Научная статья на тему 'XADICHA SULAYMONOVA – BIRINCHI O‘ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMA: O‘ZBEKISTON XALQIGA QOLDIRGAN MEROSI VA HUQUQIY TIZIMIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI'

XADICHA SULAYMONOVA – BIRINCHI O‘ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMA: O‘ZBEKISTON XALQIGA QOLDIRGAN MEROSI VA HUQUQIY TIZIMIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

480
121
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston SSR Adliya vaziri / O‘zSSR Oliy sud raisasi / kodifikatsiyalash / sud tizimi / sistemalashtirish / davlat huquqiy tizimi / sovet sudlari / jinoyat / gender tengligi / sud ekspertizasi. / Minister of Justice of the Uzbek SSR / Chairwoman of the Supreme Court of the UzSSR / codification / judicial system / systematization / state legal system / Soviet courts / offense / crime / gender equality / forensic expertise.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Muhayyo Kutumbekovna Tulaganova, Komron Turg‘un O‘g‘li Tursunmurodov

Ushbu maqolada mualliflar akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivoji, huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari, ibratli hayot yo‘li hamda ilmiy madaniy merosini tahliliy yoritib beradi. Maqolada X.S.Sulaymonovaning birinchi o‘zbek huquqshunos qiz va sudya bo‘lishi, huquq fanini rivojlantirishi, O‘zbekiston SSRning Adliya vaziri hamda Bosh sudyasi lavozimlarida faoliyat yuritishi, murabbiy akademik va jamoat arbobi sifatida e’tirof etilishi, xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashishi, shuningdek vafot etishiga qadar bo‘lgan voqealar ketmaket ko‘rsatib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, authors analyze academician Khadicha Sulaimanova's development of science, efforts to establish a legal state, exemplary life path, and scientific and cultural heritage. In the article, authors show how Kh.S. Sulaymonova became the first Uzbek female lawyer and judge, developed the science of law, worked as the Minister of Justice and Chief Justice of the Uzbek SSR, was recognized as a mentor, academician and public figure, participated in international scientific conferences, as well as her death.

Текст научной работы на тему «XADICHA SULAYMONOVA – BIRINCHI O‘ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMA: O‘ZBEKISTON XALQIGA QOLDIRGAN MEROSI VA HUQUQIY TIZIMIGA QO‘SHGAN ULKAN HISSASI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-129-133

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

XADICHA SULAYMONOVA - BIRINCHI O'ZBEK HUQUQSHUNOS OLIMA: O'ZBEKISTON XALQIGA QOLDIRGAN MEROSI VA HUQUQIY TIZIMIGA QO'SHGAN ULKAN HISSASI

Muhayyo Kutumbekovna Tulaganova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti «Falsafa va mantiq» kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (PhD)

Komron Turg'un o'g'li Tursunmurodov

Toshkent davlat yuridik universiteti «Jinoiy odil sudlov» fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mualliflar akademik Xadicha Sulaymonovaning ilm-fan rivoji, huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari, ibratli hayot yo'li hamda ilmiy madaniy merosini tahliliy yoritib beradi. Maqolada X.S.Sulaymonovaning birinchi o'zbek huquqshunos qiz va sudya bo'lishi, huquq fanini rivojlantirishi, O'zbekiston SSRning Adliya vaziri hamda Bosh sudyasi lavozimlarida faoliyat yuritishi, murabbiy akademik va jamoat arbobi sifatida e'tirof etilishi, xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnashishi, shuningdek vafot etishiga qadar bo'lgan voqealar ketma-ket ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston SSR Adliya vaziri, O'zSSR Oliy sud raisasi, kodifikatsiyalash, sud tizimi, sistemalashtirish, davlat huquqiy tizimi, sovet sudlari, jinoyat, gender tengligi, sud ekspertizasi.

ABSTRACT

In this article, authors analyze academician Khadicha Sulaimanova's development of science, efforts to establish a legal state, exemplary life path, and scientific and cultural heritage. In the article, authors show how Kh.S. Sulaymonova became the first Uzbek female lawyer and judge, developed the science of law, worked as the Minister of Justice and Chief Justice of the Uzbek SSR, was recognized as a mentor, academician and public figure, participated in international scientific conferences, as well as her death.

