XALQ 0С7АЫ IJODI JANRLARINI В08^А^'1СН 8ЮТ 0,QUVCHILARIDA INN0VASI0N О^ТКНМ ТАК0М^А8НТШКН Y0,LLARI Киг1ки1оуа Nigora Ки^а1;оупа
Nizomiy nomidagi ТоэкквП davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi, Toshkent shahar Sergeli tumani 317-IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12674320
Annotatsiya. BosЫang'ich ta'limda xalq og'zaki ijodi janrlarini o'qish savodxonligi darslarida PowerPoint kompyuter dasturi orqali taqdimot metodi ko'rinishida olib borish bolalarning Ьа^1апт yuqori darajaga ko'tarilishiga olib keldi va yuqori darajadagi inteltual salohiyatlarini oshirdi.
КаШ so,zlar: O'zbek хаЦ og'zaki ijodi, ег1ак, topishmoq, maqol, tez aytish, masal, hikoya.
Кш8И: Barkamol avlodni hayotga tayyorlashda ко'р asrlar davomida qo'llangan va sinalgan usul va vositalar, xilma-xil tadbirlar, milliy urf-odatlar, an'analar, tarbiya haqidagi g'oyalar o'zbek xalq pedagogikasi xazinasidagi ЬеЬ^о javohirlar hisoblanadi. Xalq pedagogikasida ifodalangan g'oyalar, tajribalar xalq og'zaki ijod namunalarida, ulug' mutafakkir оНт^т^ ilmiy va adabiy asarlarida о^ ifodasini topgan.
Ma'naviy yuksak shaxsni kamol toptirish uchun, albatta, davlat umumiy o'rta ta'lim maktablari adabiyot darslari, darsliklari, o'zbek millatining asrlarga tatigulik asarlari, xalq og'zaki ijodining ЬОУ va betakror namunalari Ы1ВП tarkib topishi lozim. Boshqa xalqlar singari o'zbek xalqi ham asrlar osha ardoqlab kelayotgan o'zining qadimiy va Ьоу ijodiyotiga ega. Xalq og'zaki ijodiyoti xalq тйНу т^пйу madaniyatining bir ko'rinishi bo'lib, har bir xalqning ma'naviy-axloqiy xazinasi hisoblanadi. Folklor asarlari xalqning ma'lum Ыг davrdagi turmush tarzi, faoliyati, iymon, e'tiqod va madaniy darajasi haqida ma'lumot beradi. Barkamol avlod ma'naviyatini shakllantirishda xalq og'zaki ijodi ттиткп muhim ahamiyat kasb etib, bu xazina xalqparvarlik va vatanparvarlik, rostgo'ylik va to'g'riso'zlik,
mehnatsevarlik va kamtarlik, o'z xalqiga, o'z millatiga, o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtga nisbatan chuqur hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu bois o'quvchilarda milliy g'urur tuyg'usini, ma'naviyatni shakllantirish bizning burchimizdir. Shunga ko'ra xalq og'zaki ijodining barcha janrlari, xususan, doston, qissa, maqol, ertak, masal, tez aytish, topishmoqlar o'quvchilarni ma'naviy yetuk, sog'lom avlod qilib tarbiyalashda asosiy omil hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi: boshlang'ich sinflarda xalq og'zaki ijodi asarlarini o'rganish metodlarini ishlab chiqish va boshlang'ich sinf o'quvchilarga bu asarlar bilan ta'lim berishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Tadqiqotning vazifalari: Oldimizga quyidagi vazifalarni quydik.
-Boshlang'ich sinflarda xalq og'zaki ijodi janrlarini o'qish orqali o'quvchilarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va kamtar, tadbirkor va ziyrak inson ruhida tarbiyalash masalasini yoritib berish.
-O'qish savodxonligi darslarida xalq og'zaki ijodi janrlarini PowerPoint kompyuter dasturi orqali taqdimot metodi ko'rinishida o'tishni o'rganish.
