Научная статья на тему 'OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK SOHALARARO MUAMMO SIFATIDA'

OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK SOHALARARO MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

83
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK SOHALARARO MUAMMO SIFATIDA»

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

UDK 342.7

OILAVIY (MAISHIY) ZO'RAVONLIK SOHALARARO MUAMMO

SIFATIDA

N.O.Abdullayeva

O'zR FA Davlat va huquq instituti tayanch doktoranti.

O'zbekiston.

Hozirgi kunda oilaviy (maishiy) zo'ravonlik mavzusi dunyoning aksariyat mamlakatlari uchun dolzarbdir.

Biroq, bu hodisa nisbatan yaqin yillarda muammo sifatida ko'rib chiqila boshlandi. Zo'ravonlik asosiy ijtimoiy institutlarga, jumladan, oila institutiga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biridir. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlikni keltirib chiqaradigan sabablar ma'lum bir ijtimoiy guruh sharoitida ham, yagona mamlakat sharoitida ham o'ziga xos bo'lishi mumkin. Ko'pgina tadqiqotchilar oilaviy (maishiy) zo'ravonlikning umumiy sabablarini ko'pchilik mamlakatlar uchun xosligini aniqladilar. Xususan, oiladagi zo'ravonlik sabablari orasida eng ko'p "Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajasi, yuqori qashshoqlik darajasi, ta'limning past darajasi va demokratik madaniyatning yo'qligi..." oqibatida kuzatiladi [2].

Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik birinchi marta ijtimoiy muammo sifatida XX asr oxirida tan olinganligini bilamiz. Biroq, XX asrning o'rtalariga qadar ushbu mavzuga bag'ishlangan jiddiy va keng ko'lamli tadqiqotlar mavjud emas edi. O'sha paytda olib borilgan tadqiqotlar asosan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik turlariga tegishli edi. Masalan, o'tgan asrning 60-yillarida Genri Kempe bolalarga beparvolik va jismoniy zo'ravonlik muammolari bilan shug'ullangan va 1962-yilda birinchi marta "kaltaklangan bolalar sindromi" atamasini ilmiy muomalaga kiritgan. O'zbekistonda faqat XX asrning oxirida oilaviy (maishiy) zo'ravonlik muammosi juda keng tarqalgan holda paydo bo'lgan. Hozirgi vaqtda qonunchilikda bunday zo'ravonlikka qarshi kurashishning mutlaqo samarali mexanizmi mavjud emas, bu esa: bu sohadagi ishlar holatiga albatta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik muammosining dolzarbligi. Statistik ma'lumotlar oilaviy (maishiy) zo'ravonlikning global miqyosda ham, milliy miqyosda ham, xususan, O'zbekiston Respublikasida dahshatli ko'lamini ko'rsatmoqda.

Amerikalik tadqiqotchilar quyidagi statistik ma'lumotlarni taqdim etdilar: 15,5 mln. AQSH bolalari yiliga kamida bir marta ota-onalardan biri tomonidan zo'ravonlik

May 15, 2024

450

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

sodir bo'lgan oilalarda yashaydi; yetti million bola ota-onadan binning yaqin sherigi tomonidan qattiq zo'ravonlikka uchragan oilalarda yashaydi [3].

Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik qurbonlarining asosiy qismi ayollar va bolalardir. Sh.U. Stepanyanning ta'kidlashicha, ayollar va bolalar oilaviy zo'ravonlik qurbonlarining 70% ni tashkil qilishi jiddiy tashvish uyg'otadi. Bolalar, qariyalar, nogironlar, qaramlik holati tufayli o'zini himoya qila olmaydigan ayollar oilada har yili oiladagi zo'ravonlik natijasida halok bo'lganlarning qariyb 38 foizini tashkil qiladi [4].

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har besh ayoldan biri hayotida kamida bir marta oilaviy zo'ravonlikka duchor bo'ladi va har yili 15 milliondan ortiq bola oila a'zolariga nisbatan zo'ravonlikka guvoh bo'ladi [5].

