Научная статья на тему 'VOYAGA YЕTMAGANLARGA NISBATAN TAYINLANADIGAN JINOIY JAZO TURLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

VOYAGA YЕTMAGANLARGA NISBATAN TAYINLANADIGAN JINOIY JAZO TURLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
871
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jarima / jazo / ozodlikni cheklash / qamoq. ozodlikdan mahrum etish / majburiy jamoat ishlari / axloq tuzatish ishlari. / Fine / punishment / restriction of liberty / deprivation of liberty. imprisonment / compulsory community service / correctional labor.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Shakirov, Farrux Sharafovich

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Ta’kidlash joizki, qo‘yilgan barcha vazifalarning negizi bo‘lib, eng avvalo, inson huquqlari himoyasining kafolatlarini so‘zsiz ta’minlash, qonun hamda adolat ustuvorligini qaror toptirish hisoblanadi. Shu bois bizdan ushbu mas’uliyatli vazifalarni bajarish uchun Xorijiy davlarlar qonunchiligini bilan taqqoslagan holda o‘z vakolatlarimiz, bilimimiz, tajribamiz va bor imkoniyatlarimizni to‘liq safarbar etish, bunda asosiy e’tiborni huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratish va bu borada bir qancha vazifalarni amalga oshirish, huquqiy mexanizimni ham takomillashtirish talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES OF CRIMINAL PUNISHMENTS FOR JUVENILE PERSONS AND THEIR SPECIFIC ASPECTS

Today, ensuring the rights of minors is defined as one of the priority tasks at the level of state policy. It is worth noting that the basis of all the assigned tasks is, first of all, unconditional provision of guarantees of human rights protection, determination of the priority of law and justice. Therefore, we are asked to fully mobilize our powers, knowledge, experience and all our capabilities in order to fulfill these responsible tasks, in comparison with the legislation of foreign countries, focusing on early detection and prevention of violations, and in this regard, a number of implementation of tasks, improvement of the legal mechanism is also required.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YЕTMAGANLARGA NISBATAN TAYINLANADIGAN JINOIY JAZO TURLARI VA ULARNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN TAYINLANADIGANJINOIY JAZO TURLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Shakirov Farrux Sharafovich

Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi

Bugungi kunda voyaga yetmaganlar huquqlarini ta 'minlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan. Ta'kidlash joizki, qo'yilgan barcha vazifalarning negizi bo'lib, eng avvalo, inson huquqlari himoyasining kafolatlarini so'zsiz ta'minlash, qonun hamda adolat ustuvorligini qaror toptirish hisoblanadi. Shu bois bizdan ushbu mas 'uliyatli vazifalarni bajarish uchun Xorijiy davlarlar qonunchiligini bilan taqqoslagan holda o 'z vakolatlarimiz, bilimimiz, tajribamiz va bor imkoniyatlarimizni to 'liq safarbar etish, bunda asosiy e'tiborni huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda oldini olishga qaratish va bu borada bir qancha vazifalarni amalga oshirish, huquqiy mexanizimni ham takomillashtirish talab etiladi.

Kalit so'zlar: Jarima, jazo, ozodlikni cheklash, qamoq. ozodlikdan mahrum etish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari.

Сегодня обеспечение прав несовершеннолетних определено как одна из приоритетных задач на уровне государственной политики. Стоит отметить, что в основе всех поставленных задач лежит, прежде всего, безусловное обеспечение гарантий защиты прав человека, определение приоритета закона и справедливости. Поэтому нас просят в полной мере мобилизовать наши силы, знания, опыт и все наши возможности для выполнения этих ответственных задач, по сравнению с законодательством зарубежных стран, сосредоточив внимание на своевременном выявлении и предупреждении нарушений, и в связи с этим ряда реализации задач, также требуется совершенствование правового механизма.

Ключевые слова: Штраф, наказание, ограничение свободы, лишение свободы. лишение свободы, обязательные общественные работы, исправительные работы.

Today, ensuring the rights of minors is defined as one of the priority tasks at the level of state policy. It is worth noting that the basis of all the assigned tasks is, first of all, unconditional provision of guarantees of human rights protection, determination of the priority of law and justice. Therefore, we are asked to fully mobilize our powers, knowledge, experience and all our capabilities in order to fulfill

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

these responsible tasks, in comparison with the legislation of foreign countries, focusing on early detection and prevention of violations, and in this regard, a number of implementation of tasks, improvement of the legal mechanism is also required.

