Научная статья на тему 'IJTIMOIY ROLLAR VA QADRIYATLARNING AYOLLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI'

IJTIMOIY ROLLAR VA QADRIYATLARNING AYOLLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
85
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zo‘ravonlik / oilaviy zo‘ravonlik / ayollarga nisbatan zo‘ravonlik / qadriyat va rollar / er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqligi / maishiy-xo‘jalik yuritish / ota-ona tarbiyachilik funksiyasi / Ijtimoiy faollik rollari / tashqi jozibadorlik / emotsional-psixoterapevtik. / насилие / насилие в семье / насилие в отношении женщин / ценности и роли / совместимость пар как личности / ведение домашнего хозяйства / родительская функция / социальный активизм / роли / внешняя привлекательность / эмоциональнопсихотерапевтические

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ziyavutdinova Xumora Shermamatovna

Mazkur maqolada zo‘ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari va qadriyatlar tizimini empirik o‘rganishga alohida e’tibor qaratamiz. Shu sababli muammoning o‘ziga xosligini yoritishda zo‘ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari va qadriyatlari hamda ularning xulq-atvor xususiyatlarini ham o‘rganishga e’tibor qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ РОЛЕЙ И ЦЕННОСТЕЙ НА ФОРМИРОВАНИЕ НАСИЛИЯ В ОТНОШЕНИИ ЖЕНЩИН

В данной статье мы уделяем особое внимание эмпирическому изучению семейных ролей и систем ценностей женщин, подвергшихся насилию. По этой причине, подчеркивая уникальность проблемы, было уделено внимание изучению семейных ролей и ценностей подвергшихся насилию женщин, а также их поведенческих особенностей.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY ROLLAR VA QADRIYATLARNING AYOLLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNI SHAKLLANISHIGA TA’SIRI»

Ziyavutdinova Xumora Shermamatovna,

Andijon davlat universiteti katta o'qituvchisi, PhD

IJTIMOIY ROLLAR VA QADRIYATLARNING AYOLLARGA NISBATAN ZO RAVONLIKNI SHAKLLANISHIGA TA'SIRI

UOK: 159.9

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_7_9

ZIYAVUTDINOVA X.SH. IJTIMOIY ROLLAR VA QADRIYATLARNING AYOLLARGA NISBATAN ZO RAVONLIKNI SHAKLLANISHIGA TA SIRI

Mazkur maqolada zo'ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari va qadriyatlar tizimini empirik o'rganishga alohida e'tibor qaratamiz. Shu sababli muammoning o'ziga xosligini yoritishda zo'ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari va qadriyatlari hamda ularning xulq-atvor xususiyatlarini ham o'rganishga e'tibor qaratildi.

Tayanch so'z va tushunchalar: zo'ravonlik, oilaviy zo'ravonlik, ayollarga nisbatan zo'ravonlik, qadriyat va rollar, er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqligi, maishiy-xo'jalik yuritish, ota-ona tarbiyachilik funksiyasi, Ijtimoiy faollik rollari, tashqi jozibadorlik, emotsional-psixoterapevtik.

ЗИЯВУТДИНОВА Х.Ш. ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ РОЛЕЙ И ЦЕННОСТЕЙ НА ФОРМИРОВАНИЕ НАСИЛИЯ В ОТНОШЕНИИ ЖЕНЩИН

В данной статье мы уделяем особое внимание эмпирическому изучению семейных ролей и систем ценностей женщин, подвергшихся насилию. По этой причине, подчеркивая уникальность проблемы, было уделено внимание изучению семейных ролей и ценностей подвергшихся насилию женщин, а также их поведенческих особенностей.

Ключевые слова и понятия: насилие, насилие в семье, насилие в отношении женщин, ценности и роли, совместимость пар как личности, ведение домашнего хозяйства, родительская функция, социальный активизм, роли, внешняя привлекательность, эмоционально-психотерапевтические.

ZIYAVUTDINOVA H.SH. THE INFLUENCE OF SOCIAL ROLES AND VALUES ON THE FORMATION OF VIOLENCE AGAINST WOMEN

In this article, we focus on empirically examining the family roles and value systems of abused women. For this reason, emphasizing the uniqueness of the problem, attention was paid to studying the family roles and values of abused women, as well as their behavioral characteristics.

