Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN BOSHQA JINOIY-HUQUQIYT A’SIR CHORALARI QO‘LLASHDA XORIJ TAJRIBASI'

VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN BOSHQA JINOIY-HUQUQIYT A’SIR CHORALARI QO‘LLASHDA XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
42
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Uzur so‘rash / zararni qoplash / voyaga yetmagan shaxs / jazo dan ozod qilish / majburiy choralar / javobgarlik / tarbiyaviy choralar xulq-atvorini / nazorqat qilish va maxsus o‘quv tarbiya muassalalariga joylashtirish. / Apology / damages / minor / exemption from punishment / compulsory measures / responsibility / educational measures / behavior / supervision and placement in special educational institutions.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Eshboyev Xurshid Xushvaqt O‘g‘li

Maqolada voyaga yetmagan shaxslarni majburlov choralari qo‘llagan holda jazodan ozod etish, shaxsni kelgusida qonunchilikka xurmat ruhida qayta tarbiyalash maqsadida jinoiy-huquqiy ta’sir choralari qo‘llash hamda xorijiy davlatlarda voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralarni tahlil etish va shu asnoda milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida tegishli xulosalar qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE IN APPLYING OTHER CRIMINAL-LEGAL IMPACT MEASURES APPLIED TO MINORS

In the article, the use of criminal-legal sanctions in order to free minors from punishment using coercive measures, to re-educate them in the spirit of compliance with the law, and to analyze the legal sanctions used for minor offenders in foreign countries and appropriate conclusions were made regarding the improvement of our national legislation.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN BOSHQA JINOIY-HUQUQIYT A’SIR CHORALARI QO‘LLASHDA XORIJ TAJRIBASI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Щ /

i V

Уг\гл

Я-,. ' I г [■■

I " Ï yj

ч i 'JmH

LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES

à^A «..l в®.!»»»»""

ARTICLE INFO

FOREIGN EXPERIENCE IN APPLYING OTHER CRIMINAL-LEGAL IMPACT MEASURES APPLIED TO MINORS

Eshboyev is the son of Khurshid Khushvakt

Student of Tashkent State Law University E-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11201845

Received: 08th May 2024 Accepted: 15th May 2024 Online: 16th May 2024 KEYWORDS Apology, damages, minor, exemption from punishment, compulsory measures,

responsibility, educational measures, behavior, supervision and placement in special educational institutions.

ABSTRACT

In the article, the use of criminal-legal sanctions in order to free minors from punishment using coercive measures, to re-educate them in the spirit of compliance with the law, and to analyze the legal sanctions used for minor offenders in foreign countries and appropriate conclusions were made regarding the improvement of our national legislation.

ЗАРУБЕЖНЫЙ опыт применения других мер уголовно-правового ВОЗДЕЙСТВИЯ В ОТНОШЕНИИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ

Эшбоев — сын Хуршида Хушвакта

Студент Ташкентского государственного юридического университета [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11201845

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th May 2024 Accepted: 15th May 2024 Online: 16th May 2024 KEYWORDS

Извинение, причинение вреда, несовершеннолетний, освобождение от наказания, меры принуждения,

ответственность, воспитательные меры, поведение, надзор и помещение в специальные образовательные учреждения.

В статье рассматривается применение уголовно-правовых санкций в целях освобождения несовершеннолетних от наказания с использованием мер принуждения, их соблюдения закона, а правовые санкции,

несовершеннолетним зарубежных странах. соответствующие выводы совершенствования нашего законодательства.

перевоспитания в духе также анализируются применяемые к

правонарушителям в ^ран и сделаны

относительно

национального

VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN QO'LLANILADIGAN BOSHQA JINOIY-HUQUQIY TA'SIR CHORALARI QO'LLASHDA XORIJ TAJRIBASI

Eshboyev Xurshid Xushvaqt o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi

E-mail. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11201845 ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 08th May 2024 Maqolada voyaga yetmagan shaxslarni majburlov

Accepted: 15th May 2024 choralari qo'llagan holda jazodan ozod etish, shaxsni

Online: 16th May 2024 kelgusida qonunchilikka xurmat ruhida qayta tarbiyalash

muassalalariga joylashtirish.

Yoshlar o'rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha davlatimiz tomonidan muhim ahamiyat kasb etuvchi maxsus chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda va ularning sirasiga jinoiy javobgarlik choralari ham mavjud. Ya'ni bu voyaga yetmaganlarning jinoyatlari uchun davlat tomonidan jazoga tortish usulidir. Uning zamirida voyaga yetmaganlarga qayta tarbiyalash maqsadida majburlov choralari qo'llaniladi. Jinoiy huquqiy ta'sir choralari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi umumiy qismi XVI bobida alohida keltirilgan.

