O'ZBEK MILLIY CHOLG'ULARI TARIXIGA BIR NAZAR
Qaxramon Madaminovich Fozilov
QDPI
Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek milliy cholg'ulari va ularnning taraqqiyot bosqichlari, takomillashish jarayoni haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.
Kalit so'zlar: ijro, mahorat, uslub, ansambl, sozanda, duet, trio, kvartet, kvintet, sekstet, septol, oktet, uyg'unlik, ritm
A GLANCE AT THE HISTORY OF UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS
Kaxramon Madaminovich Fozilov
KSPI
Abstract: This article contains opinions about Uzbek national musical instruments and their stages of development and improvement process.
Keywords: performance, skill, style, ensemble, musician, duet, trio, quartet, quintet, sextet, septet, octet, harmony, rhythm
Musiqa san'ati inson ruhiyatiga ko'tarinkilik, huzur bag'ishlash bilan bir qatorda ma'naviy ozuqa berishi bilan ham boshqa san'at turlaridan ajralib turadi. Tarixdan ma'lumki, ilmu ma'rifatda dong taratgan allomalarimiz diniy va dunyoviy ilmlar qatorida musiqa ilmini ham batafsil o'rganib, uni chuqur egallashgan. O'rta Osiyo xalqlari hayotida musiqaning beqiyos o'rni va ahamiyatini musiqa faniga asos qo'ygan Sharq qomusiy mutafakkirlari chuqur anglab yetishgan. Shaxsiy va jamoaviy ijodning o'rni, ta'siri, poeziya va musiqaning bir-biri bilan tabiiy omuxtalashish jarayonlariga oid muammolarni dastlab har tomonlama ishlab chiqqan olimlar Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino edilar. Shu jumladan, Abu Nasr Forobiy musiqa og'zaki kasbiy ijod masalalariga bag'ishlangan "Sharq musiqa nazariyasiga oid bir muncha jiddiy asarlar"1 asarini yaratgan. Ushbu asar Forobiy ilmiy merosida muhim o'rin tutadi. Uning asarlari orasida "Kitob fi ixso al-iyqo'" ("Ritmlar turkumlari haqida kitob"), "Kitob fin nakra muzofa ilal-iyqo'" ("Ritm bilan bog'langan ohanglar haqidagi kitob") alohida o'rin tutadi. Musiqiy-ijodiy jarayon "Kitob ul-musiqa alkabir" ("Musiqa haqida katta kitob"), "Kalom fil musiqiy" ("Musiqa haqida o'ylar"), fundamental tadqiqot "Kitob fi ixso al-ulum va at-ta'rif ' ("Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi") asarlarida bosh muammo sifatida o'rganilgan. Forobiy musiqani uch turga ajratadi: lazzat
1 Хайруллаев М.М. Мировоззрение Фараби и его значение в истории философии. Тошкент: Фан, 1967. 100 б. Пмта^^Н http://oac.dsmi-qf.uz
yetkazadigan, his-hayajon ifodalovchi va tasavvur uyg'otuvchi. Ayni paytda Forobiy uch xususiyatning barchasiga ega bo'lgan musiqa, shubhasiz, nisbatan yetuk bo'ladi.
Shu jumladan, Forobiyning eng yaqin izdoshi Abu Ali ibn Sino asarlarida ham musiqa ilmi haqida qimmatli fikrlarni uchratishimiz mumkin. Yosh Sino uchun Forobiy asarlari o'zini qiziqtirgan fanlar, jumladan, musiqa fanini bilishda ham kalit vazifasini o'tagan edi. Ibn Sinoning "Musiqa fani haqidagi risola"sidagi boblardan biri ritm, she'r hamda she'riy vaznlar masalasiga bag'ishlangan edi. Forobiyga o'xshab, Ibn Sino ham she'riy janr va shakllarning urf-odatlariga bevosita bog'liq ekanligini hamda ularning boyitishga intilishini ta'kidlaydi.2 Bundan ko'rinib turibdiki, musiqa ilmini egallash o'ziga xos kategoriya bo'lib, nafaqat o'rta asr olimlarining komillikka erishishida muhim omil bo'lib xizmat qilgan, balki bugingi avlod uchun ham dasturulamal bo'lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida xalq deputatlari viloyat Kengashida yana bir bor madaniyatni rivojlantirish va shu asnoda davlatimiz iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlash bo'yicha nihoyatda hayotiy va dolzarb yo'nalishni belgilab berdilar. Unga ko'ra endilikda har bir umumta'lim maktabi o'quvchisi ta'lim muassasasini fizika, matematika va boshqa ko'plab fanlar qatorida biron musiqiy cholg'uni chalishni o'rganganlik to'g'risidagi bahosi bilan bitiradi.