Key words and concepts: violence, domestic violence, violence against women, values and roles, compatibility of couples as individuals, housework, parental functions, social activity, roles, external attractiveness, emotional and psychotherapeutic.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

Mavzuning dolzarbligi. Jahonda oil-alardagi zo'ravonlikning oldini olish usullarini o'rganishning dolzarbligi, bu hodisa odamlarn-ing shaxsiy va ijtimoiy hayotiga ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liq bo'lib, tenglik, ijtimoiy rivojlan-ish va demokratik jamiyatni qurishda haqiqiy to'siqdir. Hozirgi vaqtda gender tengligi tinchlik va bag'rikenglik qadriyatlarini tarqatish, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, zo'ravonlikdan voz kechish tamoyillari sifatida zamonaviy jahon taraqqiyotining yagona qiymat birligi sifatida rasman tan olinmoqda. Jahon ta'lim va ilmiy tadqiqot markazlarida zo'ravonlikni, xususan oilaviy zo'ravonlikni ijtimoiy-psixologik jihat-dan o'rganish, diagnostik tadqiq qilish orqali zo'ravonlikni oldini olishga qaratilgan zarur tak-lif va tavsiyalarni berish bilan bog'liq muammo-lar ilmiy tadqiq etib borilmoqda. Ijtimoiy rivo-jlanish masalalari doirasida inson huquqlarini himoya qilish, ayollarning zo'ravonlikdan ozod bo'lish huquqlarini amalga oshirish, ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlashtirishga qaratilgan huquqiy-me'yoriy asoslar yaratilmoqda.

Maqsadi ayollarga nisbatan zo'ravonlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini,

zo'ravonlikning yuzaga kelish motivlarini aniqlashdan iborat.

Maqolaning ilmiy mohiyati oilaviy zo'ravonlik bilan bog'liq vaziyatlarning ijti-moiy-psixologik jihatlarini tahlil qilish aso-sida ularning o'ziga xos jihatlarini ko'rsatish, oiladagi nosog'lom psixologik muhit oilaviy zo'ravonlikning yuzaga keltiruvchi omil ekan-ligini yoritib berish,oiladagi ayollarga bo'lgan zo'ravonlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini va sabablarini empirik tadqiq qilish;

Tadqiqotning obyekti Toshkent shahar, Andijon viloyatidagi Andijon shahar va Marha-mat, Asaka tumanlarida olib borildi. Tadqiqotda 145 nafar zo'ravonlikka uchramagan ayollar, 78 nafar erkaklar, 160 nafar zo'ravonlikka uchragan ayollardan iborat jami 383 nafar respondentdan iborat.

Tadqiqot predmetini ayollarga bo'lgan asosiy zo'ravonlik motivlari va uni oldini olish, bartaraf etish mexanizmlari tashkil etadi.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullari. Tadqiqotda kuzatish, suhbat metodlari, «O'zbek Oil-alaridagi oilaviy zo'ravonlikni o'rganish» bo'yicha mualliflik so'rovnomasi, A.Bass va A.Darkning «Agressivlik darajasini o'rganish» so'rovnomasi,

A.Tomas va R.Kilmanning «Mojaroli vaziyatda yetakchi xatti-harakatni aniqlash» metodi-kasi, A.Volkovaning «Oiladagi rollar va nikohga da'vogarlikni aniqlash» testi, A.Neugartenning «Hayotdan qoniqish indeksi» test-so'rovnomasi, R.Lazarusning «Kopping-test» so'rovnomasi, L.Kulikovning «Ruhiy holatni tashxislash» meto-dikasidan hamda tadqiqotdan olingan empirik ma'lumotlarning validligi va ishonchliligini aniqlashda ma'lumotlarni matematik-statis-tik qayta ishlash SPSS dasturidan foydalanildi, metodikalar korrelyatsiyasi Spirmenning r-korre-lyatsiya koeffitsienti, ishonch darajasidagi aha-miyatli farqlarni aniqlovchi Mann-Uitnnining U-mezoni bo'yicha amalga oshirilgan.

