Научная статья на тему 'AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINOIY JAZO TAYINLASH MASALALARI'

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINOIY JAZO TAYINLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

96
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jarima / jazo / ozodlikni cheklash / qamoq. ozodlikdan mahrum etish / majburiy jamoat ishlari / axloq tuzatish ishlari. / Fine / punishment / restriction of liberty / deprivation of liberty. imprisonment / compulsory community and service / correctional labor.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Dilshodaxon Akbarali Qizi Toshmatova

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Ta’kidlash joizki, qo‘yilgan barcha vazifalarning negizi bo‘lib, eng avvalo, inson huquqlari himoyasining kafolatlarini so‘zsiz ta’minlash, qonun hamda adolat ustuvorligini qaror toptirish hisoblanadi. Shu bois bizdan ushbu mas’uliyatli vazifalarni bajarish uchun Xorijiy davlarlar qonunchiligini bilan taqqoslagan holda o‘z vakolatlarimiz, bilimimiz, tajribamiz va bor imkoniyatlarimizni to‘liq safarbar etish, bunda asosiy e’tiborni huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratish va bu borada bir qancha vazifalarni amalga oshirish, huquqiy mexanizimni ham takomillashtirish talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Today, ensuring the rights of minors is defined as one of the priority tasks at the level of state policy. It is worth noting that the basis of all the assigned tasks is, first of all, the unconditional provision of guarantees of human rights protectiand on, determination of the priority of law and justice. Therefore, we are asked to fully mobilize our powers, knowledge, experience and all our capabilities in order to fulfill these responsible tasks, in comparison with the legislation of foreign countries, focusing on early detection and prevention of violations, and in this regard, a number of implementation of tasks, improvement of the legal mechanism is also required.

Текст научной работы на тему «AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINOIY JAZO TAYINLASH MASALALARI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

AYRIM XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINOIY JAZO TAYINLASH

MASALALARI

Dilshodaxon Akbarali qizi Toshmatova

Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi

ANNOTATSIYA:

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqlarini ta'minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Ta'kidlash joizki, qo'yilgan barcha vazifalarning negizi bo'lib, eng avvalo, inson huquqlari himoyasining kafolatlarini so'zsiz ta'minlash, qonun hamda adolat ustuvorligini qaror toptirish hisoblanadi. Shu bois bizdan ushbu mas'uliyatli vazifalarni bajarish uchun Xorijiy davlarlar qonunchiligini bilan taqqoslagan holda o'z vakolatlarimiz, bilimimiz, tajribamiz va bor imkoniyatlarimizni to'liq safarbar etish, bunda asosiy e'tiborni huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratish va bu borada bir qancha vazifalarni amalga oshirish, huquqiy mexanizimni ham takomillashtirish talab etiladi.

Kalit so'zlar: Jarima, jazo, ozodlikni cheklash, qamoq. ozodlikdan mahrum etish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari.

ABSTRACT

Today, ensuring the rights of minors is defined as one of the priority tasks at the level of state policy. It is worth noting that the basis of all the assigned tasks is, first of all, the unconditional provision of guarantees of human rights protectiand on, determination of the priority of law and justice. Therefore, we are asked to fully mobilize our powers, knowledge, experience and all our capabilities in order to fulfill these responsible tasks, in comparison with the legislation of foreign countries, focusing on early detection and prevention of violations, and in this regard, a number of implementation of tasks, improvement of the legal mechanism is also required.

Keywords: Fine, punishment, restriction of liberty, deprivation of liberty. imprisonment, compulsory community and service, correctional labor.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilgan bir qator imkoniyatlarga qaramay, ular o'rtasidagi sodir

2023

275

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

etilayotgan jinoyatchilik masalasi keng jamoatchlikni jiddiy tashvishga solmoqda. Shunday ekan ushbu jinoyatchiliklarni o'rganishda Xorijiy davlatlar qonunchiligini o'rganish muhim masala hisoblanadi.