Keywords: Fine, punishment, restriction of liberty, deprivation of liberty. imprisonment, compulsory community service, correctional labor.

Jinoyat qonunida belgilangan insonparvarlik va odillik prinsiplaridan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining oltinchi bo'limida "Voyaga etmaganlar javobgarligining xususiyatlari" ko'rsatib o'tilgan bo'lib, ushbu bo'lim XV-XVI boblarni o'z ichiga oladi. Mazkur boblarda voyaga etmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimi, jazo tayinlash qoidalari, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilish masalalari aks ettirilgan. M.H.Rustamboev fikricha, sobiq Ittifoq davrida voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va unga qarshi kurashishga etarli darajada (ba'zi kamchiliklarini e'tiborga olmagan holda) e'tibor berilgan bo'lsa ham, ammo jinoyat qonunidagi bunday jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan normalar shu vaqtgacha biror marta ham tizimlashtirilgan holda alohida bir bo'limda berilmagan edi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir qilinganida, davlat tomonidan ularning bu qilmishiga beriladigan jazoning kattalarga beriladigan jazoga nisbatan ancha yumshoqligi qadimgi quldorlik davlatlariga ham xos bo'lganligini Rim davlatining "XII jadval qonunlari"da ham uchratamiz3.

Aytish kerakki, voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolarda nomutanosibliklar mavjud. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga jazo tayinlash murakkab jarayon hisoblanadi. JKning 81-moddasida voyaga yetmaganlarga tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimi belgilab qo'yilgan, ya'ni bunda ularga nisbatan tayinlanadigan jarima, majburiy jamoat ishlari, ahloq

tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish jazolari nazarda tutiladi.

Jinoyat kodeksning 82-moddasida jarima jazosini qo'llashga oid qoidalar belgilab qo'yilgan. Jarima jazosi aybdordan davlat daromadiga Jinoyat kodeksda belgilangan miqdorda pul undirish hisoblanadi. Ushbu jazo voyaga yetmaganlarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda tayinlanadi.

Agar mahkum jarima miqdorini olti oy muddat mobaynida to'lashdan bo'yin tovlasa, sud mazkur jazo turini majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtiradi. Bunda sud to'lanmagan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimani majburiy jamoat ishlarining ikki soatiga tenglashtirgan holda hisoblab, majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazo bilan

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

almashtiradi yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi jarimani axloq tuzatish ishlarining bir oyiga tenglashtirgan holda hisoblab, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo bilan almashtiradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Voyaga etmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jarima jazosi ham ma'lum ma'noda muammolidir. Sababi, o'n uch yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslarga, umuman olganda, voyaga etmaganlarga sodir qilgan jinoyati uchun jarima jazosi qo'llansa, jarimaning miqdorini ularning ota-onalari, qonuniy vakillari to'laydi, fikrimizcha, bunda jazoning tarbiyalash maqsadi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Demoqchimizki, mamlakatimizda voyaga etmaganlarning ta'lim olish jarayoniga asosiy e'tibor beriladi, ular dars mashg'ulotlariga ta'sir ko'rsatmagan holda mehnat bilan shug'ullanishlari mumkin. Jarima jazosini ijro etish mexanizmi ham qonunchiligimizda aniq yo'lga qo'yilmagan, shuning uchun aksariyat holatlarda jazodan ko'zlangan maqsadiga erishish imkoni bo'lmaydi. Aytish mumkinki, mazkur jazoni ijrosini ta'minlash uchun voyaga etmagan shaxs boshqa bir jinoyatga qo'l urishi, masalan o'g'rilik jinoyatini sodir qilishi mumkin yoxud voyaga yetmagan shaxs uchun jarima jazosini ijro etish muammo bo'lmasligi, keyinchalik boshqajinoyat sodir etsa ham ushbu jazo orqali qutulishi, natijada jazodan ko'zlangan maqsadga erishilmasligi mumkin.

Sud tomonidan jarima jazosini voyaga y etmaganlarga qo'llashning ayrim xususiyatlari mavjud. Unga ko'ra, jarima jazosini voyaga etmaganlarga tayinlash to'g'risida bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan turli fikrlar mavjud. M.D.Shargorodskiy: "...xalqni umumiy daromadning oshishi bilan jarimani, ayniqsa, kam ahamiyatli jinoyatlar uchun kengroq qo'llashga sharoit yaratiladi", debhisoblagan.

