Научная статья на тему 'ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN ХOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH AMALIYOTINING SOTSIOLOGIK TAHLILI'

ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN ХOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH AMALIYOTINING SOTSIOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

21
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zo‘ravonlik / reabilitatsiya / ijtimoiy hodim / ijtimoiy ish / ijtimoiy-psixologik / psixologik-pedagogik / huquqiy / tibbiy reabilitatsiya / artterapiya / qum terapiya / sheltorlar / ekspert baholash.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xolida Omonqul Qizi Ziyayeva

Maqolada zo‗ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish, individual reabilitatsiya dasturi bosqichlari, ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya dasturlari, ijtimoiy reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari hamda turli sohalarda reabilitatsiya tushunchasinig mazmun va mohiyati tahlil qilingan. Zo'ravonlikka duchor bo'lgan shaxslar bilan ishlashda zo'ravonlik va travmadan keyingi stress uchun shoshilinch yordam, shuningdek, individual maslahat va guruh ishlari jarayonida uzoq muddatli yordam ko'rsatishning ahamiyati izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN ХOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH AMALIYOTINING SOTSIOLOGIK TAHLILI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

ZO'RAVONLIKKA UCHRAGAN XOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH AMALIYOTINING SOTSIOLOGIK TAHLILI

Xolida Omonqul qizi Ziyayeva

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy ish kafedrasi dots.v.b., sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD

E-mail: tas [email protected]

ANOTATSIYA

Maqolada zo'ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish, individual reabilitatsiya dasturi bosqichlari, ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya dasturlari, ijtimoiy reabilitatsiyaning asosiy tamoyillari hamda turli sohalarda reabilitatsiya tushunchasinig mazmun va mohiyati tahlil qilingan. Zo'ravonlikka duchor bo'lgan shaxslar bilan ishlashda zo'ravonlik va travmadan keyingi stress uchun shoshilinch yordam, shuningdek, individual maslahat va guruh ishlari jarayonida uzoq muddatli yordam ko'rsatishning ahamiyati izohlangan.

Kalit so'zlar: zo'ravonlik, reabilitatsiya, ijtimoiy hodim, ijtimoiy ish, -ijtimoiy-psixologik, psixologik-pedagogik, huquqiy , tibbiy reabilitatsiya, art-terapiya, qum terapiya, sheltorlar, ekspert baholash.

Mustaqillikning ilk yillaridan qabul qilingan barcha qonunlarda ayollar huquqlari inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida e'tirof etildi. O'zbekistonda mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o'tish asosida amaldagi islohotlarga mos ravishda ushbu tizimning yangidan shakllantirishga kirishilganini ko'rishimiz mumkin. Bugungi kun ayoli nafaqat oilada uy bekasi, tarbiyachi vazifasini bajaradi, u jamiyatdagi barcha sohalarda ijtimoiy faol inson sifatida ham tashabbus va g'ayrat bilan ishtirok etmoqda. Ayol o'zining ma'naviy qiyofasi, ichki dunyosi, muomala madaniyati, o'z kasbining fidoyisi, ezgu fazilatlar egasi bo'lishi bilan nafaqat farzandlari, balki kasbdoshlari va shogirdlariga ham ibrat bo'la oladi.

2022-yil 25-iyunda xalq muhokamasiga qo'yilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi e'lon qilindi. Ushbu loyihada Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g'amxo'rlik davlat siyosatining muhim yo'nalishi sifatida belgilangan. va ushbu yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O'zbekiston -ijtimoiy davlat sifatida e'tirof etilgan insonga e'tibor hamda g'amxo'rlik-davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlanmoqda.

256

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Yurtimizda bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumlada n, 2019-yil 2-sentyabrdagi O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi, 2019-yil 2-sentyabrdagi «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlarning imzolanishi bu muammolarning naqadar jiddiy ekanligini isbotladi. Unda oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri etib, jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zo'rlik ishlatishning har qanday ko'rinishiga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlash belgilandi.

Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini yanada mustahkamlash va ularga teng imkoniyatlar yaratish, ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida xalqaro hamjamiyatlar bilan ham bir qator xalqaro hujjatlar imzolandi.