Natijalar. 317-IDUM dagi o'zim rahbarligimdagi 2-A sinfda "O'qish savodxonligi" fanidan Xalq og'zaki ijodi janrlaridan prezintasiya ko'rinishida dars jarayonlarida tatqiqot ishlarini olib bordim.
Rasmlar №1. 2-A sinfda bo'yicha olingan natijalar
Xalq og'zaki ijodi janrlarini prezentasiya ko'rinishida dars jarayoni
Tadqoqot natijalari JAPS dasturida matematik statistik analiz qilindi. Diagramma №1.
5 -i
4 - _==_
3 -
2 -
1 -
0 J -
Tekshiruvgacha
Diagramma №2.
6 -i
5 -4 -3 -2 -1 -
TekshiruvgachaTekshiruvdan keyin
Tekshiruvdan keyin
Diagramma №3. 5.0 -|
3.6
ТекэЫгиудасМа ТекзЫгиус1ап кеут
Diagramma №4.
4 -3-2-10 1 2
ТекэЫгиудасИа - Тек8Ыгиус1ап кеу1п
Jadval №1.
N Mean SD SE Coefficient of variation
Tekshiruvgacha 37 3.892 0.875 0.144 0.225
Tekshiruvdan keyin 37 4.649 0.538 0.088 0.116
Jadval №2. Test of Normality (Shapiro-Wilk)
W p
Tekshiruvgacha - Tekshiruvdan keyin 0.844 < .001
O'quvchilarga darslarni prezentatsiya ko'rinishida taqdim etishning bir nechta foydasi bor:
Visual Tushunchalar: Prezentatsiya ko'rinishida o'qish, o'quvchilarga visual ravishda tushunchalar beradi. Rasmlar, grafiklar, va diagrammalar orqali ma'lumotlar o'qib tushuntiriladi, bu esa o'quvchilarning ma'lumotlarni tushunishini oshiradi.
Qiziquvchanlik va qiziqtirish: Prezentatsiya ko'rinishida dars o'qish, o'quvchilarning diqqatini jalb qiladi. Animatsiyalar, interaktiv elementlar, va jihatdan shunday ko'rsatmalar darslarni qiziquvchan qiladi va o'quvchilarni qiziqtiradi.
O'rganishni oshirish: Prezentatsiyalar, ma'lumotlarni tashqi jihatdan ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgani uchun, o'quvchilarni o'rganish jarayonini oshirishga yordam beradi. O'quvchilar dars ma'lumotlarini o'rganish va qayta qurish uchun animatsiyalar va illyustratsiyalar orqali foydalanishi mumkin.
O'qishning samaradorligi: Prezentatsiya ko'rinishida dars o'qish, o'quvchilarga ma'lumotlarini oson tushunishda yordam beradi, shuningdek, ularning
darsni yaxshi eshitishini ta'minlaydi. Bu esa o'quvchilarning darslardan samaraliroq foydalanishiga imkon beradi.
O'quvchilarningyaratuvchanligini oshirish: Prezentatsiyalar o'quvchilarning o'z fikrlarini ifodalash, o'zgaruvchanlik va yaratuvchanliklarini oshirishga yordam beradi. Ular o'zlarining fikrlarini tasavvur qilish va o'rganilgan ma'lumotlarni o'z fikrlari va mulohazalari bilan bog'lash imkoniyatiga ega bo'ldi.
O'quvchilarning IT ko'nikmalarini rivojlantirish: Prezentatsiyalar tayyorlash, tahlil qilish va ko'rsatish jarayonida, o'quvchilar IT ko'nikmalarini o'rganishlari va rivojlantirishlari mumkin.
O'quvchilar uchun qo'llanma: Prezentatsiyalar o'quvchilarga dars ma'lumotlarini o'rganish uchun qo'llanma taqdim etish imkoniyatini berdi. Ular dars jarayonida yuzaga kelgan muammo yoki savollar uchun qo'llanmaga ega bo'lishadi.
