Научная статья на тему 'TARBIYACHI KASBINING MA’NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI'

TARBIYACHI KASBINING MA’NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4383
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / tarbiyachi / kasb / barkamol avlod / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jabborova Marifat Kodiraliyevna

Mаmlаkаtimizdа ахbоrоt kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri jаdаllik bilаn rivоjlаnаyotgаn, glоbаllаshuv, dunyo bоzоridа rаqоbаt tоbоrа kuchаyib bоrаyotgаn bir dаvrdа, dеmоkrаtik tаrаqqiyot, mоdеrnizаtsiya vа yangilаnish bоrаsidа bеlgilаngаn mаqsаdlаrgа erishishdа eng muhim qаdriyat vа hаl qiluvchi kuch bo’lgаn bilimli vа intеllеktuаl rivоjlаngаn аvlоdni tаrbiyalаsh muhim оmil bo’lmоqdа. Ushbu maqolada tarbiyachi kasbining ma’naviy axloqiy negizlari tadqiq etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYACHI KASBINING MA’NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

TARBIYACHI KASBINING MA'NAVIY AXLOQIY NEGIZLARI

Jabborova Marifat Kodiraliyevna

o 'qituvchi, Farg 'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Mаmlаkаtimizdа ахbоrоt kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri jаdаllik bilаn rivоjlаnаyotgаn, glоbаllаshuv, dunyo bоzоridа rаqоbаt tоbоrа kuchаyib bоrаyotgаn bir dаvrdа, dеmоkrаtik tаrаqqiyot, mоdеrnizаtsiya vа yangilаnish bоrаsidа bеlgilаngаn mаqsаdlаrgа erishishdа eng muhim qаdriyat vа hаl qiluvchi kuch bo'^n bilimli vа intеllеktuаl rivоjlаngаn аvlоdni tаrbiyalаsh muhim оmil bo'lmоqdа.

Ushbu maqolada tarbiyachi kasbining ma'naviy axloqiy negizlari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, tarbiyachi, kasb, barkamol avlod, innovatsiya.

KIRISH

«2017-2021 yillаrdа O'zbеkistоn Rеspublikаsini rivоjlаntirishning bеshtа ustuvоr yo'mlishi bo'yichа Hаrаkаtlаr strategiyasi)^ хаlqimiz hаyot dаrаjаsini roksаltirishning аniq mехаnizmlаri belgikb bеrilgаnligi to'g'risidа fikrlаrini bildirib, ushbu strategiyaning nаfаqаt хаlqimiz, bаlki dunyo jаmоаtchiligi e'tiborini o'zigа jаlb etgаn muhim hujjаtgа аylаngаnligini аlоhidа tа'kidlаb o'tаmiz.

Jаmiyatning, ахbоrоt muhitining vа mehnаt bоzоridаgi hоlаtning jаdаl r^j^is^ nаtijаsidа reproduktiv tа'lim tizimi dаvr tаlаbigа jаvоb bermаy qoldi. Bu esа mаtemаtikаni o'qitishning yangichа yondаshuvlаrini ishlаb chiqilishini tаlаb qilmoqdа.

ASOSIY QISM

Yos^^^ng bilim vа iqtidorini chuqurlаshtirish, u^ning kelgusidа mаlаkаli kаdrlаr bo'lib O'zbekistonni yanаdа rivojlаntirishdаgi ishtirokini tа'minlаsh mаqsаdidа tа'lim jаrаyonigа zаmonаviy yondаshuvlаr joriy etilmoqdа, shungа jаvobаn bilimimizni, ishimizni sаmаrаli vа аmаliyotgа joriy etishdа nаtijаviylikkа e'tiborni qаrаtаmiz.

Vаtаnimizning gul^-yash^^, bаrqаror rivojlаnishi mа'lum bir dаrаjаdа yoshlаrning chuqur bilimgа, mustаhkаm ishonch-e'tiqodgа vа umumen, komil inson bo'lishlаrigа bog'liq.

Jаmiyatimiz oldidа vujudgа kelаyotgаn muаmmolаrni hаl etishgа fаol kirishа olаdigаn, shаroitni yaxshi tushunаdigаn, keng qаmrovli fikrlаydigаn, hаyotdа uchrаydigаn kundаlik vа kаsbiy muаmmolаrni tushunаdigаn, tаhlil qilа olаdigаn, tаqqoslаy olаdigаn, аmаliy hаl etа olаdigаn insonlаrgа bo'lgаn tаlаb qo'yilmoqdа.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Tarbiya - kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, o'sib,

avloddan-avlodga vоrislik vazifasini bajarib kеlgan bo'lsa-da, ammо har bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, o'ziga хоsligi bilan farqlanadi.

Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur hоdisa bo'lib, yosh avlоdga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va ko'nikmalarini maхsus mеtоd va vоsitalar оrqali rеjali ravishda singdirib bеrish hamda yosh avlodni har tоmоnlama shakllangan yеtuk insоn qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo'yadi.

Yosh avlodni kоmil insоn qilib tarbiyalash muammоlari dastlab хalq оg'zaki ijоdi, pеdagоgikasi, yozma yodgоrliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma'rifatparvarlar asarlarining bоsh mavzusini tashkil etgan.

Hozirgi zamon tarbiyachi pedagogning asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishi, bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqat tarbiyachi-pedagogni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim- tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi faqat pedagogga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog'liq.

Tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o'zi ta'lim berayotgan fanlarni chuqur bilishi, ta'limiy faoliyat metodikasini o'zlashtirib olgan bo'lishi zarur. O'tkazayotgan xar bir ta'limiy faoliyatini qiziqarli etib bolalarga yetkaza olishi, bolalarni o'rganayotgan mashg'ulotga nisbatan qiziqishini oshiradi. Pedagog obro'sini ko'taradi.

Pedagogning yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng halqimizni o'z tarixini, madaniyatini, urf-odatini o'rganishga, bilishga bo'lgan qiziqishini ortirib borayotgan davrda)ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Hozirgi zamon milliy qadriyatimizni bilibgina qolmay, uni keng ota-onalar jamoatchiligi ichida,otashin targ'ibotchisi ham bo'lishi kerak.

Pedagog kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlardan, talabalatdan biri- bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir. Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk Vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy pedagog bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, peagoglik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog bo'la olmaydi. Xar bir tarbiyachi o'z ustida doimiy ishlash bilan bir qatorda

-bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi;

-nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini adabiy til uslubi va me'yorini to'la egallagan bo'lishi" zarur.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Pedagoglik kasbiga xos bo'lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik odob shakllantiradi. Pedagogik odob bu pedagogning yuksak kasbiy fazilatidir. U

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. pedagogning sabotli bo'lishga, o'z hissiyotini idora qola olishga, bolalarga pedagogik ta'sir o'tkazish vosita va me'yorlarini belgilash, aniqlashda yordam beradigan fazilat hisoblanadi. Yuksak pedagogik odobga ega bo'lgan pedagoggina guruhda mo'tadil psixologik iqlim o'rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo'l topa oladi.

Shuningdek tarbiyachi- pedagog tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo'lmog'i lozim. Buning uchun tarbiyachi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobilyatiga ega bo'lib, har doim tetik, g'ayratli, o'z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo'lmog'i zarur. Tashabbuskor va g'ayratli tarbiyachi bolalarni o'z orqasidan ergashtira oladi.

Tarbiyachilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun tarbiyachining salomatligiga ham ma'lum talablar qo'yiladi.

Tarbiyachi- pedagogning ovoz paychalari rivojlangan, ko'rish qobiliyati yaxshi bo'lishi kerak, uzoq vaqt tikka tura olish, ko'p yurish,epchil harakat qilish kabi fazilatlarga ega bo'lmog'i shart. Chunki kichik maktab yoshidagi bolalar o'z hususiyatlariga ko'ra tinib -tinchimaydigan, o'ta qiziquvchan, serharakat bo'ladilar. Bu sharoitda tarbiyachi ham shu darajada bo'lmog'i lozim.

Tarbiyachi - pedagog o'z nutqini idora qilishi; adabiy nutq normalariga rioya qilishi, ovozning baland- pastligiga ahamiyat berishi, nutqning jonli, ifodali bo'lishiga e'tibor berishi; bolalarni charchatib qo'ymaslik maqsadida mashg'ulotdavomida ta'lim ish turlarini tez-tez o'zgartira olishi; ota-onalar o'rtasida pedagogik bilimlarni targ'ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o'rnata olishi va ularga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga yordamlashishi kerak.

