Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2146
277
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jarima / jazo / ozodlikni cheklash / qamoq. ozodlikdan mahrum etish / majburiy jamoat ishlari / axloq tuzatish ishlari. / Fine / punishment / restriction of liberty / deprivation of liberty. imprisonment / compulsory community service / correctional labor

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sattorova, Muharram Abdurazzoqovna

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Ta’kidlash joizki, qo‘yilgan barcha vazifalarning negizi bo‘lib, eng avvalo, inson huquqlari himoyasining kafolatlarini so‘zsiz ta’minlash, qonun hamda adolat ustuvorligini qaror toptirish hisoblanadi. Shu bois bizdan ushbu mas’uliyatli vazifalarni bajarish uchun o‘z vakolatlarimiz, bilimimiz, tajribamiz va bor imkoniyatlarimizni to‘liq safarbar etish, bunda asosiy e’tiborni huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratish va bu borada bir qancha vazifalarni amalga oshirish, huquqiy mexanizimni ham takomillashtirish talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF JUVENILE CRIMINALITY

Today, ensuring the rights of minors is defined as one of the priority tasks at the level of state policy. It is worth noting that the basis of all the assigned tasks is, first of all, unconditional provision of guarantees of human rights protection, determination of the priority of law and justice. Therefore, we are asked to fully mobilize our powers, knowledge, experience and all our capabilities to fulfill these responsible tasks, focusing on early detection and prevention of violations, and in this regard, to implement a number of tasks, to strengthen the legal mechanism. improvement is also required.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Sattorova Muharram Abdurazzoqovna

Toshkent shahar yuridik texnikumi jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri

Telefon:+99894-684-9215

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqlarini ta'minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Ta'kidlash joizki, qo'yilgan barcha vazifalarning negizi bo'lib, eng avvalo, inson huquqlari himoyasining kafolatlarini so'zsiz ta'minlash, qonun hamda adolat ustuvorligini qaror toptirish hisoblanadi. Shu bois bizdan ushbu mas 'uliyatli vazifalarni bajarish uchun o'z vakolatlarimiz, bilimimiz, tajribamiz va bor imkoniyatlarimizni to'liq safarbar etish, bunda asosiy e'tiborni huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratish va bu borada bir qancha vazifalarni amalga oshirish, huquqiy mexanizimni ham takomillashtirish talab etiladi.

Kalit so'zlar: Jarima, jazo, ozodlikni cheklash, qamoq. ozodlikdan mahrum etish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari.

Сегодня обеспечение прав несовершеннолетних определено как одна из приоритетных задач на уровне государственной политики. Стоит отметить, что в основе всех поставленных задач лежит, прежде всего, безусловное обеспечение гарантий защиты прав человека, определение приоритета закона и справедливости. Поэтому нас просят в полной мере мобилизовать наши силы, знания, опыт и все наши возможности для выполнения этих ответственных задач, сосредоточив внимание на своевременном выявлении и предупреждении нарушений, и в связи с этим реализовать ряд задач, укрепить правовой механизм , также требуется улучшение.

Ключевые слова: Штраф, наказание, ограничение свободы, лишение свободы. лишение свободы, обязательные общественные работы, исправительные работы.

Today, ensuring the rights of minors is defined as one of the priority tasks at the level of state policy. It is worth noting that the basis of all the assigned tasks is, first of all, unconditional provision of guarantees of human rights protection, determination of the priority of law and justice. Therefore, we are asked to fully

АННОТAЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mobilize our powers, knowledge, experience and all our capabilities to fulfill these responsible tasks, focusing on early detection and prevention of violations, and in this regard, to implement a number of tasks, to strengthen the legal mechanism. improvement is also required.

Keywords: Fine, punishment, restriction of liberty, deprivation of liberty. imprisonment, compulsory community service, correctional labor.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilgan bir qator imkoniyatlarga qaramay, ular o'rtasidagi sodir etilayotgan jinoyatchilik masalasi keng jamoatchlikni jiddiy tashvishga solmoqda.

O'zbekiston Respublikasi qonunchilik amaliyotida ilk bor Jinoyat kodeksining Umumiy qismida voyaga yetmaganlarning javobgarligiga xos xususiyatlarni aks ettiruvchi qoidalarni tartibga solishga bag'ishlangan maxsus oltinchi bo'lim ajratilgan. Bunday qoidalarning o'rnatilishi voyaga yetmagan shaxslarning shakllanishidagi biologik, fiziologik va ijtimoiy omillar bilan bog'liq bo'lib, ushbu shaxslar toifasiga xos bo'lgan xususiyatlardan kelib chiqadi

Ushbu vazifalarni hal qilishda jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi va jazolanishiga xos xususiyatlarni tartibga soluvchi jinoyat qonunining ahamiyati katta bo'lib, u adolat, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, fuqarolarning qonun oldida tengligi, ayb uchun javobgarlik, jazoning muqarrarligi prinsiplari amalga oshishi uchun huquqiy asos hisoblanadi.

Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlar javobgarligini belgilovchi normalar insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqadi. Voyaga yetmagan uning jismoniy va aqliy jihatdan hali rivojlanmaganligi maxsus himoyaga va e'tiborga, maxsus huquqiy himoyaga muhtojdir, shuning uchun ham, jamiyat voyaga yetmaganlarga nisbatan katta yoshdagilarga qo'yiladigan talablarni qo'ya olmaydi. Ikkinchi tomondan voyaga yetmagan shaxs psixologiyasini hisobga olgan holda ularga nisbatan yengilroq turdagi jazo choralarining belgilanishi jinoiy jazo maqsadlariga erishish imkonini beradi. Ularda hali ta'sirchanlik, taqlidchilik kuchli bo'ladi. Shunga ko'ra, voyaga yetmasdan jinoyat sodir qilgan shaxslar uchun jinoyat qonunida alohida javobgarlikning belgilanishi ijtimoiy nuqtai nazardan ham, insonparvarlik nuqtai nazardan ham maqsadga muvofiqdir.

Voyaga yetmaganlarning ruhiy xususiyatlarini hisobga olib, ularga nisbatan yengilroq turdagi jazolarning tayinlanishi jazoning maqsadlaridan biri bo'lgan mahkumni axloqan tuzatish vazifasini amalga oshishiga yordam beradi. Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan, uncha og'ir bo'lmagan yoki birinchi marta jinoyat sodir qilgan

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

voyaga yetmaganlarni tarbiyalashda jinoiy jazo hisoblanmagan tarbiyaviy xususiyatdagi majburiy choralarni qo'llash jazoning maqsadiga tarbiyaviy xususiyatdagi choralar orqali erishish imkoniyatini beradi. I.Klepitsiskiyning aytishicha "voyaga yetmaganlarni axloqan tuzatishning usullaridan biri ularga nisbatan jinoiy jazo hisoblanmagan tarbiyaviy choralarning qo'llanishidir"1.

Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida birinchi marta voyaga yetmaganlarning javobgarligi alohida ajratilib JKning oltinchi bo'limida berildi. Ko'plab davlatlar jinoyat qonunida Rossiya, Tojikiston, Ozorbayjon, Avstriya, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlar Jinoyat qonunlarida ham voyaga yetmaganlar javobgarligini belgilovchi alohida normalar mavjud.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jinoyat huquqida voyaga yetmagan shaxs deganda, jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to'lgan, ammo 18 yoshga to'lmagan shaxs tushuniladi.

O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar 16 yoshga to'lgan, aqli raso, jismoniy shaxslar jinoyatning umumiy sub'ekti sifatida javobgarlikka tortiladilar.

Jinoyat sodir etgunga qadar o'n to'rt yoshga to'lgan shaxslar javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirganliklari (97-m.2-q) uchungina javobgarlikka tortiladilar.

Jinoyat sodir etgunga qadar o'n to'rt yoshga to'lgan shaxslar odam o'ldirganlik (JK 97-m 1-q), qasddan badanga og'ir shikast yetkazish (JK 104-moddasi), qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish (JK 105-m), nomusga tegish (JK 118-m), bosqinchilik (JK 164-m), tovlamachilik (JK 165-m), talonchilik (JK 166-m), firibgarlik (JK 168-m), o'g'irlik (JK 169-m), bezorilik (JK 277-m.2-,3-q. ) va boshqa jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.

JK 17-moddasiga asosan 16 yoshga to'lgan aqli raso jismoniy shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Yuridik adabiyotlarda ko'pincha voyaga yetmaganlarni ikki turkumga bo'ladilar. O'n to'rt yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslarni kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar, o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lganlarni katta yoshdagi voyaga yetmaganlar deb hisoblaydilar.

1 Уголовная право Российской Федерации. Общая часть: Учебник / Под.ред. проф. Б.В.Здравомыслева. —М. Юрист, 2000. - С. 446.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

JKning 17-moddasi 5-qismiga muvofiq, o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga assosan va JKning oltinchi bo'limida nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda javobgarlikka tortiladilar.

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi bir qator jinoyatlar uchun istisno etiladi, chunki ilk bor javobgarlik 18 yoshga to'lish bilan boshlanishi belgilab qo'yildi (JK 17-m. 4-q.). Voyaga yetmaganlarga maxsus maqom berildi, chunki voyaga yetmaganlarning javobgarlik chegaralari ular yetgan yoshga qarab (14, 16 va 18 yosh) , muayyan toifadagi jinoyatlarga nisbatan farqlanadi.