Natijalar va amaliy misollar. Ayollarga nisbatan zo'ravonlikning ijtimoiy-psixologik omil-larini o'rganish bo'yicha sa'y-harakatlarimiz muammoni chuqurroq tadqiq etishga zarurat tug'dirmoqda. Mazkur maqolada zo'ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari va qadriyat-lar tizimini empirik o'rganishga alohida e'tibor qaratamiz. Zo'ravonlikka uchragan ayollar mulo-hazalarida ham bu masalada erkaklarga nisbatan ko'proq urg'u berilgan holatlar uchradi. Shu sababli muammoning o'ziga xosligini yoritishda zo'ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari va qadriyatlari hamda ularning xulq-atvor xususiyatlarini ham o'rganishga e'tibor qara-tildi. Shunday qilib, jamiyatning va uning "quyi yacheyka"laridan bo'lgan oilaning rivojlanishi har xil oilaviy muammolar ko'payishiga va oqi-bat natijada zamonaviy oilaning umumiy tanaz-zuliga olib keladi1.

Ayollarga nisbatan zo'ravonlikda oilaviy qadriyatlar va rollarning ijtimoiy-psixologik sabablari tahliliga e'tibor qaratiladi. Oil-adagi qadriyatlar mosligi, er-xotinlarning rolli ustanovkalari, oila barqarorligini ta'minlovchi motivlar, er bilan xotin rollari va qadriyatlar-ining nomutanosibligi sabablariga qaratildi. Mazkur muammoni o'rganishda rus olimasi A.N.Volkovaning "Oiladagi rollar va nikohga

1 Зиявутдинова Х.Ш. Социально-психологические особенности насилия между супругами в узбекских семьях. // Вестник интегративной психологии. Журнал для психологов. №-23. Бухара -Ярославль: МАПН, 2022. 130 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

1-jadval. Zo'ravonlikka uchragan oilalar er bilan xotinlarning oilaviy qadriyatlari ko'rsatkichlari

Qadriyatlar va rollar O'rtacha rang (n = 160) U P

Xotin Er

Jinsiy munosabatlar 37,01 48,99 384,5 0,006**

Er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqligi 46,97 34,03 561,0 0,021*

Maishiy-xo'jalik 44,87 30,13 424,5 0,001***

Ijtimoiy faollik 47, 25 34,57 378,5 0,027*

Emotsional-psixoterapevtik 43,54 27,46 331,0 0,001***

Izoh: *-p<0,05;**- p<0,01; ***- p<0,001.

da'vogarlikni aniqlash" metodikasidan foy-dalanildi1.

Bizning tadqiqotimizda oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy rollari, oila barqa-rorligi, shaxslararo munosabati, er bilan xotin-ning oilaviy qadriyatlari zo'ravonlikni keltirib chiqaruvchi eng muhim omil ekanligiga e'tibor qaratildi. Zo'ravonlikka uchragan ayollar oilaviy qadriyatlari tahliliga ko'ra quyidagi munosabat-lar aniqlandi (1-jadval).

1. Jinsiy munosabatlar. Zo'ravonlikka uchragan ayollarning metodika bo'yicha qadriyatlar va ijtimoiy rollarni mosligini bo'yicha ko'rsatkichlari metodikaning birinchi shkalasi jinsiy munosabat-larni aniqlashga yo'naltirilgan bo'lib, er-xotin-larning jinsiy munosabatlardagi muvofiqligini, oilaning tinch-totuvligi uchun ahamiyatlidir.

Er-xotin o'rtasidagi jinsiy munosabatlar oilan-ing nozik jihatlari va hamjihatlikni ta'minlashning muhim tomonidir. Oilalardagi notinchlikning bir jihati, er yoki xotinning xiyonati masalasi ham aynan jinsiy nomutanosiblik oqibati hiso-blanadi. Ammo ko'p hollarda o'zbek etnosida er bilan xotinning jinsiy munosabatlari masala-sini oshkor etish uyatli holat hisoblanadi. Biroq bugungi kunda esa mavjud etnik stereotiplarn-ing buzilishi ham kuzatilmoqda. Shu sababli zo'ravonlikka uchrayotgan ayollarning taqdirida er bilan xotin o'rtasidagi jinsiy nomutanosiblik ham sabab bo'lishi mumkin. Tadqiqotda oilaviy rollarning biri sifatida o'rganilganda ayollarning munosabatiga tayanilgan taqdirimizda ham ular erlari tomonidan jinsiy nomutanosiblik holatlari kuzatilishi mumkinligini qayd etganlar (U = 384,5; p<0,01). Tadqiqotdagi statistik ko'rsatkichlarni o'ziyoq erkaklar rafiqalarini har doim ham jis-

1 Волкова А.Н. Опыт исследования супружеской неверности // Вопросы психологии. - М., 1989. - № 2. - С. 98-102.

niy munosabatlarda mos deb baholamaslikla-rini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda globallashuv, jinsiy munosabatlarga oid har xil manbalarning ko'pligi o'z navbatida oilaning eng nozik muno-sabatida nomutanosibliklarni keltirib chiqarayot-ganligi ham kuzatilmoqda. Shu sababli ham oil-adagi notinchlik va er bilan xotin munosabatlari-dagi kelishvovchiliklarning bir jihati jinsiy nomutanosiblik oqibati deyish mumkin.