Tarbiyachi o'z ustida tinmay ishlamog'i lozim. Ayniqsa qadriyatlarimizni o'rganishga, o'zligimizni tanishimizga, qadimiy madaniyatimizni bilishga ehtiyoj katta bo'lmoqda, zero, bu na-salami bilmay turib mustaqilligimizni mustaxkamlab, buyuk davlat qurib bo'lmaydi. Shunday ekan, Maktabgacha yoshdan boshlab bolalar sharqona tarbiya ta'siriga olinmog'i, o'z qadriyatini bilmog'i lozim. Bu pedagogdan shu sohada chuqur bilimli bo'lishni talab etadi.

Pedagogning kasbiy shakllanish jarayoni Oliy ta'lim dargohida ta'lim olish jarayonidan boshlanadi. Pedagogika oliygohlarining o'quv-reja va fanlar bo'yicha dasturlarida bo'lajak pedagoglarga shu kasbning siru-asrorlarini o'rgatish, ilmiy bilimlar berish, tarbiyachilik kasbi haqida ma'lumot va ko'nikma berish nazarda tutiladi.Ta'lim jarayonida fanto bo'yicha amalga oshiriladigan ma'rnzala^seminar, amaliy mashg'ulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlashgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo'llashga imkon ham beradi. Bunday mashg'ulotlar bo'lajak tartiyachila^a tanlangan kas bi t o ' g ' г i ekaniga ishonch hissini uyg'otadi.

Bo'lajak tarbiyachi kasbiy shakllanib borishida 1-kursdan boshlab amalga oshiriladigan uzluksiz malakaviy amaliyot alohida ahamiyatga ega. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi o'qishning birinchi yilidan boshlaboq pedagoglik

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. kasbidan xabardor qilib borishdir, qolaversa, uzluksiz amaliyot kasb tanlashga yo'llash vazifasini ham o'taydi.

Tarbiyachining kasbiy shakllanish jarayonida maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbariyati va jamoatchjiligi katta rol o'ynaydi. Yosh tarbiyachilarga tajribali pedagoglarni biriktirib qo'yish, ularning mashg'ulotlarini kuzatish, metod birlashma ishlariga jalb etish tashkilot rahbariyatining vazifasidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachining o'z ustida ishlashiga, ilmiy-nazariy va metodik bilimlarini tinmay oshirib borishiga katta ahamiyat beriladi.

Tarbiyachi, tarbiyachining jamiyatda tutgan o'rni, sharq mutafakkirlari tarbiyachi to'g'risidagi fikrlari, tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan talablar, tarbiyachi shaxsini tayyorlash tizimi.

Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlaryni o'sishiga yordam beradi.

Tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonunyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishgailmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.

Demak, tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo'yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak.

Zamonaviy murabbiy o'zini mutaxassisligi bo'yicha chuqur puxta bilimga ega bo'lish, o'z ustida tinimsiz ishlashi kerak.

Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya-fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak.

Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo'lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo'l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o'zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ta'sir etuvchi vositalarni qo'llay oladigan bo'lishi kerak. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo'lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.

XULOSA

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Tarbiyachi kasbiga kirish va tarbiyachlik mahoratni egallash jarayoni, uni bog'cha jamoasiga kirishib, unda o'z o'rnini topib keta olishiga bog'liq. Jamoaning yordamidan yuz o'girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushkinlikka tushmay, o'z xatolarini ko'ra bilish va uni yo'qotish uchun harakat qilish uni mohir tarbiyachi bo'lib shakllanishidan darak beradi.

Shu bilan birga o'z-o'zini tarbiyalab borishga, o'z ustida tinmay ishlashga harakat qilish kasbiy fazilatlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. S.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O'quv qo'llanma. Toshkent, 1993.

2. P.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Toshkent, 1993.

3. R.A.Mavlonova va boshq. Pedagogika. Toshkent, 2001.

4. M.Inomova. Oilada bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish. Toshkent, 1995.

5. Kholmatova, Z. T. (2019). GENDER EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 199-207.

6. Kholikova, D. M. (2019). INNOVATIVE ACTIVITY OF MODERN HIGH SCHOOL: TENDENCIES OF DEVELOPMENT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 215-220.

7. Km4aKoBa, Ё., Мaxмудoвa, М., & YMapoBa, З. (2021). МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАР МЕХ.НАТИНИНГ УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТИ. Студенческий вестник, (22-7), 9-10.