Keywords: Minister of Justice of the Uzbek SSR, Chairwoman of the Supreme Court of the UzSSR, codification,

2023

129

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-129-133

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

judicial system, systematization, state legal system, Soviet courts, offense, crime, gender equality, forensic expertise.

O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining rivojiga ulkan hissa qo'shgan yurtdoshlarimiz sanoqli desak mubolag'a bo'lmaydi. Ulardan biri esa taniqli olima, yuridik fanlari doktori, professor O'zbekiston SSR Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi Sulaymonova Xadicha Sulaymonovna bo'ladi. U O'zbekiston tarixidagi birinchi huquqshunos qiz va sudya hisoblanadi. Xadicha Sulaymonova yoshligidan iqtidori, mehnatkashligi hamda adolatparvarligi bilan o'z tengdoshlari orasida ajralib turgan. Garchi uning yoshligi juda ko'p qiyinchiliklar, ya'ni Turkiston o'lkasida oktabr inqilobining ro'y berishi, otasining erta vafot etishi, shuningdek, 1926-yildagi "Hujum" harakati natijasida ko'plab xotin-qizlarning o'z otalari, aka-ukalari va turmush o'rtoqlari tomonidan o'ldirilishi bilan o'tgan bo'lsada, u jamiyatni yuksaltirishga qaratilgan maqsadlarini amalda ko'rishga harakat qilar edi. Uning Vatanimiz rivoji uchun qoldirgan ilmiy-madaniy merosi, ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasi va huquqiy davlat barpo etishdagi harakatlari bugungi kunda o'z natijasini ko'rsatmoqda.

X.S. Sulaymonovaning, avvalo, ilmiy-madaniy merosi hamda ilm-fan rivojiga qo'shgan hissasini yoritib berish maqsadga muvofiq bo'ladi, deb o'ylaymiz. Talabalik davrlarida ilm-fanga qiziqishi tufayli, Xadicha Sulaymonova 1938-yilda Moskva yuridik instituti sovet jinoyat huquqi kafedrasiga aspirant bo'lib kiradi. Aynan shu yildan boshlab, u o'z ilmiy faoliyatini boshlaydi. 1945-yilning 20-iyulida Moskvada birinchi "Harbiy intervensiya va fuqarolar urushi davrida O'zbekiston SSRning jinoyat qonunlari" mavzuidagi dissertatsiyasini yoqlagach, Toshkentga huquqshunoslik fanlari nomzodi bo'lib qaytib keladi. Shuni aytish joizki, Xadicha Sulaymonova huquqshunoslik sohasida ilmiy daraja olishga sazovor bo'lgan birinchi ayol edi. 1948-yilda esa SSSR Fanlar Akademiyasining huquq institutiga doktoranturaga yuborilib, qisqa vaqt oralig'ida uning ikkita maqolasi chop ettiriladi: "O'zbekistonda sovet jinoyat qonunining vujudga kelishi" hamda "O'zbekiston SSRda sovet sudlarining tashkil topish tarixi". 1950-yilda esa X.S. Sulaymonova doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, professor ilmiy unvoniga sazovor bo'ldi. Qolaversa, u O'zbekiston sovet jinoyat huquqi va qonunchiligi, shuningdek, sovet sudi tarixini yaratgan birinchi huquqshunos bo'ldi [2, 45] . O'sha davr ehtiyojlarini inobatga olib, u birinchi bo'lib O'zSSR Jinoyat kodeksiga mukammal tavsif berdi va kodeksning sotsialistik mohiyatini sharhlash bilan birga alohida xususiyatlarini, ya'ni mintaqadagi

2023

130

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-129-133

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, jinoyatlarning oldini olish yo'llari va adolatli jazolarning qo'llanishi tartibini yoritib berdi. 1954-yilda u yuqorida ko'rsatib o'tilgan tashabbuslari uchun O'zSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan "O'zbekiston SSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi" faxriy unvoniga munosib deb topiladi; 1956-yilda esa yuridik fanni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun O'zSSR Fanlar akademiyasining haqiqiy a'zoligiga saylanadi. O'z ilmiy faoliyati davomida X.S. Sulaymonova quyidagi yuridik asarlarni yaratishga muvaffaq bo'ldi [3, 275]:

1. O'zbekistonda sovet jinoyat huquqining paydo bo'lishi va rivojlanishi;

2. O'zbekiston sovet va davlat huquqi tarixi: 1917—1924-yillar;

3. O'zbekiston sovet va davlat huquqi tarixi: 1924-1937-yillar;

4. O'zbekiston sovet va davlat huquqi tarixi: 1937-1958-yillar;

5. O'zbekiston xalq xo'jaligini tartibga solishning huquqiy masalalari;

6. Kommunizm qurilishi davrida O'zbekistonning sovet huquqi;

7. Turkiston ASSRda sovet sudining tashkil etilishi va rivojlanishi (19171924).

Xadicha Sulaymonova yuridik ilm-fanni rivojlantirish bilan birga huquqiy davlat barpo etishga ham astoydil kirishdi. Uning dastlabki maqsadi xotin-qizlar huquqlarining ta'minlanishiga erishish, shuningdek, ularning davlat idoralarida ham faoliyat yuritishlariga sharoit yaratib berish edi. Ma'lumki, o'sha davr muhitida xotin-qizlarning huquqlari jamiyat tomonidan e'tirof etilmagan, gender tengligi ta'minlanmagan hamda ko'plab xotin-qizlar huquqbuzarlik va jinoyatlardan azob chekib yashashga majbur bo'lishgan. X.S. Sulaymonova esa shularga chek qo'yishga kirishdi. U, avvalo, Jahon Obidova nomidagi Toshkent sovet qurilishi va yuridik institutining huquq fakultetini tamomlagach, 22 yoshida sudya bo'lib ishga kiradi. Sudya lavozimida faoliyat yuritgan davrida u bir qancha huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablarini o'rganishga va jinoyatchilarga adolatli jazolarni qo'llashga harakat qiladi. Yosh bo'lganligi sababli, Xadicha Sulaymonova uzoq yillar ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib, tajriba orttirishga harakat qiladi. Nihoyat, 1956-yilda X.S.Sulaymonova O'zbekiston SSRning Adliya vaziri lavozimiga tayinlanadi. Aynan shu davrdan boshlab, u juda ko'p huquqiy islohotlar tashabbuskoriga aylanadi va davlatning huquqiy tizimi kamchiliklarini birma-bir bartaraf etadi. Vazir bo'lishiga qaramasdan, u Qoraqalpog'iston ASSR, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg'ona va boshqa viloyatlarga yuborilgan, asosan, sud tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning adolatli qarorlar chiqarishini nazorat qilish bilan shug'ullanuvchi

2023

131

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-129-133

tekshiruv guruhlariga shaxsan o'zi boshchilik qilgan. X.S. Sulaymonova tekshiruvlar haqida shunday degan edi: "Har qanday tekshiruv sudyalarning xato va kamchiliklarini tuzatishga xizmat qilishi kerak!" [2, 24]. Qolaversa, X.S. Sulaymonova o'z faoliyati davomida yangi Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik va Fuqarolik-protsessual kodekslarining tayyorlanishida faol qatnashdi. Ayniqsa, O'zbekiston SSRning Jinoyat kodeksi tayyorlanishiga shaxsan o'zi boshchilik qilgan. O'sha davrda jinoyatlarning aniqlanishi sust, Kriminalistika ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi esa zamon talablariga javob bermas edi. 1958-yilda X.S.Sulaymonova tashabbusi bilan Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Ushbu institutning tashkil topishi anchagina ko'p jinoyatlarning aniqlanishi va bartaraf etilishi, shuningdek, huquqiy muammolarnining hal etilishida katta ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda ushbu institut akademik X.S. Sulaymonova nomi bilan yuritiladi.

X.S. Sulaymonova O'zSSR Adliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan davrida huquqiy islohotlarni amalga oshirgani uchun 1964-yilda respublika Oliy Sudining raisasi lavozimiga tayinlanadi. Shunday mas'uliyatli lavozimda ishlar ekan, u sud tizimini takomillashtirishga kirishdi. U mahalliy sharoitni o'rganib chiqib O'zbekiston SSR Oliy soveti Prezidiumiga, Oliy sud tarkibiga qonunchilikni kodifikatsiyalash va sistemalashtirish, sud amaliyotini umumlashtirish hamda shikoyat ko'ruvchi bo'limlar tashkil etish taklifi bilan chiqadi. Xadicha Sulaymonova o'zini oqlamagan shafqatsiz jazolar qo'llanishiga qarshi bo'lib, faqatgina adolatli jazolar qo'llanishi jamiyatga farovonlik baxsh etadi, deb hisoblar edi. Bundan tashqari, u fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibini yo'lga qo'ydi. Hammaga o'rnak bo'lishi uchun, uning o'zi ham fuqarolarning shikoyatlarini ko'rib chiqar va ularning muammolarini hal qilib berar edi. Sud tizimida qarorlarning adolatli qabul qilinishini ta'minlash uchun, X.S. Sulaymonova insonparvarlik prinsipi rioya etilishiga alohida e'tibor bergan.