Er-xotin munosabatlaridagi nozik jihatlarini yashirin saqlash bir-biriga nisbatan o'zaro hur-mat va oila barqarorligining muhim shartidir. Nomutanosiblik sababli ham jinsiy uyg'unlikning yetishmasligi qadriyatlarni sindirib, oilaning buzilishiga sabab bo'ladi. Er tomonidan ayoln-ing o'ziga jinsiy sherik sifatida yetarlicha bahol-anmasligi psixologik va ijtimoiy-psixologik omillarning ham yetishmasligiga turtki beradi. Ruhiy keskinlik er-xotinning jinsiy nomutanosiblik, ko'nglini topa olmaslik, emotsional qo'zg'alishning hosil bo'lmasligi, oilaviy shart-sharoitlarning yetishmasligi va o'z navbatida jin-siy nomutanosiblik sabab ayolning tahqirlanishi uning qo'shni ayollar orasidagi ijtimoiy mavqeini pasayishiga va o'zini psixik zo'riqishlar ostida his qilishiga sabab bo'ladi. Shunga ko'ra, oilaning ushbu qadriyati doirasidagi muammolarni zo'ravonlikka sabab bo'lishida quyidagilar kuza-tiladi:

- er-xotinlar o'rtasidagi jinsiy nomutanosi-blikni oilaviy rollarni buzilishi sabab bo'ladi;

- er-xotin o'rtasidagi jinsiy nomutanosiblik uchrab turishi va u orqali tragediya yaratishga sabab bo'lib qoladi;

- jinsiy nomutanosiblik sababli ham oilaviy munosabatlarda nomutanosiblik er tomonidan agressivlikni sodir etishga sabab bo'lishi mum-kin.

2. Er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqligi. Ushbu shkalaning natijalarida ham bildirilgan

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

munosabatlarda ham statistik farqni aks ettiru-vchi natijalar mavjud ekan. Buni er-xotinlarning bir-biriga shaxs sifatida mosligi masalasida ham kuzatildi. Oila qurishga qadar bo'lgan davrda har bir er bilan xotin o'zaro bir-birlarini qabul qilib turmush qurganlar. Ma'lum vaqtdan keyin esa er bilan xotining bir-biriga shaxs sifatida mos emasligi kuzatilmoqda (U = 561,0; p<0,05). Tadqiqotda zo'ravonlikka uchragan ayollarning munosabatlari asosiy o'rin tutayotganligi sababli ham munosabat bir oz keskin ko'rinish olgan bo'lishi ham mumkin. Xulosada er bilan xotin-ning shaxs sifatida mos emasligi oilaviy rollarn-ing mos emasligi, oiladagi mavjud qadriyatlarni buzilganligidan dalolat beradi. Erning xotin old-ida yoki xotinning er oldidagi rollarida buzilish mavjud.

Bunday sharoitda ayollar erlarining tazy-iqi va zo'ravonligi ostida yashashga majbur bo'ladilar. Er-xotinlarning shaxs sifatida muvo-fiqliklarini aniqlovchi shkala er bilan xotining oilada uyg'unlashib, bir shaxs sifatida o'zlari his etishlariga munosabat, manfaat va qiziqish-lari, qadriyatlari, vaqtni birga o'tkazishlari" kabi ustanovkalarini ifodalaydi. Zo'ravonlikka uchragan ayollar oilasida er bilan xotinning nomu-tanosibligi sanab o'tilgan ustanovkalarni mavjud emasligi alomatidir.

