Научная статья на тему 'VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O‘ZIGA XOS XUSUSYATLARI'

VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O‘ZIGA XOS XUSUSYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
227
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vokal / musiqa / opera / estrada / xonandalik mahorati / ansambl / yakkaxon xonandalik

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shukurjon Imomaliyevich Boratov

Mazkur maqolada o‘zbek xalq musiqa ijodi va yo‘nalishlari, xususan, vokal ijrochiligi va uning musiqa san’atida tutgan o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, hozirgi o‘zbek zamonaviy vokal san’ati hamda rivojlanish taraqqiyoti haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O‘ZIGA XOS XUSUSYATLARI»

VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O'ZIGA XOS XUSUSYATLARI

Shukurjon Imomaliyevich Boratov

Qo'qon DPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek xalq musiqa ijodi va yo'nalishlari, xususan, vokal ijrochiligi va uning musiqa san'atida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, hozirgi o'zbek zamonaviy vokal san'ati hamda rivojlanish taraqqiyoti haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: vokal, musiqa, opera, estrada, xonandalik mahorati, ansambl, yakkaxon xonandalik

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF VOCAL AND MODERN MUSIC

Shukurjon Imomalievich Boratov

Kokan DPI

Abstract: In this article, there is an opinion about the creativity and directions of Uzbek folk music, in particular, vocal performance and its place in the art of music, its characteristics, current modern Uzbek vocal art and its development - comments are made.

Keywords: vocal, music, opera, pop, singing skills, ensemble, solo singing

Musiqa inson hayotiga estetik zavq olib kiruvchi, unga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlovchi vositadir.

Musiqaning mazmuni - shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi.

Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

O'zbek musiqa san'ati boy tarixiy merosga egadir. Ana shunday tarixiy an'analar zamirida bugungi kun o'zbek musiqa san'ati rivoj topdi. Musiqa va uning taraqiyotiga bo'lgan e'tibor esa mustaqillik yillaridan keyin kuchaytirilib, bu borada keng imkoniyatlar yaratildi.

Musiqa o'zining bir necha bir-birini takrorlamas, o'zga xos qirralarga ega bo'lgan turlari bilan ahamiyatlidir.

"Inson ovozi vositasida yaralgan va aynan ovozda ijro etishga mo'ljallangan san'at namunalarining paydo bo'lishi cholg'u musiqasiga nisbatan ancha qadimiy

I ibiSi^^Bl 452 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lib tarixi ibtidoiy zamonlarga borib taqaladi.Yaqin va O'rta Sharq mintaqalarida, xususan, Markaziy Osiyoda joylashgan ko'hna davrlarda vujudga kelgan professional musiqa san'atida yakkaxonlik va hamnafaslik ijro shakllari qadimdan qo'llanilgan. Ijro shaklining oddiy ko'rinishlari mahalliy mehnatkash aholi orasida folklor musiqasi negizida, kasbiy tus olgani esa saroyning madaniy, ko'ngilochar hamda joriy etilgan zardushtiylik marosimlarida ancha erta paydo bo'lgan."[1]

Vokal san'ati ham musiqa turlaridan biri bo'lib, qadimdan hofizlar tomonidan aytib kelingan katta ashula, laparlar ko'rinishida yuzaga kelgan. Vokal san'atining birinchi tarixiy vakillari - xalq xonandalaridir.

O'zbek qo'shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochilar avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, HojiAbdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharifov, Zohidxonhofiz, Madali hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhamedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir.

Vokal - musiqa san'atining o'ziga xos turi bo'lib, eng avvalo ashula aytish mahoratini yuksak darajada o'zlashtirishga asoslanadi.Ashula aytish yakka holda, ansambl yoki xor jo'rligida ham bo'lishi mumkin.

Qo'shiq aytish (vokal san'ati) - musiqani ovoz bilan ijro etish, musiqa asarining g'oyaviy-majoziy mazmunini qo'shiq ovozi orqali etkazish san'atidir. Qo'shiq so'z bilan yoki so'zsiz bo'lishi mumkin. Vokal san'ati va kameraning barcha turlarini o'z ichiga olgan teatr tomoshasi bilan bog'liq opera (ariyalar, romanslar, qo'shiqlar, asosan yakkaxon yoki kichik ansambllarning kontsert ijrosi).

Vokal san'ati hozirgi kunda opera, operetta, musiqali dramalar, komediyalar va Estrada konsertlarida ham keng qo'llanib kelinmoqda.

Vokal ijrochiligining o'ziga xos ijro usullari va texnikasi mavjud bo'lib, har bir xonanadadan alohida mahorat talab qilinadi.

Ijrochi ashula aytish texnikasini o'zlashtirish jarayonida qo'shiqchilikning xilma-xil turlarini o'rganib borishi kerak. Zamonaviy vokal - konsert repertuari, mavjud vokal - texnik vositalarining barcha zaxiralarini to'liq egallashni taqozo etadi, chunki xonandalar turli repertuarlarni - katta mumtoz ashulalardan tortib, zamonaviy bastakorlarning qo'shiqlarigacha bo'lgan repertuarni kuylashlariga to'g'ri keladi.

