA. 1995. №5-6. 57-62-bet.

5. O'zbek xalq ertaklari. 3 jildlik, 1-jild. - T., "O'qituvchi", 2014.

6. O'zbek xalq ertaklari. 3 jildlik. 2-jild. - T., "O'qituvchi", 2014.

7. Сказки о драконах. https://mirckazok.ru/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.