Научная статья на тему 'OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSINING YURIDIK TAHLILI'

OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSINING YURIDIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

510
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jazo / jazoning maqsadi / penalizatsiya / jazo tizimi / ozodlikni cheklash / qo`shimcha taqiqlar / ma`muriy nazorat / sanksiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nosirbek Jasur O‘g‘li Qilichev

Ushbu maqolada jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosini tayinlash asoslari, uning shartlari, muddatlari, ushbu jazoni qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va boshqa normativhuquqiy hujjatlarga asoslangan holda yoritib beriladi. Shu bilan birga bugungi kunda ushbu jazo turining sudlar tomonidan qo`llanilish statistikasi ham tahlil qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSINING YURIDIK TAHLILI»

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSINING YURIDIK TAHLILI

Nosirbek Jasur o'g'li Qilichev

Samarqand davlat universiteti, yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosini tayinlash asoslari, uning shartlari, muddatlari, ushbu jazoni qollash mumkin bolmagan holatlar, Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda yoritib beriladi. Shu bilan birga bugungi kunda ushbu jazo turining sudlar tomonidan qollanilish statistikasi ham tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: jazo, jazoning maqsadi, penalizatsiya, jazo tizimi, ozodlikni cheklash, qo'shimcha taqiqlar,mamuriy nazorat, sanksiya.

Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlanadi, yani hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasiga ko'ra jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qo'llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir. Jazo quyidagi maqsadda qo'llaniladi:

— Mahkumni axloqan tuzatish;

— Jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to' sqinlik qilish,

— Mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini

olish.

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasida jazo tizimi mustahkamlangan bo'lib unda ozodlikni cheklash jazosi ham o'rin olgan. Biz quyida ushbu jazoning qo'llanilish shartlari, muddatlari va qanday shaxslar doirasiga qollash mumkin emasligini muhokama qilamiz.

Ozodlikni cheklash jazosi jinoyat to'g'risidagi qonunchilikka nisbatan yangi kiritilgan jazo choralaridan biri hisoblanadi. Ushbu jazo turi Ozbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi ORQ-389-sonli qonuni bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan.

KIRISH

June, 2022

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jinoyat kodeksiga mazkur jazo turi o z tabiatiga ko ra ozodlikdan mahrum qilish jazosiga muqobil jazo sifatida kiritilgan. U mahkumni jamiyatdan ajratmagan holda tarbiyalash vazifasini bajaradi. Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 481-moddasiga ko'ra ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat. Bunda yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, ko„p qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun mo'ljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozim ( Uy-joy kodeksi 10-moddasi). Sud hukmining qaror qismida: ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo, yashash joyini butunlay tark etishni taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashning mazmuni aniq ko'rsatilishi lozim. Ozodlikni cheklash bir oydan besh yilgacha muddatga, voyaga yetmaganlarga esa olti oydan ikki yilgacha tayinlanadi hamda mahkumning yashash joyidagi ichki ishlar organining jazolarni ijro etish inspeksiyasi yoki sud tomonidan belgilangan boshqa organ nazorati ostida o'taladi. Ozodlikni cheklash, uni mahkumning yashash joyida o'tash shartlari sodir etilgan qilmishning xususiyati va sud chiqargan qarorni ijro etishdan bo'yin tovlashning oldini olish hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Ozodlikdan cheklash jazosi Jinoyat kodeksining Maxsus qismining ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni qamrab olgan moddalari sanksiyasida belgilab qo'yilganligini ko'rishimiz mumkin. Misol uchun JK 109-moddasi 2-qismi(qasddan badanga yengil shikast yetkazish) sanksiyasida 1 yilgacha ozodlikni cheklash, JK 124-moddasining (bolani almashtirib qo'yish) sanksiyasida 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi nazarda tutilgan. Xuddi shunday jazo jinoyat kodeksining boshqa ko'plab moddalari sanksiyasida ham nazarda tutilgan.

Qo'llanilayotgan taqiqning (cheklashning) xususiyatlarini hisobga olgan holda, sud mahkumning zimmasiga quyidagi qo'shimcha taqiqlarni (cheklashlarni) yuklashi mumkin:

— muayyan j oylarga bormaslik;

— ommaviy va boshqa tadbirlar o'tkazishda ishtirok etmaslik;

— muayyan faoliyat bilan shug'ullanmaslik;

— muayyan buyumlarga ega bo'lmaslik yoki ularni o'zida saqlamaslik;

— transport vositasini boshqarmaslik;

— mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini, ish va (yoki) o'qish joyini o'zgartirmaslik, tegishli ma'muriy hududdan tashqariga chiqmaslik;

June, 2022

603

— muayyan shaxslar bilan aloqa o'rnatmaslik;

— aloqa vositalaridan, shu jumladan Internetdan foydalanmaslik;

— alkogolli ichimliklar iste'mol qilmaslik.

