Научная статья на тему 'OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSI ASOSIY TAQIQ (CHEKLOV) -LARINING AYRIM JIHATLARI'

OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSI ASOSIY TAQIQ (CHEKLOV) -LARINING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
383
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinoiy jazo / jazoning belgilari / ozodlikni cheklash / asosiy taqiq (cheklov) / yashash joyi. / criminal punishment / signs of punishment / restriction of freedom / basic prohibition (restriction) / place of residence.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xaydarov, Mirislom Mirdjabbarovich

Maqolada muallif tomonidan ozodlikni cheklash jazosining asosiy taqiq (cheklov)larini qonunchilikda tartibga solinishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada ozodlikni cheklash jazosining asosiy taqiq (cheklov)larini qonunchilikda tartibga solinishidagi kamchiliklar tahlil etilgan. Bu borada xorijiy davlatlar qonunchiligi, olimlar va mutaxassislarning fikri o‘rganilib, ozodlikni cheklash jazosining asosiy taqiq (cheklov)larini tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ASPECTS OF THE MAIN PROHIBITIONS (RESTRICTIONS) PUNIShMENTS IN THE FORM OF RESTRICTION OF FREEDOM

In the article, the author considers the issues of legislative regulation of the main prohibitions (restrictions) of punishment in the form of restriction of freedom. The shortcomings of the legislative regulation of the main prohibitions (restrictions) are analyzed punishments in the form of restriction of freedom. In this regard, the legislation of foreign countries, the opinions of scientists and specialists have been studied, proposals have been made to improve the norms governing the main prohibitions (restrictions) of punishment in the form of restriction of freedom.

Текст научной работы на тему «OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSI ASOSIY TAQIQ (CHEKLOV) -LARINING AYRIM JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

OZODLIKNI CHEKLASH JAZOSI ASOSIY TAQIQ (CHEKLOV) -LARINING AYRIM JIHATLARI

Xaydarov Mirislom Mirdjabbarovich

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirHgi Лкаёеш1уаБ1 171апиуеЫв1

ANNOTATSIYA

Maqolada mшШf tomonidan ozodlikni cheкlash jazosining asosiy taqiq (^ек1оу)1апт qonшchШЫa tartibga solinishi masalalari ко'пЬ chiqilgan. Maqolada ozodlikni cheklash jazosining asosiy taqiq (cheklov)larini qonшchШЫa tartibga solinishidagi kamchШklar tahШ etilgan. Bu borada xorijiy davlatlar qonшchШgi, оИт1аг уа mutaxassislarning /.Ш о'г^атШ, ozodliкni cheklash jazosining asosiy taqiq (cheklov)larini tartibga soluvchi normalarni takomШasЫmsh Ьо 'yicha taкliflar ЫМт^ап.

КаШ so'zlar: jinoiy jazo, jazoning belgilari, ozodlikni cheklash, asosiy taqiq (cheklov), yashash joyi.

НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ ОСНОВНЫХ ЗАПРЕТОВ (ОГРАНИЧЕНИЙ) НАКАЗАНИЯ В ВИДЕ ОГРАНИЧЕНИЯ СВОБОДЫ

Хайдаров Мирислом Мирджаббарович

соискатель Академии Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

АННОТАЦИЯ

В статье автором рассмотрены вопросы законодательного регулирования основных запретов (ограничений) наказания в виде ограничения свободы. Проанализированы недостатки законодательного регулирования основных запретов (ограничений) наказания в виде ограничения свободы. В этой связи изучено законодательство зарубежных стран, мнения ученых и специалистов, высказаны предложения по совершенствованию норм, регулирующих основные запреты (ограничения) наказания в виде ограничения свободы.

Ключевые слова: уголовное наказание, признаки наказания, ограничение свободы, основной запрет (ограничение), место жительства.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SOME ASPECTS OF THE MAIN PROHIBITIONS (RESTRICTIONS)

PUNIShMENTS IN THE FORM OF RESTRICTION OF FREEDOM

Khaydarov Mirislom Mirjabbarovich

researcher of the Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ABSTRACT

In the article, the author considers the issues of legislative regulation of the main prohibitions (restrictions) of punishment in the form of restriction offreedom. The shortcomings of the legislative regulation of the main prohibitions (restrictions) are analyzed punishments in the form of restriction of freedom. In this regard, the legislation of foreign countries, the opinions of scientists and specialists have been studied, proposals have been made to improve the norms governing the main prohibitions (restrictions) ofpunishment in the form of restriction offreedom.

