Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
VOYAGA YETMAGAN JINOYATCHILAR SHAXSINING KRIMINOLOGIK
TAVSIFI
Mazkur maqolada voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi, ularning shaxsiy xarakteridagi o 'ziga xos xususiyatlari, voyaga yetmaganlar o 'rtasida jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, voyaga yetmaganlar o 'rtasida solir etilgan jinoyatlar haqida statisitik ma'lumotlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsining kriminolik tavsifi haqida xorijiy huquqshunoslarning qarashlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: voyaga yetmaganlar, kriminologik tavsif, statatistika, huquqbuzarlik.
В статье анализируется криминологическая характеристика личности несовершеннолетних правонарушителей, их специфические характеристики в личностном характере, проводимая в нашей стране работа по профилактике преступлений и правонарушений среди несовершеннолетних, статистические данные о преступлениях, совершенных между несовершеннолетними, отзывы зарубежных юристов о криминологической характеристике личности несовершеннолетних правонарушителей.
Ключевые слова: несовершеннолетние, криминологическая характеристика, статистика, правонарушения
Samandarov Shoxruxmirzo Mirzaxmat o'g'li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: shohruhsamandarov98@gmail .com
ANNOTATSIYA
КРИМИНОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ЛИЧНОСТИ СОВЕРШЕННОЛЕТНИХ ПРАВОНАРУШИТЕЛЕЙ
Самандаров Шохрухмирзо Мирзахмат угли,
Магистрант Ташкентского государственного юридического университета E-mail: shohruhsamandarov98@gmail .com
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
CRIMINOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE PERSONALITY OF
JUVENILE OFFENDERS
The article analyzes the criminological characteristics of the personality of juvenile offenders, their specific characteristics in personal character, the work carried out in our country on the prevention of crimes and offenses among minors, statistical data on crimes committed between minors, reviews of foreign lawyers on the criminological characteristics of the personality ofjuvenile offenders.
Keywords: investigator, preliminary investigation, prosecutor's supervision, judicial supervision, investigator's independence, investigative action
Bugungi kunda voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning o'sib borishi jamiyatimizning turli qatlamlarini tashvishga solmoqda. Shu sababli mamlakatimizda voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini barvaqt oldini olish bo'yicha samarali tizim yo'lga qo'yildi. Xususan, mustaqilligimiz qo'lga kiritilganidan 3 oy o'tmasdan, ya'ni 1991 yil 20 noyabrda "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. 2016 yilga kelib "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Bundan tashqari, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi, "Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar qabul qilindi, qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi umumsiyosiy munozaralarida ham yoshlar mavzusiga alohida to'xtalishi masalaning dolzarbligidan dalolat beradi. Jumaladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mazkur muaammoga alohida e'tibor berib prezidentiligining dastlabki yillarida quyidagicha fikrni ta'kidlagan: "Barcha hududlarda, har mahalla va oilada ma'naviy muhitni yaxshilash maqsadida uyma-uy yurish va bunga keng jamoatchilik jalb etish yuzasidan yangi ish uslublari joriy etilganiga qaramay, hali kutilgan natijalarga to'liq erishilgani yo'q.