8. Аришв, З. Т. (2020). ПРОЦЕСС ФОРМИРОВАНИЯ КОММУНИКАТИВНО-РЕЧЕВОЙ ГОТОВНОСТИ СТАРШИХ ДОШКОЛЬНИКОВ К ОБУЧЕНИЮ. ББК 74.268. 0 П 78 Рецензенты: доктор филологических наук ЕА Елина доктор филологических наук НМ Орлова, 108.

9. myxpaTOBa, Ю. Ш. (2021). SIMILARITY AND COMPARISON IN COMPOUND SENTENCES. Экономика и социум, (5-1), 454-457.

10. Бoтирoвa, Н. Д. РАЗВИТИЮ ПРОДУКТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ DEVELOPMENT OF PRODUCTIVE THINKING OF YOUNGER SCHOOLBOYS. Журнал выпускается ежемесячно, публикует статьи по гуманитарным наукам. Подробнее на, 4.

11. Alimjonova, M. Y. (2021). The role of the national values in the history of pedagogical education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1040-1044.

12. Shavkatovna, S. R. N. (2021). METHODICAL SUPPORT OF DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Conferencea, 74-76.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

13. Nurbek, A. (2021, December). THE COMBINATION OF SOCIAL RELATIONSHIPS AND PSYCHOLOGICAL HEALTH. In Conference Zone (pp. 268-270).

14. Jabborova, M. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SOCIAL DEVELOPMENT OF SOCIETY. Экономика и социум, (6-1), 129-132.

15. Ismoilovich, I. M. (2021). THE SOCIETY IS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT PRIORITY IN EDUCATION SYSTEM REFORM FUNCTIONS.

16. Ismoilovich, I. M. (2021, July). ISSUES OF TRANSFORMATION OF EDUCATIONAL EXPERIENCE OF DEVELOPED COUNTRIES. In Euro-Asia Conferences (pp. 227-239).

17. Sodirzoda, M. M. (2021). TO INCULCATE NATIONAL AND SPIRITUAL VALUES IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH ETIQUETTE LESSONS. Conferencea, 31-32.

18. Sodirzoda, M. M. (2021). Techniques of using folk proverbs in the cultivation of oral speech of primary school students. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 481-484.

19. Юлдашева, Д. М., Аскарова, Д., & Зохддова, М. (2021). Узбек болалар нуткига доир матнларда лакуна. Academic research in educational sciences, 2(2).

20. Абдумаликов, А. А. (2019). HUMAN AND NATURAL HARMONY IN THE HISTORICAL PROCESS. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(5), 205-209.

21. Abdumalikov, A. A. (2019). ENVIRONMENTAL ECOLOGICAL POLICY IN UZBEKISTAN AND NECESSITY OF FORMATION OF RATIONAL COMMUNICATION TO NATURE. Scientific Bulletin of Namangan State University, 1(9), 94-101.

22. Karimov, U. U., & Karimova, G. Y. (2021). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN ACHIEVING EDUCATIONAL EFFECTIVENESS. Журнал естественных наук, 7(1).

23. Rayimov, A. A., & Karimova, G. Y. (2021). Social Aspects Of The Formation Of Social Activity In Youth. Oriental Journal of Social Sciences, 29-32.

24. Рафикова, Д. К., & Каримова, Г. Й. (2020). ЁШЛАРНИ ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ АХАМИЯТИ. ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУРЫ,, 2(1).

25. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). ROLE OF ETHICAL CULTURE IN PREVENTING VIOLENCE AMONG SPUPILS. Интернаука, (11-2), 50-51.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

26. Pulatova N. Ethnoecological Culture Of The Uzbek People Today And Pedagogical Aspects Of Its Formation In Students //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 485-490.

27. Asadullaeva N. Pedagogical Factors Of Formation Of Active Life Position Among Young Generation //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 01. - С. 576-584.

28. Ташланова, Н. Д. (2019). Развитие критического мышления студентов в вузах. Проблемы современной науки и образования, (11-2 (144)).

29. Mukhamadqodirovich R. A. The role of mass media in the history of the period of independence //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 356-359.

30. Sayitkhonov A. THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITIES OF YOUTH TO ENTREPRENEURSHIP //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 1. - С. 38-41.

31. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

32. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

33. Caлoйдинoв, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

34. Caлoйдинoв, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

35. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.