Keywords: criminal punishment, signs of punishment, restriction of freedom, basic prohibition (restriction), place of residence.

KIRISH

Bugungi kunda og'ir jazo, ayniqsa, fuqarolarning jamiyatdan ajratish bilan bog'liq bo'lgan jazolarning jinoyatchilikni oldini olishdagi ahamiyatini oshirib ko'rsatish o'rinsiz ekanligini hayotning o'zi isbotlamoqda[4]. Amaliyot ozodlikdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lgan jinoiy jazolarni qo'llash orqali jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashni samarali tashkil etib bo'lmasligini ko'rsatmoqda[5].

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar samarasi o'laroq, jinoyat qonunchiligidan mol-mulkni musodara qilish, o'lim va qamoq jazolari chiqarildi, ozodlikni cheklash hamda majburiy jamoat ishlari kabi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan yangi turdagi jazolar joriy qilindi.

Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan yangi jazolardan biri bo'lgan ozodlikni cheklash jazosi va uning asosiy taqiq (cheklov)larini qonunchilikda tartibga solinishi bilan bog'liq kamchiliklar ushbu jazo chorasini tayinlash va ijrosini ta'minlashda ayrim muammolarni keltirib chiqarmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, har qanday hodisaning belgilarini tahlil qilish orqali uning mazmunini tushunish va boshqa hodisalardan farqlash mumkin. Shunday ekan,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ozodlikni cheklash jazosining jinoiy-huquqiy tahlilini amalga oshirmasdan turib, ushbu jazo mazmunini tushunishning imkonini bermaydi. O'z navbatida jinoiy jazo turi sifatida ozodlikni cheklash jazosi jazo tizimidagi boshqa jinoiy jazolar kabi jazoning umumiy belgilariga (masalan, davlatning majburlov chorasi ekanligi, sudning hukmi bilan tayinlanishi, sudlanganlikni keltirib chiqarishi va boshqalar) ega bo'lib, mazkur belgilar ozodlikni cheklash jazosining o'ziga xos xususiyatini aks ettirmaydi. Shunday ekan, ozodlikni cheklash jazosining mazmunini uning o'ziga xos belgilarini tahlil qilish orqali aniqlash mumkin bo'ladi.

Bu borada, YV. Kolbasova ozodlikni cheklash jazosi haqida to'liq tasavvur aynan uning mazmunini tashkil etuvchi belgilarining tahlili natijasida vujudga kelishini[6], R.V. Kombarov esa ozodlikni cheklash tariqasidagi jinoiy jazoning mazmuni mahkumga nisbatan qo'llaniladigan cheklov va majburiyatlarda namoyon bo'lishini[7] ta'kidlaydilar.

Formal jihatdan ozodlikni cheklash jazosi mazmun mohiyatiga ko'ra ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazo turi bo'lib, uning jinoyat-huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43, 481 va 841-moddalarida belgilangan bo'lib, faqat asosiy jazo sifatida qo'llaniladi.

Jinoyat kodeksining 481-moddasida ozodlikni cheklash jazosining mazmuni nimadan iborat ekanligi, ushbu jazoning kim tomonidan belgilanishi, mahkumning zimmasiga yuklanishi mumkin bo'lgan qo'shimcha taqiqlar va majburiyatlar hamda ularni bekor qilinish asoslari, shuningdek ozodlikni cheklash jazosini qo'llash mumkin bo'lmagan shaxslar toifasi tartibga solingan.

Shuni alohida ta'kidlash o'rinliki, O'zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksining 481-moddasida sud tomonidan mahkumning zimmasiga yuklatiladigan ta'qiq (cheklash)lar va majburiyatlar quyidagi uch guruhga bo'lingan: 1) asosiy ta'qiq (cheklash)lar; 2) qo'shimcha ta'qiq (cheklash)lar; 3) qo'shimcha majburiyatlar.

Ushbu normaning birinchi qismida mahkumga tayinlanishi mumkin bo'lgan asosiy taqiq (cheklov)lar, ya'ni sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlash yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklash belgilangan.

