Научная статья на тему 'BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHISINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK ASPEKTLARI'

BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHISINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

847
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kredit-modul / metodik turkum / intellektual salohiyat / ilmiy-metodik / ob’yektiv bilim. / credit-module / methodical series / intellectual potential / scientificmethodical / objective knowledge.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Jasur Amirddinovich Mardonqulov

Bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilari metodik tayyorgarligi darajasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, axborotlarni qidirish, qayta ishlash, ilm-fan taraqqiyoti va o‘zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o‘z nuqtai nazarini qayta ko‘rib shiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Improving the content of the process of improving the level of methodological training of future teachers of computer science, information retrieval, processing, reconsideration of their views in the context of scientific development and changing social practice, innovative forms and methods of work selection

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHISINI INNOVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK ASPEKTLARI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

BO'LAJAK INFORMATIKA O'QITUVCHISINI INNOVATSION

FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK ASPEKTLARI

Jasur Amirddinovich Mardonqulov

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti j asurmardonqulov@gmail .com

ANNOTATSIYA

Bo'lajak informatika fani o'qituvchilari metodik tayyorgarligi darajasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, axborotlarni qidirish, qayta ishlash, ilm-fan taraqqiyoti va o'zgarib borayotgan ijtimoiy amaliyot sharoitida o'z nuqtai nazarini qayta ko'rib shiqish, ishlashning innovasion shakl va metodlarini tanlash.

Kalit so'zlar: kredit-modul, metodik turkum, intellektual salohiyat, ilmiy-metodik, ob'yektiv bilim.

АННОТАЦИЯ

Совершенствование содержания процесса повышения уровня методической подготовки будущих учителей информатики, поиска, обработки информации, переосмысления их взглядов в контексте развития науки и изменения социальной практики, инновационных форм и методов отбора работ

Ключевые слова: кредит-модуль, методический ряд, интеллектуальный потенциал, научно-методические, объективные знания.

ANNOTATION

Improving the content of the process of improving the level of methodological training of future teachers of computer science, information retrieval, processing, reconsideration of their views in the context of scientific development and changing social practice, innovative forms and methods of work selection Key word: credit-module, methodical series, intellectual potential, scientific-methodical, objective knowledge.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot

davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 743 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

2020-yil 7-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-conli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda, zamonaviy talablar asosida informatika fanini rivojlantirish hamda ularning informatika faniga qiziqishlarini oshirishning mazmun va mohiyatini ochib berish lozim.

Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozorining jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta'lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Olinayotgan ma'lumotlarning keskin ko'payib borayotganligi sababli bu ma'lumotlarni qayta ishlab, undan foydalanish uchun yosh avlodga yetkazilishi kerak bo'lgan bilimlar ham taboro ortib bormoqda. Bugungi kun o'qituvchisi oldida dars soatlarini oshirmay turib, oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda eng yangi, oxirgi axborot va ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazib berishga ulgurish muammosi turibdi. Faqat bilim olishga yo'naltirilgan ta'lim o'tgan zamonda qolmoqda.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim bu - o'quvchi o'quv jarayonida egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo'llay olish nuqtai nazaridan beriladigan ta'limdir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limdan maqsad o'quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta'lim jarayonida egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo'llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta'lim maktablari oldiga, bir tomondan, tevarak-atrofda sodir bo'layotgan jarayonlarni to'g'ri tushunadigan, ikkinchi tomondan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o'z ijobiy ta'sirini o'tkaza oladigan har tomonlama ziyoli shaxsni tarbiyalash vazifasi q o'yilmoqda.

Shu sababli bo'lajak informatika o'qituvchilari oldiga muhim vazifa - o'z-

o'zini idrok etish salohiyati, yangi intellektual darajaga ega bo'lgan mustaqil

fikrlovchi shaxsni shakllantirish asosiy vazifalardan biri sifatida vazifasi qilib

qo'yilmoqda. Bunday tayyorlangan kadrlar nazariy tafakkur yuritish, ijodiy faoliyatni

amalga oshirish, o'z xatti-harakatlari va faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga

ega bo'lishlari bilan birga o'zining pedagogik faoliyatida kelajak avlodga ta'lim

berishda juda katta mas'ulyat, pedagogga xos bo'lgan umumiy psixologiya, umumiy Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 744 www.ares.uz

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

pedagogika, ta'limda axborot texnologiyalari, o'qitish metodika va o'z kasbining mohir mutaxassisi bo'lishi lozim.

An'anaviy o'qitish metodikasi asosida ta'lim olayotgan talaba mashg'ulotlarda ko'pincha eshitadi, ko'radi, eslab qoladi, takrorlaydi, misol, masala va mashqlardan ishlab ko'rsatilgan namunalar asosida boshqa turdagi misol va masalalarni ishlab egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan qo'llab ko'rgan holda o'zining bilim, ko'nikma va malakasini mustahkamlaydi. Ta'lim jarayonida muammoli vaziyatni qo'yish, faraz va uning yechimini ilgari surish, muammolarga yechim topishning optimal yo'llarini izlab topish, aloqa va munosabatlar o'rnatishiga deyarli to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun ham informatika turkumida fanlarda o'qitishda talabalarga o'qitishning faol shakllari va metodlaridan mohirona foydalanish talab etiladi. Ayrim hollarda professor-o'qituvchilarda bu sohada liderlik mahorati yetishmaydi yoki talaba-yoshlarning umiridagi shakllangan shax sifatida namuna bo'lolmaydi.