Yig'ilishda davlatimiz rahbari bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirish orqali insonlarning turmush darajasini ko'tarish jarayonini boshdan kechirayotganimizni, ammo madaniyat va san'at sohasini yuksaltirmay turib, ijobiy natijalarga erishib bo'lmasligini ta'kidlab o'tdilar. Davlatimiz rahbarining umumta'lim maktablari dasturiga musiqiy cholg'uni o'rganish fanini kiritish borasidagi taklifi butun bir madaniyat va san'at yo'nalishidagi ta'lim tizimini rivojlantirishga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu soha vakillariga ko'tarinki ruh bilan birga yuksak mas'uliyat yuklaydi. Soha vakillaridan bilim va mahoratlarini oshirishda tinimsiz izlanish olib borishlrini, bor bilimlarini yosh avlodga yetkazishda fidoyi bo'lishlarini talab etadi.
O'zbek xalq cholg'u sozlari haqida so'z yuritar ekanmiz, ularning ildizlari qadim-qadim davrlarga borib taqaladi. Eramiz boshlarida turli cholg'ulardan kundalik turmushda, ovda, xonlar saroyida, bayram marosimlarida, xalq sayllarida ijro etib kelingan. Bunday ommaviy bayramlarni xalq cholg'u ansamblari, xonanda va sozandalar, hamda raqqosalarsiz tasavvur qilish qiyin. 3
"O'zbek musiqasi" iborasi keng mazmunli tushuncha bo'lib, u, jumladan, o'z ichiga milliy musiqamizning ikki asosiy qatlamining - xalq musiqasi va ustoz -san'atkorlar ijodi bo'lgan kasbiy musiqa sohalarini hamda bastakorlik va kompazitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlarining qamrab oladi.
2 Ибн Сино. Свод науки о музыке. пер. А.В.Сагдеева. Музыкалная эстетика стран Востока. -Москва: 1967. -126б.
3 A.Odilov О^Ьек ха^ cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 1995. 8-Ь
153
http://oac.dsmi-qf.uz
Shuningdek, "O'zbek musiqasi" mazmunida yana asosiy bo'lgan to'rtta mahalliy musiqiy uslublar ham tushunilib, ulr esa quyidagicha nomlanadi: Surxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi, Buxoro - Samarqand musiqa uslubi, Xorazm musiqa uslubi, Farg'ona - Toshkent musiqa uslubi.
Har bir mahalliy musiqiy uslub o'z xususiyati va an'analariga ega. Buan'analar esa uzoq vaqtlar moboynida shakllangan bo'lib, ular xalqimizning turli sharaoitlaridagi turmush tarzi, mehnat mashg'ulotlari, marosimlari, urf-odat, bayramlari va boshqa shu kabi jarayonlar bilan uzviy bog'lanib ketadi.
O'zbek xalq musiqasining mahalliy uslublarini o'rganishdan asosiy maqsad o'quvchilarni an'analarga boy va badiiy yetuk xalq musiqa ijodi namunalaidan baxramand etish hamda shu asosda ularda o'tkir did, yuqori badiiy saviya va nafis tuyg'ularni shakllantirishdan iborat.
An'anaviy ijrochilik san'ati improvizatsiyaga asoslangan bo'lib, cholg'uchidan yuksak mahorat bilan chalishni va har gal yangicha, ijro usullarini qo'llashni talab etadi.
O'zbek xalq cholg'u ijrochilari ijrosining takomillashishi bilan bog'liq bilimlar yosh ijrochilarga yakkanavoz, ansambl ijrochiligida ijrochilik texnikasi imkoniyatlarini keng ochishga yaqindan yordam beradi. Bo'lajak mutaxassisni mashhur xalq cholg'ulari ijrochilik san'ati ustalarining ustoz-shogird an'analari asosida tarbiyalab, ular yaratgan maktablari bilan tanishtirish qatorida yurtimizda ijod qilayotgan bastakorlarning o'zbek xalq cholg'ulari uchun yaratgan va yaratayotgan yangi-yangi musiqiy asarlari bilan yaqindan tanishtirish va ular ijodidan namunalar ijro etishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M., Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017- yil, 16-yanvar, № 11.
2. Хайруллаев М.М. Мировоззрение Фараби и его значение в истории философии. Тошкент: Фан, 1967
3. A.Odilov O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi. Toshkent. "O'qituvchi"
1995
4. Ибн Сино. Свод науки о музыке. пер. А.В.Сагдеева. Музыкалная эстетика стран Востока. -Москва: 1967.
5. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!" European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
6. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies."
I fcOT^^^^H 154 http://oac.dsmi-qf.uz
INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
7. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
8. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
9. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
10. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
11. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
12. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
13. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.
17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
I fcOT^^^^H 155 http://oac.dsmi-qf.uz
18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.
19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.
20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.
21. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.
22. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
23. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
24. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
156
http://oac.dsmi-qf.uz