Samandarov Shokhrukhmirzo Mizakhmat ugli,
Master student of Tashkent State University of Law E-mail: [email protected]
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Masalan, Farg'ona viloyatida voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik o'sgan. Umuman, o'tgan 7 oy mobaynida viloyatda voyaga yetmaganlar tomonidan 129 jinoyat sodir etilgan. Viloyatning 10 shahri va tumanida voyaga yetmagan bolalarni uyda yashirincha diniy o'qitish holatlari aniqlangan. Buning uchun Xotin-qizlar qo'mitasi, Xalq ta'limi vazirligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi, Nuroniy jamg'armasi va mahallalar rahbarlari bevosita javobgardir"[1]. Prezidentimizning mazkur nutqi tasdig'i o'larok, yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish bo'yicha ta'sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorni qabul qildi. Ushbu say-harakatlar oqibatida voyaga yetmaganlar o'rtasida sodir etilayotagan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning soni sezirarli darajada kamayganini ko'rishimiz mumkin. Xususan, statistik ma'lumotlarga ko'ra, respublikamizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2018 yilda 938 tani, 2019 yilda 739 tani, 2020 yilning birinchi yarmida 338 tani tashkil etgan[2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlarini o'rganishda ularning jinsi, yoshi, ijtimoiy bandligini muhim ahamiyatga ega. Sababi ushbu xususiyatlarni bilish orqali voyaga yetmaganlar orasida aynan qaysi toifadagilar huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo'ladi va voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklarni sodir etilishiga nimalar sababchi bo'ladi kabi savollarga javob topgan holda voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish mumkin.
Kriminalogiya fanida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson qancha vaqtli jinoyat sodir qilsa, uning kelajakda o'z jinoiy faoliyatini davom ettirishi va yanada xavfli qilmishlar sodir qilish extimoli shunchalik yuqori bo'ladi[3].
Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishi sabablari ko'p. Ammo mazkur omillar ichida voyaga yetmaganlarning xarakteri asosiy o'rin egallaydi. Shu sababli, voyaga yetmaganlarning harakaterini o'rganishi orqali ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo'lgan huquqbuzarliklarni oldini olishning samarali mehanizmini ishlab chiqish mumkin. Kriminalogiya fanida voyaga yetmaganlar shaxsining kriminologik tavsifini o'rganishning turli nuqtai nazarlari mavjud. Xususan, Rossiyalik huquqshunos olim A.I.Alekseyevning fikricha, voyaga yetmagan huquqbuzarlarning shaxsiyati quyidagi belgilar bilan tavsiflanishi kerak: ijtimoiy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
demografik, jinoiy-huquqiy, axloqiy va psixologik xususiyatlar, ijtimoiy ahamiyatga ega fiziologik xususiyatlar[4].
Voyaga yetmagan jinoyatchining asosiy ijtimoiy-demografik xususiyati bu uning yoshi, jinsi va oilaviy ahvolidir. Jinoyat Kodeksimizga ko'ra, shaxs 16 yoshdan umumiy jinoiy javobgarlikka, 14 yoshdan boshlab esa qasddan odam o'ldirish, o'g'rilash, zo'rlash, jinsiy ko'rinishdagi zo'rlik ishlatish, o'g'rilik, bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, jinoyatlar uchun, 13 yoshdan esa aybini og'irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o'ldirish uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilangan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning katta qismi 16-17 yoshda bo'lgan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan asosan mazkur yosh oralig'ida jinoyatlarning sodir etilishiga turli sabablarni keltirish mumkin. Xususan, mazkur yosh oralig'ida o'smirlar ta'sirchan va janjalga moyil bo'ladi. Shuningdek, hayotiy tajriba etishmasligi, ishonuvchanlik, tez his-hayajonga berilish, asabiylik, mustaqillikka bo'lgan tabiiy intilish, o'ziga va atrofdagilarga baho berish mezonlarining shakllanib ulgurmaganligi natijasida o'smirlar aksariyat hollarda bo'lib o'tayotgan voqeliklarning asl mohiyatini anglab eta olmaydi. Ushbu omillar inobatga olish ko'p jihatdan tergov uslubiyoti xususiyatlarini belgilab beradi. Sababi, voyaga etmaganlar bilan munosabatlarda tergovchi protsessual me'yorlarga rioya qilishidan tashqari keng miqyosdagi ma'naviy va ruhiy bilimlarga tayanishi lozim.
Voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsiyatining keyingi muhim xususiyati uning jinsidir. Ushbu toifadagi jinoyatchilarning 90-95 % erkak jinsidagi shaxslar bo'lib, shu yoshdagi aholi qatlamining ko'pchiligini, ya'ni 48-52 % ni tashkil qiladi. Voyaga yetmagan va jinoyat sodir etgan qizlar esa aholining shu yoshdagi qatlamiga kiruvchilarning 4-9 % ni tashkil qiladi. Har ikki jinsga taalluqli voyaga yetmagan jinoyatchilarning bu ko'rsatkichlari mamlakatimizda keyingi o'n yil mobaynida bir hilligicha saqlanib qolmoqda[5].
Statistik ma'lumotlarning ko'rsatishicha, keyingi paytlarda voyaga yetmagan qizlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar miqdori voyaga yetmaganlar jinoyatlari tarkibida 2-2,5 marta ko'paygan. Jumladan, har uchta fohishadan ikkitasi voyaga yetmaganlardir. Shuningdek, voyaga yetmagan qizlar ko'pchilik jinoyatlarning sodir etilishida yo'naltiruvchi, o'g'rilik, talonchilik, ta'magirlik, firibgarlik, xatto odam o'ldirish jinoyatlarida esa ishtirokchi sifatida qatnashganlar.
Voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsiyatining navbatidagi muhim xususiyati ularning oilaviy ahvolidir. Sababi, o'smirlarning shaxsiyatini shakllantirishda avvalombor ularning oilaviy muhiti asosiy rol o'ynaydi. Oilasi voyaga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yetmaganlarning shaxsiyatini shakllantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Voyaga etmagan jinoyatchilarning 55 foizi otasi yoki onasi yo 'q yoki oiladan tashqarida (bolalar uyi, internat uyi va boshqalar) tarbiyalangan. Ayrim mualliflarning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, voyaga etmagan jinoyatchilarning 65 foizi oilaviy muhit sog'lom emas va aksariyat hollarda bunday oilalarning oilaviy daromadlari ancha past bo'ladi[6].
Endilikda o'smirlar shaxsining jinoiy-huquqiy hususiyatlariga e'tibor qaradigan bo'lsak, statistik ma'lumotlarga ko'ra, voyaga yetmaganlarning 20 foizi huquqbuzarlik sodir etgan vaqtda oldin sodir etgan jinoyatlari uchun sudlangan yoki sudlanganlik holati olib tashlanmagan holatda bo'lgadi. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning 17 foizi huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ro'yhatda turgan, 10 foizi esa oldin jinoiy javobgarlikka tortilmagan, ammo, boshqa turdagi tarbiyaviy harakterdagi jazolarga tortilgan bo'ladi.
O'smirlar shaxsining jinoiy-huquqiy hususiyatlarini tahlil qilishni davom ettiradigan bo'lsak, ularning o'ziga xos yana bir jihati shuki, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 78 foizi xususiy mulkka qarshi qaratilgan bo'ladi. Ammo o'smirlar tomonidan ushbu jinoyatlarning amalga oshirishga yagona sabab sifatida moddiy foyda deb tushunish kerak emas. Sababi, Rossiyalik huquqshunos olim Yu.M.Antonyanning ta'kidlashicha, ko'pincha o'smirlar mazkur toifagi jinoyatlarni o'zlarining kuchini ko'rsatib qo'yish, tengdoshlari orasida hurmat va ishonch qozonish uchun amalga oshirishadi[7].
Shuningdek, o'smirlar shaxsining jinoiy-huquqiy hususiyatlaridan yana biri, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar aksariyat hollarda haddan tashqari shafqatsizlik bilan ajralib turadi. Buning o'ziga xos sabablari mavjud. Xususan, voyaga yetmaganlar jinoiy qilmishlarini shafqatsizlik bilan amalga oshirish orqali o'zlarining tengdoshlari orasida o'rnini kuchaytirish, aqliy kamchiliklarini shafqatsiz fel-atvori orqali qoplashga harakat qilishadi.
