Научная статья на тему 'ZAMONAVIY OILA VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI'

ZAMONAVIY OILA VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
776
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy o’zbek oilasi / ta’limiy jarayon / gender tenglik / milliyetnik qadriyatlar / jamiyatning rivojlanishida erkaklar va ayollarning roli / современная узбекская семья / образовательный процесс / гендерное равенство / национально-этнические ценности / роль мужчин и женщин в развитии общества.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saribayeva Umida Sattarovna

Mazkur maqolada bugungi zamonaviy oilalarda gender tenglikni namoyon bo’lishida ta’limiy jarayonlarning o’rni ijtimoiy jarayonlarning o’ziga xos ta’siri asoslangan. Jamiyatning rivojlanishida erkaklar va ayollarning rolini birdek oshirish lozimligi ta’kidlangan. Bir qator adabiyotlar tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННАЯ СЕМЬЯ И ПРОБЛЕМЫ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА

В статье обосновано специфическое влияние социальных процессов на роль образовательных процессов в проявлении гендерного равенства в современных семьях. Подчеркивалась необходимость равномерного повышения роли мужчин и женщин в развитии общества. Освещается анализ ряда литератур

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY OILA VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI»

Saribayeva Umida Sattarovna,

Toshkent davlat pedagogika universiteti "Umumiy psixologiya" kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

ZAMONAVIY OILA VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI

UO'K: 316.346. DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_2_8

SARIBAYEVA U.S. ZAMONAVIY OILA VA GENDER TENGLIK MUAMMOLARI

Mazkur maqolada bugungi zamonaviy oilalarda gender tenglikni namoyon bo'lishida ta'limiy jarayonlarning o'rni ijtimoiy jarayonlarning o'ziga xos ta'siri asoslangan. Jamiyatning rivojlanishida erkaklar va ayollarning rolini birdek oshirish lozimligi ta'kidlangan. Bir qator adabiyotlar tahlili yoritilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: zamonaviy o'zbek oilasi, ta'limiy jarayon, gender tenglik, milliy-etnik qadriyatlar, jamiyatning rivojlanishida erkaklar va ayollarning roli.

САРИБАЕВА y.S. СОВРЕМЕННАЯ СЕМЬЯ И ПРОБЛЕМЫ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА

В статье обосновано специфическое влияние социальных процессов на роль образовательных процессов в проявлении гендерного равенства в современных семьях. Подчеркивалась необходимость равномерного повышения роли мужчин и женщин в развитии общества. Освещается анализ ряда литератур.

Ключевые слова и понятия: современная узбекская семья, образовательный процесс, гендерное равенство, национально-этнические ценности, роль мужчин и женщин в развитии общества.

SARIBAYEVA U.S. PROBLEMS OF MODERN FAMILY AND GENDER EQUALITY

The article substantiates the specific influence of social processes on the role of educational processes in the manifestation of gender equality in modern families. The necessity of evenly increasing the role of men and women in the development of society was emphasized. The analysis of a number of literature is highlighted.

Key words and concepts: modern uzbek family, educational process, gender equality, national and ethnic values, the role of men and women in the development of society.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)

Kirish.

O'zbekistonda bugungi kun zamonaviy ta'limining gender tengligiga erishishda o'ziga xos roli mavjud bo'lib ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish bilan bog'liq bir qator das-turlar, qonun hujjatlari, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentning xotin-qizlar huquqla-rini ta'minlash, xususan, gender tengligi va ayollarni zo'ravonlik va zulmdan himoya qil-ish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqo-mini kuchaytirish to'g'risidagi farmon va qaror-lari qabul qilinib, gender tengligi bo'yicha milliy strategiyani qabul qilish rejasi ham mavjudligi ta'kidlangan1.

Ma'lumki, 1948 yilda BMT Bosh assamb-leyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon dekleratsiyasida va ayollarning tengligi alohida e'tirof etilgan bo'lib, Deklaratsi-yaning 1-moddasida «Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak», deya ta'rif beril-gan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat - Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning 3-mod-dasida ta'kidlanishicha, «Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi»2.

