Научная статья на тему 'YURIDIK TEXNIKUMLAR FAOLIYATI XORAZM VILOYAT YURIDIK TEXNIKUMI MISOLIDA'

YURIDIK TEXNIKUMLAR FAOLIYATI XORAZM VILOYAT YURIDIK TEXNIKUMI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
34
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yuridik texnikum / huquqshunos kadr / faoliyat / sud-huquq sohasi

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ibragimova Zulayho Karimbayevna, Ozodova Iroda Hamza Qizi

Mazkur maqolada yurtimizdagi yuridik texnikumlarning faoliyati Xorazm viloyat yuridik texnikumi misolida ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURIDIK TEXNIKUMLAR FAOLIYATI XORAZM VILOYAT YURIDIK TEXNIKUMI MISOLIDA»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №14

YURIDIK TEXNIKUMLAR FAOLIYATI XORAZM VILOYAT YURIDIK

TEXNIKUMI MISOLIDA

Ibragimova Zulayho Karimbayevna

Xorazm viloyati yuridik texnikumi kafedrasi mudiri Ozodova Iroda Hamza qizi

Xorazm viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7450639

Annotatsiya: Mazkur maqolada yurtimizdagi yuridik texnikumlarning faoliyati Xorazm viloyat yuridik texnikumi misolida ochib beriladi.

Kalit so'zlar: yuridik texnikum, huquqshunos kadr, faoliyat, sud-huquq sohasi.

Barchamizga yaxshi ma'lumki, bugungi kunda yurtimizda sud-huquq sohasiga, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga hamda huquqshunos kadrlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu boradagi keng kolamli ishlar esa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Yurisprudensiya sohasida zamon talablariga javob bera oladigan, bilimli mutaxassislarni tayyorlashda respublikamizning har bir viloyatida tashkil qilingan yuridik texnikumlar alohida o'rin tutadi. Yuridik soha rivojidagi tizimli va keng ko'lamli ishlarning mantiqiy davomi sifatida 2020-yil 30-oktabr kuni "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Hozirgi kunda yurtimizda Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'z faoliyatini samarali tarzda yuritib kelmoqda. Shunga ko'ra bu yuridik texnikumlar har yili "davlat huquqiy faoliyat", "yuridik xizmat", "sud-huquqiy faoliyat" yo'nalishlari bo'yicha kadrlar tayyorlaydi. O'zbekiston Respublikasi hududida bu texnikumlarning obro'si kundan kunga ortib bormoqda. Xususan, Xorazm viloyat yuridik texnikumi o'z oldiga yetuk va jahon talablariga mos yuridik kadrlarni tayyorlash maqsadini qo'ygan. Xorazm viloyat yuridik texnikumi o'z bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiy amaliy va yuridik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik ko'rishlarini ta'minlaydi. Texnikum o'z faoliyatini to bugungi kunga qadar ko'p yillik an'analarni o'zida saqlab kelgan holda, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda.

Xorazm viloyat yuridik texnikumi o'quvchilariga kariyerada muvaffaqiyatga erishish uchun asos bo'ladigan bilim va tajribalarni beradi. Ushbu texnikumda o'quvchilar bir biridan yetuk bilimga hamda yuqori tajribaga ega bo'lgan huquqshunos o'qituvchilardan dars oladilar. Texnikumda har yili o'tkaziladigan "Miss Yurist", "Eng iqtidorli talaba", "Idrok" kabi ko'rik tanlovlar bu yerda ta hsil

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №14

olayotgan o'quvchilami yanada ko'proq izlanishga, ko'proq bilim olishga undaydi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunday ko'rik tanlovlarda go'liblikni qo'lga kiritgan iqtidorli o'quvchilar diplom, esdalik sovg'alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi hamda bu tanlovning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Bundan tashqari, Xorazm viloyat yuridik texnikumida har oyda "eng faol kitobxon" shu bilan birgalikda har hafta payshanba kuni "Zakovat" intelektual o'yinlari tashkil etiladi.Yana bitta tanlov haqida alohida to'xtalib o'tishni lozim ,bu tanlov joriy yilda birinchi marotaba o'tkazilishi bo'lib'Jinoyat va fuqarolik ishlari bo'yicha namunaviy sud protsesi"deb nomlanib,tanlov jarayonida o'quvchi yoshlar o'zlarining sudda nutq so'zlash ,jamoada ishlash,tezkor fikrlash,tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar. Mazkur tanlov natijalariga ko'ra jinoyat ishlari bo'yicha "Tergovchi" jamoasi va "Kriminalist" jamoasi, fuqarolik ishlari bo'yicha "Ekspertlar" jamoasi va "Liderlar" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritib hududiy bosqichda ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Texnikumdagi barcha tanlov va musobaqalar adolatli shaffof tarzda o'tkaziladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, kelgusida nafaqat Xorazm viloyati yuridik texnikumi, qolaversa, respublikamizdagi barcha yuridik texnikumlardan mamlakatimizning sud-huqu sohasiga o'zlarining munosib hissasini qo'shishga qodir yuridik kadrlar yetishib chiqadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 30-oktabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.