Bularning hammasi jazoning maqsadlariga samarali erishish uchun qo'llaniladigan choralar hisoblanadi. Sud ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxsning zimmasiga o'zi yetkazgan moddiy va ma'naviy zararning o'rnini qoplash, ishga yoki o'qishga joylashish majburiyatlarini, shuningdek uning tuzalishiga ko'maklashuvchi boshqa majburiyatlarni yuklashi mumkin. Ushbu majburiyatlarni yuklash asosi sud hukmining tavsif qismida ko'rsatilishi lozim. Agar ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jazoni o'tash davrida o'zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan, yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararning o'rnini qoplagan bo'lsa, sud mahkumga nisbatan ilgari tayinlangan taqiqlarni (cheklashlarni) to'liq yoki qisman bekor qilishi mumkin. Jinoyat-ijroiya

"5

kodeksining 44 -moddasi beshinchi qismiga muvofiq mahkumni unga yuklatilgan majburiyat (taqiq)lardan to'liq yoki qisman ozod etish jazoni ijro etish idoralari taqdimnomasiga binoan sud tomonidan JPK 541-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladil.

Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tashdan qasddan bo'yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o'z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o'talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin. Ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tash tartibi va shartlari mahkum tomonidan buzilganligi uchun jazolarni ijro etish inspeksiyasi unga nisbatan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo chorasini qo'llaydi.

Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o'tashdan qasddan bo'yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, jazolarni ijro etish inspeksiyasi sudga mahkum uchun ozodlikni cheklashning o'talmagan muddatini jazoning boshqa turiga almashtirish haqida taqdimnoma kiritadi2.

Jazoni o'tashdan bo'yin tovlash vaqti o'talgan jazo muddatiga qo'shib hisoblanmaydi. Qasddan bo'yin tovlash deganda o'zboshimchalik bilan, yani, uzrli sabablarsiz yashah joyini tark etish, yashash joyidan chiqish vaqtini buzish, shuningdek boshqa qo'shimcha taqiqlarni kamida ikki marotaba buzish tushunilishi

"5

lozim3.

Ozodlikni cheklash jazosi quyidagila^a tayinlanmaydi:

• Hartiy xizmatchila^

• Chet el fuqaralari;

June, 2022

604

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022

• Ozbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bolmagan shaxslarga.

Ozodlikni cheklash jazosi jinoiy jazolarni liberallashtirishi munosabati bilan jinoyat kodeksiga penalizatsiya qilingan jazo turi hisoblanadi. Penalizatsiya tushunchasi muayyan jazoni qonunchilikning jazo tizimiga kiritish hisoblanadi.Ozodlikni cheklash jazosining bugungi kunda sudlar tomonidan keng qollanilayotganligi albatta ijobiy hisoblanadi. Shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish qaysidir manoda jinoyat sodir etganlarga berilgan yengillik hisoblanadi. Chunki ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilishdan kora ancha yengil jazo chorasi hisoblanadi.

!Qarang Ozbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi" Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to^risfgi 1-son qarori 254-bandi, 2-xatboshi

0 A

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat- ijroiya kodeksi. 44 -moddasi.

"5

Ozbekiston Respublikasi Jinoyat- ijroiya kodeksi. 112-moddasi.

Quyida havola etilayotgan sud statistikasida biz ushbu jazo turning yildan yilga ko'proq qollanilayotganligini ko'rishimiz mumkin.

1 Ozodlikni cheklash jazosini sudlar 14000 tomonidan qo^llash statistikasi

12000

10000

8000

6000

4000

2000

11 Ozodlikni cheklash jazosini sudlar tomonidan qollash statistikasi statistikasi

2018-yil 2019-yil 2020-yil 2021-yil 2022-yil 1-

choragi

XULOSA

Maqola yakunida men Rim satirik shoiri Yuvenalning quyidagi so'zlarmi keltirmoqchiman "Aybdor uchun birinchi jazo

June, 2022

0

605

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

o'z vijdoni oldida o'zini oqlay olmasligidir". Darhaqiqat jazolar turlicha bo'lishi mumkin ammo vijdon oldida javobgarlik masalasi ham juda og'irdir. Shu sababli har bir shaxs jazoga sazovor bo'lgan qilmishni sodir etishdan o'zini tiyishi lozim.

REFERENCES

l.O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi."Adolat"Toshkent - 2021

2. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi."Adolat".Toshkent - 2021

3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi."Adolat"Toshkent - 2021

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi" Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risi"gi 1-son qarori

5.M.X.Rustamboyev. "O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharhlar"Umumiy qism. 1-kitob Toshkent. Yuridik adabiyotlar publish. 2021.

6.M.Z.Muqimova. SamDU. "Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Uslubiy qo'llanma.Samarqand - 2021

June, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.