Bundan ko'rinib turibdiki, ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilingan shaxsga nisbatan quyidagi ikki asosiy taqiq (cheklash)ning biri tayinlanishi mumkin: 1) yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlash; 2) sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklash.

Shuni alohida qayd etish joizki, ozodlikni cheklash jazosining qonunda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

belgilangan mazkur ta'rifi munozarali bo'lib, buni quyidagilar bilan izohlash mumkin:

birinchidan, normada ishlatilgan "yashash joyi" tushunchasi qonunchilikda o'zining to'liq ifodasini topmaganligi uni turlicha talqin qilinishiga olib keladi. O'z navbatida ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida"gi qarorida yashash joyi deganda, mahkumning doimiy yashash joyidagi uylar, ko'p qavatli uylardagi kvartiralar, boshqa imoratlardagi yashash uchun mo'ljallangan xonalar va boshqa turar joylar tushunilishi lozimligi[2] qayd etilgan bo'lib, ushbu qarorda qonunda ishlatilgan "yashash joyi" iborasi "doimiy yashash joyi" deb tor ma'noda ifodalanganligi mahkumning vaqtincha turgan joyida ushbu jazoni o'tash imkoniyatini shubha ostiga qo'yadi. Zero, Ye.A. Biryukova to'g'ri ta'kidlaganidek, mahkum mamlakatning bir hududida yashashi va uning yashashi uchun haqiqiy sharoit mavjud bo'lmagan boshqa hududda doimiy ro'yxatga olingan bo'lishi mumkin[3]. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 21-moddasi (Fuqaroning yashash joyi) birinchi qismida "fuqaroning doimiy yoki asosan yashab turgan joyi uning yashash joyi hisoblanadi"[1], deb belgilab qo'yilgan.

Mazkur masalaga e'tibor qaratar ekan A.A. Shulga yashash joyi deganda fuqaroning doimiy yoki asosan istiqomat qiladigan joyi, shu jumladan uning ro'yxatga olingan joyi tushunilishi kerakligini ta'kidlaydi[12]. Ye.N. Fomenko esa "yashash joyi" tushunchasini belgilaydigan uchta elementni ajratib, ularga muvofiq fuqaroning joylashgan joyi yashash joyi sifatida tan olinishi mumkinligini ta'kidlaydi va quyidagi uchta elementni keltiradi: 1) binolarning statusi (turar-joy, kvartira, xizmat uyi, ixtisoslashtirilgan uy (yotoqxona, qariyalar uyi, nogironlar uchun pansionat), shuningdek, boshqa turar joy binolari); 2) yashash muddati: doimiy yoki asosan (vaqtincha); 3) yashash uchun asoslar (ega sifatida, ijara shartnomasi asosida va boshqalar)[11].

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasi JK 53-moddasida ozodlikni cheklash jazosi mahkumning yashash (turar) joyida[9] o'tash mumkinligi va Tailand Qirolligi JK 24-moddasida mahkum ushbu jazoni o'z uyida yoki uy egasining roziligi asosida boshqa shaxslarning uyida[10] o'tashi mumkinligi belgilangan.

Bu borada mutaxassislarning fikrini o'rganish maqsadida o'tkazilgan so'rovnomadagi "Sizningcha, mahkumga nisbatan ozodlikni cheklash jazosini vaqtincha ro'yxatda turgan joyida ham o'tashni belgilash maqsadga muvofiqmi?" degan savolga so'ralgan mutaxassislarning 74 % maqsadga muvofiqligini ta'kidlashgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ikkinchidan, yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashda "u yoki bu sabab bilan" va "butunlay" so'zlarini ishlatilishi munozarali bo'lib, ushbu taqiq belgilangan mahkum hech bir sabab bilan yashash joyini tark eta olmasligini anglatadi. Demak, norma mazmuniga ko'ra mahkumning shoshilinch tibbiy yordam olish zarurati (ushbu tibbiy yordamni yashash joyida ko'rsatishning imkoni bo'lmagan hollarda) yoki tabiiy ofat yoxud boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan mahkum yashash joyida qolishining iloji bo'lmagan holatlarda ham mahkumning yashash joyini tark etishi o'z-o'zidan jazoni o'tash tartibini buzish hisoblanadi.