Bunday sharoitida er ayolini inson sifatida va o'zining ikkinchi yarmi sifatida ko'rmaydi. O'zbek etnosida xotin doimo erni tushunishi, uning fikr-lariga qarshilik bildirmasligi, norozilik qilmas-ligi va so'zsiz bo'ysunishi lozim degan pozitsiya mavjud1. Qaysidir ma'noda buning ham o'rinli jihati bor, qachonki er o'zining oiladagi shaxsiy rollarini maqsadli amalga oshirganda. Aks holda uning o'zi oilaning ijtimoiy-psixologik talablar-iga javob bera olmasa-da, rafiqasida uning har qanday shartlariga mos harakat qilishini talab etishi nomaqbul harakat hisoblanadi.

Diniy-falsafiy munosabatlarga ko'ra ham er-xotinga nisbatan bir pog'ona yuqori bo'lishi lozim deyilsa-da, ammo bu talqin erkakning tabiiy imkoniyati oilaning tayanchi deb bahol-angandagina asoslidir. Shuning uchun er bilan xotinning shaxs sifatida nomutanosibligini ham zo'ravonlik uchun asos bo'lishi tabiiydir.

1 Karimova V.M. Ayollar salomatligi va gender masalalari // Soglom avlod uchun, 2006, № 5.- 12-15 b.

Xotinlarning natijalari esa erlarinikiga nis-batan anchagina yuqori. Bu esa ayollarning (qizlarni) o'zlariga turmush o'rtoq tanlashda oqilona yondashishga moyil ekanligini anglatadi (U=424,5; p<0,001). Ayollar o'zbek etnosidagi xotinning eriga tobe bo'lishi, uning manfaat-lariga muvofiq xulq-atvori va qiziqishlarini moslashtirish kerak degan an'anaviy tamoyilga amal qilsalar-da, lekin bunday holat kuchli his-siy zo'riqish, frustratsiyaga moyillik, norozilik-lar bildirib turish, ajralish xohishining paydo bo'lishiga olib keladi. Zo'ravonlikka uchragan ayollarning ko'rsatkichlari erlari ularga nisbatan shaxs sifatida nomutanosiblikni ko'rsatmoqda (U = 561,5; p<0,05). Ular umumiy qiziqishga ega emaslar, ehtiyojlar, qadriyatlar, vaqtni o'tkazish xayrixoh emaslar. Bu esa zo'ravonlik ayollarning munosabati asosida quyidagilar yoshlarni oila qurishida inobatga olinmoqda:

- oila qurayotgan yoshlarning shaxs sifa-tida mosligini inobatga olinmasligi;

- erlar rafiqasi bilan insoniy munosabat asosida umumiy manfaat va qiziqishlarga mos harakatni amalga oshirmayotganliklari;

- ularda rafiqasi va oila a'zolari bilan vaqtni birga o'tkazishning amaliy etikaviy ko'nikmalari shakllanmagan.

3. Maishiy-xo'jalik yuritish shkalasi. Oiladagi barqarorlik va barcha muammolarning yechi-mini topilishiga turtki beruvchi muhim tomoni maishiy-xo'jalik qadriyatlaridir. Zo'ravonlikka uchragan ayollar tomonidan olingan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqdaki, erlar oil-aviy xo'jalik ishlarini yuritish bo'yicha ham umumiy ko'rsatkichlar bo'yicha tayyor emasdirlar (U=424,5; p<0,01). Er oilaning ustuni deyiladi xalq orasida. Zo'ravonlikka uchragan ayollar naz-dida erlarida oilaning maishiy-xo'jalik faoliyatini ko'ngildagidek emasligi sababli ham ular ern-ing zo'ravonligini tatishiga sabab bo'layotgan ekan, degan xulosani bermoqda. Demak, oila qurayotgan yoshlarning oilaviy zo'ravonlikka yo'l qo'ymasliklari uchun xo'jalik yuritishga o'rgatish eng maqbul yo'l hisoblanmoqda. Ko'p hollarda erning oilaning maishiy-xo'jalik ishlari-dagi qobiliyatsizliklari xotin tomonidan e'tirozlar bildirilishiga olib kelgan. Oqibatda o'zini "oilaning ustuni" deb sanagan er uning ta'nalarini yo jismoniy, yo ruhiy jazolash orqali javob bilan siylaydi. Mana shu o'rinda zo'ravonlikka asos tug'iladi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