O'zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi» 829-sonli Qonuni qabul qilindi [1]. Ushbu Qonun bilan O'zbekiston Respublikasi qonunlariga xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o'z huquqlari va manfaatlarini amalga oshirishida qo'llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni nazarda tutuvchi, shuningdek bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlab qo'yuvchi o'zgartishlar kiritilmoqda. Ushbu Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo'ravonlikning oldini olishga, oilalardagi ma'naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog'liq xalqaro indekslarda mamlakatimizning o'rnini yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek Bolalar masalalari bo'yicha milliy komissiya, bolalar masalalari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) komissiyalari faoliyatining mustahkam huquqiy asosini yaratadi.

Mamlakatimiz olimlari M.Bekmurodov, A.Umarov, M.Ganiyeva, M.Nurmatova, Sh.Sodiqova, T.Narbayeva, N.Latipova, D.Toshmuxammedova, M.Gaffarova, G.O'rozaliyevalarning ishlarida xotin-qizlar jamiyat hayotida munosib o'rin egallashi, xotin-qizlarning davlat va jamiyatdagi gender tengligini ta'minlash, ularga nisbatan tazyiq va zo'ravonlikning oldini olish, xotin-qizlar ijtimoiy nufuzini oshirish hamda O'zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilishda innovatsion mexanizmlarni aniqlash kabi masalalar sotsiologik tahlil qilingan[2].

257

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

T.Narbayevaning so'zlariga ko'ra "Bugungi kunda xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlik qilishning oldini olish - eng muhim va dolzarb muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Zo'ravonlik ularning ruhiy, ijtimoiy, psixologik, jismoniy salomatligiga zarar yetkazibgina qolmaydi, balki uni ijtimoiy jihatdan tartibga solinmagan shaxs sifatida jiddiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keladi" [3].

Zo'ravonlikka uchragan shaxslarni reabilitatsiya qilish dasturlarini tahlil qilishni boshlashdan avval ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya va turli sohalarda reabilitatsiya qanday tushuncha ekanligini bilishimiz kerak. Shundagina biz o'z izlanishlarimizda suyanadigan fenomenni tanlab olamiz.

Reabilitatsiyani tibbiy-pedagogik va psixologik-pedagogik uslublarining ma'lum tizimi deb hisoblasak, uning natijasida bola rivojlanish jarayonidagi qiyinchiliklarga, ijtimoiy muhitga, jamiyatga moslashishga, tengdoshlari bilan muloqot qilishga, mehnat qilishga, ijtimoiy xayotga o'zining psixologik, jismoniy layoqatlari doirasida ko'nika oladi va shu orqali o'zidagi kamchiliklarni yengib, o'rnatilgan normaga mos bo'la boshlaydi[4].

Reabilitatsiya tushunchaasiga berilgan JSST tomonidan qabul qilingan ta'rifni olsak, bu shunday tizimki, qaysiki unda sub'ektning (shaxsning) mehnatga layoqatini topishiga qaratilgan bir necha tadbirlar jamlanganligini ko'ramiz[5].

Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT) reabilitatsiyaga bergan ta'rifiga ko'ra reabilitatsiyaga bergan ta'rifiga ko'ra reabilitatsiya sog'liqni tiklashga qaratilgan tadbir. Shu tadbir natijasida shaxslar o'zlarining cheklangan psixologik yoki jismoniy imkoniyatlarini yengib o'tib, kasbiy, psixologik va jismoniy to'laqonli shaxsga aylanishlariga qaratilgan[6].

G.Yuldashev va K. Rennerlarning hisoblashlaricha reabilitatsiya bu - turli yoshdagi bemor va nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnat va ijtimoiy moslashuvda psixologik, tarbiyaviy, huquqiy, ijtimoiy, davlat tadbirlarida faollashuvlariga olib keladi.

E.I.Xolostovaning so'zlariga ko'ra yagona ijtimoiy reabilitatsiyaga faqat reabilitatsiya sohalari doirasidagi harakatlar kombinatsiyasi natijasida erishish mumkin: yo'qolgan ko'nikmalarni singdirish yoki tiklash, atrof-muhit terapiyasi, bandlik terapiyasi, yangi turmush sharoitlariga psixologik moslashish.

E.I. Xolostovaning so'zlariga ko'ra, faqat ularni amalga oshirish jarayonida shaxsning ijtimoiy faoliyat qobiliyatini haqiqiy va to'liq tiklash mumkin[7].

