Научная статья на тему 'JINOYAT HUQUQIDA JAZONI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLARNI QO‘LLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

JINOYAT HUQUQIDA JAZONI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLARNI QO‘LLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
536
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jazo / javobgarlik / jazoni og`irlashtirish / jinoyat subyekti / jinoyat obyekti. / punishment / responsibility / aggravation of punishment / criminal record / criminal record.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Bozorov, Maqsudali Maxmudovich

Ushbu maqolada muallif tomonidan jazo va javobgarlik, jazoni og`irlashtirish tushunchasi, jazoni og`irlashtiruvchi holatlarni qo‘llashning ahamiyati, asoslari va shartlari, bu boradahi qonunchilikdagi muammo va kamchiliklar xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, bir qancha xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilib ular asosida taklif va tavsiyalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE APPLICATION OF CIRCUMSTANCES AGGRAVATING PUNISHMENT IN CRIMINAL LAW

In this article, the author refers to the concept of punishment and responsibility, aggravation of punishment, the importance, the basis and conditions for the application of circumstances that aggravate punishment, the problems and shortcomings in the legislation in this regard. Also, many foreign countries are exploring the experience and describe the proposals and recommendations on the basis of which they are made.

Текст научной работы на тему «JINOYAT HUQUQIDA JAZONI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLARNI QO‘LLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JINOYAT HUQUQIDA JAZONI OG'IRLASHTIRUVCHI HOLATLARNI QO'LLASHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

ШНЬи maqolada тыаШ/tomonidan]а2в уа javobgarlik, ]а2вт ogУirlashtirish tushunchasi, jazoni oglrlashtiruvchi ^1айагт qo'llashning ahamiyati, asoslari уа shartlari, Ьи boradahi qonunchШkdagi тиатто уа катсШИМаг xususida so'z yuritilgan.

Shuningdek, Ыг qancha хо^^у davlatlar tajribasi о '^атШ иа asosida taklif va tavsiyalar Ьayon qilingan.

КаШ so'zlar: jazo, javoЬgarlik, jazoni oglrlashtirish, jinoyat suЬyekti, jinoyat oЬyekti.

ВОПРОСЫ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРИМЕНЕНИЯ ОБСТОЯТЕЛЬСТВ, ОТЯГЧАЮЩИХ НАКАЗАНИЕ В УГОЛОВНОМ

ПРАВЕ

Бозоров Максудали Махмудович

Преподаватель кафедры уголовного права естественных наук Специализированного филиал Ташкентского государственного юридического университета

АННОТАЦИЯ

В данной статье автор обращается к понятию наказания и ответственности, отягчению наказания, важности, основаниям и условиям применения обстоятельств, отягчающих наказание, проблемам и недостаткам в законодательстве в этом отношении.

Также многие зарубежные страны изучают опыт и описывают предложения и рекомендации, на основе которых они сделаны.

Ключевые слова: наказание, ответственность, отягчение наказания, судимость, судимость.

Bozorov Maqsudali Maxmudovich

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ISSUES OF IMPROVING THE APPLICATION OF CIRCUMSTANCES AGGRAVATING PUNISHMENT IN CRIMINAL LAW

In this article, the author refers to the concept of punishment and responsibility, aggravation of punishment, the importance, the basis and conditions for the application of circumstances that aggravate punishment, the problems and shortcomings in the legislation in this regard.

Also, many foreign countries are exploring the experience and describe the proposals and recommendations on the basis of which they are made.

Keywords: punishment, responsibility, aggravation of punishment, criminal record, criminal record.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoyat qonunining qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik prinsiplari mustahkamlab qo'yildi.

Bundan tashqari davlatimiz rahbari, 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida takidlaganlaridek:"...O'tgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi o'zgardi. Malumki, qonunchilikda jazoni og'irlashtirish yoki yengillashtirishga oid moddalar bor. Lekin, ular tergovchi yoki sudyaning ixtiyoriga yani inson omiliga to'liq bog'liq bo'lib qolmasligi kerak. Aks holda, biz uchun muqaddas bo'lgan adolat mezoni buziladi..." [1]. Albatta, bu turgan gapki, jinoyat uchun jazo tayinlash inson omiliga bog'liq bo'lmasligi lozim hamda, prezidentimizning nutqidan xulosa qilsak, odillik mezoni og'irlashtiruvchi holatlar bilan uzviy qog'liq degan o'rinli fikr keladi. Yana shuni ta'kidlab o'tish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3723-sonli qarorining jinoyat qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyaning 3-bandi 2-kichik bandida:

"Jinoiy jazolarning sanksiyalarini jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri bilan qat'iy muvofiqlashtirish, jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qo'llashni ta'minlash" [2]. Bundan ko'rinib turibdiki, mazkur

Bozorov Maksudali Mahmudovich

Tashkent State Law University Specialized branch of criminal law Lecturer in the Department of Science

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bandni hayotga tadbiq etish uchun, yani jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish, shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jinoyat uchun jazo tayinlashda odillik va insonparvarlik prinsiplarini amalda qo'llanilishini taminlash, jinoyat uchun jazolarni individuallashtirish, jinoyat uchun javobgarlik muqarrar ekanligini jamiyatdagi shaxslar ongiga singdirish lozim. Bularni amalga oshirilishida bevosida jazoni og'irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarning o'rni judayam muhim hisoblanadi. Sud-tergov organlari jazo tayinlashda jazoni yengillashtiruvchi hamda og'irlashtiruvchi holatlarni amalda qo'llash yuzasidan yetarli ko'nikmaga ega bo'lmasligi, jinoyat uchun tayinlanadigan jazolarning adolatsizligiga, fuqarolarda davlatga nisbatan ishonchzislik hissi uyg'onishiga olib keladi. Shularni inobatga olgan holda sud jazoni og'irlashtiruvchi hamda yengillashtiruvchi holatlarni jinoyatni obyektiv jihatdan baholab hukm chiqarishi shart. Ularni amalga oshirish ma'lum darajada, jumladan hukm chiqarish vaqtida qonunda nazarda tutilgan yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni e'tiborga olib jazo tayinlanishida o'z ifodasini topgan.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasida belgilangan holatlarni tadqiq qilishning muhimligi ana shularda va uning mohiyati va mazmunini, bu normalarni tadbiq etish muammolari, jazoni individuallashtirishning nazariy jihatlarini ochib berishda ifodalanadi. Ushbu muammo jinoyat huquqi kursi va jinoyat huquqi umumiy qismi bo'yicha darsliklarning mualliflari, Jinoyat kodeksiga sharhlarning mualliflari tomonidan ham ishlangan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan jazoni individuallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo'ladigan og'irlashtiruvchi holatlar haqida yangicha fikrlash, uning nazariy qoidalarini yangicha talqin qilish, ularning mazmunini ochib berish, amalda qo'llanish masalalarini ishlab, bu boradagi qonunlarni rivojlantirish masalalarini ishlab chiqish zarurati vujudga kelganligini e'tiborga olinishi kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jazoni tayinlashda og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga olish yuqorida ta kidlab o'tganimizdek, jazolarni individuallashtirishga imkon beradi va shu bilan adolatli jazo tayinlashni taminlaydi. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar ikki jihat bilan bog'liq: qilmishning ijtimoiy xavfi va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavfi. Ular yani og'irlashtiruvchi holatlar ushbu xavfning bir qismini ochib beradi va shuning uc hun ham ijtimoiy xavfli qilmish uchun jazo tayinlashda jinoiy-huquqiy ahamiyatga ega.[3]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Dunyoning turli mamlakatlarining jinoyat qonunchiligida og'irlashtiruvchi holatlar mustaqil ro'yxat sifatida jinoyat kodeksining umumiy qoidalarida yoki modda dispozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida nazarda tutilishi mumkin.

Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar tushunchasi yuridik adabiyotlarda yetarlicha tahlil qilingan bo'lib bu bo'yicha turli olimlarning fikrlari turlicha. Masalan: yuridik fanlar doktori professor Z.S. Zaripovning fikricha:

Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar-jinoyat tarkibi belgilariga kirmaydigan, jinoyatning obyektiv va subyektiv holatlarini tavsiflaydigan hamda sanksiya doirasida og'irroq jazo tayinlashda inobatga oladigan holatlardir.

Jazo tayinlashda sud jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning jinoyat sodir etish vaqtidagi xulqinigina emas, balki, jinoyat sodir etishdan oldingi va jinoyat sodir etganidan keyingi xulqini ham hisobga oladi.

Y.f.d., prof. E.X.Norbo'tayevning fikricha ijtimoiy xavflilik darajasi bir-biriga yaqin bo'lgan jinoyatlar uchun bir xil jazoni qonunda belgilanishi jazoning adolatliligini ta'minlaydi. Buni jinoyat qonunidagi nisbiy muayyan sanksiyalarni imkoni boricha kamaytirish, asosan mutloq sanksiyalarni ko'paytirish, yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlardan voz kechish kerakligini taklif qiladi.

