Научная статья на тему 'YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLANTIRISHDA SHAXMATNING O’RNI.'

YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLANTIRISHDA SHAXMATNING O’RNI. Текст научной статьи по специальности «История и археология»

619
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxmat / shaxmatchi / shaxmat tarixi / shaxmat-sport / shaxmatsan’at / bugungi kunda shaxmat / yoshлар bo’sh vaqti / tafakkur / mustaqil / shaxmat o’yini falsafiy tafakkur omili

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umidjon Kuchqarovich Xoliqov

Shaxmat o’yini qadimiy va qiziqarli sport va san’at turlaridan biri. Bu haqida juda ko’plab tarixiy manbalar guvohlik beradi. Yoshlarni mantiqiy fikirlashga o’rgatishda shaxmat o’yini ahamiyati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLANTIRISHDA SHAXMATNING O’RNI.»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

YOSHLAR TAFAKKURINI SHAKLANTIRISHDA SHAXMATNING

O'RNI.

Umidjon Kuchqarovich Xoliqov

Guliston davlat universiteti «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi o'qituvchisi shox75@mail.ru

Shaxmat o'yinini o'rgatish-mustaqil fikrlash qobiliyatini tarbiyalash demakdir.

Emmanuil Lasker

ANNOTATSIYA

Shaxmat o'yini qadimiy va qiziqarli sport va san'at turlaridan biri. Bu haqida juda ko'plab tarixiy manbalar guvohlik beradi. Yoshlarni mantiqiy fikirlashga o'rgatishda shaxmat o'yini ahamiyati.

Kalit so'zlar: shaxmat, shaxmatchi, shaxmat tarixi, shaxmat-sport, shaxmat-san'at, bugungi kunda shaxmat, yoshnap bo'sh vaqti, tafakkur, mustaqil, shaxmat o'yini falsafiy tafakkur omili

ABSTRACT

Chess is one of the historical kind of sports and the challenging kind of art. This kind of sports has a five thousand-year history. The peoples of our country have been playing chess for thousands of years. Most of the historical sources witness this fact. The history of chess is the part of the oriental history of the middle ages.

Key words: chess, chess as the kind of sports, chess as the kind of art, the history of chess

Mamlakatimizda bunyodkorlik jarayoni amalga oshayotgan hozirgi paytda ma'naviy-axloqiy etuk, intellektual rivojlangan, jismonan baquvvat, o'tkir zehnli, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tilayotgan hozirgi bosqichda o'quvchi shaxsini har tomonlama komil shaxs sifatida shakllantirish, uning ijtimoiy, pedagogik va psixologik xususiyatlarini o'rganish masalasiga e'tibor qaratish, ta'lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi hisoblanadi.

«Ta'lim to'g'risida»gi qonun ta'lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadi, vazifalari va yo'nalishlarini belgilab bergan. Bu vazifalarni amalga oshirish, avvalo, o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish bilan chambarchas bog'liq. O'quvchini mantiqiy fikrlashga o'rgatish uning barcha

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 538 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

qobiliyatlari va imkoniyatlarini keng namoyon qilishga olib boradi. Bu boradagi izlanishlar shaxmat o'yinlarining pedagogik va psixologik imkoniyatlari hali etarlicha o'rganilmaganligini ko'rsatadi. Chunki umumiy o'rta ta'limdagi o'qitish jarayonini mantiqiy fikrlash asosida tashkil etish, hozirgi kun muammo va talablari bilan uyg'unlashib ketgan. Jumladan, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish DTS ning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Bu talablarni bajarish shaxmat mashg'ulotlariga e'tibor berishda keng imkoniyatlar mavjudligini namoyon qiladi.

Jahon ta'lim tizimi taraqqiyot tajribasi shundan dalolat beradiki, jamiyat taraqqiyoti ta'limning takomillashish va taraqqiy etish jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. Prezident I.A.Karimov ta'kidlab o'tganidek: «Aslida ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotning chegarasi yo'q. Toki hayot davom etar ekan, ta'lim ham, tarbiya ham zamon o'rtaga qo'yayotgan yangi-yangi talablarga ko'ra mustaqil ravishda o'zgarib, yangilanib boraveradi». Haqiqatdan ham, davlatimiz mustaqillik sharoitida ta'lim sohasida, jumladan, umumiy o'rta ta'lim yo'nalishida o'qitishni mantiqiy fikrlash asosida tashkil etish hozirgi kun jamiyat taraqqiyotining talabidan kelib chiqmoqda. Hozirgi paytda umumiy o'rta ta'lim maktablari yoshlarini mantiqiy fikrlashga o'rgatish jarayonida shaxmat mashg'ulotlariga e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Shaxmat faqat sport o'yinigina bo'lib qolmay, balki inson xarakteri va shaxsining shakllanishiga faol ta'sir ko'rsatish sifatida ham insonlarni tafakkur qilishga, mantiqiy fikrlashga, mas'uliyatli bo'lish va yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga o'rgatadi. Shaxmatning inson hayotidagi ahamiyati to'g'risida ko'agina ilmiy tadqiqotlar (M.Muhiddinov, R.Evqaev, A.Toshxo'jaev) olib borilgan. Shuningdek, buyuk tarixiy shaxslar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va b.) o'z faoliyatlarida shaxmat (shatranj) o'yinlaridan foydalanganliklari, uning ijobiy ahamiyati haqida tarixiy manbalar guvohlik beradi.

Yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ular tafakkuri va dunyoqarashlarini zamon talablari darajasida rivojlantirishda shaxmat o'yini borasida olib borilgan tadqiqot ishlari ularda asoslab berilgan ilmiy g'oya va nazariyalarni chuqur o'rganib chiqish va amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Shaxmat o'yini kishi harakatining tarkib topishida va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Shaxmat o'yini yoshdan o'z diqqat markazini uzoq vaqt davomida qattiq ishga solishni hamda keng mantiqiy fikrlashni, faol bo'lishni, o'yinchidan tashbbuskor, dadil va ijodkor bo'lishni talab qiladi. mana shu xususiyatlarga eaga bo'lmagan shaxmatchi shaxmatda yuqori ko'rsatkichlarga erisha olmaydi.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Shaxmat o'yinlarida ham turli holatlardan, murakkab vaziyatlardan chiqib ketish muvaffaqiyatga erishishning muhim omili sanaladi. Inson hayotida murakkab vaziyatlar tez-tez uchrab turishi bois keng tafakkurli, bilimli, aqlli inson o'z mantiqiy fikrlari asosida bosh qotirishiga to'g'ri keladi. Oxir-oqibat eng to'g'ri yo'l tanlanadi. Mantiqiy fikrlash ayni shunday jarayonlarda tobora charxlanib, rivojlanib boradi.

Ba'zi bolalardagi parishonxotirlik xususiyatlari ular shaxmat o'yini bilan jiddiy shug'ullana boshlagan davrlardan keskin ravishda kamaya boradi. Albatta, bu hol shaxmat o'yinining kishi ongi va ruhiyatiga ko'rsatgan ta'sirining natijasidir.

Shaxmat o'yini yoshlarning xotirasini kuchaytirishda, fikrlashdagi parishonxotirlikni yo'qotishda muhim omil vazifasini bajaradi. Yuqorida bildirilgan fikrlar yoshlarni ijtimoiy taraqqiyotga mos holda tarbiyalash, ularning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zamon talablari darajasida shakllantirish borasida bir qancha olimlar o'z tadqiqot ishlarida ilmiy asoslangan fikrlarini bayon qilishgan. Ularga tayangan holda, biz umumiy o'rta ta'lim maktablarida shaxmat o'yinlarini tashkil qilish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:

-shaxmat o'yinlari asosida yoshlarning mantiqiy fikrlash, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda milliy metodologik, tarixiy va mantiqiy ilmlarga tayanish;

-yoshlarda shaxmat o'yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda nisbatan yangicha yondashishni qaror toptirish;

-yoshlarda shaxmat o'yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning zamonaviy shakllari va tamoyillarini ishlab chiqish;

-o'rta maktab tizimidagi fakultativ darslar rejasiga shaxmat o'yini kursini kiritish;

-maktab yoshlari orasida har yili shaxmat bo'yicha maktab, xo'jalik, tuman, viloyat, respublika an'anaviy musobaqalarini o'tkazish;

-iqtidorli, mantiqiy fikrlaydigan bolalar orasidan respublika shaxmat maktabi tashkil etish chora va tavsiyalarini bildirmoqchimiz.

Shaxmat o'yinlari asosida o'quvchilarning tafakkurini shakllantirish pedagogika fanida muhim ilmiy-nazariy muammo sifatida tadqiq qilinishi zarur.

Shaxmat o'yinlariga doir individual yondashuvning pedagogik-psixologik mohiyati asoslanadi.

Shaxmat o'yinlari asosida o'quvchilarda tafakkur shakllantirishning mazmuni, shaxs va metodlari ilmiy jihatdan asoslanadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda shaxmat o'yinlarini takomillashtirishning ilmiy-amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 540 www.ares.uz

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Xulosa o'mida aytish mumkinki, prezidentimiz LA.Karimov ta'kidlaganidek, XXI - intellektual yoshlar asrida ham shaxmat o'yinlari katta aqliy tarbiya vositasi va yoshlar dunyoqarashini shakllantirishning muhim omili bo'lib qoladi.

Shaxmat insoniyat kashf etgan eng qadimiy, qiziqarli, jozibali hamda go'zal uyindir. Uning asosiy xususiyati shuki shaxmatda sport va san'at uyg'unlashib ketgan. Shaxmat qiziqarli va maroqli uyin. U bilan shug'ullanish organizmning umumiy jismoniy rivojlanishiga, fikrlash doirasining o'sishiga, o'sib kelayotgan yosh avlod ruhiyatiga ijobiy ta'sir etadi. Bundan tashqari shaxmat o'yinlaridan foydalanish orqali ularning idroki, tafakkuri, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o'stiradi va rivojlantiradi.

REFERENCES:

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch. T.: «Ma'naviyat», 2008 yil.

2. Karimov I.A. O'zbekiston konstituttsiyasi - biz uchun demokratik taraqqiyot yo'lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. «Xalq so'zi», 2009 yil 10 dekabr.

3. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O'zbekiston, 1976. 66 bet.

4. Muhiddinov M "Shaxmat" O'zbekiston, 1985. 77 bet.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.