Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODIYOTI NAMUNALARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR'

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODIYOTI NAMUNALARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
691
215
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maqol / masal / ertak / sehrli ertak / naql ertak / rivoyat / doston / xalq og‘zaki ijodi janrlari / ma’naviy tarbiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ruzikulova Nigora Kudratovna, Ro’Ziyeva M.Y

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda xalq og‘zaki ijodining o‘rni, bunda folklor janrlaridan unumli foydalanish, maqol, ertak,topishmoq, rivoyat janrlari haqida tahliliy misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA XALQ OG’ZAKI IJODIYOTI NAMUNALARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA XALQ OG'ZAKI IJODIYOTI NAMUNALARINI O'RGATISHDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALAR 1Ruzikulova Nigora Kudratovna 2Ro'ziyeva M.Y

lOsiyo xalqaro universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) mutaxassisligi II bosqich magistranti 2Toshkent shahar Sergeli tumani 317-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10115273

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang 'ich sinflarda xalq og 'zaki ijodining o 'rni, bunda folklor janrlaridan unumli foydalanish, maqol, ertak,topishmoq, rivoyat janrlari haqida tahliliy misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: maqol, masal, ertak, sehrli ertak, naql ertak, rivoyat, doston, xalq og 'zaki ijodi janrlari, ma 'naviy tarbiya.

Hozirda ta'lim-tarbiya tizimida asl milliy qadriyatlarga tayanish tobora qaror topib bormoqda va ko'ngil tarbiyasiga, ya'ni inson ma'naviyatini shakllantirishga birlamchi vazifa sifatida yondashish ustuvor bo'lib bormoqda. Binobarin, yosh avlodni yoshligidan ma'naviyatli qilib tarbiyalashga e'tibor berib borilsa, u o'zining katta samarasini beradi. Shunga ko'ra xalq og'zaki ijodining barcha janrlari, xususan,topishmoq, maqol, ertak, tez aytish, qo'shiqlar o'quvchilarni ma'naviy yetuk, sog'lom avlod qilib tarbiyalashda asosiy omil hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" va "O'qish"darsliklarida berilgan xalq og'zaki ijodiga mansub materiallarni o'qish jarayonida o'quvchilar nafaqat o'zbek xalqining o'lmas ma'naviyat buloqlaridan bahramand bo'ladilar, balki o'zlari ham sevib o'qigan ertak- dastonlardagi qahramonlar kabi vatanparvar, mard, jasur, to'g'riso'z, mehnatsevar, kamtar va mehribon insonlar bo'lib yetishishni orzu qiladilar. Ana shunday kishilar haqida tasavvur hosil qiladilar, ezgulikni hayotdagi o'rnini bilib oladilar. Bularning hammasi bola shaxsining shakllanishiga yordam beradi.

Ona tili va o'qish savodxonligi va o'qish darslarida bolalarni xalq og'zaki ijodi asarlari vositasida estetik tarbiyalashga ham alohida ahamyat beriladi. O'qitilayotgan matn va uni o'rgatish metodlari bolaning estetik qabul qilish qobilyatini, tabiat va jamiyatdagi haqiqiy go'zallikni ajrata olish, kishilar hayoti va san'atdagi go'zallikni his qilish kabi estetik fazilatlarni rivojlantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bularning hammasi boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyalashda hamda ularning ma'naviy dunyosini boyitishda xalq og'zaki ijodi materiallarining alohida o'rni borligini ko'rsatadi.

Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g'urur tuyg'ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan boshlang'ich sinflarda o'quvchilar "O'qish va nutq o'stirish" dasturi asosida tuzilgan "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklari orqali ko'plab xalq og'zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar. Bu asarlarni o'qib-o'rganish uchun boshlamg'ich sinf o'quv dasturida muayyan vaqt ajratib ko'rsatilgan bo'ladi.

1-sinfdan tortib 4-sinfgacha "Ona tili va o'qish savodxonligi" va "O'qish kitobi" darsliklarida xalq og'zaki ijodi alohida bo'lim sifatida ko'rsatilgan va ularni o'rganish uchun muayyan bir soatlar belgilangan.

