Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINSIY ZO‘RAVONLIK JINOYATLARI UCHUN JAVOBGARLIK BORASIDA QONUNCHILIK TAHLILI'

VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINSIY ZO‘RAVONLIK JINOYATLARI UCHUN JAVOBGARLIK BORASIDA QONUNCHILIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

68
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jinsiy daxlsizlik / jinsiy zo‘ravonlik / pornografik mahsulotlar / viktimizatsiya / fohishabozlik / bola huquqlari / zo‘rlik / jinoiy javobgarlik / shahvoniy shilqimlik / половая неприкосновенность / сексуальное насилие / порнографическая продукция / виктимизация / проституция / права ребенка / насилие / уголовная ответственность / сексуальное домогательство.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Maxbuba Fazlitdin Qizi Sharifbayeva

Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy erkinligi va daxlsizligi huquqlari himoyasini kafolatlovchi normalar hamda ularga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun javobgarlik masalalari yuzasidan qonun hujjatlari normalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье анализируются нормы, гарантирующие защиту прав сексуальной свободы и неприкосновенности несовершеннолетних, а также нормы правовых документов, касающиеся вопросов ответственности за совершенные в отношении них преступления сексуального насилия.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINSIY ZO‘RAVONLIK JINOYATLARI UCHUN JAVOBGARLIK BORASIDA QONUNCHILIK TAHLILI»

VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINSIY ZO'RAVONLIK JINOYATLARI UCHUN JAVOBGARLIK BORASIDA QONUNCHILIK

TAHLILI

Maxbuba Fazlitdin qizi Sharifbayeva

O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi "Inson huquqlariga oid xalqaro huquq" magistratura yo'nalishi tinglovchisi E-mail: sharifbayevamahbuba@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy erkinligi va daxlsizligi huquqlari himoyasini kafolatlovchi normalar hamda ularga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlari uchun javobgarlik masalalari yuzasidan qonun hujjatlari normalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: jinsiy daxlsizlik, jinsiy zo'ravonlik, pornografik mahsulotlar, viktimizatsiya, fohishabozlik, bola huquqlari, zo'rlik, jinoiy javobgarlik, shahvoniy shilqimlik.

АННОТАЦИЯ.

В данной статье анализируются нормы, гарантирующие защиту прав сексуальной свободы и неприкосновенности несовершеннолетних, а также нормы правовых документов, касающиеся вопросов ответственности за совершенные в отношении них преступления сексуального насилия.

Ключевые слова: половая неприкосновенность, сексуальное насилие, порнографическая продукция, виктимизация, проституция, права ребенка, насилие, уголовная ответственность, сексуальное домогательство.

ABSTRACT.

This article analyzes the norms guaranteeing the protection of the rights of sexual freedom and inviolability of minors, as well as the norms of legal documents regarding the issues of responsibility for crimes of sexual violence committed against them.

Keywords: sexual inviolability, sexual violence, pornographic products, victimization, prostitution, child rights, violence, criminal liability, sexual harassment.

Bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik sodir etilishi bola huquqlari buzilishining eng jiddiy ko'rinishidir. Xalqaro miqyosda ham bolalarni zo'ravonlikning barcha

April 24, 2024

919

shakllaridan himoya qilish masalasi huquqiy tartibga solishning asosiy obyektlaridan hisoblanadi. Bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik umumiy tushuncha sifatida bevosita jinsiy aloqadan tortib, ularga nisbatan sodir etiladigan axloqsiz harakatlar, jinsiy ekspluatatsiyaga yollash va boshqa aloqasiz sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlik harakatlarini o'z ichiga oladi.

UNICEFga ko'ra dunyodagi har uch mamlakatning birida ayollarning besh foizi bolalik davrida jinsiy zo'ravonlikka uchrashi haqida xabar beradi[1]. Manbalarga ko'ra voyaga yetmagan qizlardan har to'qqiztadan bittasi, o'g'il bolalarning har yigirmadan biri bolalik davrida jinsiy zo'ravonlikka duchor bo'ladi.

18 yoshgacha bo'lgan jinsiy zo'ravonlik qurbonlarining 82 foizini qizlar tashkil qilib, ular orasida 16-19 yoshdagi qizlarning zo'ravonlikka uchrash ehtimoli boshqalarga nisbatan to'rt baravar ko'pdir[2].