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qo'llaniladi:

a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so'rash majburiyatini yuklash;

b) o'n olti yoshga to'lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o'z mablag'i hisobidan yoki mehnati bilan to'lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash.

Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan oshib ketmagan bo'lsa qo'llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi;

d) voyaga yetmaganni maxsus o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish1.

Voyaga yetmaganlarni majburlov choralarini qo'llagan holda jazodan ozod qilishning huquqiy jihati qo'llaniladigan majburlov choralarining xususiyatida bo'lib, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligini amalga oshirishning alohida shakli sifatida aks etadi. Majburlov choralarini qo'llashning formal asoslari quyidagilardan iborat bo'lib:

Birinchidan, voyaga yetmagan shaxs tomonidan ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatni takroran sodir etish yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganligi uchun besh yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash;

1 O'zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi. 01.04.1995 -yil. https://lex.uz/docs/-111453.

KEYWORDS

maqsadida jinoiy-huquqiy ta'sir choralari qo'llash hamda xorijiy davlatlarda voyaga yetmagan huquqbuzarlar uchun qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralarni tahlil etish va shu asnoda milliy qonunchiligimizni takomillashtirish borasida tegishli xulosalar qilingan.

Uzur so'rash, zararni qoplash, voyaga yetmagan shaxs, jazo dan ozod qilish, majburiy choralar, javobgarlik,

tarbiyaviy choralar xulq-atvorini, nazorqat qilish va maxsus o'quv tarbiya

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

ikkinchidan, mazkur jinoyat uchun hukm qilinishi, shuningdek bu voyaga yetmagan shaxsga jazo qo'llamasdan turib ham uning tuzalishi mumkinligiga ham urg'u berilgan. Majburlov choralarini qo'llagan holda jazodan ozod qilingan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan, javobgarlikdan ozod qilishdan farqli o'iaroq, davlat nomidan hukm chiqariladi, sudlanganlik holatini vujudga keltiradi, lekin agar ular tomonidan yangi jinoyat sodir etilsa, majburlov chorasi qo'llanilgan holda jazodan ozod qilingan jinoyati uchun jazoga tortilishi mumkin emas. Sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilishi va unga nisbatan majburlov choralarini qo'llashi mumkin2.

Yoshlarni huquqlarini himoya qilish faqat O'zbekiston Respublikasining emas balki xalqaro miqyosda bo'lgan asosiy va yakdil maqsaddir.

Sh.A.Sayfullayev o'z magistirlik dissertatsiyasida Voyaga yetmaganlarning huquqlarini himaya qilish yurtimizning, vaholanki barcha davlatlarning hamda xalqaro tashkilotlarning birlamchi maqsad va vazifasidir.

Voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish uchun huquqiy asoslar, mexanizmlar hamda maxsus tizimlar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Hozirda olib borilayotgan davlat siyosati hamda islohotlari orqali ko'rishimiz mumkinki, yurtimizda voyaga yetmaganlar bilan bog'liq bo'lgan Jinoyat kodeksining moddalariga, xususan, voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini liberallashtirish, ularni rivojlangan davlatlar tajribasini qo'llagan holda takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolarni qo'llash, ularni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish instituti va qonunchilikni rivojlantrishga e'tibor berilmoqda.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini liberallashtirish ularni takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini rivojlantirish maqsadi bugungi kunda xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligini o'rganish, tahlil qilish va qonunchiligimizga tadbiq qilinishini taqozo etishda davom etayotganligini 3 a'loxida ta'kidlab o'tgan.

Qariyib barcha davlatlarda voyaga yetmagan huquqbuzarlar jazo obyekti sifatida emas, balki ijtimoiy reabilitatsiya subyekti hisoblanadi. Darhaqiqat, SH. Pulatova o'z iszlanishlarida ozodlikdan mahrum qilish joylarida voyaga yetmagan shaxs og'irroq jinoyatlar uchun sudlangan yoki g'ayri ijtimoiy qarashlari mustahkam boshqa o'smirlar ta'siriga tushishi, uning tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatishi tabiiy holat ekanligini. Shu bilan birga, aynan voyaga yetmaganlar uchun tayinlangan jazo uni faqatgina jazolash maqsadida emas balki tarbiyalash asosiy maqsad sifatida o'rin egallashi kerakligini ta'kidlagan4.