"Xalq o'giti - baxt kaliti" bo'limiga bolalar qalbiga ona allasi bilan kirib kelgan og'zaki ijod namunalari kiritilgan bo'lib, ezgulik, to'g'ri so'zlik, sofdillik, nafosat, do'stlik, o'rtoqlik, ahillik haqida tasavvur hosil qiladi.

O'quvchilarning 1-sinfda va mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan asarlar:

1. "Sher va sichqon" ertagi.

2. "Maymun va duradgor" ertagi.

3. "Rostgo'y bola" ertagi.

4. "Laylak keldi - yoz bo'ldi" qo'shig'i.

5. Latifalar

Ertaklar orqali o'quvchilar sarguzashtlar olamiga sayohat qilishadi. Nima yaxshi-yu, nima yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib oladilar. Ertak qahramonlarining holatini so'zlab berish, voqealarni rasmda ifodalashga alohida e'tibor qaratiladi.

O'quvchilarning 2-sinfda va mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan ertaklari:

1. Quyoshbobo nurlari.

2. Maqtanchoq ayiq.

3. Nima totli?

4. Ertaklar.

5. Mashhur rassom.

6. Baxtli bo'lish osonmas.

7. Ko'ngilchan o'tinchi.

8. Uzun terak.

9. O'jar baliqchi.

10. Dono dehqonbobo.

11. Quyoncha va ayyor tulki.

12. O'tinchi yigit bilan sher.

13. Urto'qmoq.

14. Oltin tuyoqli kiyik.

15. Oq ko'ngil chol va xasis boy

16. Ko'p ko'rgan ko'p biladi.

3-sinf darsligidagi xalq og'zaki ijodi namunalari orqali o'quvchilarga xalqning orzu-umidlari, do'stlik, ahillik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, fazilatlari ulug'lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishi uqtiriladi. O'quvchilar qo'shiq, ertak, topishmoq, tez aytish va maqollar bilan tanishadilar. "Inson nima uchun hammadan kuchli?", "Botir mergan va chaqimchi", "Tulki bilan laylak","Mehnatning tagi-rohat", kabi o'zbek xalq ertaklarini o'qiydilar. Shuningdek, "Qaysar buzoqcha", "Chumoli va tipratikan" masallarini o'rganadilar.

4-sinf "O'qish kitobi" darsligidagi "Xalq og'zaki ijodi" bo'limini o'rganish uchun esa 28 soat ajratilgan. Bunda o'quvchilar xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo'shiqlar, bolalarning quvnoq o'yin-qo'shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo'g'rilgan rivoyatlarni o'qib-o'rganadilar. Bo'limning o'zi 5 qismdan iborat:

1- qism "Qo'shiqlar qanotida" deb ataladi. Bunda "Boychechak" ,"Oftob chiqdi olamga" , "Xo'p hayda" qo'shiqlari berilgan.

2- qism "Ertaklar mamlakatida" deb nomlanadi. Undan "Davlat" , "Ilm afzal" , "Ko'zacha bilan tulki", "Ochko'z boy", "Hiylagarning jazosi" , "Ziyrak uch yigit" ertaklari o'rin olgan.

3-qism "Adabiy ertaklar bo'lib, unda Anvar Obidjonning "Bo'rining tabib bo'lgani haqida ertak", Shukur Sa'dullaning "Laqma it", A.Abdurazzoqning "Baqa bilan taqa" ertaklari mavjud.

4-qism "Topishmoqlar". Bunda 5 ta topishmoq va G'afur Gulomning "Buni toping, qizlarim" she'riy topishmog'i berilgan.

5-qism "Maqollar" bo'lib, bu yerda 11 ta maqol mavjud.

Boshlang'ich sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" va "O'qish kitobi" darsliklaridagi xalq og'zaki ijodiga mansub asarlar mundarijasi tahlilidan ham ko'rinadiki, o'quvchilar maktabga qadam qo'ygan davridanoq xalqning o'lmas merosidan, ma'naviyat sarchashmasidan, ya'ni og'zaki ijodi namunalaridan bahramand bo'lar ekan. Bu asarlarni o'rganish jarayonida ularning tarbiyaviy jihatlariga diqqat qilish, ulardan yosh avlodning insoniy fazilatlarini shakllantirishda unumli foydalanish esa har bir o'qituvchining eng mas'uliyatli vazifasi bo'lib qolaveradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari xalq og'zaki ijodi namunalaridan dastlab ertak bilan tanishadilar. Boshlang'ich sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklarining barchasiga ko'plab ertaklar kiritilgan. Jumladan, 1-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligida "Zumrad va Qimmat", "To'g'rivoy va Egrivoy", "Uch og'ayni botirlar", "Oltin tarvuz", "Qizil qalpoqcha" kabi ertaklar berilgan.