Aksar tadqiqotchilar oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bolaning psixikasiga, ya'ni ruhiyatiga salbiy ta'sir qilishini, kognitiv (anglash) va hissiy rivojlanishning kechikishiga olib kelishini, turli xil fobiyalar, ya'ni qo'rquvlarni rivojlantirishi bilan juda zararli bo'lishi mumkinligini ta'kidlashadi. Ushbu holatlar oilaviy (maishiy) zo'ravonlik sabablarini ko'rib chiqish, shuningdek, unga qarshi kurashishning samarali vositalarini izlash masalasiga yondashish zaruratini vujudga keltiradi.

Huquqshunos tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, oilaviy (maishiy) zo'ravonlikni to'rtta tasniflash, ya'ni klassifikatsiya guruhiga bo'linadi: jinsiy zo'ravonlik, moliyaviy, ya'ni iqtisodiy zo'ravonlik, jismoniy zo'ravonlik va hissiy zo'ravonlik. Shuni alohida ta'kidlashimiz lozimki, mazkur zo'ravonlik turlarining har biri ruhiyati shakllanish jarayonida bo'lgan bolaning hissiy salomatligiga sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilarning fikricha, oilaviy (maishiy) zo'ravonlikka uchragan bolalar, travma, ya'ni jarohatdan keyingi stress, ya'ni ruhiy tushkunlik belgilaridan aziyat chekadi, jumladan, to'shakni ho'llash yoki qo'rqinchli tush ko'rish, allergiya, astma, oshqozon-ichak muammolari, bosh og'rig'i va tengdoshlariga qaraganda ko'proq gripp, ya'ni shamollash kasalliklari ko'proq va tez-tez kuzatiladi [6].

Bundan tashqari, oilaviy zo'ravonlik prenatal, ya'ni tug'ruq oldi jismoniy zo'ravonlikni boshdan kechirgan onalari bo'lgan bolalarga ham xuddi shunday salbiy ta'sir ko'rsatishi aniqlangan bo'lib, bunday bolalar tajovuzkorlik, depressiya yoki giperaktiv xatti-harakatlarning namoyon bo'lishi mumkinligini ham alohida qayd etishimiz zarur. Bularning barchasi oilaviy (maishiy) zo'ravonlik muammosini kompleks yondashuv asosida hal qilishni, nafaqat qonunchilikdagi o'zgarishlarga, balki huquqbuzarliklarning oldini olish, shu jumladan, tadqiqot orqali oilaviy

451

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

(maishiy) zo'ravonlikning psixologik komponenti va uning oldini olishga ta'sir qilishi muhim ahamiyatga ega.

R. Qayumovning fikricha, "oiladagi ishlarning asosiy qismi xotin-qizlar zimmasiga tushadi, buning natijasida ular o'zlaring to'la huquqliligi imkoniyatidan foydalana olmaydilar, shu sababli davlat oilarda xotin-qizlar va erkaklarning qo'shimcha ravishda moddiy va ma'naviy rag'batlantirish choralarini ko'rmog'i darkor" [7].

Fikrimizcha, R.Qayumovning bu boradagi qarashlari biroz mavhum bo'lib, davlatning aralashuvi oiladagi ayollar, bolalar va qariyalarning huquqlarini kamsitilishining har qanday ko'rinishini oldini olishning asosiy mexanizmi vazifasini bajarishi imkonsiz.

Psixologlar "oilaviy zo'ravonlik" va "maishiy zo'ravonlik" kabi tushunchalarni sinonimlar deb hisoblashadi. Masalan, E.P. Agapovning fikricha, "oilaviy zo'ravonlik yoki maishiy zo'ravonlik - qasddan jismoniy va/yoki ruhiy zarar yetkazish va oila a'zolariga azob berish, shu jumladan, bunday xatti-harakatlar bilan tahdid qilish, majburlash, shaxsiy erkinlik mahrum qilish, ya'ni, zo'ravonlik - bu inson ustidan cheksiz hokimiyatga erishish, boshqa odamning xatti-harakatlari, fikrlari, his-tuyg'ularini to'liq nazorat qilish" [8]. Sanab o'tilgan yondashuv asosan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik ta'rifining psixologik tarkibiy qismiga ta'sir qiladi.