Bizning nazarimizda, prof. E.X.Norbo'tayev fuqarolarning qonun oldidagi tengligi deganda jazoni oldida tengligini tushunadi. Bizningcha qonun oldidagi tengligi deganda jinoyat uchun jinoiy javobgarlikning muqarrarligini tushunish lozim.

Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda sud modda sanksiyasida nazarda tutilgan jazoning og'irrog'ini qo'llaydi. Lekin, jazo tayinlash vaqtida aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiya doirasidan chetga chiqishi mumkin emas. Jazoni o'girlashtiruvchi holatlar O'zR JKning 56-moddasida berilgan bo'lib, ular quyidagilardir:

a) homiladorligi aybdorga ayon bo'lgan ayolga nisbatan;

b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;

v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;

g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram shaxsga nisbatan;

d) o'ta shafqatsizlik bilan;

e) ko'pchilik uchun xavfli bo'lgan usulda;

j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo'lgan shaxsdan foydalangan holda;

[4]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

z) jinoyat natijasida og'ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;

k) g'arazli yoki boshqacha past niyatlarda;

l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;

m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;

n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi;

o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta'sir qiluvchi boshqa moddalar ta'siri ostida jinoyat sodir etish. [5]

Yuqorida berilgan jazoni o'girlashtiruvchi holatlarning ro'yxati qafiy bo'lib boshqa holatlarni og'irlashtiruvchi holat deb topish mumkin emas. Bu bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Sud Plenumining "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son qarorining 8-bandida ham takidlab o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasining 2-qismidan kelib chiqib og'irlashtiruvchi holatlarning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rib chiqishimiz mumkin.

Og'irlashtiruvchi holatlar ikki guruhga bo'linadi:

Birinchisi, JK umumiy qismi 56-moddasida keltirilgan, barcha jinoyatlar uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan og'irlashtiruvchi holatlar;

Ikkinchisi, JK maxsus qismida tegishli moddada nazarda tutilgan uning tarkibiy qismi bo'lgan og'irlashtiruvchi holatlar. S. V. Borodinning fikricha Umumiy qismda ko'rsatilgan og'irlashtiruvchi holatlar Maxsus qismning alohida moddalarida aniqlashtiriladi. [6] Ushbu holat prinsipial nuqtayi nazardan noto'g'ri bo'lmaydi. Masalan, JKning 97-moddasida past niyatlar sifatida l) bezorilik oqibatida; m) diniy taassublar zamirida; n) kishi a'zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko'chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida; o) boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida odam o'ldirish nazarda tutilgan.

Shu asosda, S.V.Borodin "jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta'sir qiluvchi holatlar alohida tadbiq qilinganda JK 56-moddasida nazarda tutilgan og'irlashtiruvchi holatlarni aynan ushbu moddaga asosan jazo tayinlashda inobatga olishni istisno etadi. Mazkur masalaga nisbatan y. f. d. professor M.X. Rustamboyev quyidagicha fikrni ilgari suradi: "Yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni nazarda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tutuvchi jinoyat tamoman mustaqil tarkibga ega bo'lib, har qaysi shunday holat jinoyatning obyektini, obyektiv tomonini yoki subyektini ifodalovchi belgilarni jiddiy o'zgartirib yuboradi.[7]

Har bir davlat jinoyat qonunchiligida jazoni og'irlashtiruvchi hamda yengillashtiruvchi holatlar bo'lishi tabiiy hol albatta. Bu borada dunyo hamjamiyatida har tomonlama yetakchi bo'lgan hamda inson huquqlarini yuqori o'rinlarga qo'yadigan davlatlarning tajribasini o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, agar ana shu davlatlar tajribasi bizga maqul kelsa, qonunchilikni takomillashtirish jarayonida bularni inobatga olishimiz mumkin bo'ladi.