Reabilitatsiya bir-biriga bog'liq bo'lgan besh bosqichdan iborat. Birinchi bosqich diagnostik va prognostik deb ataladi va mijozning holatini tashxislash, individual reabilitatsiya dasturini tuzishni o'z ichiga oladi.

258

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

Ikkinchi bosqich - optimal texnologiyalar, ish shakllari va usullarini ishlab chiqish bosqichi.

Uchinchi bosqichda tanlangan ish usullarini amalga oshirish uchun bevosita tayyorgarlik ko'riladi.

To'rtinchi bosqich - amalga oshirish va tuzatish va kompleks nazoratni amalga oshirishni o'z ichiga oladi.

Beshinchi bosqichda - ekspert baholash - natijalarni tizimlashtirish, umumlashtirish va nazorat qilish.

Ijtimoiy reabilitatsiya ko'nikmalarni tiklash va rivojlantirishga qaratilgan.

Ijtimoiy maqomni tiklash ijtimoiy reabilitatsiyaning ajralmas qismidir. Ijtimoiy reabilitatsiyaning zaruriy sharti uning turli yo'nalishlaridan foydalanishning murakkabligi bo'lib, huquqbuzarliklarni bartaraf etish bilan birga insonning jamiyatga qaytishiga imkon beradi.

Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish davlat tashkilotlari, masalan, ayollar va bolalarga yordam ko'rsatish inqiroz markazlari (bo'limlari), sheltorlar, shuningdek, boshqa ijtimoiy xizmat ko'rsatish tashkilotlari, masalan, kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatish markazlari, oila va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bolalarga yordam markazlari, shuningdek, inqiroz markazlari funktsiyalarini bajaradigan maxsus tashkil etilgan statsionar bo'limlar ham shular jumlasiga kiradi[8].

Shuningdek, oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish jamg'armalar va notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bu davlat va nodavlat tashkilotlarning asosiy maqsadi jismoniy va ruhiy salomatlik yoki zo'ravonlik uchun xavfli bo'lgan inqirozli vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam berish va qo'llab-quvvatlashdir. Ularga ixtisoslashtirilgan, har tomonlama (psixologik, ijtimoiy, tibbiy, huquqiy, pedagogik va boshqalar) yordam ko'rsatiladi.

Bu davlat va nodavlat tashkilotlarning asosiy maqsadi jismoniy va ruhiy salomatlik yoki zo'ravonlik uchun xavfli bo'lgan inqirozli vaziyatga tushib qolgan shaxslarga yordam berish va qo'llab-quvvatlashdir. Ularga ixtisoslashtirilgan, har tomonlama (psixologik, ijtimoiy, tibbiy, huquqiy, pedagogik va boshqalar) yordam ko'rsatiladi.

Zo'ravonlikka duchor bo'lgan shaxslar bilan ishlashda zo'ravonlik va travmadan keyingi stress uchun shoshilinch yordam, shuningdek, individual maslahat va guruh ishlari jarayonida uzoq muddatli yordam ko'rsatiladi. Avvalo, oiladagi zo'ravonlikka uchragan ayol xavfsizlikka bo'lgan asosiy ehtiyoji bilan qondiriladi - agar boradigan joyi bo'lmasa, u boshpana bilan ta'minlanadi. Ishonch telefoni orqali shoshilinch

259

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

psixologik yordam ham ko'rsatiladi. Agar ayolning tajovuzkordan yashirinadigan joyi bo'lsa, unda uzoq muddatli reabilitatsiya rejasi ishlab chiqiladi[9].

Ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassis shoshilinch iqtisodiy yordam, yuridik va tibbiy xizmatlar ko'rsatishda yordam berish, nafaqa va ijtimoiy nafaqalar olishda maslahat va yordam berish, uy-joy, ish topishda yordam berish va har tomonlama ijtimoiy yordam ko'rsatadi. Ham mijozga, ham uning oilasiga ijtimoiy homiylik qiladi. Psixolog har tomonlama psixologik yordam ko'rsatadi, oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollar uchun psixokorreksiya va reabilitatsiya kurslarini tashkil qiladi va o'tkazadi, ota-ona va bola munosabatlarini tuzatishga qaratilgan guruh va individual, shuningdek, bolali ayollar uchun treninglar va mashg'ulotlar o'tkazadi va hokazo.

