Научная статья на тему 'ERTAK JANRINING BADIYATI OSKAR UAYLDNING “BAXTLI SHAXZODA” ERTAGIDA INSONPARVARLIK G'OYALARINI MISOLIDA'

ERTAK JANRINING BADIYATI OSKAR UAYLDNING “BAXTLI SHAXZODA” ERTAGIDA INSONPARVARLIK G'OYALARINI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2909
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ertak / janr / badiyat / Oskar Uayld / Baxtli shaxzoda / insonparvarlik / g’oya / fairy tale / genre / fiction / Oscar Wilde / Happy Prince / humanity / idea

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mohinur Murodullayevna Qayumova, Mehriniso Qayumovna Qarshiyeva

Ma`lumki ijtimoiy-siyosiy hayotimizningbarcha sohalari qatori xalq ma`naviyatining ko`zgusi bol`mish badiiy ijod xususan badiiy adabiyot rivoji ham davlatimiz jamiyatimizning doimiy e`tiborida bo`lib kelmoqda. Badiiy adabiyotda ertaklarning o`rni juda katta xisoblanadi. Ertaklar yordamida biz yoshavlod qalbida ezgulik,insonparvarlik.mexr-shavqat tuyg`ularini shakllantiramiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

It is known that along with all spheres of our socio-political life, the development of art, especially fiction, which is a mirror of the people's spirituality, is in the constant focus of our state and society. The role of fairy tales in fiction is very important. With the help of fairy tales, we form in the hearts of young people feelings of kindness, humanity and compassion.

Текст научной работы на тему «ERTAK JANRINING BADIYATI OSKAR UAYLDNING “BAXTLI SHAXZODA” ERTAGIDA INSONPARVARLIK G'OYALARINI MISOLIDA»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-347-351

ERTAK JANRINING BADIYATI OSKAR UAYLDNING "BAXTLI SHAXZODA" ERTAGIDA INSONPARVARLIK G'OYALARINI MISOLIDA

Mohinur Murodullayevna Qayumova

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Mehriniso Qayumovna Qarshiyeva

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ma'lumki ijtimoiy-siyosiy hayotimizningbarcha sohalari qatori xalq manaviyatining ko'zgusi bol'mish badiiy ijod xususan badiiy adabiyot rivoji ham davlatimiz jamiyatimizning doimiy e'tiborida bo'lib kelmoqda. Badiiy adabiyotda ertaklarning o'rni juda katta xisoblanadi. Ertaklar yordamida biz yoshavlod qalbida ezgulik,insonparvarlik.mexr-shavqat tuyg'ularini shakllantiramiz.

Kalit so'zlar: ertak, janr, badiyat, Oskar Uayld, Baxtli shaxzoda, insonparvarlik,

g'oya.

THE ART OF THE FAIRY TALE IS AN EXAMPLE OF OSKAR WILD'S

HUMAN IDEAS IN THE FAIRY TALE OF THE "HAPPY PRINCE"

ABSTRACT

It is known that along with all spheres of our socio-political life, the development of art, especially fiction, which is a mirror of the people's spirituality, is in the constant focus of our state and society. The role of fairy tales in fiction is very important. With the help of fairy tales, we form in the hearts of young people feelings of kindness, humanity and compassion.

Keywords: fairy tale, genre, fiction, Oscar Wilde, Happy Prince, humanity, idea.

KIRISH

Malumki ijtimoiy-siyosiy hayotimizningbarcha sohalari qatori xalq manaviyatining ko'zgusi bol'mish badiiy ijod xususan badiiy adabiyot rivoji ham davlatimiz jamiyatimizning doimiy e'tiborida bo'lib kelmoqda. Badiiy adabiyotda

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-347-351

ertaklarning o'rni juda katta xisoblanadi. Ertaklar yordamida biz yoshavlod qalbida ezgulik,insonparvarlik.mexr-shavqat tuyg'ularini shakllantiramiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Bir bor ekan ,bir yo'q ekan..." bolaligimda shunday boshlanuvchi ko'plab ertaklar eshitgandim.Qiziq , nega o'zi ertaklarni kichik bolalarga ko'plab aytib berishadi? Bola tarbiyasida nima ahamiyati bor? Hech shu haqida o'ylab ko'rganmisiz.

Ertaklar xalq og'zaki ijodiyotining eng qadimiy,ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan biridir.Ertaklarda xalqning eng yaxshi sifatlaridan insonparvarlik, do'stga sadoqat, jasorat ko'rsatish, kabi fazilatlar hikoya qilinadi.Ertaklar kishilarda hayotga muhabbat uyg'otadi,kelajakka umid kozi bilan qarashga,eng yaxshi turmish farovon hayot uchun kurashga chaqiradi.Yer yuzida adolat va insofning tantana qilishiga ishontiradi.