Shu sababli ham xo'jalik yuritishda ayol-lar va erkaklarning o'z zimmasidagi maishiy-xo'jalik yuritishga tayyorlik bo'lish talablari mavjud. Erkaklar, xo'jalik jihozlarini duradgorlik, elektr jihozlarini ta'mirlashlari, o'rni kelganda pazandalikni uddalashlari, chorvachilik va qish-loq xo'jalik yumushlarini ham maqsadli bajar-ishlari lozim. Ayollar esa uyni saranjom tutish-lari, shirin va xilma xil taomlar tayyorlay olish-lari, oshxona idishlarini toza-ozoda saqlash, mehmon kutishni va shu kabi uy bekasi uchun zarur talablarni bajara olishlari bilan bog'liqdir. O'z navbatida ayollarda ham ushbu talablarga javob bermaslik oqibatida ham er tomonidan keskinlashgan munosabatlar kuzatishi tabiiy-dir. Ushbu rol asosida ham er tomonidan ayolga nisbatan zo'ravonlik oilaning maishiy-xo'jalik bo'yicha vazifalarni bajarmaslik oqibatida ham kuzatiladi deya olamiz. Tadqiqotda olingan miq-doriy natijalarda erkaklarning oilaviy xo'jalik rol-lari bo'yicha tayyor emasliklarini ko'rsatmoqda (U=424,5; p<0,01).

4. Ota-ona tarbiyachilik funksiyasi shkalasi. Er bilan xotinlarning ota-onalik majburiyat-lariga munosabati, farzandlar shakllanishdagi shaxsiy pozitsiyalari, ota-onalik funksiyalari mazkur shkalaning mohiyatini ifodalaydi. Bu borada zo'ravonlikka uchragan ayollar turmush o'rtoqlarini keskin baholamaganlar. Bu rollari bo'yicha er bilan xotinlar o'rtasida tafovutlar kuzatilmadi. Ayni damdagi tadqiqot natijalari zo'ravonlikka uchragan ayollar bu yo'nalishda keskinlikni aks ettiruvchi qiymatlar o'rin olmadi. Er-xotinlarning ota-onalik hamda tarbiyachilik funksiyalari to'g'risidagi tasavvurlari, ularn-ing shaxslilik pozitsiyalari, ijtimoiy talablarga mas'uliyat, jamiyat va oila munosabatlaridagi o'rinlarini belgilaydi.

5. Ijtimoiy faollik rollari. Ushbu rol er-xotin-larning tashqi ijtimoiy faolligini, kasbiy va jami-yat hayotidagi oilaviy munosabatlar barqaror-ligini belgilovchi ustanovkalaridir. Ijtimoiy faollik rolining bir jihati er-xotinlarning maishiy-xo'jalik va tarbiyachilik funksiyalari bilan bog'liqdir1. Shu bois, oilaviy zo'ravonlik uchun emas, balki oil-aviy munosabatlar barqarorligida ushbu rolni o'rini yuqoriligini ta'kidlaymiz. Zo'ravonlikka uchragan ayollarning so'rovnomaga bildirgan

1 Забелина Т. А. Женщина и насилие. - М.: ЭКСМО-Пресс, 1995. - 105 с.

javoblariga ko'ra, erlari bu rolni ham me'yorda amalga oshira olmayotganliklari ma'lum bo'ldi (U = 378,5; p<0,05). Chunki oilada er kishi mod-diy ta'minotni qondirishda biror bir kasb-kor bilan shug'ullanishi zarur. O'zbeklarda "bir yigitga qirq hunar oz" naqli bejizga aytilmagan. Zo'ravonlikka duch kelgan ayollar o'zlarini qiynaydigan bir jihatdir. Bugungi kun erkak-lari orasida ayolning qo'liga qarab qolganlar ko'p uchramoqda. Bu esa dangasa va ijtimoiy munosabatlardan o'zini olib qochadigan toifalar paydo bo'lishiga turtki bo'ladi. Bu esa oiladagi har qanday nizolarga sabab bo'lishi shubhasiz. Zo'ravonlikka sabab bo'luvchi ijtimoiy-psixologik omillarning umumiy holda keltirib o'tishga haq-limiz.