Guruh ishlari ham taklif etiladi: treninglar va uchrashuvlar, bir xil muammoga duch kelgan ayollar uchrashadigan o'z-o'ziga yordam guruhlari, hikoyalari bilan bo'lishish. Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollar uchun guruh psixoterapevtik texnologiyalari guruhni qo'llab-quvvatlash va ijobiy shaxsiy resurslarni aniqlash orqali psixologik yordam ko'rsatishga qaratilgan. Terapiyalar, masalan, art-terapiya, qum terapiyasi va boshqa turlari amalga oshiriladi.

Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish natijasida ayolning qay darajada mustaqil hayot kechirishi, tajovuzkordan alohida yashashi, farzandlar tarbiyalashi mumkinligi aniqlanadi. Ideal holda, ayol tajovuzkor bilan aloqani butunlay uzadi, o'zaro bog'liqlikni rivojlantiradi va undan xalos bo'ladi. Ayol o'z huquqlarini tiklaydi, yana hujjatlarga, ish, uy-joyga ega bo'ladi, mustaqil yashaydi, yangi ijtimoiy aloqalar va aloqalarni o'rnatadi va quradi, nizolarni hal qilishning buzg'unchi usullaridan xalos bo'ladi, ijtimoiy jihatdan maqbul turmush tarzini olib boradi.

Demak, ijtimoiy reabilitatsiya davlat, xususiy va jamoat tashkilotlari tomonidan shaxsning ijtimoiy faoliyatini tiklash, uni jamiyatga integratsiyalashuvi va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Oilaviy zo'ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ayollar uchun inqiroz markazlari, shuningdek, davlat va nodavlat ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va ayollarga inqirozli vaziyatlardan chiqishda yordam berishga qaratilgan[10].

O'zbekistonda hozirgi kunda tazyiq va zo'ravonlikka uchrab, qiyin ahvolga tushib qolgan ayollarni reabilitatsiya qilish maqsadida respublikamizda faoliyat olib boraètgan ijtimoiy moslashuv markazlari tomonidan quyida keltirilgan xizmat turlari amalga oshirilmoqda.

Huquqiy xizmatlar:

260

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

- oilaviy nizolardan jabr-zulm ko'rgan ayollarga huquqiy maslahat;

- sud va boshqa organlarga murojaat qilish uchun ayolning hujjatlarini tayyorlash va sud jarayonida ularning manfaatini himoya qilish;

- oilaviy nizolardan jabr ko'rgan ayollar manfaatini davlat organlarida himoya

qilish.

Psixolog xizmatlari:

- ayollarga psixologik maslahat berish;

- mijozning individual dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- mijozlar o'rtasida o'zaro yordam guruhini tashkil etish;

- axolining psixologik bilimini oshirish.

Ijtimoiy xizmatlar:

- mijozga muammoli vaziyatni hal qilish bo'yicha maslahatlar berish;

- ayollarning individual, kasbiy va bilim olish sohasidagi imkoniyat, ehtiyojlarini aniqlash va individual rejalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishda qatnashish va muvofiqlashtirish;

- ayollarning bandligiga ko'maklashish, o'qishga, tibbiy reabilitatsiyadan o'tishiga, ijtimoiy nafaqalarni olishiga ko'maklashish;

- mijozlarning ishga joylashish boshlang'ich bosqichida hamda tibbiy yoki boshqa zarur bo'lgan bilim olish xizmatlaridan foydalanish jarayonida ularga hamrohlik qilish.

- mijozga farzandi bilan yashash uchun zaruriy uy jihozlariga ega alohida xonalar berish;

- telefon, televizordan foydalanish uchun sharoitlar yaratish;

- yashovchilarni dori-darmon, sanitar-gigiyenik buyumlar bilan ta'minlash;

- bolalarning dam olishini tashkil etish uchun bolalar maydonchasida va bolalar xonasida sharoitlarni yaratish;

- reabilitatsiya markazlarida yashovchi aèllar uchun huquqiy, psixologik va ijtimoiy maslahatlar uyushtirish.

