Научная статья на тему 'PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH MASALASI'

PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

377
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO‘LAJAK FIZIKA O‘QITUVCHISI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH MASALASI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BO'LAJAK FIZIKA O'QITUVCHISI KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH MASALASI

Shaxlo Rafikjonovna Qo'qonboyeva

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI mustaqil izlanuvchisi

Pedagogika ta'lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to'g'risidagi Nizom "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarorlariga muvofiq oliy ta'lim muassasalari (keyingi o'rinlarda - OTM) bakalavriat ta'lim yo'nalishlari sinov-tajriba asosida malakaviy pedagogik amaliyoti (keyingi o'rinlarda MPA deb yuritiladi)ni o'tash tartibini belgilaydi. [1]

Hozirgi zamon o'qituvchisi qanday sifatlarga ega bo'lishi lozim? Avvalo, o'zining pedagogik faoliyatini doimiy takomillashtirib borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, o'z-o'zini nazorat qilish va baholash malakasini egallashi, yangi pedagogik g'oyalarni ishlab chiqa olish, zamonaviy axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo'llash ko'nikma va malakalariga ega bo'lishi, o'z imkoniyatlarini ob'yektiv baholay olishi zarur. Kompetentli o'quvchini tayyorlashda pedagogika oliy o'quv yurtlarini bitirayotgan bo'lajak o'qituvchilarning o'zlari ham kompetent pedagog bo'lib yetishib chiqishlari zaruriy shart hisoblanadi. [2]

Bo'lajak fizika o'qituvchilarini tayyorlashning muhim bosqichlaridan biri pedagogik amaliyot sanaladi. Oliy ta'lim muassasasi auditoriyasida egallangan nazariy bilimlar, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar maxsus ta'lim muassasalarida amaliyot davomida sinovdan o'tadi, rivojlantiriladi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalari bakalavriat talabalarining pedagogik amaliyoti muammosi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan yangi davlat ta'lim standartlarini joriy etish munosabati bilan dolzarbdir.

Bo'lajak fizika o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida Respublikamining turli hududlarida joylashgan oliy ta'lim muassasalarida pedagogik eksperiment o'tkazildi.

Eksperiment o'tkazishdan yana bir asosiy maqsad quyidagilardan iborat edi:

S Talabalarning oliy ta'lim muassasasida o'qish jarayonida egallagan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga qay darajada ega bo'lganliklarini va mustaqil pedagogik faoliyatga qanchalik darajada tayyor ekanliklarini aniqlash;

S Ishlab chiqilgan anketalar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini qanchalik darajada to'g'ri ko'rsatishini aniqlash;

S Oliy ta'lim muassasasida va undan tashqarida yaratilgan pedagogik shart-sharoitlarni tashxislash;

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

S Pedagogik amaliyotning talabalar kasbiy kompetentligining shakllanishiga qanchalik darajada ta'sir ko'rsatishini aniqlashdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun o'quv yili boshida bo'lajak fizika o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarining dastlabki holatini aniqlash uchun tegishli anketalar tuzildi. Eksperiment o'tkazish uchun Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qo'qon davlat pedagogika instituti, Chirchiq davlat pedagogika instituti, , Jizzax davlat pedagogika instituti hamda Farg'ona davlat universiteti va Andijon davlat universiteti tanlab olindi. Bunday tanlanishiga sabab pedagogika institutlarida va universitetlarda bo'lajak fizika o'qituvchilarinning kasbiy kompetentlik darajasini tahlil qilish.

Dastlabki tajriba sinov ishlari 2020 yilning sentyabr oyida o'tkazildi. Buning sababi, talabalar amaliyotga chiqishlaridan avval ularda kasbiy kompetentlik qay darajada shakllanganligini aniqlab olish. Anketalar o'tkazishdan oldin tajriba sinov ob'yektlaridan (har bir oliy ta'lim muassasasidan) tajriba va nazorat guruhlari sifatida ikkita guruh tanlab olindi va anketalar o'tkazishdan avval talabalarga nazorat o'tkazishning maqsadi tushuntirildi. Anketa so'rovnomalarida jami 185 nafar fizika va astronomiya o'qitish metodikasi yo'nalishi bitiruvchi (4 kurs) talabalari ishtirok etishdi. Tajriba guruhida "Bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining kompetentligini shakllantirishda va baholashda kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlardan foydalanish" nomli metodik qo'llanmadan foydalanildi. Qo'llanmada bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining kompetentligini shakllantirishda va baholashda kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlardan foydalanish bo'yicha metodik tavsiya va ularni shakllantirish usullari keltirilgan. Qo'llanmada fizikaning asosiy yo'nalishlari bo'yicha kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlar to'plami berilgan.

Mashg'ulotlarda kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlar(KYT)ni qo'llash, eng avvalo, o'quvchilarda ta'limiy kompetensiyalarning shakllanganlik darajasini aniqlash imkonini beradi.

Tajriba sinov ishlarining boshida ya'ni pedagogik amaliyot davrini o'tamaslaridan avval maxsus kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi bo'yicha olingan tashxis natijalari tajriba va nazorat guruhlarida bir-biridan deyarli farqlanmadi.

Anketa so'rovnomalari karantin sababli onlayn va oflayn tarzda o'tkazildi. Tadqiqot natijasi quyidagi jadvalda aks ettiriladi.