Ko'pchilik davlatlarning jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning eng kam yosh chegarasi belgilangan. Bu yoshga yetmagan, lekin jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmasdan, balki ijtimoiy yordamga muhtoj bo'lishadi.

1989 - yil BMT ning Bosh assambleyasi tomonidan "Bolalar huquqlari to'g'risida" gi Konvensiya qabul qilingan bo'lib, u jinoiy yo'lga kirib qolgan bolalar va voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator normalari o'z ichiga oladi. Konvensiyaga muvofiq bolalar deganda, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar tushiniladi.2 Bu ta'rif O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi voyaga yetmaganlar tushunchasiga mos keladi. Konvensiya voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikka tortishning minimal muddatini belgilaydi. Lekin qator davlatlarda bu yosh chegarasi belgilanganidan ham kam bo'lishi mumkin. Masalan, Irlandiya jinoyat qonunchiligida sub'ekt yoshi 7 yosh, Yaponiyada 13 yosh, Niderlandiyada 12 yosh qilib belgilangan. Jinoyat qonunchiligida sub'ekt yoshning bunday belgilanishi shaxsning aqliy va jismoniy rivojlanganlik darajasidan kelib chiqqan.

Voyaga yetmaganlar 2 ga bo'linadi: 1) jinoyat sodir etishga qadar voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan normalar; 2) norma qo'llanguncha qadar voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan majburlov choralari.

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan normalar o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ularni quyidagi ikki guruhga bo'lish mumkin.

Birinchi guruh normalarga - jazo turi, jazo tayinlash, jazodan shartli ozod qilish, javobgarlik va sudlanganlik muddatini belgilovchi normalar;

Ikkinchi guruh normalarga - jazoni o'tash koloniyasi turlarini belgilovchi, tarbiyaviy xususiyatdagi majburlov choralari kiradi.

Huquqshunos olimlar, davlatning oliy hokimiyat organlari voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishda jinoyat huquqiy normalarini takomillashtirish, qonunchilikni rivojlantirish va uni samaradorligini oshirishning fundamental nazariy

2 Конвенцнн «0 npaBax peöeHKa» // XTTn://www.yH.0pr/py/g0cyMeHTc/gec^_c0HB/c0HBeHTH0Hc/HH^gc0H.mTMfl

548

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

qoidalarini ishlab chiqarish, hamda ulami muayyanlashtirish masalasiga katta e'tibor qaratmoqdalar.

"Bolalar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyada bolalarni jismoniy, aqliy, ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish jamiyatning voyaga yetmaganlar oldidagi burchi ekanligi belgilab ko'yilgan. Voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi muayyan ma'noda jamiyat tomonidan yuqoridagi majburiyatlarning bajarilmaganligni ifodalaydi3.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan ko'llanadigan jazo tizimi, jinoyat qonuni bilan belgilangan va sud uchun majburiy, hisoblangan jazo choralarining ro'yxati bo'lib, ular o'z navbatida muayyan tartibda joylashtirilgan va ko'llanish tartibi choralari belgilangan ro'yxatdir.

Voyaga yetmaganlar o'rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash jamiyat va davlat hayotida alohida muhim ahamiyat kasb etganligini inobatga olib, ushbu masala yuzasidan, avvalo, jinoyat-huquqiy normalarni tahlil qilish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ayrim mulohazalarni bayon etishni lozim topdik:

Birinchidan, voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishi holatida ularni residiv jinoyat deb hisoblashda munozarali masalalar mavjud. Jinoyat kodeksi 34-moddasida residiv jinoyat tushunchasi va turlari berilgan. Unga ko'ra, ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxsning qasddan yangi jinoyat sodir etishi residiv jinoyat deyiladi. Residiv jinoyat bir qancha jinoyatlar tizimida eng xavfli shakli bo'lib, ilgari qasddan qilgan jinoyati uchun shaxs muayyan turdagi jazoga hukm qilinganidan keyin qasddan yangi jinoyat sodir qilganlikdan iboratdir.

Residiv jinoyatning bir qancha jinoyatlarning boshqa shakllaridan xavfliroq ekanligi shundaki, oldingi qasddan qilingan jinoyat uchun jinoyat huquqida nazarda tutilgan jazo chorasi qo'llanilganidan keyin sodir etilganligi bilan ifodalanadi. Shaxsning ilgarigi sodir qilgan jinoyati uchun jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoiy jazo degan majburlov chorasi qo'llanilganligiga qaramay, shaxsning o'z muammolarini hal qilish uchun aynan jinoyat yo'lini tanlaganligidan dalolat beradi.

Jinoyat kodeksining 77-moddasiga ko'ra, sudlanganlik - shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganidan kelib chiqadigan huquqiy oqibatdir. Demak, agar shaxs sud hukmi e'lon qilingandan keyin jinoyat sodir qilsa residiv jinoyat deb topiladi. Residiv jinoyatning JKda uchta turi mavjud: oddiy residiv, xavfli residiv, o'ta xavfli residiv.