Bilamizki, jinoyat huquqi nazariyasida oilaviy (maishiy) zo'ravonlik tushunchasi ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan. Biroq, yagona yondashuv hech qachon ishlab chiqilmagan. Xususan, A.S. Pashchenko, "Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik" atamasini "oila a'zolariga nisbatan odamlarni o'zlari istamagan narsalarni qilishga majburlash uchun tahdid yoki jazo sifatida og'riq, haqorat, jismoniy cheklash maqsadida ularning irodasiga qarshi harakatlar" jismoniy yoki ruhiy kuch ishlatish bilan bog'liq bo'lgan noqonuniy harakat" deb hisoblaydi [9].

Bilamizki, "Gender zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar" kampaniyasi mamlakatimizda 2021-yilning 25-noyabrida e'lon qilindi. Kampaniya boshlanishini e'lon qilgan O'zbekiston Respublikasi Senat raisi Tanzila Narbayeva zo'ravonlikka qarshi kurashda "uzoq va mashaqqatli ishlar" turganini va unda "har birimizning ishtirokimiz muhim" ekanligini ta'kidlagandilar. Shuningdek, "Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo'ravonlikning oldini olish, zo'ravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qilish bo'yicha qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga jamiyatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik holatlari uchrab turibdi, bunday xolatlarni endi yashirib bo'lmaydi. Ammo ba'zi opa-singillarimiz

452

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

o'zlari bilan sodir bo'lgan zo'ravonlik holatlarini oshkor qilmaslikni afzal ko'rishlarini ham yaxshi bilamiz", - deya alohida ta'kidlab o'tdilar.

Respublikamizda bugungi kunga kelib, zo'ravonlikka uchragan ayollarga yordam ko'rsatuvchi 10 dan ortiq tashkilotlar bor. Endi "Xotiniga yengil tarsaki urgan yoki yomon so'z aytgan" xam jinoyatchi hisoblanishi Qonunchiligimizda belgilab qo'yildi. Xususan, O'zbekistonda turmush o'rtoqlardan biriga og'ir tan jarohati yetkazganlik uchun endilikda ular 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Shuningdek, mamlakatimizda bolaga nisbatan bunday harakatga yo'l qo'ygan shaxslar kim bo'lishidan qat'iy nazar qonunan javob berishi ta'minlanadi [10].

2024-yilning 28-fevral kuni Oliy Majlis Senatida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda Ichki ishlar vazirligi vakili mazkur boshqarma tomonidan boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda o'tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida ma'ruza qildi [11]. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Bandlik va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Oila va ayollar ishlari qo'mitasi va Yoshlar masalalari agentligi bilan hamkorlik yakunlari to'g'risida ma'lumot berdi - boshqarmalarning yaqin hamkorligi tufayli 6 ming 634 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj ayollar ish bilan ta'minlangan, 11 mingga yaqin xotin-qiz tibbiy, moddiy va ijtimoiy yordam olgan. Ta'qib va zo'ravonlikka uchragan 40 mingdan ortiq ayolga himoya buyrug'i berilgan. Profilaktik tadbirlar natijasida 17 ming 327 oila yarashtirilib, 1 ming 450 nafar xotin-qiz Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan. Ma'lumotlardan ma'lum bo'lishicha, o'ta og'ir jinoyatlar ko'pincha oilaviy nizolar, ularni o'z vaqtida bartaraf eta olmaslik, shuningdek, oilada bo'layotgan voqealardan tuman faollari, keng jamoatchilikning bexabarligi oqibatida sodir etilmoqda. Qotillik statistikasi shuni ko'rsatadiki, yil davomida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi (38,8 foizi) oilaviy nizolar tufayli sodir etilgan. 2023-yilda O'zbekistonda 9100 dan ortiq kishi oilaviy zo'ravonlik uchun sudlangan. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berishicha, O'zbekistonda o'tgan yili oiladagi zo'ravonlik bo'yicha yangi moddalar bo'yicha 9131 nafar shaxs ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ushbu harakatlar uchun jazo 2023-yil aprel oyida kuchga kirdi.

