Научная статья на тему 'JAZONI OʼTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI RAVISHDA OZOD QILISH TARTIBI'

JAZONI OʼTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI RAVISHDA OZOD QILISH TARTIBI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
492
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Voyaga etmaganlar / javobgarlikdan ozod qilish / jazodan ozod qilish / shartli ravishda ozod qilish / rejim / mehnatga halol munosanatda bo'lish / o’qishga vijdonan munosabatda bo'lish.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Shavkat Abdisamatovich Sayfullayev

Maqolada voyaga yetmaganlarni jinoyatlari uchun shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish deganda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning bir turi, uning xususiyatlari, ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlarining belgilangan tartibi va talablari yoritilgan. Mehnatga yoki o'qishga vijdonan, halol munosabatda bo’lish va uning tushunchalari sanab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAZONI OʼTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI RAVISHDA OZOD QILISH TARTIBI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

JAZONI O'TASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI RAVISHDA OZOD

QILISH TARTIBI

Shavkat Abdisamatovich Sayfullayev

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi "Inson huquqlariga oid

xalqaro huquq" magistri

Maqolada voyaga yetmaganlarni jinoyatlari uchun shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish deganda O'zbekistonda voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning bir turi, uning xususiyatlari, ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlarining belgilangan tartibi va talablari yoritilgan. Mehnatga yoki o'qishga vijdonan, halol munosabatda bo'lish va uning tushunchalari sanab o'tilgan.

Kalit so'zlar: Voyaga etmaganlar, javobgarlikdan ozod qilish, jazodan ozod qilish, shartli ravishda ozod qilish, rejim, mehnatga halol munosanatda bo'lish, o'qishga vijdonan munosabatda bo'lish.

O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonunida insonparvarlik prinsipining namoyon bo'lishini jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish institutida ham ko'rishimiz mumkin.

Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish jazodan ko'zlangan maqsadga erishilgan hollarda qo'llaniladi. Aynan ushbu asoslar jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishida mahkumning ijtimoiy xavfliligini yuqotganligini va sud tomonidan tayinlagan jazoni to'la o'tamasdan tuzalganligini bildiradi.

Bu huquqiy institutning mohiyati shundan iboratki, mahkumni kelajakdagi jazoni o'tashdan shartli ravishda ozod qilishda ifodalanadi. Uning shartli xarakteri shuki, u qonunda ko'rsatilgan shartlar asosida amalga oshiriladi. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning qoidalariga rioya qilmaslik belgilangan jazo muddatini to'liq yoki qisman o'tashga olib keladi.

Un qo'llashning dastlabki sharti hukm qilingan mahkumning tuzalganligi to'g'risidagi sud tomonidan o'rnatilgan holatlarning mavjudligi va mahkum tomonidan jazoning ma'lum bir qismini o'taganligi hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarni jazoni o'tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish jazodan ozod qilish tartibini tartibga soluvchi ayrim umumiy qoidalarni qisman cheklash bilan bog'liq xususiyatlarga ega.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Voyaga yetmaganlar uchun Jinoyat kodeksining 89-moddasida nazarda tutilgan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish kattalarga nisbatan qo'llaniladigan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73-m.) bilan ko'p jihatdan o'xshashdir. Ayni paytda, qonunda insonparvarlik prinsipiga muvofiq, 18 yoshga to'lmay jinoyat sodir etgan shaxslarni muddatidan ilgari ozod qilish uchun imtiyozli shartlar belgilangan. Boshqacha qilib aytganda, Jinoyat kodeksining 89-moddasida, o'n sakkiz yoshga to'lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish xususida gap boradi. Ushbu modda qoidalari jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishning umumiy masalalarini tartibga soladigan JKning 73-moddasiga nisbatan maxsus norma sifatida ko'rilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Jinoyat kodeksining 89-moddasiga muvofiq, jazoni o'tashdan shartli ravishda muddatdan ilgari ozod qilishni qo'llash uchun quyidagilar asos bo'ladi:

1) jinoyatni voyaga yetmagan yoshda sodir etish;

Ushbu qoida shuni anglatadiki, sodir etilgan qilmishi uchun jazoni o'tayotgan o'n sakkiz yoshga yetmagan shaxslargagina nisbatan qo'llaniladi. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish vaqtida voyaga yetganlik fakti ahamiyatga ega emas.

2) jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilish;

3) jazoni haqiqatda o'tash - ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazoning kamida to'rtdan bir qismiga; og'ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismiga; -o'ta og'ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin tayinlanadi1.

Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish sud shaxsning axloqan tuzalishiga va majburlov choralari bilan axloq tuzatish ta'siri ko'rsatish zarur emasligiga ishonch hosil qilgan taqdirda qo'llanilishi mumkin. Shaxsda bunday tuzalish yuz berayotganidan uning ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlarini o'tashning belgilangan rejimi talablarini bajarayotganligi va mehnat yoki o'qishga vijdonan munosabatda bo'layotganligi dalolat berishi mumkin.