Metodik tayyorgarlik amaliyotida allaqachon ishlab chiqilgan mazmunga ega turli harakatlar (tahlil, baholash, tarkiblash)ni bajarishga yo'nalganlik sezilib turadi. Talabalarning kamdan-kam hollarda ta'lim jarayonini mustaqil loyihalashiga yoki uning muayyan o'quv vaziyatlari bilan bog'liq tarkibiy qismlarini tuzishiga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, hozirgi kunda nafaqat mazmun bilan ishlashga balki amaliyotga qo'llashga ko'proq e'tibor qaratilmoqda[1].

Bo'lajak informatika o'qituvchilari ta'limning ko'rgazmali-mazmuniy paradigmasi amal qilgan sharoitda tayyorgarlikka ega bo'lgan; "ular tuzilishi va mazmuni o'quv fani mantig'i bilan belgilab berilgan nazariy kurclarni tinglashga, matematik ta'limning o'zgargan talablari bilan bog'liq holda mavjud bilimlarini mustaqil to'ldirish va chuqurlashtirish bo'yicha nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni o'zlashtirish metodlarini egallash o'rniga "oliy ta'lim muassasasida barcha ma'lumotlarning" maqsadiga mutanosib bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni egallashgan.

Shuni ham ta'kidlash kerakki talabalarning metodik tayyorgarligini takomillashtirishda quyidagi qarama-qarshiliklar mavjud:

- mavjud metodik tajribani o'zlashtirish bilan rivojlantiruvchi ta'limni ta'minlash hamda takomillashtirish o'rtasidagi nomutanosibliklar;

- pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarida informatika o'qitish metodikasi va mutaxassislik fanlari o'rtasidagi qarama-uzulishlar (shaxsga yo'naltirilgan ta'lim va uzluksiz ta'limda matematik fanlar turkumida fanlarni Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 745 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

o'qitish metodlari o'rtasida, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan DTSdagi informatika fani uchun belgilangan kompetensiyalar va oliy ta'lim muassasasidagi metodik tayyorgarlikda informatika o'qitish metodikasi, informatika va matematika, amaliy informatika ta'lim yo'nalishlaridagi informatika va uni o'qitish metodikasi o'rtasida uzviyliklar va boshqalar.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalari "Matematika o'qitish metodikasi" ta'lim yo'nalishi talabalarining zamonaviy kasbiy metodik tayyorgarligining maqsadlari va mazmunidagi muhim o'zgarishlarga qaramay, talabalar bugungi kun talablariga javob bermaydigan darslik, xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari olimlari tomonidan tayyorlangan o'quv adabiyotlari qisman foydalangan holda shug'ullanishda davom etmoqda. So'nggi o'n yil ichida Davlat ta'lim standartlari, ta'lim yo'nalishining malaka talabi, o'quv rejasi va fanlar tarkibi bir necha marta o'zgarganini ta'kidlash joiz[2].

Oliy ta'lim muassasasi uchun psixologiya, pedagogika va informatika o'qitish metodikasi bo'yicha darsliklar va o'quv qo'llanmalarini ularda qandaydir tarzda informatika o'qituvchisi, ijodiy shaxsni kamol toptirish bilan bog'liq masalalar aks ettirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinib, bu quyidagilarni qayd qilishga imkon berdi:

- psixologiya va pedagogika bo'yicha ko'plab qo'llanmalarda shaxsning ijodiy komponentlaridan faqatgina ijodiy qobiliyat ko'rib chiqilgan; ijodiy tafakkurni shakllantirish haqida juda kam so'z yuritilgan;

- pedagogika bo'yicha va boshqa qo'llanmalarda algoritmik fikrlashni rivojlantirishga e'tibor qaratilgan, bunda tadqiqot tavsifidagi o'quv topshiriqlariga (kuzatish, tajriba, eksperiment, adabiyotlardan javob qidirish va boshqalar), taqqoslash, tahlil va belgilarni umumlashtirish, ta'limda muammoli metodlardan foydalanish kabilarga ham muayyan e'tibor qaratilganini ko'rish mumkin. Ta'lim jarayoni paradigmasi va maqsadlari o'zgargan hozirgi sharoitda mutaxassilik fanlarini o'qitish hamda mutanosib texnologiyalar ta'siri ostida tub o'zgarishlar yuz bergan oliy ta'limda buning o'zi mutlaqo yetarli emas.

Bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilarini metodik

tayyorlashning mavjud tizimini oliy ta'limda sodir bo'layotgan innovatsion

jarayonlarga mos ravishda isloh qilish, metodik tayyorgarlikni takomillashtirish

texnologiyalarini, rivojlangan davlatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalari

tomonidan smara bergan xorijiy tajribalar asosida yangi innovatsion metodlarni Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 746 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ishlab chiqish hozirda informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchilarini tayyorlashda muhim vazifadir[3].

Zamonaviy informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisi zaruriy darajada kasbiy kompetentlikka ega bo'lishi bilan birga, til ko'nikmalarini shakllanganligi ham talab qilinadi. Bu o'z navbatida bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari fani o'qituvchisining raqobatborligini oshirishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. Monografiya. - Toshkent: Fan, 2007.

2. Xoliqov A.A. "Pedagogik mahorat" - Toshkent.: Iqtisod - moliya, 2011.

3. Yunusova D.I. Bo'lajak matematika o'qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti: Ped.fan.dok..diss.-T:.-2012.

4. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

5. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

6. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.

7. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8

8. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 747 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

9. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хдво хароратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

10.A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.

11.A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.

12.Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

13.Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

14.Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131. 14. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 748 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

15.А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

16.Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 160 www.ares.uz

17.А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

18.Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

19.А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.