Boshqacha qilib aytganda, mazkur bildirilgan yondashish o'rinlidir. Mazkur fikrga qo'shimcha sifatida keltirishimiz mumkinki, voyaga yetmagan shaxslar uchun tayinlangan ozodlikdan cheklash jazosi jazo tayinlashdan kutilgan natijalarga erishishga yordamchi vazifani bajarishdan ko'ra ushbu voyaga yetmaganlar uchun "jinoiy hayotga kirish eshiglarini

2 С.Ниёзова, А.Алланова, К.Х,акимов. Вояга етмаганлар жиноий жавобгарлиги (Укув кулланма) 57- бет

3 Sh. A. Sayfullayev. "Voyaga yetmaganlami jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish instituti: Qiyosiy-Huquqiy Tahlil" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya Ishi. Toshkent - 2022.

4Ш.Пулатова. Узбекистан Республикасида ювенал юстицияни ривожлантиришнинг айрим масалалари. Узбекистан республикаси жиноят кодексини такомиллаштириш масалалари. Республика илмий-амалий конференция материаллари туплами. 2017. 96-bet.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

ochishda hamda muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun mahsus reallikka asoslangan maktab o'rnini bajaradi".

Dunyoning ayrim rivojlangan xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligini o'rganish va tahlil qilish, jinoiy jazo tizimi, jazo tayinlash, javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish institutining ijobiy jihatlarini o'rganib, bizning jinoyat qonunchiligimizga tadbiq qilish maqsadga muvofiq bo'lgan bo'lar edi.

Germaniya Jinoyat kodeksida o'n to'rt yoshgacha bo'lgan bolalarning mutlaq jinoiy javobgarlik printsipi belgilab qo'yilgan. "Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha sud to'g'risida"gi qonun o'n to'rt yoshga to'lgan va o'n sakkiz yoshga to'lmagan yoshlarning mas'uliyatsizligini nazarda tutadi, biroq u shuningdek, agar faktlar yuzaga kelgan paytda ularning etukligi asoslansa, ularning javobgarligi kuchga kirishi mumkinligini ham nazarda tutadi 5. Ammo, ushbu yoshlar umuman umumiy turdagi jinoyat qonunchiligiga bo'ysunmaydilar. Ya'ni voyaga yetmaganlar sudi to'g'risidagi qonunda belgilangan jinoyat qonuniga bo'ysunadilar.

Germaniya qonunchiligida voyaga yetmagan, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hamda ularning javobgarligi masalalari, "Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha sud to'g'risida"gi qonun bilan tartibga solinib, ushbu qonunga ko'ra ularning javobgarligi masalalarini uch toifaga ajratadi: tarbiya choralari, intizomiy choralar va yoshlarga xos qamoq jazosi. Faqat uchinchisi jinoiy sanktsiyani tashkil qiladi6.

Intizomiy jazo choralari, agar birinchisi yetarli bo'lmasa, ya'ni yuqorida sanab o'tilgan tarbiyaviy chora-tadbirlar kutilgan natijaga erishishda o'z o'rnini ko'rsatmagan taqdirdagina qo'llaniladi.

Ular uch guruhga bo'linadi: tantanali ogohlantirish; majburiyatlarni bildirish, ya'ni shaxsiy uzr so'rash, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplash, umumiy manfaatdor tashkilotga pul miqdorini to'lash. Bundan tashqari, uncha katta bo'lmagan jinoyatchilar uchun maxsus qamoqqa olish (Jugendarrest), jinoiy jazo hisoblanmaydigan va sudlanganlik holatini taqazo etmaydigan chora hisoblanadi. Germaiyada maxsus qamoqqa olish va saqlash joyi sifatida ixtisoslashtirilgan muassasa nazarda tutiladi. U yerda turli qilmishlar yuzasidan voyaga yetmagan shaxslar: hafta oxiriga qadar (ko'pi bilan ikki hafta oxiri), qisqa muddatga (ikki kundan to'rt kungacha) va uzoq muddatga (bir haftadan to'rt haftagacha) ushlab turilishlari mumkin7.

Belgiya qirolligi jinoiy huquqida jinoyat subyekti sifatida o'n sakkiz yoshga to'lmagan yosh jinoyatchilarga nisbatan Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jazo choralari qo'llanilishi mumkin emas, lekin ular 1965-yil 8-apreldagi qonunning, "Yoshlarni himoya qilish to'g'risida"gi qoidalariga bo'ysunadi va yoshlar sudlari tomonidan ko'rib chiqiladi. Biroq, agar ular o'n olti yoshdan oshgan bo'lsa, ular muayyan sharoitlarda oddiy sudlarga tortilishi mumkin.