Yuqori va mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritishi Xadicha Sulaymonovani ko'zga ko'ringan jamoat arboblari qatoriga ko'tardi. U sud-huquq tizimini yuksaltirish, jamiyat farovonligini ta'minlash, xotin-qizlar huquqlari poymol qilinishiga yo'l qo'ymaslik borasida bir qancha tadbirlar o'tkazdi. Chunonchi, u bir nechta xalqaro konferensiyalarda qatnashib, xalqaro huquqiy tajribani o'rgandi va O'zbekiston SSR huquqiy tizimini takomillashtirib bordi. Misol uchun, Xadicha Sulaymonova Amsterdamdagi III xalqaro

sotsiologlar Kongressi (1956), BMTning Londondagi II Kongressi

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-129-133

(1960), xalqaro yurist-demokratlar assotsiatsiyasining Sofiyadagi VII Kongressi

(1960), Osiyo va Afrika mamlakatlari xotin-qizlarining Qohiradagi I konferensiyasi

(1961), Tokiodagi Osiyo va Afrika yuristlari xalqaro konferensiyasining qatnashchisi

Bundan tashqari, X.S. Sulaymonova bir guruh taniqli davlat xizmatchilariga akademik murabbiy bo'ldi. Uning rahbarligida M.H. Hakimov, F.A. Ahmedov, T.A. Ayubov, E.H. Hakimov, M.G. Ikramova va boshq. huquq fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yozdi va yoqladi [1, 45]. Xadicha Sulaymonovaning shogirdlari orasida uning birinchi aspiranti M.S. Vosiqova alohida ajralib turadi. M.S. Vosiqova iqtidori, ustozining bilimlarini yaxshi o'zlashtirganligi natijasida respublika Adliya vaziri lavozimiga tayinlanadi.

O'sha davr Sovet hukumati akademik Xadicha Sulaymonovaning siyosiy, ilmiy-pedagogik va ijtimoiy faoliyatini yuqori baholaydi. 1954-yilda u "Ulug' Vatan urushi davridagi shavkatli mehnati uchun" medaliga sazovor bo'ldi. 1955-yilda esa ikkita "Hurmat Belgisi" ordeni bilan taqdirlanadi [4, 378]. Shuningdek, X.S.Sulaymonova amalga oshirgan ishlari uchun O'zSSR Oliy Sovetining Faxriy yorliqlari sohibasiga aylanadi.

Xadicha Sulaymonova 1965-yilning 26-noyabrida og'ir va uzoq kassalik oqibatida olamdan erta vafot etadi. U qisqa umr ko'rishiga qaramasdan juda ko'plab savob ishlarni amalga oshirishga hamda o'z xalqining hurmatiga sazovor bo'lishga ulgurdi. Jumladan, u hozirgi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi yaratilishiga, mintaqada adolatli huquqiy muhit vujudga kelishiga, huquqshunoslik fanining rivojlanishiga va jamiyat farovonligini ta'minlashga g'oyat katta hissa qo'shib ketdi. Xalqimiz xotirasida esa birinchi huquqshunos olima, davlat arbobi va buyuk murabbiy sifatida muxrlanib qoldi.

REFERENCES:

1. M.X. Hakimov Akademik Xadicha. - T.: "O'ZBEKISTON", 1972. - 83 b.

2. M. Hakimov, G. Ahmedov va A. Saidov Xadicha Sulaymonova - huquqshunos olima, davlat arbobi. - T.: "O'ZBEKISTON", 1993. - 150 b.

3. Toshkent. Ensiklopediya. - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - 675 b.

4. A. Ishanov O'zbekistondagi yuridik ilm-fan. - M.: Sovet

bo'ldi.

ensiklopediyasi, 1977. - 725 b.

2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.