Turli doirada o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra[3] bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik to'g'risidagi xabarlar o'tgan davrdagiga qaraganda 87 foizga ko'paygan. Bolalarning onlayn o'yin o'ynash jarayonida "gruming"ga tushib qolishi uchun

19 soniyadan 45 daqiqagacha bo'lgan vaqt yetarli bo'ladi. Bolalarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik sodir etuvchilarning deyarli oltmish foizi o'z qurbonlariga tanish bo'lishadi. Respondentlarning 54 foizi bolalikda onlayn jinsiy zo'ravonlikka uchrashganini bildirishgan. Bolalarga nisbatan jinsiy tazyiq tasvirlangan post qirq yetti kun davomida 1,3 mln ko'rishlar soniga ega bo'lgani zo'ravonlik doirasi kengligini ham anglatadi. AQSH da o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, respondentlarning 54 foiz qismi birinchi marotaba o'n uch yoki undan ham kichik yoshida birinchi marotaba onlayn pornografik materialning guvohi bo'lishganini aytishgan. O'tgan to'rt yil davomida onlayn gruming jinoyatlari 80 foizgacha oshgan.

Ko'rsatilgan raqamlar jinsiy zo'ravonlikning borgan sari turli ko'rinish va shakllarda rivojlanayotgani, zo'ravonlik sodir etilishining o'sish tendensiyasida davom etayotganini, jinsiy zo'ravonlik qurbonlarining katta qismini voyaga yetmaganlar tashkil etayotganini ko'rsatmoqda. Bunday turdagi zo'ravonlik turi va shaklining rivojlanishi uni tartibga solishni, jinoyat uchun javobgarlik masalalarini o'rganishni, shungidek, huquqiy bazani takomillashtirishni talab etadi.

Jinsiy zo'ravonlik jinoyatlari shaxsning nafaqat jismoniy tomondan, balki ruhiy tomondan ham jabrlanishiga sabab bo'ladi. Jinsiy zo'ravonlikka uchragan voyaga yetmagan shaxsda yuzaga keladigan uyat hissi, jamiyatdan o'zini izolyatsiya qilishi, sodir etilgan harakatda aybdorlik hissi vujudga keladi. Ba'zi holatlarda jabrlanuvchilarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qayta viktimizatsiyaga uchrash holatlari ham uchrab turadi. E'tibor qaratilishi lozim bo'lgan holatlardan yana biri shundaki, yuqorida sanab o'tilgan vaziyatlar sababli

April 24, 2024

920

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^^zbekjStan^jlliy^niViiSiieii

ko'pgina holatlarda ushbu turdagi jinoyatlar latent holatda qolib ketadi. Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan statistikalar voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan jinsiy zo'ravonlikning haqiqiy sonini ko'rsatmaydi hamda ko'pgina bunday turdagi qilmishlar ochilmay, xabar berilmasdan qolib ketadi. Bunday holatlarda jinoyatchi shaxsning javobgarlikka tortilishining va bunday ta'sir chorasining qo'llanilishining o'zi ham jabrlanuvchii tomonni ma'lum ma'noda qoniqtiradigan omil bo'lib ham qoladi. Biroq, ushbu holatda bir narsa aniqki, davlat o'z funksiya va vazifalari doirasida jinoyatchi shaxsga qonuniy chora ko'rish, jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklash masalalarini hal qilishi lozim bo'ladi.

"Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyada ko'rsatilganidek, bola tug'ilguncha va tug'ilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj hisoblanadi. Mazkur Konvensiyaning 19-moddasida quyidagicha qoida o'rnatilgan: "Ishtirokchi-davlatlar bolani jismoniy va ruhiy zo'ravonlikning, haqoratlash va suiiste'molliklar, g'amxo'rlik ko'rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo'lish, qo'pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g'amxo'rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilish, jumladan, shahvoniy suiiste'molliklar sodir etishning har qanday shakllaridan himoyalash maqsadida jamiki zarur qonuniy, ma'muriy, ijtimoiy va ma'rifiy chora-tadbirlarni ko'radilar. Bunday himoya choralari, zarurat tug'ilgan taqdirda, bola va unga g'amxo'rlik ko'rsatayotgan shaxslarni lozim darajada qo'llab-quvvatlash maqsadidagi ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish uchun samarali tartib-rusumlarni, shuningdek, bola bilan yuqorida ko'rsatilgan tarzda shafqatsizlarcha muomala qilish hollari munosabati bilan ogohlantirish, aniqlash, xabar berish, qarab chiqish, tergov olib borish, davolash hamda shundan keyingi choralarni ko'rish zarurati tug'ilgan taqdirda, sud ishini qo'zg'atish uchun chora-tadbirlarni ham o'z ichiga oladi"[4].