"Yoshlarni himoya qilish to'g'risida"gi qonunda nazarda tutilgan chora-tadbirlar shuni nazarda tutadiki, qamoqqa olish, tarbiyalash choralari quyidagilardan iborat:

voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ota-onasiga yoki uning vasiyligida bo'lgan shaxslarga uni yaxshiroq nazorat qilish to'g'risida buyruq bilan birga tanbeh berish;

5 https://www.gesetze-im-intemet.de/stgb/BJNR001270871 .html.

6 https://www.gesetze-im-internet.de/jgg/BJNR007510953.html.

7 https://www.gesetze-im-internet.de/jgg/BJNR007510953.html.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

yosh huquqbuzar muntazam ravishda maktabga qatnab, o'zining yoshi va imkoniyatlariga bog'liq bo'lgan ta'lim yoki xayriya xizmatini amalga oshirsa va o'zini o'zi bo'ysundirsa, yoshlarni himoya qilish qo'mitasi yoki yoshlarni himoya qilish bo'yicha delegatning oilaviy muhitda bo'lishini nazorat qilish; psixolog maslahatlarini olish;

yoshlarni himoya qilish qo'mitasi yoki yoshlarni himoya qilish bo'yicha delegat nazorati ostida homiylik ostidagi oilaga yoki tegishli muassasaga joylashtirish; ixtisoslashtirilgan markazga joylashtirish8.

Fransiya Jinoyat kodeksining 122-moddasi 8-qismida o'n uch yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlarning mutlaq jinoiy javobgarlik tamoyili belgilangan. Unga ko'ra, o'n uch yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan yoshlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan majburiy chora-tadbirlar 1945-yil 2-fevraldagi 45-174-sonli "Qonunbuzarlik to'g'risida"gi qonunda mavjud 9.

Fransiyada yosh huquqbuzarlarga nisbatan qo'llaniladigan majburiy choralar Bolalar sudyasi 1945-yilgi qonunning 8-moddasida ko'rsatilgan quyidagi choralarni qo'llashi mumkin:

aybdor voyaga etmagan shaxsni qayta toifalash olinganligi, yetkazilgan zararning qoplanganligi va huquqbuzarlik natijasida yuzaga kelgan tartibsizliklar barham topganligi aniqlansa, jazodan ozod qilinadi; ogohlantirish;

ota-onaga, vasiyga, voyaga yetmagan bolaning vasiyligidagi shaxsga yoki ishonchli shaxsga topshirish;

besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga sud himoyasiga olish;

ta'lim yoki kasb-hunar o'rgatish uchun davlat yoki xususiy muassasa, tibbiy yoki tibbiy-pedagogik muassasaga, tegishli maktab-internatga joylashtirish yoki o'n uch yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlarni bolalarni parvarish qilish xizmatiga qaytarish; o'n sakkiz yoshga qadar sinov muddati10.

Angliya va Uels. 1998-yil 31-iyulda qabul qilingan "Jinoyat va tartibsizliklar to'g'risida"gi qonunning 34-moddasida jinoiy javobgarlik yoshi o'n etib belgilangan. Voyaga yetmagan o'n yoshdan o'n yetti yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smir huquqbuzarlarga nisbatan qo'llaniladigan tarbiyaviy va intizomiy choralar: Agar bu kichik birinchi qoidabuzarlik bo'lsa, politsiya xodimlari yosh huquqbuzarlarni ogohlantiradilar. Agar sodir etilgan jinoyat og'irroq bo'lsa, sudning qarori bilan quyidagi choralar belgilanishi mumkin: ko'pi bilan uch yil muddatga sinov muddati;

qirq soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo'lgan muddatga jamoat ishlari; shartli jazo va jamoat ishlarini o'z ichiga olgan qo'shma jazo; komendantlik soatiga rioya qilish;

o'n olti yoshga to'lmagan yoshlar uchun yashash joyi to'g'risidagi talabni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan bir yildan uch yilgacha bo'lgan muddatga nazorat qilish;

tadbirlarda va shu kabi kurslarda ishtirok etish majburiyati, har shanba kuni ikki yoki uch soat davomida , ko'pincha maktablarda tashkil etilgan tadbirlarda11.

8 https://www.senatfr/lc/lc52/lc52_mono.html#toc19.

9 https://www.legifrance.gouv.fr/loda/id/JORFTEXT000000517521.

10 https://www.senat.fr/lc/lc52/lc52_mono.html#toc8.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Xorijiy davlatlarning qonunchiligidan bu masalaga oid qoidalar o'rganilganda bizning qonunchiligimizdan farq qiluvchi jihatlarini aniqladik.