Rivojlangan davlatlarda o'z fuqarolarining, xususan yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjalari mavjud. Mamlakatda yuz bergan iqtisodiy tanglik, avvalo, yoshlarning ongiga, yashash tarziga ta'sir qilib, jinoyat yo'liga kirishiga sabab bo'ladi. Bu kabilarni oldini olish uchun xar bir mamlakatlar iqtisodiy masalalardagi islohotlarini muntazam ravishda yangilab, shakllantirib boradi. Bundan ko'zlangan maqsad sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, unga barham berishdan iborat. Aytish mumkinki, yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilishi ertangi kun jinoyatchiligiga zamin yaratadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan JK va JPK normalarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlardagi asosiy o'rinni aholining ijtimoiy muhofaza muhtoj qatlami, xususan, voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini liberallashtirish, shuningdek takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jinoiy jazolarni qo'llash, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalari va konunchilikni rivojlantirish egallaydi. Mazkur masalalarni inobatga olib davlatning oliy hokimiyat organlari qonunchilikni taqomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini liberallashtirish ularni takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolarni tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini rivojlantirish maqsadi bugungi kunda xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligini o'rganish, tahlil qilish va qonunchiligimizga tadbiq qilinishini taqozo etadi.

Xar bir mamlakatda shaxsning voyaga yetganlik yoshi belgilab qo'yilgan, bu yoshni har bir davlat oholisining rivojlanganligi va boshqa holatlarini hisobga olib belgilaydi. Shu kabi, mamlakatlar jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikka tortish yoshi belgilangan bo'lib, shuningdek voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yoki ijtimoiy himoya qilish ham ko'rsatib o'tilgan.

Ayrim xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligini o'rganish va tahlil qilish, jinoiy jazo tizimi, jazo tayinlashning ijobiy jihatlarini o'rganib, bizning jinoyat qonunchiligimizga tadbiq qilish hozirgi kunda maqsadga muvofiqdir.

Qirg'iziston Respublikasi Jinoiy kodeksining alohida bo'limi "Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgaligining xususiyatlari", 5 bobi "Voyaga yetmaganlarning jinoiy

2023

276

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

javobgarligi" deb nomlangan. Mazkur Kodeksning 77-moddasida voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligida oid norma belgilangan. Unga ko'ra, o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar voyaga yetmagan shaxslar xisoblanadi. Shuningdek, jinoyat odir etgan voyaga yetmagan shaxslarga tarbiyaviy ta'sir o'tkazuvchi majburiy chora-tadbirlar qo'llanilishi mumkinligi ko'rsatib o'tilgan. Ushbu Kodeksning 78-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga qo'llaniluvchi jazo turlari keltirilgan. Ular quyidagilardan iborat: jamoat ishlari, jarima, ozodlikni cheklash, ozodlikdam maxrum qilish. Tahlil qilinayotgan moddaning ikkinchi qismida agar voyaga yetmagan shaxs sudlangan bo'lsa va sinov muddati ichida yangi jinoyat sodir qilsa (og'ir bo'lmagan) sud qayta ko'rib chiqib sinov muddatini o'rnatishi kerakligi (63-moddaga ko'ra) ko'rsatilgan.

Voyaga yetmagan shaxslarga jazo ushbu Kodeksning 53-moddasidan kelib chiqib, yashash sharoiti, tarbiyasini, ruhiy tomondan rivojlanganligini va boshqa shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda belgilanadi (Kirg'iziston Respublikasi JK 79modda).

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jamoat ishlari qirq soatdan oltmish soatgacha belgilanadi va bu o'qishdan tashqari bo'sh vaqtda bajarilishi kerak. Jamoat ishlarini davomiyligi 14-16 yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun kuniga 2 soatdan, 16-18 yoshgacha bo'lgan shaxslarga kuniga 3 soatdan oshmasligi kerak. (Qirg'iziston Respublikasi JK 80modda). Ushbu jazoning muddati bizning qonunchiligimizga nisbatan kam ekanligini guvohi bo'ldik.

Mazkur davlatda voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosini qo'llanilishiga e'tibor berish lozim. O'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun jarima qo'llanishi mumkin, shuningdek jarima ishlab topgan, mustaqil ish xaqiga ega yoki mulkiga ega bo'lgan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi.

Tahlil qilinayotgan Kodeksning 82-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan maxrum qilish jazosining qo'llanilish asosi keltirilgan. Unga ko'ra o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan vaqtda jinoyat sodir qilgan shaxslarni ozodlikdan maxrum qilish:

- uncha og'ir bo'lmagan jinoyati uchun bir yil;

- og'irroq bo'lgan jinoyati uchun uch yil;

- og'ir bo'lgan jinoyati uchun besh yil;

- o'ta og'ir jinoyat uchun o'n yildan oshmashligi lozim.