Shu o'rinda asrlar davomida sayqal topib kelayotgan milliy qadriyatlarni to'g'ri anglab yetmaslik, ijtimoiy, umuminsoniy qoidalarni erkaklar tomonidan shaxsiy tarkibda buzib talqin qilinishi, tushunilishi, er-xotin xissiy-intim muno-sabatlarida ayollar rolini to'laqonli bajarilmasligi, stereotiplar ta'sirida ayollarning tabiatiga nomu-vofiq xatti-harakatlari gender tengsizlikka, kam-sitilishga sabab bo'lib qolmoqda.

Mavzuning dolzarbligi xotin-qizlar huquqlarini ta'minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, xususan, gender tengligi va ayollarni zo'ravonlik va zulmdan himoya qilish, ijti-moiy-psixologik muammolarini aniqlash, zarur amaliy tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqot ishi-

1 Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзи-ёевнинг 2019 йил 21 июндаги Олий Мажлис Сенатидаги нутки. - https://president.uz/uz/lists/view/2692

2 БМТТД, Инсон ривожланиши тугрисидаги маъруза. -Ташкент: 1996.

mizning dolzarbligini yanada oshiradi va uni empirik o'rganish lozimligini taqozo etadi.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.

Xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mus-taqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o'z milliy qonun-chiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berib kelmoqda. Ammo, milliy qonunchiligimizda yoritilgan ayollar va erkaklar tengligini qonuniy kafolatlari ishlab chiqilgan-ligiga qaramasdan oilaviy nizolarning aksariyat sabablari erkaklar tomonidan ayol huquqlarini ayrim holatlarda poymol qilinishi, ko'p holat-larda ayollar huquqlarini tan olinmasligi sababli ziddiyatlarni kelib chiqayotganligi, fikrimizcha muammoning etnopsixologik jihatlarini xam o'rganish zarurligini ko'rsatadi va o'zbek oil-alarida erkaklar tomonidan xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga nima uchun va qanday sababga ko'ra yetarlicha ahamiyat beril-mayotganligini milliy yoki psixologik jihatlari mavjudmikan, degan savolni vujudga keltiradi3. Yangilanayotgan O'zbekistonda gender tenglikni namoyon bo'lishida milliy-etnik qadriyatlarning o'ziga xos ta'siri mavjud. Bu kabi o'ziga xoslik er-xotinlarning o'zaro munosabatlari va muloqot jarayoniga, gender tenglikni namoyon bo'lishiga xam ta'sir ko'rsatadi4.

Ayniqsa oilaning katta vakillari oldida yosh er-xotinlarning bir-birlariga nisbatan his etilayo-tgan tuyg'ulari, mehrning ko'rinishlari, shakllarini namoyon etilmasligi, bu borada "uyat", "ayblov" kabi bir qator stereotiplarning mavjudligi xam er-xotinlarning shaxslararo munosabatlarida psixologik uyg'unlikni buzilishiga olib keladi.

Jumladan ular organizmidagi neyroassotsi-ativ bog'lanishlardagi nomoslik; immun tizim-dagi uyg'unlikni rivojlanmaganligi; odatlaridagi nomutanosiblik; o'z o'rnida "psixoemotsional", "aqliy-intellektual", "biokimyoviy", "intim-jin-siy hayot" va organizmning "biologik hayot kechirish" qonuniyatlarini buzilishiga olib keli-

3 Сарибаева У.С. Узбек оилаларида гендер тенглик ва миллий кадриятларнинг ижтимоий-психологик хусуси-ятлари. - Т.: "Педагогика" илмий-назарий ва методик журнали, 2020 йил, 5-сон, 3-6 б.

4 Saribayeva U.S. Characteristics of gender equality between husband and wife in uzbek families // Vidyabharati international interdisciplinary research journal. 2021. Web of science. 3940-3949 (Special Issue) ISSN 2319-4979. 615

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)

shi kuzatilgan1. Er-xotinning yagona va hamjihat organizm sifatida uyg'unlashib borishi esa oilan-ing har jihatdan barqarorligini ta'minlaydi.

Passivlik, qaramlik, emotsionallik, intuitiv-lik, irratsionallik, empatiya kabi xususiyatlar an'anaviy ravishda ayollik fazilatlari deb bahol-angan2.