Gazeta.uz saytining ma'lumotiga ko'ra, "Oiladagi zo'ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortish to'g'risidagi qonunni qabul qilish - bu ishning yarmi. Asosiysi, uni amalga oshirish" - Tanzila Narboyeva. O'zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT axborot xizmatiga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda oiladagi zo'ravonlikni jinoyat deb hisoblovchi birinchi qonunni qabul qilishdagi byudjetlar va resurslarni taqsimlashdagi qiyinchiliklarni aytib o'tdi.

May 15, 2024

453

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Ayollarning jamiyat, gender tengligi va oiladagi rolini oshirish komissiyasining raisi bo'lgan Senat raisi intervyuda O'zbekiston oiladagi zo'ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortgan birinchi Markaziy Osiyo davlati ekanini yana bir bor ta'kidladi [12].

T.me/militsiya.uzb telegram kanalining ma'lumotiga ko'ra, "Multiindikator klaster kuzatuvi"ga ko'ra, O'zbekistonda 2023-yilda 1 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan 3 nafar boladan 2 nafari zo'ravonlik bilan tarbiyalanishni boshdan kechirgan.[13] O'zbekistonda 2023-yil boshidan beri kamida 1240 nafar bola zo'ravonlikka, shundan 417 nafari jinsiy zo'ravonlikka uchragan. 1 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan bolalarning uchdan ikki qismi (62%) zo'ravonlik bilan tarbiyalash usullariga (jismoniy jazo, psixologik tajovuz) duchor bo'lmoqda. Mamlakatimizda 2023-yilning 9 oyida 166 nafar bolalar o'z qarindoshlari tomonidan zo'ravonlikka uchragan. Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda 2023-yilning atigi 9 oyi davomida voyaga yetmaganlarga nisbatan 1240 ta zo'ravonlik holatlari qayd etilgan. Ulardan 417 tasi jinsiy zo'ravonlik holatlaridir. "Afsuski, oilada yoki ta'lim va boshqa muassasalarda bolalarga nisbatan zo'ravonlik faktlarini bila turib, odamlar ko'p hollarda bolaning taqdiriga befarq bo'lishadi"- dedi Shahnoza Mirziyoyeva. Uning so'zlariga ko'ra, zo'ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan chora-tadbirlarni keskin kuchaytirish zarur.

Bizning fikrimizcha, oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bunday zo'ravonlik qurbonini kamsituvchi moliyaviy, jinsiy, jismoniy, hissiy yoki boshqa holatga keltiradigan, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy ta'sir va boshqa tarzda unga ta'sir qilish, tushuniladi. Bundan kelib chiqadiki, oilaviy (maishiy) zo'ravonlikning oldini olish masalasini qonunchilikda hal etish bo'yicha qizg'in bahs-munozaralarga qaramay, bizningcha, jinoyatchining bunday harakatlari shaxslar bunday qilmishlar uchun nafaqat jinoiy javobgarlik belgilashni, balki ularni muayyan psixokorreksiya, ya'ni ruhan sog'lomlashtirishni ham taqazo etadi. Biz oilaviy (maishiy) zo'ravonlikka qarshi kurash jarayonida huquqiy va psixologik mexanizmlar jalb qilinishi kerak, deb hisoblaymiz. Jinoiy-huquqiy xarakterdagi choralar orasida ko'plab tadqiqotchilar qo'shimcha sifatida - majburiy psixologik va ijtimoiylashtirish choralarini ham qo'llashni ko'rib chiqadilar. Bu chora-tadbirlar oilaviy (maishiy) zo'ravonlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslarga tadbiq etilishi taklif qilinadi. Majburiy psixologik-resotsializatsiya takrorlangan taqdirda psixologik yordam ko'rsatish choralarini ko'rish yordamida jinoyatchini jamiyatga jalb qilish va uning jamiyatda mavjud qadriyatlar haqidagi g'oyalarini o'zgartirish, shuningdek, yangi zo'ravonlik jinoyatlarining oldini olishga zamin yaratiladi, deb hisoblaymiz. Biz bu nuqtayi

May 15, 2024

454

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

nazarni oilaviy (maishiy) zo'ravonlikning oldini olish masalasini hal qilishda atroflicha yordam berishiga ishonamiz.