6. Emotsional-psixoterapevtik roli. Shkala er bilan xotinlarning oiladagi emotsional-psix-oterapevtik funksiyalari ahamiyatini ifodalaydi. Uning mohiyatini birinchidan, er-xotinlarn-ing oiladagi emotsional liderlikni, psixologik muhitni, axloqiy va hissiy qo'llab-quvvatlash hamda "psixoterapevtik muhitni" shakllantirish masalasini aks ettirsa, ikkinchidan, er-xotinlarn-ing oila "psixoterapevti" rolini bajarishga intil-ishini talqin qiladi. Umumiy mohiyati esa er bilan xotinlarning o'zaro axloqiy va hissiy jihatdan oila a'zolarini qo'llab-quvvatlashi, uni ardoqlashi, undagi psixologik hamkorlik va totuvlikni belgilaydi. Bu boradagi qiymatlar ham zo'ravonlikka uchragan ayollar tomonida salbiy baholangan (U = 331,0; p<0,05). Bundan ko'rinadiki, tahlil qil-ingan qator rollar bo'yicha ayollar erlarini ijobiy munosabatlar bilan siylamadilar. Demak, erkak-lar tomonidan bir qator rollarning buzilishi sab-abli ular o'zi rafiqalari bilan iliq munosabatni izdan chiqarganlar. Oqibatda ayolga o'rni kel-ganda unga shirin so'z va dalda bo'lishni kut-ish mumkin bo'lmaydi. Agressiv munosabatdan keyin birdan rahmdil va mehribon bo'lish inson-ning tabiatidagi noxolislikni ifodalaydi. Bu toi-fadagi xatti-harakatni muttasil takrorlanishining o'zi ayolga ruhiy azobni taqdim qiladi. Shu sababli oldingi paragrafda zo'ravonlik shakllarida ruhiy zo'ravonlikni ayrim hollarda ta'sir yuqori bo'lishi bejizga emasligini tasdiqlamoqda.

7. Tashqi jozibadorlik. Ushbu shkala bo'yicha er-xotinlarning tashqi qiyofalari va ularning kiy-inishlari xususidagi xatti-harakatlari ifodalaydi. Aslida zo'ravonlikka, ruhiy zo'riqishlarga uchragan ayol o'zini siniq his etadi. Ammo bu borada

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

2-jadvaI. Oilaviy qadriyatlar va rollarning yosh kategoriyasi bo'yicha farqlari

Shkalalar O'rtacha rang (n = 160) Statistik ko'rsatkich

19-3G yosh 31-4G yosh 41-5G yosh 51 yoshdan yuqori H p

Shaxs sifatida muvofiqlik 30,95 47,86 32,00 67,00 15,362 0,016*

Maishiy xo'jalik 39,80 38,43 44,28 68,00 12,587 0,033*

Ota-ona tarbiyachilik 34,75 44,43 28,00 30,50 14,297 0,001***

Ijtimoiy faollik 34,75 44,43 28,00 30,50 17,330 0,001***

Emotsional-psixoterapevtik 39,95 38,54 51,72 67,50 18,195 0,011*

Izoh: *-p<0,05;***- p<0,001.

ularning natijalarida salbiy munosabat kuzatil-madi.

Tadqiqotda amalga oshirilgan "rollar va qadriyatlar o'rtasidagi munosabat ko'rsatkichlarni bir necha ijtimoiy ko'rsatkichlar bo'yicha"1 yorit-ishga harakat qilamiz (2-jadval).

Tadqiqot natijalari respondentlarning yosh ko'rsatkichlari bo'yicha o'rganilganda quyidagi rollar va qadriyatlar o'rtasida farqli jihatlarni aniqlashga erishildi:

birinchisi, umumiy ko'rsatkichlar singari "er-xotinlarning shaxs sifatida muvofiqligi" rollari bo'yicha kuzatildi. Bu o'rinda ayollar erlarning shaxs sifatida o'zlariga nomutanosib deb baho-lagan. Bu holat barcha yosh bosqichlarida kuza-tildi (H = 15,362, p<0,05). Bundan ko'rinadiki, zo'ravonlikka uchragan barcha ayollar o'zlarining turmush o'rtoqlarini shaxs sifatida nomu-tanosib deb munosabat bildirganlar. Demak, zo'ravonlikning oqibatlari ayollarni o'zlarining real holatiga ko'ra turmush o'rtoqlari bilan shaxs sifatida mos emasligini tan olib bo'lganlar. Shu sababli, ayollarning barcha yosh bosqichlariga ko'ra zo'ravonlikka olib keluvchi sabab er-xotin rollaridagi shaxs sifatidagi nomutanosiblikdir. Yosh bo'yicha ko'rsatkichlarning yana bir jihati er -xotinlarning ota-ona tarbiyachilik qadriyat-laridagi nomutanosiblikda kuzatildi. Bu tafovut 31-40 yosh hamda 41-50 yosh oralig'idagilarda uchramoqda (H = 14,297, p<0,01).