1 Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A. A. Otajonov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 414-b.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

M.X.Rustamboyevning tushuntirishlariga ko'ra, rejim deganda, 89-modda ma'nosiga ko'ra, jazoni o'tash va ijro etish tartibi tushuniladi. Rejim mahkumning o'zgarishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi .

Umumiy qoidaga ko'ra, mehnatga halol munosabat bu - mahkumlar mehnatga jalb qilinib, o'ziga yuklatilgan mehnat vazifasini va belgilangan normani muttaasil, sitqidildan, halol bajarib kelayotganligi uning halol mehnat yo'liga utib olganligini ko'rsatuvchi mezon hisoblanadi. M.X. Rustamboyevning fikriga ko'ra, mehnatga halol munosabatda bo'lish ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo tayinlanganda alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.

Ushbu ta'rifni JKning 89-moddasiga moslashtiradigan bo'lsak, mehnatga yoki o'qishga halol munosabat deganda, voyaga yetmaganning halol mehnat qilishi va o'qishga halollik bilan munosabatda bo'lganligi, faqatgina ma'lumot olish uchun o'qishga bo'lgan munosabatigina emas, balki hunar-texnika bilim yurtida o'qishi va o'z malakasini oshirishi ham nazarda tutiladi. Voyaga yetmagan shaxslarning o'qishga va mehnatga halol munosabati uni muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod qilishda hamda qo'llashda eng asosiy hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan omillardan biridir.

Bundan tashqari, ushbu institutni qo'llash mobaynida hukm qilingan shaxsning vijdonan munosabatda bo'lishi faqat jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasi ko'rib chiqilayotgan vaqtda emas, balki belgilangan jazoni o'tash muddati mobaynida o'zgarganidan guvohlik berishi kerak.

Yuqorida keltirilgan asoslardan qo'shimcha sifatida quyidagi asoslar va xarakterlar mahkumda kuzatilganda ham mazkur institutni unga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan,

- jinoyat natijasida jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni tezroq qoplash uchun harakat qilishi;

- o'zining aybini tan olganligi;

- jazoni o'tab bo'lganidan keyin to'g'ri hayot boshlashga va jinoiy o'tmishdan qutulishga harakat qilganligiga ham e'tibor qaratish lozim.

Voyaga yetmagan shaxsni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni sud ushbu turdagi jazo qo'llashning asoslari va shartlari birgalikda mavjud bolgandagina amalga oshirishi mumkin.

Mahkumni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish ko'rib chiqilayotgan modda qoidalari bo'yicha, faqat quyidagi shartlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin:

2 PycTaMÖoeB M.X. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr ^hhoat KogeKCHra mapx [Kaftra Hm^amuH Ba Ty^gHpHOTaH hkkhhhh Hamp. 2016 hhïï 1 Hoa6prana 6y^raH y3rapTHpum Ba ^ymuMna^ap 6H^aH] yMyMHH rhcm / M. PycTaM6oeB. TomKeHT: Agorar, 2016. 520-6.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- voyaga yetmagan yoshda sodir qilgan jinoyati uchun jazo o'tayotgan bo'lsa;

- axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan mahkum unga tayinlangan tartibga rioya qilsa, uning tuzalayotgani to'g'risida guvohlik beruvchi mehnatga yoki o'qishga vijdonan munosabatda bo'lsa;

- mahkum 89-moddaning uchinchi qismida belgilangan sodir etgan qilmishining

-5

og'irligiga qarab tayinlangan jazoning eng kam zarur muddatini o'tagan bo'lsa .

Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish o'n sakkiz yoshga to'lmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati va voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qo'llaniladi. Qo'shimcha ma'lumot sifatida keltirish joizki, jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to'g'risidagi taqdimnoma rad etilganda yangi taqdimnoma birinchi taqdimnoma taqdim etilgandan keyin 6 oy o'tgandan so'ng taqdim etilishi mumkin.4

Mazkur taqdimnoma berish tartibi umumiy tartibda esa JKning 73-moddasiga hamda jinoyat-ijroiya qonunchiligiga ko'ra muddatidan ilgari shartli ozod qilish jazoni ijro etuvchi organlar va muassasalar, masalan, IIV inspektsiyasi, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasasi yoki intizomiy qismga jo'natish tayinlanganda harbiy qism qo'mondonligi taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.

O'zgarishi mumkinligi haqidagi sudning xulosasi uning xulq-atvori to'g'risidagi ma'lumotlardan kelib chiqadi, ya'ni faqat muddatdan ilgari shartli ozod qilish to'g'risidagi masalani ko'rish paytidagina emas, balki butun jazoni o'tash mobaynidagi rejimga rioya qilish mehnatga munosabati hisobga olinadi. Sodir etilgan jinoyat xavfliligining xarakteri va darajasini, aybdorning shaxsini, jinoyat sodir etishdan oldingi va keyingi xulq-atvorini ta'riflaydigan barcha ma'lumotlarni har tomonlama hisobga olibgina, sud bunday xulosaga kelishi mumkin.