O'zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992-yil 9-dekabrda qo'shilgan bo'lib, ushbu hujjatda belgilab qo'yilgan majburiyatlarni bajarishni, qonun hujjatlarini ushbu Konvensiyaga moslab takomillashtirishni o'z zimmasiga olgan bo'lib, bu jarayon butkul tugatilmagan, balki davom etmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida bolalarning huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash, himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlar yaratish davlatning majburiyati sifatida belgilab qo'yilgan.

Shuningdek, asta-sekinlik bilan ularni zo'ravonlikning barcha turlaridan himoya qilish, uning jinsiy daxlsizligini ta'minlash, buzilgan huquqini tiklash borasida qator huquqiy normalar o'rnatildi. Jumladan, "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi qonun[5] 10-moddasida davlat bolani ekspluatatsiya va zo'ravonlikning

April 24, 2024

921

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^illiy^niversiteti^^^^^^

barcha shakllaridan, xususan, jismoniy, ruhiy va jinsiy zo'ravonlikdan, shahvoniy shilqimliklardan himoya qilishi kafolati belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-dekabrdagi "Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni[6] bilan yuqoridagi modda normasiga qo'shimcha kiritilib, unga ko'ra davlat:

• bolaga nisbatan ekspluatatsiya va zo'ravonlikning barcha shakllarining oldini olish, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

• ekspluatatsiya va zo'ravonlikka duchor bo'lgan bolalarga zarur pedagogik, psixologik, tibbiy, yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha choralar ko'rishi belgilab qo'yildi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik nafaqat bunday shaxslar bilan zo'rlik ishlatib sodir etiladigan jinsiy aloqani, balki voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy erkinlik va daxlsizliga qarshi amalga oshiriladigan xatti-harakatlar tushuniladi, degan qoidadan kelib chiqib Jinoyat kodeksining jinsiy zo'ravonlikka oid normalari Kodeksning turli boblarida keltirilganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, Kodeks Maxsus qismining 4-bobi "Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar" (118, 119, 121-moddalar), "Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar" nomli 5-bobi (128, 1281, 129, 130, 131-moddalar) tarkibida jinsiy zo'ravonlikka oid normalar mavjud.

2023-yilning 11-aprelida "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonunning[7] qabul qilinishi voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etiladigan zo'ravonlik, ayniqsa jinsiy zo'ravonlikka qarshi kurashish, bolalar huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish sohasidagi eng muhim qadamlardan bo'ldi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyevaning "Men ushbu g'alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat o'zgarishi uchun qiyin va uzoq yo'l turibdi. Men barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qo'shilib, zo'ravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqiraman. Zo'ravonlik - jinoyat. Zo'ravonlik - bizning madaniyatimiz emas!", - fikr bildirib o'z pozitsiyasini bildirishi ushbu qonunning qabul qilinishi qanchalik dolzarb masala bo'lganligidan darak beradi[8].

922

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-âumanitarfnlainïï

Qonunning o'zida ko'rsatilganidek, mazkur qonun hujjati xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo'ravonlikning oldini olishga, bolalar va xotin -qizlar huquqlari bilan bog'liq xalqaro indekslarda mamlakatimizning o'rnini yaxshilashga xizmat qiladi.

Mazkur Qonun bilan qonunchilikka tatbiq etilgan normalar, o'zgartirish va qo'shimchalarga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga bir qator o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Jumladan, o'n sakkiz yoshga to'lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish va unga nisbatan zo'rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish bilan, o'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish bilan, voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik materiallar bilan muomala qilish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo'shmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlar jinoyatga tayyorgarlik yoki suiqasd bosqichida to'xtatilganda, ushbu jinoyatlar uchun jazo tayinlashda yengillik berilmasligi belgilab qo'yildi. Shuningdek, yuqoridagi keltirib o'tilgan jinoyatlarni sodir etiganlikda ayblanib hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo'llanilmaydi.

Nomusga tegish hamda jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun jazo chorasi og'irlashtirilib, ushbu jinoyatlar uchun belgilangan uch yildan yetti yilgacha bo'lgan ozodlikdan mahrum qilish muddati besh yildan sakkiz yilgacha bo'lgan muddatga o'zgartirildi. Shu bilan birga mazkur jinoyatlarning jabrlanuvchiga qarab turish yuklatilgan ta'lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilishi jazoni og'irlashtiruvchi holatlardan biri sifatida belgilandi. Mazkur qonun bilan 18 yoshga to'lmagan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish uchun jinoiy javobgarlik belgilanib, ushbu qilmishni sodir etganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksi 128-moddasida nazarda tutilgan o'n olti yoshga to'lmagan shaxslar bilan jinsiy aloqa qilish, jinsiy ehtiyojni g'ayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun jazo chorasi og'irlashtirilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilandi (avval ushbu jinoyat uchun maksimal jazo chorasi uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish edi)[9]. Ushbu modda yangi norma bilan to'ldirilib, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilganlik uchun 2 yildan 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