Ertak so'zining lug'aviy manosi- aytish, aytmoq, hikoya qilmoq manolarini anglatadi.

Ertaklar hayvonlar haqida ertaklar, bahodirlik ertaklari, sehrli-fantastik ertaklar,sarguzasht ertaklar,tarixiy va ijtimoiy-maishiy ertaklar singari guruhlarga ajraladi.

Ertak - asrlar davomida ishlovdan o'tib kelayotgan, dunyoning falsafiy muammolarini ko'ra bilishga chaqiradigan malumotlar yig'indisidir. Bolaga aytiladigan ertak-u uchun zrur bo'lgan unsur hisoblanib, bola tilida unga hayto haqida tasavvur beradi, o'rgatadi, yaxshilik va yomonlikning oqibatlarini yoritadi, murakkab vaziyatlardan chiqish yollarini orgatadi.

Har bir xalq ertaklarida mazkur xalqning dunyoqarashi, milliy xarakteri, sinfiy munosabatlari, turmushi malum darajada oz ifodasini topdi. Ertaklar hayot haqiqatini xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlaganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea hodisalarning ajoyib-g'aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g'ayri-tabiiy jasorati bilan falklorning boshqa janrlaridan farq qiladi.

Asrlar osha davr tahririga uchrab sayqallashib, go'zal shakllari, sodda va teran mazmuni bizgacha yetib kelgan ertaklarining badiiy kuchi- ularning orzu-umidlari va turmush xaqiqatlari bilan uyg'unligida kishilarning ruhiyatini ozida aks ettirishda kattalarga kichiklarga ham birday yoqimli, qiziqarli bo'lishidadir.

Ertaklarga bo'lgan manaviy ehtiyoj masalasi hamisha dolzarbligicha qolaveradi. Chunki barcha xalqlarning o'g'il qizlari ularni oqib ,tinglab hayot sabog'ini oladilar.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-347-351

Adolat va ezgulik tantanasiga ishonch ruhida tarbiyalanadi. Ertaklar kitobxonda fikr mardonavorligi va xayolotning shijoatkorligini shakllantirishga xizmat qiladiki, bu ayniqsa, bugungi misli ko'rilmagan ishlar va kashfiyotlar davrida goyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinchi bob so'ngida shuni aytmoqchimanki, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni ana shunday goyat bebaho ganjinadan mahrum qilib qo'ymaylik. Zotan manaviy mahmuriyat odamzodga hech qachon naf keltirmagan,keltirmaydi ham.

Ko'rkam boglari bilan mashxur bir shaharda faqat bir kishining bog'i kokarmaydi, unda qish va muz hukmron. Bog'ning egasi Pahlavon hayron: hammaning bog'iga qishdan so'ng bahor keladi, unikida esa...abadiy qahraton.

Jumboqning siri nimada?...

Yana bir voqea. Oshiq Tolib oz yoriga muhabbatining ramzi sifatida qizil atirgul taqdim etmoqchi. Biroq qizil atirgul bu yili chamanzorlarda bitmagan.Tolibning nolalarini eshitgan bulbul,uning orzusini ro'yobga chiqarish yo'lida o'zini qurbon qiladi. Ammo bu qurbonning qadri qanday? Bulbul qoni behuda to'kilmadimi? Bu savollarga mashxur ingliz adibi Oskar Uayld ning ertak janridayozilgan hayajonli ertaklarini o'qib javob olamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir ertakda ibratli hikmat mujassam. Oskar Uayld ertaklari qiziqarli voqealari,ular zamiridagi chuqur falsafiy mushoxodalari bilan kichkintoylarni ham, kattalarni ham birdek o'ziga tortadi.

Oskar Uayld ertaklari yoshlar bilan bir qatorda kattalarning ham qalbidan joy olgan. Mashxur ertaknavis Xans Kristian Anderson ertaklarini o'qigan, tahlil etgan Oskar Uayld adib ananalaridan ilhomlanib, oz dunyosida bir-biridan qiziqarli adabiy ertaklarni yarata oldi.

Oskar Uayldning ana shunday ertaklaridan biri bu "Gul va bulbul" deb nomlangan ertagidir.

Ertak qahramonlari Bulbul, yoshgina tolib, bir tup atirgul va tolib sevib qolgan professorning qizi.