Voyaga yetmaganlarni jazoni o'tashdan shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilishning ularga nisbatan qo'llanilmaydigan holatlari ham mavjud. Masalan, 89-moddada tartibga solinmagan masalalar JKning 73-moddasiga muvofiq hal qilinadi. Xususan,

- javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish (JKning 97-moddasi 2-qismi);

- o'n to'rt yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish (JKning 118-moddasi to'rtinchi qismi);

3 Рустамбоев М.Х. Узбекистан Республикасининг Жиноят кодексига шарх [К^айта ишланган ва тулдирилган иккинчи нашр. 2016 йил 1 ноябргача булган узгартириш ва кушимчалар билан] умумий кисм / М. Рустамбоев. Тошкент: Адолат, 2016. 580-б.

4 Qarang: O'zbekiston Respublikasinining Jinoyat-ijroiya kodeksi, 164-moddasi beshinchi qismi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

- o'n to'rt yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan jabrlanuvchiga nisbatan zo'rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish (JK 119-moddasi to'rtinchi qismi);

- tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat sodir etish (JKning VIII bobi);

- O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyat sodir etish (JKning IX bobi);

- yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg'in qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon bo'lgan material va uskunalarni kontrabanda qilish (Jkning 246-moddasi 2-qismi) (JKning 73-moddasi 4-qismi).

Voyaga yetmagan yoshda jinoyat sodir qilgan shaxsga jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo'llash uchun jazo o'tashning eng kam zarur muddati belgilangan. Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish:

a) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to'rtdan bir qismi;

b) og'ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismi;

v) o'ta og'ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan bo'lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin qo'llaniladi5.

Bu muddatlar kattalar uchun o'rnatilgan muddatlarga nisbatan ancha qisqartirilgan hamda JKning 73-moddasida qilmishning og'irligidan va qilmishda residiv xususiyat mavjudligidan kelib chiqib differensiyalangan6.

Voyaga yetmaganlarni jazoni o'tashdan shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilishning xususiyatlari quyidagilardan iborat.

Fikrimcha, ushbu institutni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan anglashilmovchilik holatlari mavjud bo'lib, xususan, sudlar tomonidan qonunda ko'rsatilmagan sabablarga ko'ra (masalan, tayinlangan jazoning yengilligi, jazoni ijro etish yuzasidan muassasada kam vaqt bo'lganligi va boshqalar) jazoni o'tashdan muddatidan ilgari ozod qilishni rad qilish holatlari mavjud. Lekin shu vaziyatlarda o'zining o'zgarganligini isbotlagan mahkumlarni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni rad qilish hollari bo'lmasligi kerak. Boshqacha talqin qilinganda, mahkumning tuzalganligi to'g'risida isbotlovchi holatlar bo'lganda uni asossiz ravishda jazoni o'tashdan ozod qilish masalasini hal qilishni rad etish mumkin emas.

5 https://lex.uz/docs/-111453

6 PycTaMÖoeB M.X. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacHHHHr ^hhoat KogeKcnra mapx [KaHra nm^aHraH Ba Ty^gHpHOTaH hkkhhhh Hamp. 2016 hh^ 1 Hoa6prana 6y^raH y3rapTHpnm Ba KymnMHa^ap 6nnaH] yMyMHH khcm / M. PycTaM6oeB. TomKeHT: Agorar, 2016. 580-6.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, xulosa qilishimiz mumkinki, ushbu muassasaning o'ziga xos xususiyati jinoyat qonunchiligida voyaga etmaganlar jinoyati uchun belgilangan insonparvarlikdir. Ularga yana bir bor berilgan imkoniyat ularni jamiyatga qaytarishning eng samarali usullaridan biridir.

1. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A. A. Otajonov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 414-b.

2. PycTaM6oeB M.X. Y36eKHCTOH Pecny6nHKacuHHHr ^hhoat KogeKcura mapx, [KafiTa HmnaHraH Ba TyngupunraH hkkhhhh Hamp. 2016 hhh 1 Hoa6prana 6ynraH y3rapTupum Ba KymuMnanap 6unaH] yMyMHfi khcm / M. PycTaM6oeB. TomKeHT: Agonar, 2016. 520-6.

3. PycTaM6oeB M.X. Y36eKHCTOH Pecny6nuKacHHHHr ^hhoat KogeKCura mapx, [KafiTa umnaHraH Ba TyngupunraH hkkhhhh Hamp. 2016 fiun 1 Hoa6prana 6ynraH y3rapTupum Ba KymuMnanap 6unaH] yMyMHfi khcm / M. PycTaM6oeB. TomKeHT: Agonar, 2016. 580-6.

4. Qarang: O'zbekiston Respublikasinining Jinoyat-ijroiya kodeksi, 164-moddasi beshinchi qismi

5. https://lex.uz/docs/-111453 (Jinoyat kodeksi)

6. PycTaM6oeB M.X. Y36eKucTOH Pecny6nHKacuHHHr ^hhoat KogeKcura mapx, [KafiTa umnaHraH Ba TyngupunraH hkkhhhh Hamp. 2016 fiun 1 Hoa6prana 6ynraH y3rapTupum Ba KymuMnanap 6unaH] yMyMHfi khcm / M. PycTaM6oeB. TomKeHT: Agonar, 2016. 580-6.

Foydalanilgan adabiyotlar:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.