Xalq bilan muloqot doirasida mamlakatimizdagi juda ko'p xotinqizlarning turli tazyiq va zo'ravonliklarga uchraganliklari, uni hech kimga ayta olmaganliklari ma'lum bo'ldi. Ayol qandaydir masalada qiyinchilikka uchrasa-da, u bu haqida mehnat jamoasida, oilasida yoki ko'cha-ko'yda o'z dardi bilan bo'lisha olmaydi. Buning sabablaridan biri, unda kimdandir yordam olish ko'nikmasi yo'qligi bo'lsa, ikkinchi sababi milliy mentalitet xususiyatlarining ta'siri tufayli ekanligi ma'lum. 2017-2018 yillar davomida shu masalalarni o'rganish natijasida —Ijtimoiy

261

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 2 iyuldagi PQ-3827- son Qaroriga ko'ra zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarga o'z vaqtida va manzilli yordam ko'rsatish va ularni himoya qilish, o'z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo bo'lishiga yo'l qo'ymaslik va unga erta barham berish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida —Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o'z joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazill tashkil etilib,

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 20 avgust kuni № 847- raqam bilan ro'yxatdan o'tkazildi. Bugunga kelib Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo'yicha tashkil etilgan markazlar soni 197 tadan iborat bo'lib, shundan viloyat ijtimoiy moslashuv markazlari soni 14 ta, shahar, tumanlar ijtimoiy moslashuv markazlari soni 183 tani tashkil etadi.

Ijtimoiy reabilitatsiya ijtimoiy, psixologik, huquqiy yordamni o'z ichiga oladi va uning asosiy maqsadi mijozning oldingi xulq-atvorini rad etish, jamiyatga qaytish va ijtimoiy mavqeini tiklash, ma'lum darajadagi ijtimoiy va moddiy farovonlik, moddiy mustaqillik, yashash imkoniyati uchun ichki va tashqi resurslarni topish shuningdek, farovonlikka erishishdir.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги Хотин-кизлар ва болалар хукуклари, эркинликлари хамда конуний манфаатларини ишончли химоя килиш тизими янада такомиллаштирилиши муносабати билан Узбекистан Республикасининг айрим конун хужжатларига узгартиш ва кушимчалар киритиш туFрисидаги» 829-сонли К,онуни. https://lex.uz/docs/6430272

2. Зияева Х.О. Маиший зуравонликка учраган хотин-кизларни ижтимоий химоялаш самарадорлигини ошириш механизмлари: автореф... соц. фан. Буйича фалсара доктори. Узбекистон Республикаси Давлат Бошкаруви Академияси- Тошкент, 2021. -Б.6.

3. Нарбаева Т. К. Узбекистонда хотин-кизларни ижтимоий химоя килиш тизими самарадорлигини оширишнинг инновацион модели. Социология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун тайèрланган Диссертация -Тошкент, 2020. -Б.123.

262

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential

4. Одинцова М.А. Психологические особенности виктимной личности // Вопросы психологии, 2012. С. 59-68

5. Грэхем X., Гур Т., Психология насилия в семье, М., 2010.

6. Хассен С. Освобождение от психологического насилия. —СПб.: Прайм-Еврознак, 2001. —400 с.

7. Холостова, Е. И. Социальная реабилитация : учеб. пособие для студентов вузов, обучающихся по специальности "Соц. работа" / Е. И. Холостова, Н. Ф. Дементьева. - 3-е изд. - М.: Дашков и К, 2004. - 338 с

8. Об опыте работы организаций социального обслуживания субъектов Российской Федерации, предоставляющих социальные услуги гражданам, пострадавшим от семейного насилия, в том числе кризисных центров помощи женщинам, и некоммерческих организаций, реализующих эффективные модели профилактики насилия в семье [Электронный ресурс]. - URL: https://мвд.рф/document/20344526 (дата обращения: 25.05.2022). — Режим доступа: свободный

9. Гордеева, А. В. Реабилитационная педагогика / А. В. Гордеева. - Москва : Парадигма : Академический Проект, 2005. - 317 с.

10. Global Study on Homicide: Gender-related killing of women and girls. — Vienna: United Nations Office on Drugs and Crime, 2018. — С. 11. [Электронный ресурс]. - URL: https://www.unodc.org/documents/data-andanalysis/GSH2018/GSH18_Gender related_killing_of_women_and_girls.pdf (дата обращения: 26.03.2022). Режим доступа: свободный.

263

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.