Jumladan Qirg'iziston Respublikasi jinoyat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxlarga nisbatan qo'llaniladigan majburlov choralarining aloxida turlari mavjuddir. Masalan ogohlantirish, ota- ona yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud davlat organi xodimi nazorati ostiga topshirish. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarga bir nechta majburiy choralar qo'llanilishi mumkin, uning amal qilish muddati esa bir oydan uch oygacha bo'lishi mumkinligi aniqlandi.

Bizning qonunchiligimizdan farqli ravishda ushbu keltirilgan davlatlar jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga qarata qo'llaniladigan majburiy choralarning umumiy muddati ko'rsatilib qonunchiligida mustahkamlab qo'yilgan12.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Belgiyada voyaga yetmaganga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish va uning xulq-atvorini nazorat qilish uchun ota-onalarga yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarga yoxud ixtisoslashtirilgan davlat organiga javobgarlikni yuklash,

Angliyada voyaga yetmaganni belgilangan kurslarda ishtirok etish majburiyati,

Germaniyada ularni yashash joyidan ajratmaslik hamda o'quv mashg'ulotlarda qatnashishga, ma'lum odamlar va ma'lum joylar bilan muloqot qilishni taqiqlash,

Belgiyada psixolog maslahatlarini olish, yoshlarni himoya qilish qo'mitasi yoki yoshlarni himoya qilish bo'yicha delegat nazorati ostida Homiylik ostidagi oilaga joylashtirish (Bu majburlov chorasi Shvetsariya (o'n besh yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan yoshlar) ham mavjud),

Fransiyada ta'lim yoki kasb-hunar o'rgatish uchun davlat yoki xususiy muassasaga joylashtirilishi aniqlandi.

Xulosa qilib aytganda ushbu chora-tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarda aybdorlik tuyg'usini shakllantirishdan iborat, chunki bu nafaqat kelajakda jinoyatchilikka bo'lgan munosabatga salbiy ta'sir ko'rsatishi, balki uning takrorlanishining oldini olishi ham mumkin.

Agar statistik ma'lumotlarni hisobga oladigan bo'lsak, voyaga etmaganning jinoyatchi shaxsini shakllantirishning boshlang'ich nuqtasi bo'lgan juda ko'p oilaviy sabablar mavjudligi va natijada u tomonidan jinoyat sodir etilishi aniqlanishi mumkin13.

Bu o'z navbatida ushbu sohasidagi xalqora turdagi qonunchilikni va amaliyotni kompleks chuqur tahlil qilish hamda xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan norma va prinsiplaridan kelib chiqqan holda voyaga yetmagan shaxslarni boshqa jinoyat huquiy ta'sir choralarini qo'llagan holda jazodan ozd qilish institutini qo'llanilishi yuzasidan milliy qonunchiligimizni takomillashtirilishi dolzarb ahamiyat kasb etishi lozim ekanligidan dalolat beradi.

11 https://www. senat. fr/lc/lc52/lc52_mono .html#tocl6.

12 Sh. A. Sayfullayev. "Voyaga yetmaganlami jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish instituti: Qiyosiy-huquqiy tahlil" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi.

13 Khatamov B.K. (2022). Personality of a juvenile delinquent. Innovative science. No.2. pp. 31.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

References:

1. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 01.04.1995-yil. https://lex.uz/docs/-111453.

2. С.Ниёзова, А.Алланова, К.Х,акимов. Вояга етмаганлар жиноий жавобгарлиги (У;ув кулланма). Тошкент. 57- бет .

3. Sh. A.Sayfullayev "Voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish instituti: qiyosiy-huquqiy tahlil" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi. Toshkent - 2022.

4. Ш.Пулатова. Узбекистон Республикасида Ювенал Юстицияни ривожлантиришнинг айрим масалалари. Узбекистон Республикаси Жиноят кодексини такомиллаштириш масалалари республика илмий-амалий конференция материаллари туплами. 2017. 96-bet.

5. https://www.gesetze-im-internet.de/stgb/BTNR001270871.html.

6. https://www.gesetze-im-internet.de/jgg/BJNR007510953.html.

7. https://www.gesetze-im-internet.de/jgg/BTNR007510953.html.

8. https://www.senat.fr/lc/lc52/lc52 mono.html#toc19.

9. https://www.legifrance.gouv.fr/loda/id/T0RFTEXT000000517521/.

10. https://www.senat.fr/lc/lc52/lc52 mono.html#toc8.

11. https://www.senat.fr/lc/lc52/lc52 mono.html#toc16.

12. Khatamov B.K. (2022). Personality of a juvenile delinquent. Innovative science. No.2. рр. 31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.