Demak birinchi navbatda ko'p jihatdan o'zimizga o'xshab ketadigan Rossiya Federatsiyaning Jinoyat kodeksiga nazar solamiz hamda jazoni og'irlashtiruvchi holatlarini ko'rib chiqamiz. Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 63 -moddasida jazoni og'irlashtiruvchi holatlar ro'yxati berilgan. Rossiya qonunchiligida bizdan farqli o'laroq "g" bandida jinoyat sodir etishdagi faol rol [8] nazarda tutilgan. Bu tushuncha shuni anglatadiki, ushbu holat jinoyatni sheriklikda sodir etish bilan ham bog'liq, ammo uni og'irlashtiruvchi jazo sifatida hisobga olish uchun aynan jinoyatchining jinoyat sodir etilishidagi faol roli talab qilinadi. Bu jinoyatni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida har qanday sherikning (jinoyat sodir etishning turli bosqichlarida, ular turli sheriklar bo'lishi mumkin) proaktiv harakati sifatida tushuniladi. Faol rol, masalan, boshqa shaxslarni jinoyat sodir etishda jalb qilishda, uning sodir etilishiga rahbarlik qilishda, jabrlanuvchiga katta miqdordagi tan jarohati etkazishda va boshqalarda ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu moddaning "d" bandiga asosan, mastlik holatidagi shaxsdan foydalangan holda jinoyat sodir etilishini ham og'irlashtiruvchi holat sifatida kiritilgan. Ushbu holatni tahlil qilgan Novosibirsk davlat texnika universiteti talabasi yuridik fakulteti talabasi S. D. Jambalova o'z ishida aytadiki, bu holatda mastlikning darajasi shunday bo'lishi kerakki, aynan jinoyatchining tasiri o'zining irodasiga nisbatan yuqoriroq bo'lishi lozim deydi.[9]

Yana shunisi diqqatga sazovorki, ushbu moddaning "e" hamda "e" bandlariga ko'ra

e) siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat yoki adovat yoki har qanday ijtimoiy guruhga qarshi nafrat yoki adovat asosida jinoyat sodir etish;

e.1) boshqalarning qonuniy harakatlari uchun qasos olish maqsadida, shuningdek boshqa jinoyatni yashirish yoki uning sodir bo'lishiga ko'maklashish maqsadida jinoyat sodir etish [10] holatlari ham jazoni og'irlashtiruvchi holatlar ro'yxatiga kiritilgan. Undagi boshqa jinoyatni yashirish maqsadida jinoyat sodir etish holati

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bizda faqat og'irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirganlik uchungina nazarda tutilgan. Bizga malumki, shaxs o'z jinoyatini yashirish uchun faqat qasddan odam o'ldirmaydi, u boshqa jinoyatlarni sodir qilishi mumkin. Lekin bizning qonunchilikda, bunga nisbatan boshqa jinoyat sodir etilganda og'irlashtiruvchi holat b elgilanmagan. Shuni inobatga olgan holda og'irlashtiruvchi holatlar ro'yxatini ushbu band bilan to'ldirishni taklif etamiz.

Shvetsariya Jinoyat kodeksiga nazar soladigan bo'lsak, ushbu kodeksda jazoni yengillashtiruvchi holatlar maxsus bir moddaga jamlangan ( 64-moddasi) lekin jazoni og'irlashtiruvchi holatlar uchun maxsus norma yo'q, jazoni og'irlashtiruvchi holatlar haqida faqat bir joyda gap boradi. Yani, noqoquniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish jinoyatida agar shaxs jabrlanuvchini ozod qilish uchun to'lov talab qilsa, jabrlanuvchiga shafqatsiz munosabatda bo'lsa, qamoq muddati o'n kundan ortiq davom etsa yoki jabrlanuvchining sog'lig'iga jiddiy zarar etkazilgan bo'lsa (184-moddasi) og'irlashtiruvchi holat deb qaraladi.

Norvegiya jinoyat kodeksida jazoni yengillashtiruvchi holatlarning ro'yxati jinoyat kodeksining 56-moddasida berilgan lekin, og'ilashtiruvchi holatlarning qafiy ro'yxati kodeksda maxsus normada berilmagan, ushbu holatlarni inobatga olish vakolati faqat sudga berilgan hamda Jinoyat kodeksining maxsus qismi moddalarida alohida qilib agar og'irlashtiruvchi bo'lsa, qancha jazo tayinlash lozimligi aniq ko'rsatilgan. Misol uchun, Norvegiya jinoyat kodeksining 85-moddasiga ko'ra: "Chet davlatlar o'rtasidagi urush paytida qirolning betarafligi to'g'risidagi buyrug'ini buzgan yoki unga hissa qo'shgan shaxs jarima yoki 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish tarzida jazolanadi. Ayniqsa og'irlashtiruvchi holatlarda 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llanilishi mumkin" deyilgan. Yana bir misol, 104a-moddasiga binoan: "Xususiy harbiy tashkilotni tuzgan yoki ularda ishtirok etgan, bunday tashkilotga a'zolarni jalb qilgan yoki qo'llab-quvvatlagan shaxs 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar tashkilot yoki uning a'zolari qurol-yarog 'yoki portlovchi moddalar zaxirasiga ega bo'lsa, 18 yoshga to'lmagan a'zolar, harbiy harakatlar uchun 18 yoshga to'lmagan shaxslardan foydalansalar yoki boshqa og'irlashtiruvchi holatlar mavjud bo'lsa, 6 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo'llaniladi"[11]