Musiqashunos olim Sh.Pirmatovning ma'lumot berishicha:" Vokal ta'lim olish uslubi uchta asosiy tamoyil -oddiydan murakkabga qarab harakatlanish (birin-ketinlik, ketma-kelik asosida), individual yondashuv va vokal -texnik hamda musiqiy badiiy ijrochilik mahoratining uzviy bog'liqligi asosida tuziladi." [2]

Vokal ijrochiligida hozirgi zamonaviy musiqaning o'rni alohidadir. Chunki hozirgi zamon o'zbek musiqasida estrada, opera, ana'naviy xonanadalik yo'nalishlari

I [ccñ^^BI 453 http://oac.dsmi-qf.uz

bo'yicha ko'plab qo'shiqlar ijro etilmoqda. Bu esa har bir qo'shiqchidan yuqori mahorat, iste'dodni talab qiladi. Mahorat bilan me'yoriga yetkazib ijro etilgan qo'shiqgina urboqiy bo'lib, xalq qalbidan joy oladi.

Ayniqsa, o'zbek musiqa estrada san'ati mustaqillik yillarida keng rivojlandi. O'zbek musiqiy estradasi shakllanishi jarayoni folklor namunalari muhim zamin bo'lganligini alohida ta'kidlash zarur. Bunda qo'shiq, lapar va ayniqsa sho'x yallalarning raqsbopligi, yengil ohang - usullari qo'l kelgandi. Ayni paytda bu holat "o'zbek musiqiy estradasi"ning milliylik asosini ham ta'minlovchi vositalardan bo'ldi.

XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar o'laroq shakllana boshlagan o'zbek estrada qo'shiqchiligini shartli ikki davrga bo'lish mumkin:

- birinchisi an'anaviy janrlar - qo'shiq, lapar, yallalar rivojlangan davr;

- ikkinchi davri esa folklor janrlari musiqiy estrada talablari asosida usluban qayta ishlanish boshlangan davrdir.

O'zbekiston Mustaqillikka erishgan davrdan boshlab yaratilayotgan san'at asarlari orasida Vatan, istiqlol, ozodlik, millat haqidagi qo'shiqlar keng o'rin oldi. Boshqa san'at turlari qatorida eng ommaviy san'at turi - musiqiy estrada rivoji uchun yangi sharoit, yangi tizim joriy etildi.

Hukumatimiz tomonidan o'zbek musiqiy estradasini rivojlantirish bo'yicha bir qator qaror va farmoyishlar chiqarilib, bu borada ko'plab amaliy ishlar yo'lga qo'yildi.

O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan Samarqandda xalqaro "Sharq taronalari" festivalinining, Yunus Rajabiy, Ma"murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov va Xoji Abdulaziz Abdurasulov kabi xalq hofízlariga bag„ishlab Respublika qo'shiq ijrochiligi tanlovlarinining, "O'zbekiston Vatanim manim", Baxshi-oqinlarning Xalqaro festivali Respublika va xalqaro tanlov hamda ilmiynazariy anjumanlarning o'tkazilishi o'zbek xalq musiqa ijodi hamda uning an"anaviy vokal va estrada xonandaligi ijrochilik maktabini shakllanishi va rivoj topishiga nihoyatda ulkan hissa qo'shmoqda.

Botir Zokirov, Ruslan Sharipov, Muhriddin Xoliqov kabi el sevgan san'atkorlar o'z navbatida qo'shiqchilik san'atining rivojiga katta hissasini qo'shganlar. Bugungi kunda ham bir qator iste'dodli xonandalari o'zbek estradasining ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilmoqdalar. Jumladan, Farruh Zokirov, Yulduz Usmonova, Kumush Razzoqova, Ozodbek Nazarbekov, Ravshan Komilov singari xonandalar o'zbek estradasini jahonga tanitmoqdalar.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, vokal va zamonaviy musiqa san'ati xalqimiz tomonidan asrlar davomida shakllanib, sayqallanib, rivojlantirilib kelinayotgan san'at turi hisoblanadi. U milliyligimiz va millatimizni jahonga tanitish bilan birga, insonga estetik zavq, ma'naviy ozuqa beradi. Yoshlarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ulari va jamoa bo'lib birlashish kabi xislatlarini tarbiyalashda vokal ijrochiligi juda katta ahamiyatga ega.

I [ccñ^^BI 454 http://oac.dsmi-qf.uz

Shunday ekan, o'zbek qo'shiqchilik san'atining o'lmas namunalarini keyingi avlodga mukammal yetkazib berish har birimizning burchimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. D.Malikova. Vokal. T.: 2018. 3 b.

2. Sh.Pirmatov. Xonandalik san'ati. T.: 2011. 5 b.

3. A.Sharapov. Vokal va uning musiqadagi ahamiyati.Maqola.Scientifie Journal Impact Factor.2021:5,423.

4. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

5. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARA RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

6. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

8.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

9. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

10. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.

11. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC

I icclT^^^^H 455 http://oac.dsmi-qf.uz

JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

13. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.

15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

21. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

22. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

23. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

I fcOT^^^^H 456 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.