Barcha bu afzalliklar natijasida, prezentatsiyalar darslarni ko'rsatish va o'quvchilarning o'rganishini oshirishga yordam beradi.
Xulosalar. Olingan natijalar va ularni muhokamasidan so'ng qo'yidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Boshlang'ich sinf ta'lim-tarbiya mazmuni o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalariga boyligi o'quvchilarning odob-ahloqini shakllantirish, qadriyatini oshirish, tarbiyalash, axloqiy va ma'naviy rivojlantirishga ko'maklashadi. O'quvchilarni qadriyatga ega qilish, ularning jamiyatdagi o'rinlarini o'rgatish, jamiyat bilan hamkorlik qilish, maslahatlashish va adolatli bo'lish, shuningdek, qadriyatga ega bo'lgan kishilarni hurmat qilish va boshqalar bilan hamkorlik qilish muhimdir.
2. O'qituvchi o'quvchilarga xalq og'zaki ijodi namunalari orqali axloqiy fazilatlarni shakllantirishda ta'lim va tarbiyaning birligini ta'lim qiladi. Bu qoidalar bilan amal qilish o'quvchilarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga va ularda turli insoniy fazilatlarni shakllantirishiga xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodi namunalari bu jarayonni o'z ichiga olganligi sababli, ularni o'qitish o'quvchilarni axloqiy ravishda tarbiyalashning samarador vositalaridan biri sifatida hisoblanadi.
3. Bu usullar o'quvchilarni axloqiy jihatdan yetuk inson qilib shakllantirishda foydalaniladigan eng foydali usullardan biri hisoblanadi. Bular: o'quvchilar ongini shakllantiruvchi usullar (suhbat, hikoya, tushuntirish); o'quvchilar ongini shakllantiruvchi omillar (namuna, mashq, odatlantirish, o'rgatish, o'yin); rag'batlantiruvchi va jazolovchi usullar (maqtov, qo'llab-quvvatlash, iltimos qilish, tilak-istak bildirish, maslahat, undash, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqishlash, ta'na qilish, tanbeh, uyaltirish, musobaqa, qo'rqitish va boshqalar); o'z -o'zini tarbiyalash (shaxsiy majburiyat olish, o'z-o'zini nazorat qilish, o'z-o'zini baholash, o'z-o'zini tanqid qilish)".
4. Boshlang'ich ta'limda xalq og'zaki ijodi janrlaridan prezintatsiya ko'rinishida dars jarayonlarida olib borish darslarni ko'rsatish va o'quvchilarning o'rganishini oshirishga yordam berdi. O'quvchilar o'zgarish va o'rganish qilishlari uchun mativatsiyalangan bo'ldi. Natijalar shuni ko'rsatmoqdaki bu bolalarni intelektual salohiyatini, xotirasini va baholarini 23,4% ga ko'tarilishiga olib keldi.
5. Biz ushbu tatqiqod ishida muammoning barcha jihatlarini yorita oldik deya olmaymiz. Chunki bunga uning hajmi yetarli darajada imkon bermaydi. Keyingi tadqiqot ishlarimizda bu muammo ustida yanada kengroq va chuqurroq ish olib borish niyatidamiz.
Adabiyotlar ro'yxati.
1. Aydarova U.B. "O'qish savodxonligi" 1-sinf uchun darslik. 1,2-qism. Toshkent: Navda Edutainment, 2023.
2. Aydarova U.B. "O'qish savodxonligi". 2-sinf uchun darslik. 1,2,3,4-qism. Toshkent: Navda Edutainment, 2023.
3. Aydarova U.B. "O'qish savodxonligi". 3-sinf uchun darslik. 1,2,3,4-qism. Toshkent: Navda Edutainment, 2023.
4. Aydarova U.B., Azizova N.K.. "O'qish savodxonligi". 4-sinf uchun darslik.
1,2,3,4-qismlar. Toshkent: Navda Edutainment, 2023.