3 Конвенцнн « O npaBx pe6eHKa »// XTTn://www.yH.opr/py/gocyMeHTc/gecfl_coHB/coHBeHraoHc/HHflgcoH.mTMfl

549

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ma'lumki, shaxs faqatgina sudning hukmi bilangina o'ta xavfli residivist deb topilishi mumkin. Shaxsni o'ta xavfli residivist deb topish to'g'risidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi, shuningdek qonunda belgilangan tartibda sudlanganlik muhlatlarining o'tib ketganligi yoki olib tashlangan sudlanganligi inobatga olinmaydi.

Demak, faqatgina o'ta xavfli residivist deb topishda shaxsning 18 yoshga to'lgunga qadar sodir etgan jinoyati hisobga olinmas ekan.

Bizningcha, shaxsni residivist deb topishda uning 18 yoshga to'lgunga qadar sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganligi hisobga olinmasligi kerak. L.V.Inogamova-Xegayning fikricha ham shaxsni voyaga yetgunga qadar sodir etgan jinoyati hisobga olinmasligi lozim4. Chunki, voyaga yetmaganlarning ko'p hollarda jinoyat sodir etishiga tengdoshlari orasida o'zini ko'rsatishga urinishi, jamiyatdagi ayrim jinoyatchi shaxslarga taqlid qilishi yoxud tajribali jinoyatchilar tomonidan jinoyat sodir etishga jalb qilinishi sabab bo'ladi. Ikkinchidan, ularni resivist deb topmaslik, jinoyat qonunining insonparvarlik va odillik prinsiplariga to'la mos kelib, yoshlarning manfaatlarini ifoda etadi. Shundan kelib chiqib, ko'plab davlatlar, masalan, RF JKda 18 yoshga to'lgunga qadar sodir etgan jinoyati residiv jinoyat deb topish uchun asos bo'lmasligi belgilangan.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Voyaga yetmaganlar javobgarligi mavzusini o'qitishning nazariy va amaliy jihatlari mavzusi yuzasidan o'tkazilgan tadqiqot natijalari bo'yicha quyidagi taklif va tavsiyalar bildiriladi:

Voyaga yetmaganlaga jinoyatchiligi quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:

- yoshlar orasidagi jinoyatchilik asosan guruhiy xususiyatga ega bo'lib, jinoyatchi qanchalik yosh bo'lsa, u jinoyatni shunchalik kam hollarda yolg'iz sodir etadi;

- yoshlar jinoyatchiligi ijtimoiy nazoratning holati bilan chambarchas bog'liq;

- yoshlar orasidagi jinoyatchilik ijtimoiy muhitdagi o'zgarishlarga juda ta'sirchandir. Yoshlarning shaxsi muhitning ham ijobiy, ham salbiy ta'siriga oson uchraydi. Bu esa profilaktika ishlarini amalga oshirish zarurati va imkoniyatini keltirib chiqaradi. Profilaktika ishining samaradorligi ko'rilayotgan choralarning o'z vaqtida bo'lishiga bog'liq. Mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalarida yuz berayotgan o'zgarishlarning salbiy oqibatlari yoshlar orasida

4 Российское Уголовное право: 2 т. Т1. Общая часть: учеб./ ГНБорзенко и др. ; под ред. Л.В.Иногамовой -Хегай, В.С.Комисарова, А.И.Рарога. - М.: ТК Велби, «Прозпект», 2006. -С. 287.

550

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

jinoyatchilikning keskin ko'payishini, uning uyushgan, qurollangan, shafqatsiz bo'lishini, yoshlarning umumiy jinoyatlari orasida mast va narkotik moddalar ta'sirida sodir etilgan jinoyatlar ulushining ko'payishini, jinoyatlar ishtirokchilari orasida ish va o'qish bilan band bo'lmaganlar hissasining ko'payishini keltirib chiqardi. Bu esa yoshlar orasida, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarni va ularning jinoyatchilik holatiga ta'sirini o'rganishni talab qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. // www.press-service.uz.

2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. Asarlar. I-jild. - Toshkent: O'zbekiston, NMIU, 2017. - 592 b.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

4. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz // Yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi nutqi 2021 yil 6 noyabr

Normativ-huquqiy hujjatlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2021 y.

2. O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 2021 y.

3. Mirziyoyev Sh.M. "Sudlar faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli farmoni. 2020 y.

4. Mirziyoyev Sh.M. 2022 yil 28 yanvar kungi PF-60 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyotlar strategiyasi".

Internet saytlari:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. www.lex.uz

2. http : //www.parliament.am/legislation.php.

3. http : //www.wipo .int/wipol ex/ru/text.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.