Ayolning umumiy gender roli «ona», «xotin», «uy bekasi», «oila o'chog'i, qo'riqchisi» rollarin-ing mazmunini ifodalab bundan keyingina «ish-chi», «professional shaxs, mutaxassis bo'lishi mumkinligi qayd etilgan.

Erkaklarning an'anaviy gender roliga xos bo'lgan xususiyatlar «ta'minlovchi», «himoya-chi», «professional shaxs», «oila boshlig'i» deb baholanib, shundan keyingina «er», «ota»rollarini o'z ichiga olishi ta'kidlangan.

Mavzu doirasidagi adabiyotlar tahlili nati-jasida an'anaviy qarashlarda hukmronlik, ijti-moiy faollik, tajovuzkorlik, ratsionalizm, mantiqiy fikrlash erkaklarga xos xususiyatlar deb bahol-anishi shakllangan stereotiplarni mavjudligini ko'rsatadi.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundan ibo-ratki, olimlarimiz tomonidan o'zbek oilasi misolida gender stereotiplarining erkak va ayollarning o'zaro munosabatlariga ta'siri, gender xulq-atvor, gender rollarni shakllan-ishiga ta'sir etuvchi milliy qadriyatlarning roli, yetarli o'rganilmagan.

Tadqiqotning maqsadi o'zbek oilalarida er-xotin gender tengligiga erishishda his-siy-psixologik, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-etnik qadriyatlar va psixofiziologik omillarni rolini aniqlash, gender tenglikni ta'minlanishiga xiz-mat qiluvchi amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning ob'ekti sifatida Toshkent shahar Sergeli, Yangi Hayot, Yakka Saroy tumanlari va Toshkent viloyati Ohangaron, O'rta Chirchiq tuman oilalari tanlandi.

Tadqiqotda tizimlilik, qiyosiy-mantiqiy, matematik statistik, psixologik tahlildan foy-dalanildi.

1 Mark Barton. https://www.instagram.com.markbarton.

2 Минюрова С.А. Кустова О.Л. Формирование «образа женщины» в различных социальных группах. // Журнал

практического психолога — 1997. — № 5. — С. 27-29; Семейная психология и семейная терапия. — 1997. — № 1. — С. 95-97.

Tadqiqotning empirik manbaini test, anketa so'rovnomalari natijalari tashkil etdi.

Asosiy qism.

Tadqiqot ishimizda Kustova O.L. savolno-masi asosida erkaklar va ayollarni tavsiflovchi genderga xos bo'lgan - talablar, andozalar, me'yorlar, xususiyatlar, gender stereotiplari shaxsiy semantik farqlari (ShSF) o'rganildi3.

«Hayotiy-me'yoriy», «ideal-ramziy»

ma'noda erkak va ayollarda mavjud bo'lgan gender stereotiplari aniqlandi, erkaklik va ayollik xulq-atvor modellari jinslar tabiatiga xos jihatlari bilan taqqoslanildi. Jumladan, «shaxsiy» sifatlarni tavsiflovchi va xususiyat-larni aniqlovchi bipolyar tasdiqlar bilan tuzil-gan, kommunikativ ta'sirni idrok etish jaray-onida «Ayol obrazi»ni shakllantirish nazarda tutilgan, chunki oilada ayol psixoterapevt-lik vazifasini o'taydi va gender tan olinishida feminlik xususiyatlarini shakllanganligi ham muhim omil sanaladi.

Shuningdek, olib borilgan tadqiqot ishlar-imizda tekshiriluvchilar shaxsiy semantik far-qlash va psixosemantik eksperiment usulidan foydalanildi.

Empirik o'rganish natijalari Tadqiqot natijalarini tahlil qilishda bir qator omillar aniqlab olindi:

- umumiy jozibadorlik omili;

- shaxsning mustaqilligi omili;

- hissiylik-emotsionallik omili;

- ijtimoiy maqomi;

- bog'liqlik-tobelik-qaramlik omili;

- hamdardlik ko'rsatish-empatiya omili;

- feminlik omili;

- erkaklik omili;

- androgenlik omili.