2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

Volume 4 | NUU Collection | 2023 Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

Agar ko'pgina jinoyatlar bilan birgalikda sodir etilgan xolatda, ya'ni jinoyatlar majmui tariqasida jazo tayinlanganda bu muddat o'n yildan oshmasligi kerak.

Birinchi marta uncha og'ir bo'lmagan yoki og'ir jinoyat sodir qilgan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslar uchun ozodlikdan maxrum qilish jazosi qo'llanishi mumkin emas va boshqa voyaga yetmaganlar ham birinchi marta uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etsa ushbu jazoni qo'llash mumkin emas. Ozodlikdan mahrum qilingan voyaga yetmagan shaxslar jazoni tarbiya kaloniyalarida o'taydi.

Aytish kerakki, mazkur davlat JKning 83-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan tarbiyaviy tasirga ega majburlov choralar qayd etilgan. Uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir qilgan voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin, lekin majburiy choralar qo'llanilishi natijasida shaxs yaxshi tomonga o'zgartirishni boshlash sharti qo'yiladi.

Tahlil qilinayotgan moddaning ikkinchi qismida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan majburiy chora-tadbirlar belgilangan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: ogohlantiruv, ota-ona yoki ularni bosuvchi shaxslar yoxud davlat organi xodimi nazoratiga qo'yishdan iborat. Shuningdek, voyaga yetmaganlar uchun bir nechta majburiy choralar qo'llanilishi mumkin, uning amal qilish muddati esa bir oydan uch oygacha bo'lishi mumkin. Bizning qonunchiligimizdan farqli ravishda mazkur davlat jinoyat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan majburiy choralarning muddati ko'rsatib o'tilgan.

Armaniston Respublikasi Jinoyat kodeksi (JK) 14 bobida voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligiga oid normalar belgilangan. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash Armaniston (JK 90-modda) va Tojikiston jinoyat qonunchiligi (Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 86-modda)da nisbatan o'xshashdir. Ushbu davlatlarda sud voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy qoidalariga rioya qilishi, shuningdek voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog'lig'ini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga ta'sirini hisobga olishi lozim.

Armaniston JK 86-moddasida jazo turlari keltirilgan bo'lib, ularga: jarima, jamoat ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kiradi. 91-moddasida, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga majburiy choralar qo'llaniladi deb belgilangan. Voyaga yetmaganlarga qo'llaniladigan majburiy

2023

278

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

choralar: ogoxlantirish, olti oydan oshmagan muddatga ota-ona yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar yoki o'zini o'zi boshqarish organlari nazorati ostiga berish, yetkazilgan zararni sud tomonidan belgilangan muddatda qoplashdan iborat bo'lab olti oygacha belgilanadi.

Tojikiston JKga ko'ra, voyaga yetmaganlar deb jinoyat sodir etilayotgan paytda o'n to'rt yoshga to'lgan lekin o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar hisoblanadi. Shuningdek, ushbu Kodeksning 87 -moddasida voyaga yetmaganlar uchun jazo turlari sifatida: jarima, biror bir faoliyat bilan shug'ullanish hukukidan maxrum qilish, majburiy ishlar, axloq tuzatish ishlari, ozodlikdan mahrum qilish kabilar belgilangan.

Armanistonning jinoyat qonunchiligiga ko'ra, o'rtacha og'irlikdagi, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tarikasida ozodlikdan maxrum kilish jazosi tayinlanganda ushbu jazoning muddati yetti yildan oshmasligi kerak bo'lsa, Tojikiston qonunchiligida esa o'n to'rt yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxsga nisbatan xech bo'lmaganda bitta og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatni o'z ichiga olgan bir nechta sodir etilgan jinoyat lar uchun jinoyatlar majmui yoki xukmlar majmui tariqasida ozodlikdan maxrum kilish jazosi tayinlanganda mazkur jazo muddati o'n yildan oshmasligi kerakligi belgilangan.

O'rtacha og'irlikdagi, og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etgan o'n sakkiz yoshgacha bulgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmui tarikasida ozodlikdan maxrum kilish jazosi o'n yildan oshmasligi kerak (Armaniston JK),

O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxsga nisbatan xech bo'lmaganda bitta og'ir yoki o'ta og'ir jinoyatni o'z ichiga olgan bir nechta sodir etilgan jinoyatlar uchun ozodlikdan maxrum kilish jinoyatlar majmui yoki xukmlar majmui buyicha muddati o'n ikki yildan oshmasligi kerak (Tojikiston JK).