Shunday qilib, oilaviy (maishiy) zo'ravonlik muammosini o'rganish quyidagi xulosalar chiqarishga olib keldi:

1. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik muammosi sohalararo xarakterdagi muammolardan biridir.

2. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlikka qarshi kurashda nafaqat jinoiy-huquqiy, balki psixologik mexanizmlar va boshqa usullardan foydalanishimiz kerak.

3. Barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlarining o'zaro aloqasi chambarchas bog'liq. 2030-yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibi va O 'zbekistonning Milliy maqsad va vazifalarida ham oilaviy zo 'ravonlikni bartaraf etish masalasi mavjud. BMTning "hech kim ortda qolmaydi " tamoyilini hayotimizga tatbiq etishimiz lozim. Bunda biz Barqaror rivojlanish maqsadlarining inson huquqlariga rioya qilishga asoslanishi, ularning inson huquqlari bo'yicha milliy, mintaqaviy va xalqaro mexanizmlar tomonidan monitoring qilinishini amalga oshirishimiz kerak.

4. Profilaktik chora-tadbirlar qatorida jinoiy-huquqiy xarakterdagi boshqa choralar sifatida qaralishi lozim bo 'lgan psixologik va ijtimoiylashtiruvchi majburlov choralarini ko 'rish zarur.

REFERENCES

1. Mirziyoyev. Sh.M. "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik". 5-tom. "O'zbekiston" nashriyoti. 295-bet.

2. Volosova N.Yu. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik muammosi haqida // Rossiya va xalqaro huquq masalalari. 2017. 7-jild. 3A-son. 310-319-betlar.

3. McDonald, R., Jouriles, E. N., & Minze, L. C. (2011). Interventions for young children exposed to intimate partner violence. In S. A. Graham-Bermann & A. A. Levendosky (Eds.), How intimate partner violence affects children: Developmental research, case studies, and evidence-based intervention (pp. 109-131). American Psychological Association. https://doi.org/10.1037/12322-006

4. Stepanyan Sh.U. Oiladagi jinoyat omillari - ayollar jinoyati uchun katalizator //Fuqaro va qonun. 2008. № 8. B.60-65.

5. Kolpakova L.A. Oilaviy zo'ravonlik: qurbonlik jihati, javobgarlikni farqlash va qonunchilik masalalari: dissertatsiya. Qozon, 2007. 26 b.

455

May 15, 2024

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

6. Грахам-Берманн С.А., Сенг, Ж. Зуравонлик таъсири ва травматик стресс белгилари юкори хавфли болаларда соглик муаммоларининг кушимча прогнози сифатида // Педиатрия журнали. 2005 йил. № 146 (3). 349-354-бетлар.

7. ^аюмов Р. Узбекистон Республикасининг Конституциявий хукуки. -T.: "Адолат",2006.181 -бет.

8. Агапов Э.П. Оилавий психология. М.: "Дашков ва К°" нашриёт-савдо корпорацияси, 2012. 400 б.

9. Пашченко А.С. Оиладаги зуравонлик тушунчаси // Ижтимоий ривожланиш назарияси ва амалиёти. 2005 йил. № 1. 46-48-бетлар.

10.Тургунов.М., Туляганов А., Баратов М., Юнусов А., Тешабаев А., Узбекистонда инсон хукуклари ва эркинликлари. Укув кулланма. Т., 2023. Б.134

11. Узбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати сайти: www.senate.gov.uz

12. www.gazeta. uz

13.T. me/militsiya.uzb

456

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.