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, jazoni og'irlashtiruvchi holatlar, jinoyat qonunida jazoni individualizatsiya qilishda eng muhim o'rinni egallaydi. Jazoni og'irlashtiruvchi holatlar jazoni individuallashtirishning muhim shartlaridan biri bo'lib, O'zR JKning 54-moddasida belgilanishicha sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og'irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi», - deyiladi. Ushbu qoidadan ko'rinib turibdiki, og'irlashtiruvchi holatlar JK 54-moddasida nazarda tutilgan jazo tayinlashda hisobga olinishi kerak bo'lgan har bir holatda bo'lishi mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shuningdek, xorijiy tajribani inobatga olgan holda mazkur holatlarni takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflarni beramiz:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

-qarilikni faqat yosh mezoni asosida emas balki shaxsning jismoniy holatlarini ham inobatga olgan holda belgilanishi;

-JKning 56-moddasi 1-qismi "j"banidini: "yosh bola yoki ruhiy holati og'ir darajada buzilganligi aybdorga ayon bolgan, yoki kuchli darajada mast shaxsdan foydalangan holda " deb o'zgartirish;

-og'ir oqibatlar nazarda tutilgan har bir jinoyat uchun og'ir oqibatlarning taxminiy versiyalarini modda dispozitsiyasining o'zida nazarda tutish;

-JKning 56-moddasi 1-qismi "k" bandidan "boshqacha past niyatlarda" jumlasini olib tashlash;

-JKning 56-moddasi "o" bandini mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta'sir qiluvchi boshqa moddalar ta'siri ostida jinoyat sodir etish, agar ushbu holat jinoyat sodir etilishiga ta'sir ko 'rsatgan bo 'lsa; deb o'zgartilish

-Jinoyat kodeksining 63-moddasini "Agar shaxsning qilmishida jazoni yengillashtiruvchi holatlar bo 'lmasa va jazoni og'irlashtiruvchi holatlardan kamida bittasini o 'z ichiga olgan bo 'lsa, eng kam sanksiyada ko'zda tutilgan choradan ko'ra og'irroq jazo tayinlash sud uchun majburiydir", degan qoida kiritish;

-agar shaxsning harakatlarida JKning 55-moddasi 1-qismi "I" bandida nazarda tutilgan yengillashtiruvchi holat bo'lgan taqdirda uning qilmishidagi og'irlashtiruvchi holatlarni jazo tayinlashda inobatga olmaslik;

-O'zbekiton Respublikasi Oliy Sud Plenumi Jazoni og'irlashtiruvchi holatlarni inobatga olish yuzasidan o'z qarorini ishlab chiqishi lozim.

REFERENCES

1. 2018-yil 28-dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi. // O'zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi //lex.uz.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3723 sonli qarori//https://lex.uz/docs/-3735818#-3736684

3. Сундеева Наталья Николаевна "Учет отягчающих обстоятельств при назначении наказания" 12.00.08 - уголовное право и криминология; уголовно-исполнительное право автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических наук

4. M.Usmonaliev, P.Bakunov.Jazo tayinlashda yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olish. O'quv qo'llanma. -T.: TDYU nashriyoti, 2006. -64 bet.

5. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 56-moddasi.

6. Бородин С. В. Общая характеристика отягчающих обстаятельств умишленного убийства по Ветнамскому законодательству. В кн: Совершенствование мер борби с преступностью и ее профилактика -Т.: 1980 -С. 31.

7. Рустамбаев М. Х. Осуществление правосудия по уголовным делам судами незввисимого Узбекистана. -Т.: "Узбекистон" 1994 С. 123.

8. "Уголовный кодекс Российской Федерации" от 13.06.1996 N 63-Ф3 (ред. от 05.04.2021, с изм. от 8.04.2021) //http://www.consultant.ru/document/cons_doc_LAW_10699/

9. Жамбалова С.Д. Курсовая работа по уголовному праву "Обстоятельства, отягчающие наказание" Новосибирск - 2010

10. "Уголовный кодекс Российской Федерации" от 13.06.1996 N 63-ФЗ (ред. от 05.04.2021, с изм. от 8.04.2021) //http://www.consultant.ru/document/cons doc_LAW_10699/

11. The penal code of Norway.// https://adsdatabase.ohchr.org/IssueLibrary/NORWAY Criminal Code.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.