Научная статья на тему 'XALQ O’YINLARINING ETNOPЕDAGOGIK TASNIFI'

XALQ O’YINLARINING ETNOPЕDAGOGIK TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
984
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / ma’naviyat / xalq o’yinlari / qadriyat / etnopedagogika.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aripov Zoirjon Toirjonovich

Etnopedagogika – xalq milliy an’ana, ijtimoiy tajriba, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-etnik qadriyatlarining psixologik-pedagogik asoslarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan pedagogika fani tarmog’i. Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi. Ushbu maqolada xalq o’yinlarining etnopеdagogik tasnifi tadqiq etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ O’YINLARINING ETNOPЕDAGOGIK TASNIFI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

XALQ O'YINLARINING ETNOPEDAGOGIK TASNIFI

Aripov Zoirjon Toirjonovich

o'qituvchi, Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Etnopedagogika - xalq milliy an'ana, ijtimoiy tajriba, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy-etnik qadriyatlarining psixologik-pedagogik asoslarini aniqlash va amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan pedagogika fani tarmog'i. Etnopedagogikada insonparvarlik tarbiyasi xalq pedagogik qarashlarining negizini tashkil etadi. Umuman, etnopedagogika manbalarida tasvirlangan barcha obrazlarda insonparvar shaxslar ijobiy obraz sifatida tasvirlanadi.

Ushbu maqolada xalq o'yinlarining etnopedagogik tasnifi tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, ma'naviyat, xalq o'yinlari, qadriyat, etnopedagogika.

Xalq o'yinlarining komil inson -shaxs sifatida shakllanishida etnopedagogik mohiyati va tasnifiy xususiyatlari quyidagilardan iborat.

Xalq o'yinlarining paydo bo'lish tarixi jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlari bo'lgan uzoq moziyga borib taqaladi. Tarixiy, arxeologik va etnografik manbalarda ham xalq o'yinlarining kelib chiqishi hamda rivojanishiga doir qiziqarli ma'lumotlarni uchratamiz.

Har bir xalq o'tmish avlodlaridan qolgan madaniy merosiga ega bo'lib, uning madaniy boyliklari xazinasiga xalq o'yinlari ham kiradi. Xalq o'yinlari o'zining vujudga kelishi va rivojlanishiga ko'ra g'ayrioddiy hodisa emas, balki xalqning hayotini obrazli, muayyan aks ettiradigan va jamiyat taraqqiyoti qonunlariga hamohang belgilanadigan faoliyatdir .

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o'yinlari muhim o'rin tutgan. Ba'zi manbalarda ular ovdan oldin o'tkazilishi yozilgan bo'lsa, boshqalarida ovdan so'nggi o'yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma'lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo'lsak, unda ovchilik o'yinlari ovdan oldin ham, undan so'ng ham o'tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o'yinlar - avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o'tagan hamda jiddiy o'ziga hos kichik ibtidoiy odamlar o'ljani osongina qo'lga tushirish, unga yaqinlashishni o'rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga tushishni, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan.

Aynan ana shunday o'yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o'rgatishgan. Shu boisdan ham u o'ziga xos maktab vazifasini o'tab, bir tomondan, ovchilar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. mahoratini o'stirishga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san'atini shakllantirgan va rivojlantirgan.

Paleolit davrining oxirlarida otish qurollari - nayza, keyinroq esa kamon, yoydan otish kashf etildi. Grek tarixchisi Gerodot xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: "Saklar dunyodagi merganlar orasida o'qni zoe ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi"

Xalq o'yinlari tasodifan paydo bo'lgan emas, qadimiy ajdodlarimiz ularni shu darajaga olib kelgunlaricha og'ir, mashaqqatli yo'lni bosib o'tganlar. Har bir davrda o'sib kelayotgan yosh avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash tabiiy va ijtimoiy zaruriyat edi. Demak, ajdodlarimizning ovchiligi asosida "ovchilik o'yinlari", chorvachilik asosida "ho'kiz, ot, ayiq, bo'ri, tulki va boshqalar o'yinlari", dehqonchilik asosida - "mehnat o'yinlari" shakllandi.

Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy (eramizdan oldingi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: "Sak ayollari ayyorlik bilan qochib keta turib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib o'q uzar edilar"[1].

Xalqning yashashi, mehnati va o'z-o'zini himoya qilish ehtiyojlaridan xalq o'yinlari kelib chiqqan. Xalqimizning ajoyib dostoni bo'lgan "Alpomish" dostonida tirandozlik haqida so'z ketadi. Chunonchi, "Hakimbek yetti yoshga kirgan edi. Oltinbiy bobosidan qolgan o'n to'rt botmon birinchdan bo'lgan parli yoyi bor edi. Ana shu yetti yashar bola - Hakimbek shul o'n to'rt botmon yoyni qo'liga ushlab ko'tarib tortdi, tortib qo'yib yubordi. Yoyning o'qi yashinday bo'lib ketdi. Asqar tog'ining katta cho'qqisini yulib o'tdi..." Dostonning asosiy qahramonlaridan biri bo'lgan Barchin erga tegish uchun to'rtta shart qo'ydi. SHartlarning ikkitasi o'q-yoy otish bilan bog'liq. Masalan, ikkinchi shart: ...yoy tortishsa, yoyi sinmay qolganga, - men tegaman shul yoyandoz polvonga, deydi. Uchinchi shart:

Ming qadamdan tanga pulni urganga,

Men tegaman shul qarchig'ay merganga.

Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk", Abu Ali ibn Sinoning "Tib qonunlari", Kaykovusning "Qobusnoma", Umar Xayyomning "Navro'znoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" ,Husayn Voiz Koshifiyning "Fituvvatnomayi Sultoniy yoxud Javonmardlik tariqati", Alisher Navoiyning "Xamsa", "Lisonut-tayr", "Mahbub ul-qulub", Zayniddin Vosifiyning "Nodir voqealar", Amir Temurning "Temur tuzuklari, "Temurnoma", Zahiriddin Boburning "Boburmoma" va boshqalar, shuningdek, Oybekning "Alisher Navoiy" tarixiy romani, "Bolalik" qissasi, Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar", Mirmuhsinning "Temur Malik" Raddiy Fishning "Jaloliddin Rumiy" va shu kabi tarixiy-ilmiy- badiiy asarlarda xalq o'yinlarining paydo bo'lishi tarixi va rivoji to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Mahmud Qoshg'ariy XI asrda yashab, turkiy xalqlar og'zaki ijodini to'plashda jonbozlik ko'rsatib, turkshunoslik fanini asoschilaridan biri bo'lib, bu fanning rivojiga ulkan hissa qo'shgan olimlarning ustozidir. M.Koshg'ariy o'zining "Devonu lug'otit turk" asari ustida 15 yil tinimsiz ishladi, uzoq yillar yurtma-yurt kezib manba to'pladi.. Bu hududda yashagan urug' va qabilalar, xalqning yashash tarzi, kasb-kori, turar joylari, urf-odatlarini, ularni tillarini sinchiklab o'rgandi[2].

Adabiyotlat:

1. Afonasin Ye.V. «Gnoseologiya» Klimenta Aleksandriyskogo i grecheskaya filosofiya, - Kliment Aleksandriyskiy. Stromatbi. Per. Ye.V. Afonasina. T. 1. M., 2003, s. 503-542.

2. Maxmud Koshgariy "Devonu lugatit turk" III tom T.; Uzb. SSR F.A. nashriyoti 1963, 46- bet.

3. Kholmatova, Z. T. (2019). GENDER EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 199-207.

4. Kholikova, D. M. (2019). INNOVATIVE ACTIVITY OF MODERN HIGH SCHOOL: TENDENCIES OF DEVELOPMENT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 215-220.

5. Кипчакова, Ё., Махмудова, М., & Умарова, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕ^НАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

6. Шухратова, Ю. Ш. (2021). SIMILARITY AND COMPARISON IN COMPOUND SENTENCES. Экономика и социум, (5-1), 454-457.

7. Ботирова, Н. Д. РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ DEVELOPMENT OF PRODUCTIVE THINKING OF YOUNGER SCHOOLBOYS. Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по гуманитарным наукам. Подробнее на, 4.

8. Alimjonova, M. Y. (2021). The role of the national values in the history of pedagogical education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1040-1044.

9. Shavkatovna, S. R. N. (2021). METHODICAL SUPPORT OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 74-76.

10. Nurbek, A. (2021, December). THE COMBINATION OF SOCIAL RELATIONSHIPS AND PSYCHOLOGICAL HEALTH. In Conference Zone (pp. 268-270).

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

11. Джалолова, М., Рахманова, Э. Ю., & Косимова, Х. Н. (2021). ВОСПИТАНИЕ СЕНСОРНОГО ВОСПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 7(6).

12. Jаbbоrоvа, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

13. Ismoilovich, I. M. (2021). THE SOCIETY IS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT PRIORITY IN EDUCATION SYSTEM REFORM FUNCTIONS.

14. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 31-32.

15. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зохддова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2).

16. Абдумаликов, А. А. (2019). HUMAN AND NATURAL HARMONY IN THE HISTORICAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 205-209.

17. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).

18. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

19. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). ROLE OF ETHICAL CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS. Интернаука, (11-2), 50-51.

20. Asadullaeva N. Pedagogical Factors Of Formation Of Active Life Position Among Young Generation //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 01. - С. 576-584.

21. Ташланова, Н. Д. (2019). Развитие критического мышления студентов в вузах. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

22. Mukhamadqodirovich R. A. The role of mass media in the history of the period of independence //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 356-359.

23. Sayitkhonov A. THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITIES OF YOUTH TO ENTREPRENEURSHIP //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 1. - С. 38-41.

24. Yuldashev, I. A. (2020). Pedagogical Bases Of Formation Of Social Activity In Pedagogical Sciences. Теория и практика современной науки, (5), 67-69.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

25. Арипов, З. Т. (2020). ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНО-РЕЧЕВОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ОБУЧЕНИЮ. ББК 74.268. 0 П 78 Рецензенты: доктор филологических наук ЕА Елина доктор филологических наук НМ Орлова, 108.

26. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

27. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

28. Салойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

29. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.