2-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi darsligida "Donishmand soat", "Zumrad va Qimmat", "O'tinchi yigit bilan sher", "Urto'qmoq", "Oltin tuyoqli kiyik", "Oqko'ngil chol va xasis boy", "Snog'idan adashmadi","O'jar baliqcha", "Quyoncha va ayyor tulki" kabi ertaklar bilan tanishadilar.

3- sinf "O'qish kitobi" darsligida 13 bo'lim bo'lib, "Xalq og'zaki ijodi" bo'limida 4 ta ertak: "Botir mergan va chaqimchi", "Ahillik- ulug' baxt", "Halollik", "Donishmand yigit" "Barakalla, bo'tam", "Noahillik oqibati" ertaklaridir.

4-sinf "O'qish kitobi" darsligida 14 bo'lim bo'lib, "Xalq og'zaki ijodi" bo'limining "Ertaklar mamlakatida" 7 ta, "Adabiy ertaklar" qismida 3ta ertak, boshqa bo'limlarda 2 ta ertak berilgan. Jumladan, "Chaqimchiga mukofot", "Omonatga xiyonat", kabi ertaklar mavjud.

Boshlang'ich sinflarda ertaklarni o'rganishda quyidagicha maqsadlar ko'zda tutiladi:

1. Bolalarni barkamol inson ruhida tarbiyalash, ularda Vatan, jamiyatga muhabbat hissini tarbiyalash.

2. O'quvchilarga xalq ertaklari materiallari bo'yicha Milliy dastur asosida bilim

berish.

3. O'quvchilarda ertak materiallarini o'qishga havas uyg'otish.

4. O'quvchilarning o'qish, og'zaki nutq malakalarini rivojlantirish.

5. Texnika vositalaridan foydalanishga o'rgatish.

Mana shu maqsadni amalga oshirish uchun boshlang'ich sinflarda sinfda o'qish darslarida o'qib o'rganiladigan materiallar orasidan o'quvchilarni insoniy fazilatlar egasi qilib tarbiyalashni o'zining asosiy g'oyasi sifatida aks ettirgan bir qator xalq og'zaki ijodi namunalarini tahlilga tortamiz.

Ma'lumki, inson barkamolligida ustuvor o'rin egallagan jihatlardan biri ilmli bo'lishga intilish, bilimga chanqoqlik hisoblanadi. Shuning uchun o'quvchilarda 1-sinfdan boshlab bu mavzudagi ertaklar o'qitiladi. 4-sinfda esa "Ilm afzal" ertagi o'rganiladi. Bu ertakni o'rganishdan asosiy tarbiyaviy maqsad o'quvchilarni ilm olishga qiziqtirish, limning inson hayotidagi o'rnini ko'rsatish hisoblanadi.

O'qituvchi ertakni ifodali qilib o'qib va so'zlab berar ekan, undagi bu jihatlarga alohida e'tibor qaratadi. Ertak mazmuniga ko'ra bir cholning 8 nafar o'g'li va bir nafar qizi bo'lgan ekan. Qizi juda aqlli, o'z ziyrak zehni bilan akalaridan ajralib turar ekan.Bir kuni chol qiziga uning akalari ilm olishga qiziqmasligi, o'z vaqtlarini ot choptirib, shaharma-shahar kayf-usafo bilan o'tkazayotganliklaridan nolinibdi va bu xususda o'z qizidan maslahat so'rabdi. Qiz esa akalarini mehmonga chaqirib, ulardan "Ilm afzalmi yoki davlatmi?" deb so'rashni, oxirida uning o'ziga ham shu savolni berishini maslahat beribdi. Chol o'g'illarini mehmonga chaqirib ularning har biriga yuqoridagi savolni beribdi.