Ertak voqealari shunday boshlanadi. Oshiq tolib oz yoriga muhabbatining ramzi sifatida qizil atirgul taqdim etmoqchi bo'ladi. Biroq qizil atirgul bu yil chamanzorda bitmaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-347-351

Ertak qahramonlaridan biri Oshiq Tolib. U ko'p o'qigan ayniqsa falsafiy bilimlarni mukammal egallagan. Muhabbat dardiga mubtalo bo'lgan oshiq yigitdir. Yori bilan raqsga tushish orzusida hamma narsaga tayyor. Bosh qahramonlaridan yana biri Bulbul. Bulbul bog'da yashar, doim muhabbat haqida chiroyli qo'shiqlar kuylar edi. Bulbul oshiq tolibni uchratib,uning gaplarini eshitib haqiqiy oshiqni uchratganini aytadi. Buni quydagi gaplaridan bilib olishimiz mumkin: "Nihoyat, haqiqiy oshiqni ko'rdim.-dedi bulbul o'ziga-o'zL-Men uning o'zini bilmasamda ,tunma -kun uning to'g'risida kuylardim,tunma-kun uning to'grisida yulduzlarga hikoyalar so'ylardim. Mana nihoyat, uni ko'rish nasib etdi. Uning sochlari timqora , lablari esa o'zi qidirayotgan atirgulday qirmizi. Ishq dardining zoridan rangi fil suyagidan ham oqarib ketipti, g'am- gaussa uning vujudiga muhr bosibdi.

Haqiqiy oshiq bu. Bu to'g'risida men kuylaganman xolos, u esa bu dardlarni boshidan kechirayapti. Men kuylab xursand bo'lgan edim, u bo'lsa bundan azob chekyapdi. Sevgi deganlari haqiqatdan ham bir mo'jiza ekan. U zumraddan ham qimmatliroq, yoqutdan ham qadrliroq. Uni dur-u injular berib sotib olib bo'lmaydi. Sevgi bozorda sotilmaydi. Uni baqqoldan xarid qilaolmaysan va tilloga topa olmaysan".

Sevgi muhabbatni kuylovchi undan rohat oluvchi, muhabbat eng nozik tuyg'u ekanligini biluvchi, qadrlovchi bulbul ertak qahramonlaridan biri.

U haqiqatda muhabbatga ishonadi, uni eng nozik tuyg'u deb biladi. Buning isbotini o'zganing baxti,o'zganing orzusi uchun oz jonidan kechganligidan bilishimiz mumkin. Bulbul Oshiq Tolibning orzusi uchun ozini qurbon qiladi.

"-Agar senga qizil atirgul kerak bo'lsa ,- deb so'zlay ketdi Bir tup atirgul , uni to'lin oy nurlari har tomonga taralgan vaqtda kuylagan qo'shig'ining tovushlaridan oozing barpo etmog'ing kerak. Barpo etganingdan keyin esa, uni yurak qoniga chyib olmog'ing darkor. Sen menga tikanimni yuragingga sanchib turib qo'shiq kuylaysan. Sen tun bo'yi tinmay kuylamog'ing kerak. Shunda mening tikanim yuragingni tilka pora qiladi va sening qoning mening tomirlarimga o'tadi-da, menga jon ato etadi.

XULOSA

Ertakning yana bir qahramonlaridan biri bu professorning qizi, Yani Tolib sevib qolgan qiz. Bu qiz sovg'alarga , qimmatbaho buyumlarga o'ch bo'ladi. Qimmatbaho narsalar uchun hamma narsadan osonlikcha voz kechadigan, aytgan gapida turmaydigan bir gap bilan aytganda boylikka o'ch qiz.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-347-351

Bu gaplarning isbotini uning ertakda keltirilgan mana bu so'zlar bilan izohlashimiz mumkin:

"Bu gulingiz mening libosimga mos emas,- deb javob berdi qiz.-Bundan tashqari vazirning jiyani menga javohir to'g'nog'ich sovg'a qildi. Har qanday odamga ham malumki , javohir to'g'nog'ich gulga qaraganda qimmatliroq bo'ladi. Siz o'zingizni kim deb o'ylayapsiz? Bor-yog'ingiz bir talabasiz-da! Vazirning jiyanining poyabzalida kumush zanjiri bor.Sizning poyabzalingizda bunaqa zanjir bolmasa kerak , hoynaxoy? Shunday deb , u o'rnidan turdi-da , ichkari xonaga kirib ketdi"

Ertak bulbulning befoyda o'limi va tolibning javobsiz sevgisi bilan yakun topadi. Oskar Uayld bu ertagi orqali haqiqiy, chin sevgi, shuhratparastlik, shaxsiyatparastlik, haqida yozgan.

REFERENCES

1. Azizov Q., Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. (XVIII-XX asrlar) T.: Oqituvchi, 1987.

2. Aleseev M.P. i dr. Istoriya zarubejnoy literaturi (srednie veka i vozrojdeniya)-M.: Visshaya shkola, 1987.

3. Qayumov O. Chet el adabiyoti tarixi. (V-XVII asrlar) T.: Oqituvchi, 1979.

4. Istoriya zarubejnoy lituraturi XX v. -M.: Nauka, 2000.

5. The nigtingale and the rose. Oscar Wilde 2011 b 34

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.