Fikrimizcha, yashash joyidan chiqishga butunlay taqiq belgilanganda ham sutkaning yashash joyidan chiqish cheklangan vaqtida ham yuqorida keltirilgan va shunga o'xshash ayrim uzrli holatlarda mahkumning yashash joyini tark etishi maqsadga muvofiq va aynan qanday holatlar uzrli holatlar deb topilishi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida aniq belgilanishi lozim.

Bundan tashqari, R.V. Kombarov haqli ravishda qonunda belgilangan "sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklash" cheklovdagi "chiqishni cheklash" jumlasiga e'tibor qaratib, "agar mahkum hali uyiga kelmagan bo'lsa va chiqish taqiqlangan vaqtda yashash joyida bo'lmasa, nima qilish kerak?"[8], degan savolni o'rtaga tashlaydi va ushbu cheklovni "muayyan vaqtda yashash joyida bo'lish" deb o'zgartirishni taklif etadi.

XULOSA

Yuqoridagi tahlillarga asoslangan holda fikrimizcha, birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to'g'risida"gi 1-son qarorining 251-bandi birinchi xatboshidagi "doimiy yashash joyidagi" degan jumlalar "doimiy yoki vaqtincha yashash joyidagi" degan jumlalar bilan almashtirish, ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 481-moddasining birinchi qismini quyidagi tahrirda bayon etish maqsadga muvofiq:

"Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini tark etishni taqiqlash yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan tashqarida bo'lishni cheklashdan iboratdir"

REFERECES

1. Узбекистан Республикасининг Фукаролик кодекси [Элекрон манба]. Кириш йули: https:// https://lex.uz/docs/111189 (Мурожаат килинган сана: 09.11.2021).

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2. Узбекистан Республикаси Олий суд Пленумининг 2006 йил 3 февралдаги «Судлар томонидан жиноят учун жазо тайинлаш амалиёти тугрисида»ги 1-сон карори [Элекрон манба]. Кириш йули: https://lex.uz/docs/1455976 (Мурожаат килинган сана: 21.11.2020).

3. Бирюкова Е.А. Наказание в виде ограничения свободы: законодательство и практика назначения и исполнения // Бюллетень науки и практики — Bulletin of Science and Practice научный журнал (scientific journal). - Т. 4. - №5. 2018, - С. 524.

4. Жаббарбегенов Р. Жазонинг профилактик функцияси ва уни амалга ошириш механизми: Юридик фанлар номзоди илмий даражасини олиш учун тайёрланган диссертация автореферата. - Т., 2004. - Б. 3.

5. Исмаилов И. Жиноятчиликда уюшганлик: назария ва амалиёт муаммолари: Монография. - Тошкент.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2005. - Б. 26.

6. Колбасова Е.В. Правовое регулирование исполнения наказания в виде ограничения свободы: Диссертация на соискание ученой степени кандидата юридических наук. - М., 2016. - С. 39.

7. Комбаров Р.В. Обязанности, являющиеся обязательными к установлению при назначении наказания в виде ограничения свободы // Пробелы в Российском законодательстве / Международный юридический журнал. - М., 2012. - .№1. - С. 131.

8. Комбаров Р.В. Современные проблемы применения наказания в виде ограничения свободы //Ведомости уголовно-исполнительной системы № 8/2019. -С. 18.

9. Уголовный кодекс Российской Федерации от 13 июня 1996 года № 63-Ф3 (по состоянию на 01.07.2021 г.) [Элекронный ресурс]. Режим доступа: http://pravo.gov.ru/proxy/ips/?docbody&nd=102041891 (дата обращения: 30.10.2021).

10. Thailand Criminal code [Элекронный ресурс]. Режим доступа: https://www.samuiforsale.com/law-texts/thailand-penal-code.html#3 (дата обращения: 29.10.2021).

11. Фоменко Е.Н. Некоторые вопросы, возникающие при исполнении наказания в виде ограничения свободы, и пути совершенствования данного вида наказания // Ведомости уголовно-исполнительной системы №2 4/2018. - С. 53-54.

12. Шульга А.А. Проблемы законодательной регламентации назначения и исполнения наказания в виде ограничения свободы // Национальная ассоциация ученых (НАУ). Ежемесячный научный журнал. № 2 (7) / 2015. - С. 132.

802

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.