Maxsus kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi

Kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajasi Tajriba-sinov guruhi Nazorat guruhi

Tajriba boshida Tajriba oxirida Tajriba boshida Tajriba oxirida

Soni 95 % Soni 95 % Soni 90 % Soni 90 %

Metodologik tayyorlik Yuqori 19 20 33 34,7 17 18,9 23 25,6

O'rtacha 42 44,2 54 56,8 40 44,4 47 52,2

Past 34 35,8 8 8,4 33 36,7 20 22,2

Eksperimental Yuqori 21 22,1 36 37,9 19 21,1 25 27,8

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

tayyorlik O'rtacha 45 47,4 53 55,8 44 48,9 48 53,3

Past 29 30,5 6 6,3 32 35,6 21 23,3

Metodik Yuqori 30 31,6 46 48,4 28 31,1 33 36,7

tayyorlik O'rtacha 39 41,1 43 45,3 39 43,3 44 48,9

Past 21 22,1 6 6,3 23 25,6 13 14,4

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, bo'lajak fizika o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish jarayonida pedagogik amaliyotning roli juda katta, chunki u bir qator funksiyalarni bajaradi:

1) Malakaviy pedagogik amalaiyot talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash imkonini beradi.

2) Malakaviy pedagogik amalaiyot kasbiy tayyorgarlikning bosqichma-bosqich amalga oshirilgan tayyorgarligi va kasbiy faoliyat o'rtasida ko'prik vazifasini o'taydi.

3) Talabalar mustaqil pedagogik faoliyat sub'yektiga aylanishadi.

4) Malakaviy pedagogik amaliyot talabalarga o'z-o'zini tashxis qilish va korreksiyalash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Олий ва урта махсус таълим, Хал; таълим ва Мактабгача таълим вазирликларининг 2019 йил "5" мартдаги 10-к/к-13-4-сон карорига илова Педагогика таълим сохдси талабаларининг малакавий педагогик амалиётини ташкил этиш тартиби тугрисида муваккат низом.

2. Sh.R.Qo'qonboyeva, N.Sh.Turdiyev "Bo'lajak fizika o'qituvchilarining kompetentligini shakllantirishda va baholashda kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlardan foydalanish" Toshkent 2021 y. 5 b

3. А.Ж. Сейтов, Ф.Х. Абдумавлонова. Решение геометрических задач с помощью математического пакета MAPLE. Academic research in educational sciences, 2021. T.2 №6 Pp.933-941.

4. S.Kh.Khasanova A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenovю. Optimal control of pumping station operation modes by cascades of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology, 2021. Tom 8. №4. Pp. 17177-17185.

5. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-13852021- 00193. Стр. 265- 273.

6. А.В. Кабулов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. Стр. 6-8

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

7. АЖ Сейтов, БР Ханимкулов, М Гаипов, О Хамидуллаева, НК Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 8 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-153-160 Academic Research, Uzbekistan 159 www.ares.uz Управления объектами каршинского магистрального канала. Academic research in educational sciences. T. 2 № 3 pp. 1145- 1145.

8. А.Ж. Сейтов, Б.Р. Ханимкулов, М.А. Гаипов, М.Р. Юсупов. Зарафшон дарёси окимининг хосил булишига атмосфера ёгинлари ва хаво хдроратининг таъсири. Academic research in educational sciences. T.2 №5. Стр. 156-162.

9. A.A. Kudaybergenov A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev, N.K. Muradov. Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 № 3 pp. 1679016797.

10. A.J.Seytov, A.J. Khurramov, S.N.Azimkulov, M.R.Sherbaev, A.A.Kudaybergenov. S.Kh.Khasanova. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. T. 8 №2 ISSN: 2350-0328. Pp. 1717717185.

11. Рахимов Ш.Х., Сейтов А.Ж. Теоретико-множественная модель насосной станции, оснащенная осевыми поворотно-лопастными насосными агрегатами. Материалы республиканской научной онлайн конференции молодых ученых «современные проблемы математики и прикладной математики» посвященной 100 летию академика С.Х.Сираждинова (21 мая 2020 г.) Стр. 78-82.

12. Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А., Хонимкулов Б. Р. Моделирования двумерного неустановившегося движения воды на открытых руслах на основе проекционного метода. сборник докладов Республиканской научнотехнической конференции «Инновационные идеи в разработке информационно -коммуникационных технологий и программных обеспечений» 15-16 мая 2020 года. САМАРКАНД. Стр. 60-63.

13. Рахимов Ш. Х., Сейтов А. Ж., Кудайбергенов А. А. Критерии управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. Abstracts of IX International Scientific and Practical Conference Kharkiv, Ukraine 2-4 August 2020. Стр. 125-131.

14. Mekhriban Salaeva, Kakhramon Eshkaraev, Aybek Seytov. Solving mathematical problems in unusual ways with excellent limits. European Scientific Conference. Пенза, 17 мая 2020 года рр. 254-257.

15. А.Сейтов. Оптимальные методы управления водных ресурсов в крупных магистральных каналах ирригационных систем. AGRO ILM - O„ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XOJALIGI. Махсус сон. 2020. Ташкент. Стр. 84-86.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologivalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

16. Ш.Х. Рахимов, А.Ж. Сейтов, А.А. Кудайбергенов. Оптимальное управление распределением воды в магистральных каналах ирригационных систем. ILIM ham JAMIYET. SCIENCE and SOCIETY Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes. pp. 810.

17. А.В.Кабулов, А.Ж.Сейтов, А.А.Кудайбергенов, Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем. ILIM ham JAMIYET. science and society Scientific-methodical journal Series: Natural-technical sciences. Social and economic sciences. Philological scienes №2 2020. Pp.6-7.

18. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

19. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.