RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
OILADA AYOLLARGA ZORAVONLIK: MUAMMO VA YECHIM Sultonova Mashhura Rustamboyevna
Urganch davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7995334
Annotatsiya. Mazkur maqolada oiladagi ayollarga nisbatan zoravonlik ijtimoiy-psixologik muammo sifatida organilganlik darajasi va oilaviy zo'ravonlikni boshdan kechirgan ayollarnipsixologik qo'llab-quvvatlashning asosiy yo'nalishlari keltirib otilgan.
Kalit so^zlar: Zo'ravonlik, taqiq, shaxsiy pozitsiya, psixologik xizmat, ijimoiy adaptatsiya, stress, krizis, "sikl", psixologik faktor, izolyatsiya.
KIRISH. Zo'ravonlik muammosi keng ko'lamli mavzularini qamrab oladi: bu nafaqat jismoniy va jinsiy zo'ravonlik, balki psixologik bosim, shaxsning shaxsiyatini to'liq nazorat qilishga urinishdir.Bizningcha,psixologik zo'ravonlik faktlari muntazam ravishda ro'y beradigan oiladagi keskin iqlim oilaning barcha a'zolariga, bevosita yoki bilvosita tegishli bo'lishidan qat'i nazar, istisnosiz salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki hamma zo'ravonning bosimiga moslashishga majbur bo'ladi.
TADQIQOT NATIJASI. I.V. Grosheva, MF. Belenky, I.A. Furmanov va boshqalarning ta'kidlashicha, ayollar erkaklarnikiga qaraganda uydagi (oilaviy) zo'ravonlikdan ko'proq aziyat chekishadi. Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra, oiladagi zo'ravonlikdan jabrlanganlarning 95 foizi ayollardir, deyarli 97 foizida esa zo'ravonlikni amalga oshirgan shaxs erkaklardir[3]. Bir qator tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har qanday ayol zo'ravonlikka duch kelishi mumkin,ya'ni zo'ravonlikka uchrash extimoli ayollarda yuqori, chunki oiladagi zo'ravonlik sinfiy, irqiy, madaniy, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlaridan qat'i nazar, aholining deyarli barcha qatlam va toifalarida uchraydigan hodisadir[3].
Oilaviy zo'ravonlikdan jabrlangan ayollarni psixologik qo'llab-quvvatlash ikkita asosiy yo'nalishda amalga oshiriladi:
1.Zo'ravonlikning salbiy psixologik omillaridaan va travmadan keyingi stress uchun shoshilinch psixologik yordam;
2. Individual maslahat va guruh ishi jarayonida uzoq muddatli yordam.
Oiladagi psixologik zo'ravonlikning asosiy belgilari quyidagilar bo'lishi mumkin:
1. Masxara va haqorat. Bunda zo'ravon xafa qilishga intiladi va jabrlanuvchini tahqirlashga harakat qiladi. Jabrlanuvchi (ayol) to'xtatishga harakat qilganda, zo'ravon shaxs tomonidan ayblov, norozilik kuzatiladi.
2. Oila va do'stlardan izolyatsiya, ya'ni zo'ravon shaxsda yagona egalik xissining ortishi, jabrlanuvchining e'tiborini butunlay o'ziga qaratishga urinish
3. Muvofiqlashtirilmagan harakatlarni taqiqlash.
Mazkur belgilarni kuzatgan ayollarda xavotir, informatsion stress kuzatiladi.Bu jarayonda psixologik insaytlar orqali ayollar "qurbon" pozitsiyasidan ozod bo'lishlari mumkin.
Odatda, oilada psixologik zo'ravonlikka ko'pincha ayollar va bolalar uchrashi kuzatiladi.Oiladagi zo'ravonlikni boshdan kechirgan ayollar uchun eng xarakterli narsa yuqori darajadagi ruhiy tushkunlik va tashvishdir. Bunday holda, tashvish bir necha jihatdan ko'rib chiqiladi va shunga mos yo'nalishda psixologik xizmat amalga oshiriladi:
l.O'z shaxsiyatini nazorat qilish ehtiyojining yuqoriligi.
2. Qabul qilingan xavfga nisbatan o'ta keskin reaktsiyalar.
772^H
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
3.Neytral yoki ijobiy shaxslararo ogohlantirishlarni xavfli deb noto'g'ri talqin qilish.
