Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHISI PEDAGOGIK FAOLIYATINING O’ZIGA XOSLIGI'

MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHISI PEDAGOGIK FAOLIYATINING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

27440
896
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faxrli ish / pedagog / ilmiy faoliyat / pedagogik tarbiyachi / bolani har tomonlama rivojlantirish / -atvor me‟yorlari va qoidalarini / ilmiy bilim asoslarini / kasb-hunar malaka va ko„nikmalar. / honorary work / pedagogue / scientific activity / pedagogical educator / comprehensive development of the child / norms and rules of conduct / basics of scientific knowledge / professional skills and abilities.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zamira Mustafayeva

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas‟uliyatli vazifani bajaradi. Ushbu maqolada maktabgacha ta‟lim tarbiyachisi pedagogik faoliyatining o‟ziga xosligi xaqida so‟z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The educator has a responsible role to play in preparing our young generation to be worthy children of our people. This article discusses the specifics of the pedagogical activity of a preschool educator.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHISI PEDAGOGIK FAOLIYATINING O’ZIGA XOSLIGI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916

MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYACHISI PEDAGOGIK FAOLIYATINING O'ZIGA XOSLIGI

Zamira Mustafayeva

Jizzax davlat pedagogika instituti kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tarbiyachisi pedagogik faoliyatining o'ziga xosligi xaqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: faxrli ish, pedagog, ilmiy faoliyat, pedagogik tarbiyachi, bolani har tomonlama rivojlantirish, -atvor me'yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko'nikmalar.

ABSTRACT

The educator has a responsible role to play in preparing our young generation to be worthy children of our people. This article discusses the specifics of the pedagogical activity of a preschool educator.

Keywords: honorary work, pedagogue, scientific activity, pedagogical educator, comprehensive development of the child, norms and rules of conduct, basics of scientific knowledge, professional skills and abilities.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim boshlang'ich ta'limning birlamchi bo'g'ini sifatida davlatimiz e'tirofidagi asosiy masal bo'lib kemoqda. Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoevning "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining qoidasi bo'lishi kerak" deb nomlangan ma'ruzasida maktabgacha ta'lim sohasida bolalarni qamrab olish atigi 27 foizni tashkil etishi va bu sohadagi ishlar e'tibordan chetda qoganligi ta'kidlab o'tildi.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida katta ishlar amaga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ushbu fikrlarning isbotidir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916

Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog'chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o'quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me'yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko'nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o'sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog'lom ma'naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo'yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta'lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta'limining boshlang'ich bo'limi bo'lgan bolalar bog'chalari muhim rol o'ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o'zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya tashkilotlari oldiga qo'ygan talablarni amalga oshirishning garovidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlarini o'sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.

Uzluksiz ta'lim jarayonida maktabgacha ta lim tarbiyachisining pedagogik mahorati masalasi keng o'rganilgan sohalardan biri bo'lib, o'ziga xos pedagogik tizimning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. K.Hoshimov, R.M. Qodirova, F.R. Qodirova, N.SH. Nurmuxammedova, M.Ochilov, S.Temirova, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.Ortiqov, Q.Qurbonboev, J.Toshmatova, Sh.Olimov kabi olimlar ish olib borganlar.

Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.l.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916

bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtiradigan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim".

NATIJALAR

Tarbiyachi maktabgacha ta'lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.

Bolaning o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.

> Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyatini, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir.

> Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo'lishini oldindan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.

> Tarbiyachi o'z guruhidag i har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xusu siyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa) yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.

> Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo'lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachi ning bolaga shaxsiy ta'siri juda katta bo'ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta'surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.

Bolani tushuna bilish va uning ma'naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916

tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo'lmaydi.

MUHOKAMA

Tarbiyachi bolalarga ta'lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigienik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta'lim berishda bosh rolni mashg'ulot egallaydi. Mashg'ulotlar bolalar bog'chasida ta'limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga ma'lum o'rin va vaqt ajratilgan. Mashg'ulot tarbiyachi rahbarligida o'tkaziladi, tarbiyachi mashg'ulotlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy mashg'ulotlarini tashkil etadi. O'quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, mashg'ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg'ulot bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar bir- birlariga faol ta'sir etishadi, o'z tashabbusi, topag'onligini namoyon qilish imkoniyati tug'iladi. Bolalar ishiga zo'r berishni talab etuvchi vazifa qo'yilganda birgalikda qayg'urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi

XULOSA

Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari bilan maishiy-xo'jalik, mehnat, o'yin faoliyatida muloqotda bo'ladilar. Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o'qib beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo'ladi va bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o'z aksini topadi. Demak, bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xusu- siyatlari to'laligicha tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi. Tarbiyachi har doim o'z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf etishga harakat qilishi lozim.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916

REFERENCE

I. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashriyoti, 2008. - 164 b.

2. Axmedjanov M.M., Xo'jaev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat - Buxoro Davlat universiteti, 2014

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойихаси - машFулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида БошланFич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

II. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345. 12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

5.Xasanova, G. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида халк OFзаки ижоди воситаларидан фойдаланишнинг педагогик мазмуни. Архив Научных Публикаций JSPI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.