Gender sifat va xususiyatlarini tavsiflovchi tasdiqlar asosida erkak va ayollar "Hayo-tiy-me'yoriy", "ideal-ramziy" holatda o'zlari va turmush o'rtog'ini baholash natijalari foiz hisobi 1-jadvalda aks ettirildi.

Jozibadorlik omili ayollik (an'anaviy ravishda «ayol» fazilatlari, erkaklik (an'anaviy ravishda «erkak» fazilatlari, androginiya gen-

3 Кустова О.Л. Образ женщины в современных средствах массовой информации (на примере журналов Космополитан, «ОНА», «Домашний очаг»,-Елле и др.) // Образ женщины в средствах массовой информации. Материалы декабрской конференции Приволжский. Дом знаний, 1998.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)

1-jadval. Erkak va ayollar "Hayotiy-me'yoriy"

"Ideal-ramziy" holatda o'zlari va turmush o'rtog'ini baholash natijalari (foiz)

Namunali oila Nizoli oila

Gender tafovut Ayolning bahosi Erkakning bahosi Ayolning bahosi Erkakning bahosi

№ Tasdiqlar xaqi-qiy baho ideal-dagi baho xaqi-qiy baho ideal-dagi baho xaqi-qiy baho ideal-dagi baho xaqi-qiy baho ideal-dagi baho

1. Jozibadorlik ayol 69 97 68 89 54 90 42 85

erkak 67 80 81 90 43 87 62 80

2. Shaxsning kuchi omili ayol 72 96 67 72 68 89 78 65

erkak 70 98 87 98 86 92 74 98

3. Hissiy omil ayol 67 97 65 87 56 89 66 98

erkak 73 58 56 80 65 88 63 96

4. Ijtimoiy hxolat ayol 66 99 78 80 34 83 54 77

erkak 65 92 89 98 44 92 43 84

5. Qaramlik omili ayol 67 25 78 97 56 50 78 60

erkak 65 45 65 34 78 43 68 28

6. Empatiya omili ayol 66 98 70 96 58 87 45 87

erkak 62 90 65 87 32 78 56 88

7. Feminlik omili ayol 72 89 70 96 45 92 53 88

erkak 69 45 76 88 78 51 58 62

8. Erkaklik omili ayol 74 34 56 60 89 56 78 48

erkak 68 90 87 98 54 94 75 92

9. Androgenlik omili ayol 87 98 68 97 58 89 56 97

erkak 75 87 66 89 47 82 46 76

der-neytral sifatlar o'rganildi. Emotsionallik, qaramlik, empatiya, ayollik omillari ayolga nis-batan an'anaviy qarashlarni aks ettirib, namu-nali oilada 70-80 foiz, yuqori ko'rsatkichlar an'anaviy baholanishini ko'rsatdi, ideal bahosi bu ko'rsatkichlar bo'yicha 80-98 foizni tashkil etdi.

Erkaklik omillari uchun yuqori qadriyatlar bu erkaklarning ham jins, ham shaxs sifatida mavqeini balandligi, kuchi, ijtimoiy mavqei, zamonaviyligi, o'rganilayotgan obrazlariga nisbatan an'anaviy nuqtai nazardan dalolat berishi tasdiqlandi har ikki oilada ham erkak-lar bahosida yuqori natijalarni - 80-98 foiz oraliq natijalarini berdi. Ammo nizoli oila ayollari tasdig'ida - empatiya 32 foiz, erkaklk 54 foiz baholanib, erkaklarda bu sifatlarni hayotiy me'yorlarda kam shakllanganligini tasdiqlashgan. Jumladan, nizoli oila erkaklar tomonidan ayollarga xos sifatlari kam shakllanganligini tasdiqlashdi. Bu o'z navbatida gender tenglik muammolarini hal etilmasli-giga sabab bo'luvchi omil hisoblanadi

O'zbek oilalarida er-xotinlarni gender tengligi masalasi biroz tortishuvli va bu psix-ogenetik, psixofiziologik, psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik, milliy-etnik omillarni

mavjudligi bilan izohlanadi. Hissiy-psix-ologik uyg'unlik rivojlangan er-xotinlar his-tuyg'ularida bir-birlarini sevimli inson sifatida, o'zaro ideallashgan holda idrok etish, chiroyli, aqlli, ijobiy xislatli va o'ziga xos sifatlari idrok etilishi aniqlandi. O'zaro altruizm ifodalanib, er-xotinlarda yoqimlilik tuyg'ulari ustun bo'lishi kuzatildi.