Zo'ravonlikka duchor bo'lgan ayollar, zo'ravonlik xolatining turidan qat'i nazar (jismoniy, jinsiy, psixologik yoki iqtisodiy) ruhiy salomatligi yomonlashadi. Oilada ayollarga nisbatan sodir etilgan psixologik zo'ravonlikning oqibatlari orasida o'z-o'zini tanqid qilishning kuchayishi, o'z-o'zini jazolash, o'z-o'zini qoralash darajasiga yetadi. Sodir bo'layotgan narsa uchun aybdorlik hissi, o'zining shaxsiy psixologik imidji(portreti)ni buzish kiradi.Buning natijasida shaxsiy chegaralarining noaniqligi kuzatiladi. Boshqa odamlar bilan muloqot qilishda adekvat chegaralarni o'rnata olmaslik xolatlari kuzatiladi.Shuningdek, qo'rquv va nochorlik hissi, qaramlik sindromi, qoniqarsiz sevgi ehtiyoji bilan hissiy yaqinlik istagi, mehr ob'ektini yo'qotishdan qo'rqish, sherikning ehtiyojlarini qondirish uchun o'z ehtiyojlarini inkor etish, o'z his-tuyg'ularini bostirish, his-tuyg'ularni ifodalashni taqiqlash, o'ziga ishonchsizlik, dunyoni xavf sifatida qabul qilish, ikkilanish, yo'qotish va uyqusizlik hissi bilan ajralib turadi[4].
MUHOKAMA. Oiladagi zo'ravonlikning salbiy psixologik oqibatlarga quyidagilar kiradi: o'zini tutish istagi, negativizm, o'z pozitsiyasini ifoda etishdan bosh tortish, fidoyilik istagi, sevgi va yaqin muloqotga bo'lgan ehtiyojni ifoda etishdan qo'rqish, salbiy tajriba, bularning barchasi- hissiy sohaning deformatsiyasi bilan bog'liq bo'lib, bu his-tuyg'ularni ifodalashni taqiqlashga yordam beradi.
Oiladagi zo'ravonlik oqibatlari orasida travmadan keyingi stress belgilari ham bor.Shunday qilib, so'nggi yillardagi bir qator tadqiqotlarga ko'ra, oiladagi psixologik zoravonlik jismoniy va ruhiy zo'ravonlik omillarining kombinatsiyasida eng aniq ko'rinadi.
Psixologik zo'ravonlikdan keyin ham jabrlanuvchi ayol to'liq odatiy sharoitga qaytolmaydi. Bu turli omillar bilan bog'liq: uzoq vaqt davomida nazorat ostida yashashga o'rganib qolganlik, o'zi mustaqil qaror qabul qila olish ko'nikmasining kamligi va haddan tashqari nazoratida bo'lgani tufayli ko'plab ijtimoiy aloqalarni yo'qotdi[1].
Oilaviy zo'ravonlikdan jabrlangan ayollar muloqot qilishda qobiliyatlarini namoyish eta olmaydilar. Ularda tashvishlanish va sherikga qaramlikning kuchayishi, o'zini past baholash, qobiliyatsizlik hissi, o'zini-o'zi tanqid qilishning yuqori darajasi, mavjud vaziyatda faqat o'zlarini ayblash istagi va boshqa turdagi muvaffaqiyatsizliklar bilan tavsiflanadi. Zo'ravonlik qurboniga aylanmagan ayollar bilan solishtirganda, ular sub'ektiv nazorat darajasida sezilarli farqlarni ko'rsatadilar.
Oiladagi zo'ravonlikning eng xavfli shakli psixologik yoki hissiy zo'ravonlik hisoblanadi. Psixologik zo'ravonlikda oilaning mustaxkamligiga va oila a'zolarining ruhiyatiga ta'siri bo'lib, psixologik travmaga olib kelishi mumkin. Do'q-po'pisa, haqorat, ruhiy jihatdan ifodalangan bezorilik kabilar oiladagi psixologik zo'ravonliking elementar ko'rinishidir. Zo'ravonlikning bu shakli deyarli hamma oilada uchraydi.Biroq, ko'pincha o'z shaxsiy chegaralarini belgilab olgan,vaziyatlarni adekvat taxlil qila olgan shaxslarda bu muammo bartaraf etiladi va oilada surunkali zo'ravonlik xolatini oldini oladi.
Oilada psixologik zo'ravonlikni boshdan kechirganlar zo'ravonlikni boshdan kechirmaganlarga qaraganda kuchliroq hayotiy tajribalarni boshdan kechiradilar.
