Научная статья на тему 'BOLALAR O`YINLARINING AHAMIYATI'

BOLALAR O`YINLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
634
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar / o’yin / gennetik asos / element

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rustam Erkinov

Xalq o`yinlari juda qadimiy va boy tarixga egadir. Ularning ildizlari insoniyat paydo bo`la boshlagan ibtidoy davrlarga borib taqaladi. Xalq o`yinlarining gennetik asosi ajdodlarimiz tafakkurning eng qadimiy elementlaridan biri ibtidoiy rituallar va marosimlarning tarkibiy qismi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOLALAR O`YINLARINING AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 _ISSN: 2181-1601

BOLALAR OYINLARINING AHAMIYATI Rustam Erkinov

O'zMU tarix fakulteti antropologiya va etnologiya kafedrasi II kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Xalq o'yinlari juda qadimiy va boy tarixga egadir. Ularning ildizlari insoniyat paydo bo'la boshlagan ibtidoy davrlarga borib taqaladi. Xalq o'yinlarining gennetik asosi ajdodlarimiz tafakkurning eng qadimiy elementlaridan 1biri ibtidoiy rituallar va marosimlarning tarkibiy qismi.

Kalit so'zlar: bolalar, o'yin, gennetik asos, element

Bolalar o'yinlari ajdodlarimiz tafakkurining eng qadimgi elementlaridan biri bo'lgan ibtidoiy diniy tartiblar va marosimlarning tarkibiy qismi sifatida juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Davrlar o'tishi bilan o'yinlar bunday marosimlarning tarkibiy qismi sifatidagi xususiyatini yo'qotib, oddiy tomosha unsuri yoki ko'ngil ochar vositaga aylangan. Bolalar o'yinlarining muayyan bir qismi qadimgi odamlarning o'z turmush tarzini badiiy talqin qilish ehtiyoji tufayli bevosita mehnat qiulish jarayonida shakllangan. Ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, shuningdek, ajdodlarimizning kundalik turmush tarzi bolalar o'yinlarining kelib chiqishiga asos bo'lgan dastlabki va asosiy ijtimoiy manbalar sirasiga kiradi. O'yinlar faoliyatning mustaqil turi sifatida hamma vaqt jamiyat hayot tarzini muayyan darajada belgilagan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ko'pgina mamlakatlarning olimlari va pedagoglari o'yinlar mohiyatini, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti va ahamiyatini o'rganmoqdalar. Shunga ko'ra o'yinlaming mohiyati va kelib chiqishini ifodalovchi turli xil nazariyalar, fikrlar va qarashlar ham mavjud.

Bolaning o'yin faoliyati mazmunining manbayi, yuqorida qayd qilinganidek, uni o'rab turgan hayot sharoiti bilan bog'liq bo'lgan edi, demak, bolalar o'yinlarining tavsifi shunday, deb uqtiriladi. Kishilik taraqqiyoti tarixida mehnat o'yinlari katta o'rin tutgan, ammo inson hayotida o'yin, uning kelajakdagi mehnat faoliyatidan oldin turadi.

O'yin kishilarning mehnati madaniyat paydo bo'lishi va rivojlanishining asosiga aylangan tarixiy bosqichda vujudga kelgan. O'yin ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. Shu sababli mehnat hamda faoliyatning boshqa turlari singari o'yin ham ijtimoiy harakterga ega. O'yinlarda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos ijtimoiy voqealar aniq aks etadi. Ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashlari va ularni o'zlariga bo'ysundirishga intilishlari ov voqealarini ijod qilishga va namoyish qilishga sabab bo'ldi. D.U.Elkonin o'yin va san'atning kelib chiqishini tatqiq qilib "ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini hamda boshqa jiddiy faoliyat turlarini o'yinlarda

1. Galiyev Sh. O'zbek bolalar o'yin folklori. Toshkent, Fan. 1998. 10-bet

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 567

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 2 I 2022 _ISSN: 2181-1601

ifodalaganlar. Ovdagi muvaffaqiyatsizliklarni o'yin sifatida o'ynash ularga ov jarayonida yo'l qo'yilgan xatolarni hamda muvaffaqiyatsizliklarning sabablarini aniqlashga yordam bergan" degan xulosaga keldi.

Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, ibtidoy odamlar hayotida ovchilik o'yinlari salmoqli o'rin tutgan. Ba'zi manbalarda o'yinlar ovdan oldin o'tkazilishi yozilgan bo'lsa, boshqalarida ovdan keyingi o'yinlar haqida fikrlar bayon qilingan. Agar, bu ma'lumotlarni chuqurroq tahlil qiladigan bo'lsak, unda ovchilik o'yinlari ovdan oldin ham, undan keyin ham o'tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o'yinlar ov oldi mashqlari (ovga tayyorgarlikni tckshirish, ovga ruhiy va jismoniy shaylanish) vazifasini o'tagan hamda jiddiy, o'ziga xos kichik marosim shaklida uyushtirilgan. Bu o'yin jarayonida ibtidoiy odamlar o'ljaga yaqinlashishni, so'ngra uni osongina qo'lga tushirishni o'rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga kirishgan, uning yurish-turishlari, xatti-harakatlari mashq qilingan, ularning tovush chiqarishlari o'rganilgan. Aynan ana shunday o'yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o'rgatishgan. Shu bois o'yinlar o'ziga xos maktab vazifasini o'tab, bir tomondan, ovchilik mahoratini o'stirishga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularda taqlid qilish san'atini shakllantirgan va rivojlantirgan.

Ovdan keyingi o'yinlar ov muvafifaqiyatli tugagandan so'ng uyushtirilgan, deb taxmin qilish mumkin. Chunki ovdan o'lja bilan qaytish, ziyofat, xursandchilik qilishga,

"5

butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan . Ovchilar bunday o'yinlar yordamida, kun bo'yi ov qilib, charchab qaytgach, kechqurunlari o'z a'zoyi badanlariga dam berish, bugungi taassurotlarni, kayfiyat va tuyg'ularni, ovdan mamnunliklarini, to'qchilikni, sho'xlikla rini ifodalashgan. Keyinchalik, bu jarayonlar, ya'ni har muvaffaqiyatli ovdan keyin o'yinlar ijro etish an'ana tusini olgan4.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki bolalar o'yini nafaqat shunchaki o'yin balki bolani jamiyatga tayyorlovchi jarayon sifatida qabul qilishimiz mumkin.Bola o'yinni o'ynar ekan unda komunikativlik rivojlanadi,jismoniy jihatdan rivojlaniv chaqqon bo'ladi.Bu esa mobil aloqa rivojlanib bolalar unga bog'lanib qolayotgan davrda bu kabi o'yinlarni rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi.

Foydanilgan adabiyotlar:

1. .Galiyev Sh. O'zbek bolalar o'yin folklori. Toshkent, Fan. 1998. 10-bet

2. Usmonxo'jayev T.S, Rahimov M.M, Abdiyev A.N. O'zbek xalq harakatli o'yinlari. Toshkent, O' qituvchi. 2004

3. Жигульский К. Праздник и культура. Москва, 1995, ст. 33.

4. Rahmonov M. O'zbek teatri qadimiy zamonlardan XVII asrga qadar. Toshkent.,1975. 27- bet

2 Usmonxo'jayev T.S, Rahimov M.M, Abdiyev A.N. O'zbek xalq harakatli o'yinlari. Toshkent, O'qituvchi. 2004. 9-10-b.

3 Жигульский К. Праздник и культура. Москва, 1995, ст. 33.

4 Rahmonov M. O'zbek teatri qadimiy zamonlardan XVII asrga qadar. Toshkent.,1975. 27- bet

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 568

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.