Jarima jazosini tayinlashda jazoning bu turini barcha voyaga etmagan jinoyatchilarga qo'llab bo'lmaydi. Shaxsiy daromadi yoki mulki bo'lmagan voyaga etmagan shaxsga jarimaning tayinlanishi, mahkum bunday jarimani to'lab bo'lganidan so'ng o'zining moddiy sharoitini tiklash maqsadida qonuniy choralar topolmasa yana yangi jinoyat sodir etish xavfi yuzaga keladi. Jazo sifatida jarimani qo'llash vaqtida sud har qanday jinoiy jazo kabi, voyaga etmagan shaxslarga nisbatan ham tayinlanadigan jazolar shaxsiy xarakterga ega ekanligini alohida hisobga olishi lozim. M.I.Kolsov fikricha, jarima jazosini tayinlashda voyaga yetmagan shaxsning mustaqil daromadga, ish haqi yoki mol-mulkka ega ekanligi e'tiborga olinadi. Shuning uchun voyaga etmagan shaxsga nisbatan jarima jazosini tayinlash vaqtida uning shaxsiy mablag'iga e'tibor qaratish kerak4.

Jarima jazosining miqdorini belgilashda, sud, bu jazo miqdori voyaga yetmagan jinoyatchining normal turmush sharoiti uchun zarur bo'lgan shart-sharoitdan mahrum

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

qilib qo'ymasligi lozimligini e'tiborga olishi kerak. Jarimani qo'llash sud organlariga ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan qilmishlarga jazo tayinlashda imkon qadar jazo va javobgarlikni differensiatsiyalash va alohida yondashishni amalga oshirishiga yordam beradi.

Jarimani katta miqdorda belgilash faqatgina mahkumning emas, uning oilasini ham moddiy sharoitiga ta'sir qiladi, degan e'tirozlar o'rinsiz, chunki o'sha shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash uning oilasiga bundan ham og'irroq musibat, oqibatlar olib kelishi mumkin.

JKning 83-moddasida voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan axloq tuzatish ishlariga oid koidalar belgilangan. Axloq tuzatish ishlari - bu mahkumni sud hukmi bilan belgilangan muddatga majburiy ravishda mehnatga jalb qilib, uning ish haqidan davlat foydasiga muayyan miqdorda foiz undirish tariqasidagi jazo chorasi hisoblanadi. Mazkur jazo turi ham faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga tayinlanadi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi quyidagicha tushuntirish bergan: "Axloq tuzatish ishlari pensiya yoshiga etgan, o'n olti yoshga to'lmagan shaxslarga, mehnatga qobiliyatsizlarga, homilador ayollarga, yosh bolasini boqish uchun ta'tilda bo'lgan ayollarga va harbiy xizmatchilarga nisbatan tayinlanmaydi". Ushbu jazoni o'tash aybdor voyaga yetmaganning o'z ish joyida, agar u hech qaerda ishlamasa, ushbu jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan o'zi yashaydigan hududdagi boshqa joylarda o'taydi. A.Ibragimova fikricha, shaxs o'n olti yoshga to'lgandan so'ng mehnatga layoqatli hisoblanishini e'tiborga olib, o'n olti yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosini tayinlashda sud ayblanuvchining mehnat majburiyatlarini bajara olishini aniqlashi, agar ushbu jazoni bajarishga shaxsning xohishi bo'lmasa jazo qo'llashning samarasi bo'lmasligini e'tiborga olmog'i lozim. Amaliyotdagi muammo shundaki, voyaga etmagan shaxs asosan kollej, litsey talabasi yoki maktab o'quvchisi bo'ladi, unga nisbatan ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlansa, majburiy ta'lim prinsipiga zid kelishi mumkin.

Shu o'rinda taklif sifatida aytishimiz mumkinki, voyaga yetmagan shaxslarga ahloq tuzatish ishlari jazosini tayinlayotganda uning o'qish joyiga majburiy tartibda biriktirib qo'yilishi, masalan, ma'lum vaqtda darsda bo'lish, ma'lum vaqtda kutubxonada bo'lish kabi majburiyatlarni yuklash lozim.

JKning 841-moddasida voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi belgilangan bo'lib, ushbu jazo turi O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi O'RQ 389-sonli Qonuni bilan kiritilgan. Ushbu jazo sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini u yoki bu sabab bilan tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

iborat bo'lib, u bir oydan besh yilgacha muddatga tayinlanadi hamda sud tomonidan belgilanadigan organlar nazorati ostida o'taladi. Ushbu jazo chorasi, e'tibor beradigan bo'lsak, voyaga etganlarga nisbatan bir oydan besh yilgacha, voyaga etmaganlarga nisbatan olti oydan ikki yilgacha tayinlanishi belgilangan.

Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, aholining odil sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida 2016 yilning 21 oktyabrida qabul qilingan "Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF -4850-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining 6- bandida voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni amalga oshirishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko'rib chiqish nazarda tutilgan. Mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida JK 841-moddani quyidagi tahrirda, ya'ni: ozodlikni cheklash voyaga etmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida bir oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi, deb bayon qilinishi maqsadga muvofiq.

JKning 50-moddasiga binoan, ozodlikdan mahrum qilish - mahkumni jamiyatdan ajratib jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iborat bo'lgan jazo turi bo'lib, ushbu jazo umumiy qoidaga ko'ra, bir oydan yigirma yilgacha muddatga belgilanadi. Jinoyat kodeksining 85-moddasiga ko'ra, voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan esa ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi. Ahamiyatli jihati shundaki, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi mazkur Kodeksning 85-moddasida olti oydan o'n yilgacha muddatga tayinlanadi, Jinoyat kodeksi 86- moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, deb belgilangan. Vaholanki, voyaga etmaganlarga tayinlanadigan ushbu jazoning minimal darajasi voyaga etgan shaxslarga tayinlanadigan minimal darajadan ham ko'p hisoblanadi.

Shuningdek, JKda ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o'n uch yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan: b) og'ir jinoyat uchun — olti yilgacha;

v) o'ta og'ir jinoyat uchun — o'n yilgacha muddatga tayinlanadi.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan:

b) og'ir jinoyat uchun — etti yilgacha;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

v) o'ta og'ir jinoyat uchun — o'n yilgacha muddatga tayinlanadi5, deb ko'rsatilgan.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa jazolarga nisbatan alohida ahamiyatga ega, ya'ni bunda sodir etilgan jinoyat uchun insonni jamiyatdan ajratish, uni ozodlikdan mahrum qilish, uning muayyan huquqlarini cheklash, unga davlat nomidan majburlov choralarini qo'llash nazarda tutiladi. Ozodlikdan mahrum qilish voyaga etmagan mahkumga, ayniqsa ozodlikdan mahrum qilishga birinchi marta hukm qilingan shaxslarga juda kuchli ta'sir ko'rsatadi, ijtimoiy adolatni tiklashga, yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga ko'maklashadi. Bundan tashqari, mazkur jazoning jiddiy cheklovlari mavjud, ya'ni ushbu jazo shaxsni jamiyatdan ajratishdan tashqari, erkin harakatlanish, dam olish vaqtini tanlash, mehnat faoliyati turini, yaqinlari va qarindosh-urug'lari bilan muloqot qilish huquqlarini cheklash bilan bog'liqdir.

JK 85-moddasiga asosan, voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan o'n yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeksning 86 moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qimlarida nazarda tutilgan holla mustasno.

Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o'n uch yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan:

v) o'ta og'ir jinoyat uchun — etti yilgacha muddatga tayinlanadi. Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan:

v) o'ta og'ir jinoyat uchun — sakkiz yilgacha muddatga tayinlanadi. Voyaga etmay turib ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

Hukm chiqarish paytida o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o'tash tayinlanadi, deb bayon qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Aytish kerakki, ozodlikdan mahrum qilish jazoning maqsadlariga boshqa (engilroq) vositalar bilan erishish mumkin bo'lmagan holdagina qo'llanilishi kerak. Hozirgi sharoitda qonuniy kuchga kirgan hukmlar bo'yicha mahkumlarning uchdan bir qismidan ko'prog'iga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va

b) og'ir jinoyat uchun — besh yilgacha;

b) og'ir jinoyat uchun — olti yilgacha;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

jinoyatchilikka qarshi kurashish vizani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-sonli qarori

2. Ismailov N.T. Voyaga etmaganlar jinoyatchiligini oldini olishning individual profilaktikasi. Yurid. fan. nomz. ilm. dar. olish uchun diss... avtoref. - Toshkent: TDYU, 2006.

3. Rustambaev M.H. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. T.2. Umumiy qism. Jazo to'g'risida ta'limot: Darslik. - Toshkent: ILM ZIYO, 2011

4. O'zbekiston Respulikasi Oliy sudi Plenumining 2000 yil 15 sentyabrdagi "Voyaga etmaganlar jinoyati haqidagi sud amaliyoti to'g'risida"gi qarori

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.