Psixologik zo'ravonlik muhitida jabrlanganlarda "jabrlanuvchi" qiyofasi rivojlanadi, bu unga butun hayoti davomida hamroh bo'lishi mumkin.
Tizimli zo'ravonlik jiddiy psixologik holatga olib keladi,bular: azob-uqubatlar, travmadan keyingi stress, depressiya, tashvish va ba'zan yanada xavfli oqibatlarga olib keladi , ba'zan o'z joniga qasd qilishga urinish xolatlari ham kuzatiladi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
Psixologik zo'ravonlikning qisqa muddatli oqibatlari salbiy tajribalar to'plami (tahqirlash, xafa qilish, aybdorlik hissi,qo'rquv, tashvish, o'ziga shubha)ni xosil bo'lishiga ham sabab bo'ladi.
N.M. Platonov va Yu.P. Platonovlarning ta'kidlashicha, "oilada ayollarga nisbatan zo'ravonlik - bu ayollarga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zarar yoki azob-uqubatlarni keltirib chiqaradigan yoki olib kelishi mumkin bo'lgan har qanday gender zo'ravonlik harakati, shu jumladan jamoat joyida yoki shaxsiy oila hududida bunday xatti-harakatlar bilan tahdid qilish, majburlash yoki o'zboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilishga urinishlar kiradi. Shunday qilib, zo'ravonlik nafaqat odam ustidan hokimiyatni qo'lga kiritish, unda keskinlik va qo'rquv hissini keltirib chiqaradigan harakat, balki boshqa odamning xatti-harakati, fikrlari va his-tuyg'ularini nazorat qilishdir[3].
XULOSA. Tadqiqotchilar oiladagi zo'ravonlikni boshdan kechirishning bir necha turlarini aniqlaydilar, uni boshdan kechirgan ayolning shaxsiy omillariga bog'liqligini aloxida ta'kidlaydilar.
An'anaviy ravishda oiladagi zo'ravonlik xolatlarini oqibatlarni to'rt guruhga bo'lish mumkin: kognitiv, hissiy, xulq-atvor va ijtimoiy. Kognitiv oqibatlarga kognitiv sohadagi o'zgarishlar xususan: diqqatni jamlashda qiyinchilik, xotira buzilishi, aqliy zaiflik va umumiy akademik ko'rsatkichlarning pasayishi kiradi.
Hissiy oqibatlarga:xavotirning kuchayishi, aybdorlik va uyat hissi, nochorlik va qaramlik hissi, tashqi tajovuzning yuqori darajasi, o'ziga ishonchsizlik, his-tuyg'ularning namoyon bo'lishini nazorat qilishlar kiradi[2].
Xulq-atvor oqibatlariga: o'z-o'zini yo'q qiladigan xatti-harakatlar, fohishalik, jinsiy buzilish, alkogol yoki giyohvand moddalarga qaramlik va befarqlik kiradi. Ijtimoiy munosabatlarni qurishga qodir emaslik va istamaslik, jinoiy xatti-harakatlarga moyillik, izolyatsiyaga moyillik kabilar kiradi. Zo'ravonlikdan takroriy jabr ko'rish ayollarning psixologik va jismoniy sog'ligiga kuchli ta'sir etishi mumkin.
REFERENCES
1. Борисова ТВ. КЛИНИКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЖЕНЩИН, ПОДВЕРГШИХСЯ ЖЕСТОКОМУ ОБРАЩЕНИЮ /Санкт-Петербург:2017 /102 c
2. Лысова, А.В. Насилие в семье: учеб. Пособие / А. В. Лысова. - Владивосток : Изд-во Дальневост. Ун-та, 2001. - 205 с
3. М.В.Крюкова. СУПРУЖЕСКОЕ НАСИЛИЕ В ОТНОШЕНИИ ЖЕНЩИН КАК СОЦИАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА Вестник Нижегородоское университета им. Н.И.Лобоческаго. Серия социальнье науки.2011№1(21)с/45-51 с
4. M.Sultonova Ayollarga nisbatan zo'ravonlik muammosining nazariy-psixologik jihatlari/O'zmu xabarnomasi/2021 y-1/3/1.118-b
5. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).
6. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.
7. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT -MODUL TEXNOLO GIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
8. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.
9. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.
10. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.
11. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.
12. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.
13. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.
14. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).
15. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
16. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.
17. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.
18. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.
19. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.