Ota-onalarning ushbu yosh bosqichida far-zandlarning voyaga yetib qolganligi va ularning hayotga tayyorlash davri bo'lar ekan2. Shu bois ayollari ularga o'z vazifalari ogohlantirish orqali ruhiy zo'ravonlikka duch kelayotgan bo'lishi ehtimoldir. Ijtimoiy faollik qadriyati bo'yicha

1 Волкова А.Н. Опыт исследования супружеской неверности // Вопросы психологии. - М., 1989. - № 2. - С. 98-102.

2 Беркович Л. Агрессия: причины, последствия и контроль. - СПб, 2001. - С.232.

ham erlarda maqsadga muvofiq bo'lmagan holat 31-40 yoshlilarning munosabatida kuzatildi (H = 17,330, p<0,001). Bu yoshdagi ayollar ora-sida erlar o'z vazifalarini maqsadli amalga oshira olmayaptilar, degan munosabat ifoda etilgan.

Tadqiqotimizda zo'ravonlikka uchragan ayol-lar ba'zida o'zlarini boshqa tanishlari, dugonalari va atrofdagi ayollar bilan solishtirish asosida erlari tomonidan mulozamat, hurmat-ehtirom, shirin so'z eshitmasliklarini kuzatish mumkin. Bu ularning emotsional-psixoterapevtik qadriyat-larida kuzatilmoqda (H = 18,195; p<0,05). Demak ayollar bu rollari orqali o'zlarini ko'ngli yarim va hayotdan ezilgan inson sifatida his etishlari shubhasizdir.

Xulosa. Mazkur muammo bo'yicha olib boril-gan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida quyidagi-cha xulosalar qilish mumkin:

1. Oilada ayollarga nisbatan zo'ravonlikni ijtimoiy-psixologik jihatlarini tahlil qilish asosida oilaviy qadriyatlari va rollar ko'rsatkichlari bilan bog'liq bo'lishi mumkinligi dalillangan.

2. Oiladagi nosog'lom psixologik muhit oilaviy zo'ravonlikning yuzaga keltiruvchi omil bo'lib ta'sir qilishi xususan, zo'ravonlikning eng faol agressiyali xulq-atvor shakli sifatida namo-yon bo'lishi dalillangan.

3. Tadqiqot natijalari asosida zo'ravonlikka uchragan ayollarning oilaviy qadriyatlari va rollari ko'rsatkichlari er-xotinlarning ma'lumotlilik darajasiga ko'ra tafovutli mazmun kasb etishi dalillandi.

4. Oilaviy zo'ravonlikni yuzaga kelishida ayollarning barcha yosh bosqichlariga ko'ra asosiy sabab er-xotin rollaridagi shaxs sifatidagi nomutanosibliklar ekani ma'lum bo'ldi. Bunda zo'ravonlikka uchragan barcha ayollar o'zlarining turmush o'rtoqlarini shaxs sifatida nomutanosib deb baholashlari sabab ekanligi dalillangan.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2G23, 7 (128)

с 78 ОИЛА ПСИХОЛОГИЯСИ / ПСИХОЛОГИЯ СЕМЬИ у

Foydalanilgan adabiyoTlap po'yxaTi:

1. Беркович Л. Агрессия: причины, последствия и контроль. - СПб, 2001. - С.232.

2. Каrimоvа V.M. Ayollar salomatligi va gender masalalari // Sog'lom avlod uchun, 2006, №5.- 12-15 b.

3. Оксфордская иллюстрированная энциклопедия. Том 7. - М.: «Академия», 2002.167с

4. Волкова А.Н. Опыт исследования супружеской неверности // Вопросы психологии. - М., 1989. - № 2. - С. 98-102.

5. Забелина Т.А. Женщина и насилие. - М.: ЭКСМО-Пресс, 1995. - 105 с.

6. Зиявутдинова Х.Ш. Социально-психологические особенности насилия между супругами в узбекских семьях. // Вестник интегративной психологии. Журнал для психологов. №-23. Бухара -Ярославль: МАПН, 2022. 130 с.

7. Muminov A. "Leading tendencies in the development of cultural and spiritual identity of the peoples of Uzbekistan" Журнал: Scienceweb academic papers collection, 2020, №1, Р. 5525 -5538

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 7 (128)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.