To'ng'ich o'g'il otasiga uning borligini, mol-davlatlari yetarli ekanligini, ilm olishga hojat yo'qligini aytibdi. Keyingi aka-ukalar ham pul-u mol-dunyo bo'lsa ilm nimaga kerak degan javobni beriblilar. Chol ularning javoblaridan juda xafa bo'libdi. Oxirgi sakkizinchi o'g'il esa "Menga davlat emas, ilm afzal",- debdi. U o'ziga mol-davlat tegvasligini, otasining ko'zi ochiqligida ilm olishga roziligini aytibdi. Shunda eshik orqasida akalari bilan otasining bahs-u javoblarini tinglab turgan qiz kenja kasining javobi to'g'riligini, lekin u ham limning nima uchun afzalligini aytolmaganligini aytib, bu savolga o'zi javob beribdi. U agar kishi ilmli bo'lsa, u aqlli, shirinsuxan, odobli bo'ladi, bunday odamlarni hamma hurmat qiladi, unga o'xshashga intiladi debdi. Hamda Ilmli odam vafot etsa odamlar donishmanddan ayrildik deb qayg'uradilar, davlatmand o'lsa, bir nafsiband odamdan qutuldik deydilar de quvonadilar, shuningdek, boy odam hamisha o'z mol-davlatidan xavotirda yashaydi, ilm esa eskirmaydi, chirimaydi, mol-mulk esa chiriydi, sovuqda qotadi, olovda kuyadi, shuning uchun ilm afzal deb gapiribdi. Oqila qizni otasi va akalari jim eshitibdilar, qizning haqligini bilib, mehnat qilishga kirishibdilar. Chol esa kenja o'g'li va qizini o'qishga berib, murod-maqsadlariga yetibdilar. Mana shu ertakni o'qish darsida o'qituvchi har bir o'g'lining javobl;arini tahlil qilib, limning nima uchun afzalligini misollar bilan tushuntirib beradi. Ertak mazmuniga mos keladigan xalq maqollarini keltiradi. "Kuchli birni yengar, bilimli mingni yengar" maqolini izohlab beradi. Ilm egallashga yoshlikdan qunt qilish kerakligini, "Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqshday" ekanligini, agar vaqt behuda o'tkazilsa, "So'nggi pushaymon, o'zingga dushman" ekanligini tushuntirib beradi. Hadislarda ham "Beshikdan qabrgacha ilm izla" deyilgani bejiz emasligini tushuntiradi. Ertak mazmuni asosida o'quvchilarning o'zidan hayotlarida o'zlari tanigan va bilgan ilmli odamlar haqida gapirib berishni so'raydi. Bu kabi usullarning qo'llanishi o'quvchilar qalbida bilimli bo'lishga ishtiyoq uyg'otadi. Ilm inson shuurini yoritishini bilib oladilar.

Xulosa qilinganda, har qanday ma'naviyatli inson avvalo rostgo'y, halol va mehnatsevar bo'lmogi lozim. O'zbek xalq ertaklarida ham ana shunday fazilatlatlar

ulug'lanadi. Yolg'onchilik, baxillik va dangasalik kabi illatlar qoralanadi. Ana shunday mazmundagi ertaklar boshlang'ich sinflarda o'qib-o'rganilganda, o'quvchilarda shunday insoniy fazilatlar kamol toptirilishiga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki kichik yoshdagi o'quvchilar juda ta'sirchan bo'ladilar, ular ertaklarda berilgtan ezguliklardan quvonadilar, aksincha yovuzliklardan nafratlanadilar. Ana shu jarayonda o'quvchilarda komillik xislatlarini shakllantirish ayniqsa alohida o'rin tutadi.

REFERENCES

1. Matjonov S. , A. Shoalilov, X. Gulomova, SH. Sariyev, Z. Dolimov, 4-sinf O'qish kitobi -Darslik. Tosh., "Yangiyo'l Poligroaph Service", 2011.

2. Mirzayev T. va boshqalar "Ozbek xalq og'zaki xrestomatiya" T.Mirzayev va boshqalar "Aloqachi" 2008y.

3. Mavlonova K. [va boshq.]. Ona tili va o'qish savodxonligi. 1-qism Darslik 2-sinf uchun. -Toshkent: "Respublika ta'lim markazi", 2021. - 120 b.

4. Qosimova K. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent: "O'qituvchi", 1985. -В. 216.

5. Ro'ziyeva M.Y. Bolalar folklori. O'quv qo'llanma. -B.: "Durdona", 2022. -241b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.