Voyaga yetmaganlar kriminalistik shaxsining navbatdagi belgisi bu - ularning axloqiy va psixologik xususiyatlaridir. Tadqiqotlarga ko'ra, 14 yoshdan 18 yoshdagacha bo'lgan voyaga yetmaganlarning fe'l atvorida uyat-andisha, o'zgalar tashvishini anglamaslki, o'zini tuta bilmaslik, qo'pollik, yolg'onchilik va o'z aybini tan olmaslik kabi xislatlar kuzatilgan. Shuningdek, bu yosh oralig'ida voyaga yetmaganlar extirosga beriluvchan, odamovilik, o'zgalar dardiga xamadard bo'la olmaslik, tajovuzkorlik, o'jarlik kabi xislatlar ko'proq kuzatiladi. Shuningdek, aksariyat hollarda ularda huquqiy ong past bo'ladi, ular o'qish, san'at va siyosatga qiziqmasdan, aksincha ko'ngilochar o'yinlarga, ichkilikka qiziqishadi va bu kabi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
extiyojlarini qondirish uchun g'ayriqonuniy va jinoiy yo'llar bilan mablag' topishga harakat qilishadi.
Voyaga yetmaganlarning kriminalistik harakterining so'ngi belgisi bu- ularning fiziologik xususiyatlaridir. Xususan, huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarning aksariyati spirtlik ichimliklarga va giyoxvandlik vositalariga ruju qo'ygan bo'lishadi. Bu esa, o'z navbatida ularning shaxsiyatini tanazzulga uchrashiga va turli o'ylanmagan xavfli qilmishlarni sodir etishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko'rasatadiki, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlarning 15 foiz o'z qilmishlarini spirtli ichimliklar yoki giyoxvandlik vositasi ta'sirida sodir etishgan[8].
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, voyaga yetmaganlarning kriminalistik harakterida quyidagi xususiyatlarni ko'rish mumkin ekan:
-Voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzardiklar aksariyat hollarda ular 1415 yoshlarida sodir etiladi;
-Voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar ko'p hollarda shavfqatsizlik sodir etiladi;
-Voyaga yetmagan huqbuzarlarning xarakterida o'qish, shaxsiy rivojlanish va mehnat qiziqish bo'lmay, aksincha, ko'ngilhushlikka, spirtli ichimliklar va giyoxvandlik vositlariga qiziqish kuchli bo'ladi;
-Voyaga yetmaganlar huquqbuzarlarning aksariyat hollarda sog'lom oilaviy muhit bo'lmaydi va moddiy jihatdan qiyin ahvolda bo'ladi.
REFERENCES
1. Грудинин Н.С. Личность несовершеннолетнего российского преступника и механизмы ее формирования // Научный Вестник. 2016. № 2. С. 20-27.
2. Алексеев А.И. Криминология: Курс лекций; 4-е изд., испр. и доп. М.: Щит-М,
3. Криминалогия: Дарслик / З.С.Зарипов, Ю.С.Пулатов, Г.А.Аванесов ва бош;.; проф З.С.Зарипов тахрири остида. - .Т.: Узбекистан Республикаси ИИВ Академияси, 2006. - 474 б
4. Голубничая Л.С. Криминологическая характеристика личности несовершеннолетнего преступника // Амурский научный вестник. 2015. № 1. С.
5. Антонян Ю.М. Личность несовершеннолетнего преступника // Вестник ВИПК МВД России.2013. № 2
2004
158-172.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
6. Евгения Николаевна Федотова Особенности личности несовершеннолетнего преступника // Вестник Московского университета МВД России. 2019. №6.
7. https://sputniknews-uz.com/20170810/Prezident-voyaga-yetmaganlar-orasida-jinoyatchilik-ortganligi-uchun-rahbarlarga-tanbeh-berdi-6009583.html
8. https://kun.uz/news/2020/11/02/^814 inoyat-sodir-etmasligi-mumkin-edi-osmirlar-1 inoyati-sabab-va-yechim^ar