923

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™

O'n olti yoshga to'lmagan shaxsga nisbatan zo'rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish uchun jazo oshirilib ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish etib belgilandi hamda ushbu qilmishning o'n to'rt yoshga to'lmagan shaxsga, bir ro'zg'or asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoki yaqin qarindoshga nisbatan sodir etilishi, jabrlanuvchini tarbiyalash, o'qitish va (yoki) unga g'amxo'rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta'lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan sodir etilishi kabi holatlar jinoyatni og'irlashtiruvchi holatlar sifatida belgilab qo'yildi.

Jinoyat kodeksining 130-moddasiga (Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) qo'shimcha norma kiritilib, unga ko'ra voyaga yetmagan shaxs tasvirlangan pornografik mahsulotlar bilan muomala qilish, voyaga yetmagan shaxslarni pornografik harakatlar ijrochisi sifatida jalb qilish besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko'rsatib o'tildi. Kodeksga yangi 1413-modda kiritilib, unga muvofiq o'n sakkiz yoshga to'lmaganligi aybdorga ayon bo'lgan holda shaxs tanasining yoki jinsiy a'zolarining yalang'och holdagi foto yoki videotasvirlarini uning roziligisiz tarqatish jinoyat sifatida belgilanib qo'yildi.

Qonunning yana bir muhim jihatlaridan yana biri shuki, avval Jinoyat kodeksiga ko'ra, o'n olti yoshga to'lmagan shaxs bilan uning roziligi asosida jinsiy aloqaga kirishgan ayblanuvchi shaxs jabrlanuvchining yoshini bilmaganligini ro'kach qilib, javobgarlikdan ozod bo'lib qolish imkoniyatiga ega edi. Yangi qonunda bunday shaxslarning javobgarligining muqarrarligi ta'minlanib, ayblanuvchi jabrlanuvchining yoshini bilgan yoki bilmaganidan qat'iy nazar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortilishi belgilandi. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikni sodir etgan shaxsning qilmishi, u jabrlanuvchining yoshidan xabardor bo'lgan bo'lmaganligidan qat'iy nazar jabrlanuvchining haqiqiy yoshidan kelib chiqib baholanishi va mutanosib og'ir jazo, ya'ni yigirma yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Yuqoridagi qonun bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga yangi modda (Shahvoniy shilqimlik qilish) kiritilib, unda shahvoniy shilqimlik qilishga ta'rif berib o'tildi[10]. Unga ko'ra:

- Shahvoniy shilqimlik qilish bu shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo'lgan hamda uning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo'lgan harakatlarda ifodalanib,

April 24, 2024

924

ushbu harakatlarni bir marta qo'pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.

Mazkur qonun hujjati bilan "Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida"gi qonunga qo'shimcha kiritilib, unga ko'ra voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik jinoyatlari uchun hukm qilingan shaxslarning ta'lim, tarbiya, bolalar sog'lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat bilan shug'ullanishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qoida kiritildi. Shuningdek, bunday shaxslarning O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo'yiladigan yagona reyestirini shakllantirish va yuritish belgilab qo'yildi.

Ko'rib o'tganimizdek, ushbu Qonunning qabul qilinishi voyaga yetmaganlarning jinsiy hayot daxlsizligini himoya qilish sohasida tub burilish bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz.

REFERENCES

1. https://data.unicef.org/topic/child-protection/violence/sexual-violence/

2. https: //www.rainn. org/

3. https://www.weprotect.org/global-threat-assessment-23/data/

4. https://lex.uz/docs/2595909

5. "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi qonun. Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2007-yil 1-dekabrda ma'qullangan. https://lex.uz/uz/docs/-1297315

6. "Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 18-oktabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2019-yil 30-noyabrda ma'qullangan. https://lex.uz/uz/docs/-4631276

7. O'RQ-829. Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 23-martda qabul qilingan. Senat tomonidan 2023-yil 6-aprelda ma'qullangan. https://lex.uz/uz/docs/-6430272

8. https://platina.uz/o'z/2023/4/11/zoravonlik-bizning-madaniyatimiz-emas-saida-mirziyoyeva

9. https://lex.uz/uz/docs/-111453?ONDATE=13.02.2021%2000#-5291240

10. O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi. https://lex.uz/docs/-97664

925

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.