Jinoyat sordir etish vaqtida o'n uch yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosi Armanistonda o'n ikki yildan oshmasligi kerak; Ukrainada o'n besh yildan oshmasligi kerak.

Latviya jinoyat qonunchiligiga ko'ra o'n sakkiz yoshga yetmagan shaxslarga o'ta og'ir jinoyat uchun ozodlikdan maxrum kilishning muddati o'n yildan, og'ir jinoyatlar uchun besh yildan oshmasligi kerak.

Shvetsiya Jinoyat kodeksida voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid masalalar alohida bobda aks ettirilmagan. O'n

2023

279

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

besh yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan jinoyat sodir etganligi uchun ushbu davlatda hech qanday jazo qo'llanilmaydi.

Serbiya Jinoyat kodeksida o'n to'rt yoshga yetmagan shaxslar bola xisoblanadi, voyaga yetmaganlarga o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha shaxslar kiradi. Shuningdek jinoyat sodir etayotgan paytda o'n to'rt yoshga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo qo'llanilmaydi.

Ukraina Jinoyat kodeksining 15-bobi voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi deb nomlangan. 98-moddada ularga nisbatan qo'llaniladigan jazo turlari: jarima, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish belgilangan. Ushbu Kodeksda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'shimcha jazo qo'llanilishi ko'rsatilgan bo'lib, u biror bir lavozimni egallash yoki biror bir faoliyat bilan shug'ullanish hukukidan mahrum kilishdan iborat.

Latviya Jinoyat kodeksining 7 bobi voyaga yetmaganlarning javobgarligiga bag'ishlangan. Mazkur Kodeksda voyaga yetmaganlar javobgarligining aniq yoshi ko'rsatilmagan, fakat o'n sakkiz yoshga yetmagan deyilgan. Ularga nisbatan qo'llaniladigan asosiy jazo turlari: ozodlikdan mahrum qilish, jamoat ishlari, jarima kabilardir.

Xorijiy davlatlarning qonunchiligidan bu masalaga oid qoidalar o'rganilganda bizning qonunchiligimizdan birmuncha farq qilishining guvohi bo'ldik. Qirg'iziston Respublikasi jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan majburlov choralarining quyidagi turlari mavjud, ya'ni: ogohlantiruv, ota- ona yoki ularni bosuvchi shaxslar yoxud davlat organi xodimi nazoratiga qo'yish. Shuningdek, voyaga yetmaganlar uchun bir nechta majburiy choralar qo'llanilishi mumkin, uning amal qilish muddati esa bir oydan uch oygacha bo'lishi mumkin. Bizning qonunchiligimizdan farqli ravishda mazkur davlat jinoyat qonunchiligida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo'llaniladigan majburiy choralarning muddati ko'rsatib o'tilgan.

Armaniston Republikasi JKning 91-moddasida, ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan va uncha og'ir bo'lmagan jinoyatlarni sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga majburiy choralar qo'llaniladi deb belgilangan bo'lib, ular: ogoxlantirish, olti oydan oshmagan muddatga ota-ona yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar yoki o'zini o'zi boshqarish organlari nazorati ostiga berish, yetkazilgan zararni sud tomonidan belgilangan muddatda qoplashdan iborat bo'lib, ushbu majburlov

choralari olti oygacha belgilanadi.

2023

Modern Trends of Social Sphere Development

Volume 4 | NUU Collection | 2023

Actual Problems of Sociology and Social Work

in the 21st Century XXI asrda sotsiologiya va ijtimoiy ishning dolzarb muammolari

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-7-275-281

REFERENCES:

1. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. // www.press-service.uz.

2. Mirziyoev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. Asarlar. I-jild. - Toshkent: O'zbekiston, NMIU, 2017. - 592 b.

3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

4. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz // Yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalari qo'shma majlisidagi nutqi 2021 yil 6 noyabr

Normativ-huquqiy hujjatlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 2021 y.

2. O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 2021 y.

3. Mirziyoyev Sh.M. "Sudlar faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2020 yil 24 iyuldagi PF-6034-sonli farmoni. 2020 y.

4. Mirziyoyev Sh.M. 2022 yil 28 yanvar kungi PF-60 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyotlar strategiyasi".

Internet saytlari:

1. www.lex.uz

2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.