Erkaklar idrokida ayoli bilan hamkorlik, hamjihatlilikni o'rnatish ko'nikmasi past dara-jada bo'lib, ko'p xollarda ustunlik va domi-nantlikni yoqlashlari kuzatildi. Xissiy-psix-ologik begonalashuv mavjud oilalarda ayol erkakning yordamisiz eplayman, kuchliman, uddalayman degan nuqtai nazardan qarashlari shakllanganligi aniqlandi, bu esa muammon-ing asosiy ildizi hisoblanadi.

«Birgalik» effekti, hissiy-psixologik uyg'unlikni rivojlantirib tenglik, o'zaro bir-bir-larini tan olish, yon berish holatini mavjudligi bilan izohlanadi. Er-xotinlar o'rtasidagi hissiy-emotsional uyg'unlik o'zaro birgalik effektini rivojlanishiga olib keladi va psixologik jihat-dan tenglik munosabatlarini shakllantiradi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)

Xulosalar:

• er-xotinlarning yagona va hamjixat organizm sifatida uyg'un tarzda oilaviy hayot kechirishlari;

• organizmning psixofiziologik, psixo-emotsional, biologik, ruhiy-jinsiy uyg'unligini ta'minlanishi;

• Ijtimoiy-psixologik moslikni mavjudligi;

• er-xotinlar biologik-jins va ijtimoiy-shaxs sifatida bir birlarini tan olishlari;

• milliy-etnik qadriyatlar - gender teng-likning ijtimoiy-hissiy-psixologik asosi hisob-lanadi.

Er xotinlar gender tengligi muammolarini o'rganish natijasida quyidagi amaliy takli-flarni berishimiz mumkin:

- har ikki erkak va ayollarda zamonaviy-lik omili, gender-neytral sifatlarni tarkib topti-rish;

- erkaklarning ham jins, ham shaxs sifati-dagi mavqeini oshirishga xizmat qiluvchi bil-imlarga ega bo'lishlariga erishish;

- er-xotinlarni psixogenetik, psixofiziologik, ijtimoiy-psixologik, milliy-etnik omillar ahamiyatini anglashga yordam beru-vchi ma'ruzalar , seminar- treninglar tashkil etish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- «Birgalik» effekti, hissiy-psixologik uyg'unlik, tenglik, o'zaro bir-birlarini tan olish, yon berish ko'nikmalarini shakllantirish;

- hissiy-emotsional, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, huquqiy, siyosiy, aqliy, axloqiy, estetik intellektini shakllantirishga qaratilgan o'quv kurslari tashkil etish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2019 йил 21 июн-даги Олий Мажлис Сенатидаги нутки. - https://president.uz/uz/lists/view/2692

2. БМТТД, Инсон ривожланиши тугрисидаги маъруза. - Ташкент: 1996.

3. Сарибаева У.С. Узбек оилаларида гендер тенглик ва миллий кадриятларнинг ижтимоий-психологик хусусиятлари. - Т.: "Педагогика" илмий-назарий ва методик журнали 2020 йил 5- сон, 3-6 б.

4. Saribayeva U.S. Characteristics of gender equality between husband and wife in uzbek families // Vidyabharati international interdisciplinary research journal. 2021. Web of science. 3940-3949 (Special Issue) ISSN 2319-4979. 615

5. Mark Barton. https://www.instagram.com.markbarton.

6. Минюрова С.А. Кустова О.Л. Формирование «образа женщины» в различных социальных группах. // Журнал практического психолога — 1997. — № 5. — С. 27-29; Семейная психология и семейная терапия. — 1997. — № 1. — С. 95-97.

7. Кустова О.Л. Образ женщины в современных средствах массовой информации (на примере журналов Космополитан, «ОНА», «Домашний очаг», "Елле" и др.) // Образ женщины в средствах массовой информации. Материалы декабрьской конференции. Приволжский Дом знаний, 1998.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 2 (123)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.